Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The social-pedagogical need for the application of
international assessment research to the national
education system
Akramjon MATKARIMOV
1
“Makhalla and Family” Scientific Research Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received August 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 September 2023
Available online
15 October 2023
The study of socio-pedagogical aspects of the use of
international assessment studies in the national education
system and their impact on the effectiveness of reforms in this
system is actively carried out in pedagogical practice. The article
examines not only the educational process, educational
programs, methods, and educational literature in secondary
schools, but also important socio-pedagogical aspects that
influence the success of students' learning in the educational
environment.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss8/S-pp219-225
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
national education system,
international evaluation
studies,
social equality,
educational success
Xalqaro
baholash tadqiqotlarini milliy ta’lim tizimiga
tatbiq etishning ijtimoiy-pedagogik zarurati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
milliy ta’lim tizimi,
xalqaro baholash
tadqiqotlari,
ijtimoiy tenglik,
ta’limdagi muvaffaqiyat
Xalqaro baholash
tadqiqotlarini milliy ta’lim tizimiga tatbiq
etishning ijtimoiy-pedagogik jihatlarini tadqiq etish va bu orqali
milliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning
samaradorligiga
erishish
pedagogik
amaliyotda
keng
kuzatilmoqda. O‘quvchilarning ta’limd
agi muvaffaqiyatini
ta’minlash nafaqat umumta’lim maktablaridagi o‘quv jarayoni,
o‘quv dasturlari, metodlar, o‘quv adabiyotlari, balki bir qator
ijtimoiy-pedagogik jihatlari ham hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lib, maqolada muallif tomonidan mazkur jihatlar
yoritilib
o‘tilgan.
1
Doctoral student, “Makhalla and Family”
Scientific Research Institute, E-mail: akramjon14@list.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
220
Социально
-
педагогическая
необходимость
применения международных оценочных исследований
в национальной системе образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
национальная система
образования,
международные
оценочные исследования,
социальное равенство,
образовательный успех
Исследование
социально
-
педагогических
аспектов
использования международных оценочных исследований в
национальной системе образования и их влияния на
эффективность реформ в этой системе активно проводится
в педагогической практике. В статье рассматриваются не
только учебный процесс, образовательные программы,
методы и учебная литература в общеобразовательных
школах, но и важные социально
-
педагогические аспекты,
влияющие на успех обучения учащихся в образовательной
среде.
Bugungi kunda respublikamizda milliy ta’lim mazmunini takomillashtirish, maktab
ta’limini isloh qilish, o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda muvaffaqiyatga
erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni
shakllantirish kabi ijtimoiy-pedagogik
vazifalarning dolzarbligi ortib bormoqda. Buning uchun pedagogik nuqtai nazardan o‘quv
dasturlari, darsliklar, o‘qitish metodikasi va ta’lim natijalarini baholash tizimini zamonaviy
talablar asosida takomillashtirish
bo‘yicha islohotlar olib borish zarurat bo‘lib borayotgan
bo‘lsa, ijtimoiy jihatdan o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini ta’minlashda oila
institutining ahamiyatini oshirish, maktab va oila hamkorligini mustahkamlash, ta’lim
olishdagi ijtimoiy tengli
k kabi masalalar dolzarb bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida fanlarni
o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyalari [1], O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi [2], 2019-yil 29-
apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF
-5712-
sonli Farmon [2] bilan milliy ta’lim mazmunini zamonaviy talablar
asosida takomil
lashtirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va muvaffaqiyatga
erishishining ijtimoiy-pedagogik jihatlarini ham qamrab olgan.
Jahonda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim mazmunini Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Cooperation and Development
–
OECD)
ning xalqaro baholash dasturlari (Progress in International Reading and Literacy Study
–
PIRLS), Trends in International Mathematics and Science Study
–
TIMSS), The Programme
for International Student Assessment
–
PISA), The Teaching and Learning International
Survey
–
TALIS) talablariga moslashtirish orqali o‘quvchilarni intellektual rivojlantirishni
sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishga e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim sub’yektlarining
salohiyatlarini birlashtiris
h, umumiy o‘rta ta’limda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni
qaror toptirish, o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatining ijtimoiy
-pedagogik
omillarini tadqiq etish orqali ta’lim samaradorligiga erishish muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va olimlari tomonidan xalqaro baholash
tadqiqotlarini milliy ta’lim tizimiga tatbiq etishning ijtimoiy
-pedagogik asoslariga doir
fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
221
xalqaro baholash tadqiqotlarini
milliy ta’lim tizimiga joriy etish va bu orqali o‘quvchilarda
tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, ularda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur
bo‘lgan hayotiy
-
amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, jamiyat siyosiy, ijtimoiy
-iqtisodiy
hayotiga tayyorlash
ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard
maqsadi sifatida qayd etilmoqda. Buning uchun milliy ta’lim tizimi mazmunini tashkil
etuvchi: o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘qitish metodikasi va ta’lim natijalarini baholash
tizimini zamonavi
y talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar
o‘rganilmoqda va bosqichma
-
bosqich tatbiq etilmoqda. Boshqa tomondan o‘quvchilarning
ta’lim olishda ijtimoiy tenglik tamoyiliga muvofiq sifatli ta’lim olishi va bu orqali mustaqil
hayotga tay
yorgarlik ko‘rishi, ularda qaror qabul qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash
kompetensiyalarini tarkib toptirish islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida
qaralmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’limga oid islohotlar ko‘proq tizimning
innovatsion komponentlarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishning texnologik
modellarini yaratish va sohaga rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini olib
kirishda ko‘zga tashlanmoqda. Muntazam ravishda o‘tkazilib boriladigan xalqaro b
aholash
tadqiqotlari milliy ta’lim tizimini innovatsion g‘oyalar, yondashuvlar va ilg‘or tajribalar
bilan rivojlanib borishiga xizmat qiladi. Xalqaro pedagogik amaliyotda milliy ta’lim tizimini
uzluksiz rivojlantirishda ijtimoiy-pedagogik omillarni hisobga
olish tajribasi keng yo‘lga
qo‘yilgan. Natijada o‘quvchilarning ta’lim olishdagi teng imkoniyatlarga ega bo‘lishlilik
bilan bog‘liq ijtimoiy masalalar hal qilinmoqda.
Xalqaro baholash tadqiqotlari Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti (IHTT)
tas
habbusi bilan tashkil etiladi. Tadqiqotlarning maqsadi o‘quvchilarning kelajakda
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotga tayyorgarlik darajasini baholash hamda shakllanib
borayotgan inson kapitalini prognoz qilishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda
bahol
ash tadqiqotlari o‘ziga xos metodologik yondashuvga ega. Tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan topshiriqlar hamda maktab rahbariyati, o‘qituvchilar, o‘quvchi va ularning
ota-
onalari uchun taqdim etiladigan savolnomalar orqali o‘quvchining ma’lum bir fanga
doir bil
imlari emas, balki egallanayotgan bilimlarni mustaqil hayotda qo‘llay olishi,
ularning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga tayyorgarlik darajasini, jamiyat talablariga
mos kompetensiyalarni egallayotganligini aniqlashdan iborat.
Xalqaro baholash tadqiqotlar
ida o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini
ta’minlashning ijtimoiy aspektlari ilmiy asoslangan mezonlar asosida baholanadi. Mazkur
mezonlarga quyidagilar kiradi: o‘quvchining ijtimoiy kelib chiqishi, ta’lim olishning o‘z
hayotidagi ahamiyati tushuni, “
maktab-
oila hamkorlik mexanizmi”ning samaradorligi,
oilalarda ta’limiy qadriyatlarning rivojlanganligi, ijtimoiy, akademik va madaniy
resurslarning mavjudligi va ulardan foydalanishning mavjud holati.
Qator olib borilgan tadqiqotlar, jumladan, PIRLS dast
uri natijalari o‘quvchilarning
o‘qish fanidan yuqori natijalarni egallashida yoshlikda savodxonlikni oshirishga
qaratilgan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib
berdi. Mazkur mashg‘ulotlarga misol qilib kitob mutolaa
qilish, hikoyalar aytish, alifboli
o‘yinchoqlarni o‘ynash, boshqa bolalar bilan muloqot qilish, bolalarni harflar va so‘zlarni
yozishiga ko‘maklashish hamda belgilar va turli yorliqlarni ovoz chiqarib talaffuz qilish
kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolaning erta yoshidan savodxonlik darajasini o‘stirishga
qaratilgan eng keng tarqalgan va muhim mashg‘ulot –
bu o‘spirinlar va yoshi kattalarni
bolalarga biror materialni ovoz chiqarib o‘qib berishi. Ovoz chiqarib o‘qilganda bola
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
222
og‘zaki tilga moslashadi va bu unin
g savodxonligini oshirishi uchun muhimdir. 2001-yilda
o‘tkazilgan PIRLS dasturidan boshlab, undan keyingi har bir siklda, ota onalardan o‘z
farzandlarining ilk savodxonlik mashg‘ulotlari haqida so‘raladi. 2011
-yilda PIRLS va
TIMSS dasturlari birgalikda fao
liyat olib borishlari natijasida umumiy o‘rta ta’lim
maktabida o‘qishdan avvalgi boshlang‘ich savodxonlik mashg‘ulotlari shkalasi
o‘quvchining boshlang‘ich raqamlar bilan ishlash mashg‘ulotlari haqida savollar bilan
to‘ldirildi. PIRLS dasturida ota
-onalard
an o‘z farzandlari bilan ularning boshlang‘ich
savodxonliklarini o‘stirish va raqamlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish ustida
shug‘ullangan yoki shug‘ullanmagani so‘raladi [3; 15].
PIRLS xalqaro dasturida o‘rganish jarayonida maktab bilan bog‘liq
omillar haqida
ma’lumotlar to‘planadi. Bularga ta’lim uchun bevosita va umumiy tarzda mo‘ljallangan
mavjud o‘quv inventarlari, o‘rganish uchun maktabda yaratilgan muhit, maktabdagi
xavfsizlik va ma’lum tartibning joriy qilinganlik darajasi va o‘qish ko‘ni
kmasini hosil
qilishda maktab tomonidan qaratilgan e’tibor kabilar kiradi. Yaratib berilgan yetarlicha
ishlash sharoiti, qulayliklar va o‘quv inventarlari maktablarda ko‘ngildagidek ta’lim olish
muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega. O‘quv materiallariga nisbatan “yetarlicha”
termini qo‘llash noo‘rin bo‘lishi mumkin, ammo maktabdagi o‘quv manbalarining hajmi va
sifati sifatli ta’lim olishning garovi ekanini ko‘rsatmoqda. Maktablarda ta’lim jarayonini
tashkil qilishda maktabning ichki imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatadigan kamchiliklar
borasidagi maktab direktorlari tomonidan bildirilgan fikrlarga ko‘ra, 2001
-yildan beri
o‘tkazib kelinayotgan PIRLS xalqaro dasturi natijalari yetarlicha o‘quv inventariga ega
bo‘lmagan maktab o‘quvchilarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yetarli o‘quv qurollari
bilan ta’minlangan maktab o‘quvchilarinikidan past ekanini ko‘rsatadi. PIRLS 2001
dasturida maktab o‘quv inventarlari, maktab o‘quv binolari va o‘quv sinflarining yetarli
darajada bo‘lishi kabi maktabning umumiy imkoniyatlari haqida ma’lumotlar to‘planib
kelmoqda. Keyingi sikllarda PIRLS dasturida ham kutubxona darsliklari hamda o‘quv
dasturiy ta’minotlar/vositalar kabi o‘quv jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan muayyan
kamchiliklar haqida ham ma’lumotlar to‘plandi.
Ota-onala
rning o‘z farzandlarini qo‘llab
-
quvvatlashi hamda oiladagi ta’limiy muhit
va munosabatning rivojlanganligi pedagog faoliyatini samaradorligi hamda sinfda ijobiy
o‘rganish muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining o‘z kasbidan
roziligi
ni qo‘llab
-
quvvatlash maktablarda yuqori malakali o‘qituvchilarni saqlab
qolishning garovi hisoblanadi.
Davlat va maktab miqyosida olib boriladigan islohotlar o‘quv dasturlarini belgilab
beradi. Davlat miqyosida tuzilgan o‘quv dasturlarining maktablarda joriy etilish ko‘lami
maktabda tuzilgan o‘quv dasturida o‘z aksini topadi. Har bir baholash siklida PIRLS
dasturida maktab direktorlaridan maktablarning boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan
o‘qish fanidan tuzilgan o‘quv dasturlari hamda maktabda muayyan o‘qish ko‘nikmasi va
strategiyasini hosil qilishda nimalarga e’tibor qaratilgani haqida ma’lumotlar so‘raladi.
Mazkur ko‘nikmalarga o‘quvchilarning alifbo harflarini bilishidan tortib, matn muallifining
dunyoqarashi yoki maqsadini aniqlash kabi murakkabroq k
o‘nikmalar kiradi. O‘quvchini
yoshligidan o‘qishga rag‘batlantirilishi o‘qish fanidan tahsil beradigan o‘qituvchilar uchun
muhimdir, chunki o‘qish uchun rag‘batlantiriladigan o‘quvchilar yaxshi o‘qish
ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Insonning o‘z ichki imkoniyatlarini aniqlash nazariyasiga ko‘ra,
rag‘batlantirish jarayoni o‘quvchida mavjud bo‘lgan tegishlilik, raqobatlash va erkinlik
hissini rivojlantirish orqali qulay muhit yaratib berish orqali o‘quvchilar rag‘batlantirilishi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
223
mumkin. Haddan ziyod nazorat qilina
digan sinf muhiti o‘quvchini rag‘batlantiruvchi
kuchga to‘sqinlik qilishi mumkin, chunki u o‘quvchidan erkinlik hissini tortib oladi.
O‘qituvchilarning o‘quvchilarni erkin o‘qish ko‘nikmasini hosil qilish usullaridan biri
o‘quvchilarga o‘zlarini qiziqtirgan matnlarni berishdan iborat. Bundan tashqari, o‘qituvchi
va o‘quvchi o‘rtasida o‘rnatilgan munosabat o‘quvchini rag‘batlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. PIRLS dasturida o‘qituvchilardan o‘quvchilarni rag‘batlantirish
uchun turli mashg‘ulotlarni berib
borishi, ularga o‘zlari tanlagan matn yoki materialni
o‘qish uchun ajratilgan vaqt hamda o‘quvchilarga matn muhokama qilishlari uchun
rag‘batlantirish haqida so‘raladi [4;26].
Oilada ta’limiy muhitni shakllanishida kitob, kitob mutolaasining ahamiyati kat
ta.
Ilmiy adabiyotlar tahliliga ko‘ra, oiladagi kitoblarga bo‘lgan ijobiy munosabat
farzandlarning kognitiv rivojlanishida quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
-
atrof-
muhitni, dunyoni va o‘z
-
o‘zini anglashga yordamlashadi;
-
yodda saqlash va o‘ylash qobiliyatini rivojlantiradi. Ya’ni, ko‘p kitob o‘qigan
odamning yodda tutish darajasi yaxshi, tez o‘ylab, tez xulosa chiqaradigan bo‘ladi;
-
talqin qilish, analiz qilish va shaxsiy fikrning shakllanishiga yo‘naltiradi;
-
ko‘pgina yutuq va muvaffaqiyatlarga asos bo‘ladi;
-
odamlar bilan to‘g‘ri muomala qilishga o‘rgatib, to‘g‘ri gapirishni shakllantiradi;
-
so‘z boyligini va savodxonlik darajasini oshiradi;
-
bolalarning yashirin ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqaradi [5; 24].
Oilalarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hay
otidagi faolligini oshirish, ta’lim sohasidagi
islohotlarda ular faolligini ta’minlashning asosiy omili ta’lim va tarbiya uyg‘unligi bo‘lib,
uning quyidagi bosqichlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
-
birinchidan, oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga tarbiya berish jarayonida
milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar xususida
tushunchalar berib borish;
-
ikkinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar mamlakat
siyosiy hayotining bo‘lajak ishtirokchilari ekanligi hissini uyg‘otuvchi uslublarning
zamonaviy vositalaridan foydalanish;
-
uchinchidan, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga ijtimoiy
-siyosiy
bilimlarga bo‘lgan ehtiyojini oshirishga yo‘naltirilgan fanlardan ta’lim berish;
-
to‘rtinchidan, oliy ta’lim va und
an keyingi bosqichlarda siyosiy va huquqiy
madaniyatni tadqiq etishga oid ilmiy-
nazariy va amaliy faoliyatga rag‘bat berish, bunda
ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish;
-
beshinchidan, yosh ota-onalarning ma
’naviy dunyoqarashini shakllantirishda
madaniyat ob’yektlari (kino, teatr, muzey va h.k.) bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy
-
siyosiy tadbirlarda ularning ishtirokini ta’minlash, ushbu yo‘nalishlardagi munozara
-
debatlardagi faolligini oshirish;
-
oltinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda oilalarning faol
ishtirokini ta’minlash, oilalarning jamiyatda sodir bo‘layotgan voqea
-hodisalarga
daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish ham ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan
ishlarimizning asosini tashkil etadi.
X
alqaro baholash tadqiqotlarining milliy ta’lim tizimiga tatbiq etilishishning
ijtimoiy-
pedagogik zarurati quyidagilarda namoyon bo‘ladi [6; 47]:
-
taqqoslash imkoniyati: xalqaro baholash tadqiqotlarida qatnashuvchi davlatlar
o‘z milliy ta’limini boshqa davlatlarniki bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
224
milliy ta’lim tizimining kuchli va kuchsiz tomonlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega
bo‘lish hamda ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘nalishlarni identifikatsiya qilish
imkoniyatini yaratadi;
-
ilg‘or tajribalar almashinuvi: milliy ta’lim tizimini boshqa davlatlar bilan
taqqoslash orqali amaliyotga tatbiq etilgan ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda milliy ta’lim
tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda joriy qilish mu
mkin bo‘ladi;
-
islohotlarni tezlashtirish: xalqaro baholash tadqiqotlarining natijalari ta’lim
siyosati uchun mas’ullarning ta’lim islohotlarini jadallashtirish faoliyatini, ta’lim
sohasidagi tub o‘zgarishlar borasida qaror qabul qilish jarayonini tezla
shtiradi. Ayniqsa bu
ta’lim sifatini oshirish, ta’lim olishdagi tenglikni qo‘llab
-quvvatlash hamda ijtimoiy-
pedagogik maqsadlarni ko‘zlaydi;
-
ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish: xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish
boshqa davlatlarning pedagogik ilmiy tadqiqotlari natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi
holati yuzasidan ilmiy-
nazariy ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini beradi. Ilmiy
-
qiyosiy tahlillar milliy ta’lim tizimidagi yangi ilmiy loyihalarni shakllantirish uchun muhim
impuls vazifasin
i o‘taydi;
-
shaffoflik va mas’uliyatlilik: xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish
ishtirokchi davlatlardan shaffoflik va mas’uliyatlilikni majburiyat sifatida qaralishini talab
etadi. Shu jihatdan olib qaraganda, natijalar keng jamoatchilikka ochiq va oshkora taqdim
etiladi. Bu esa mavjud ta’lim tizimi xususida jamoatchilikning fikrini o‘rganish uchun qulay
imkoniyat yaratadi;
-
taqqoslash imkoniyati: xalqaro baholash tadqiqotlari milliy ta’lim tizimini boshqa
mamlakatlar bilan solishtirish, bu esa milliy tizimning kuchli va kuchsiz tomonlarini
analitik tahlil qilish imkonini berib, solishtirish va shaffoflikni yaxshilashga olib keladi.
X
alqaro baholash tadqiqotlarini milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish ijtimoiy tenglik,
ta’lim sifati, ta’lim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish hamda ilmiy dalillarga asoslangan
qarorlar qabul qilishni rag‘batlantirish nuqtai nazaridan ijtimoiy
-pedagogik zarurdir [5;
25].
Ijtimoiy tenglik: xalqaro baholash tadqiqotlarining natijalari ishtirokchi davlatlar
ta’lim tizimini taqqoslash orqali milliy ta’lim tizimi negizida ijtimoiy tenglikning real
holatini baholash, jumladan qizlar va o‘g‘il bolalar, shahar va qishloq maktabidagi
o‘quvchilar, moliyaviy jihatdan ta’minlangan va kam ta’minlanganlar o‘rtasidagi
farqlarni
taqqoslash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy tenglik sohasidagi ilg‘or tajriba va
innovatsion yondashuvlarni milliy ta’lim rivojlanish tendensiyalari va milliy
xususiyatlarini hisobga olgan holda tatbiq etish borasida g‘oyalarning sh
akllanishiga
xizmat qiladi. Bu esa ta’limdagi ijtimoiy tengsizlik borasidagi muammolarni hal qilishga,
barcha o‘quvchilar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratilishiga yordam beradi.
Ta’lim sifatini ta’minlash: xalqaro baholash tadqiqotlari ilg‘or t
ajribalar haqida
tushuncha beradi va ta’lim sifatini oshirish uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligini
ko‘rsatadi. Bu milliy ta’lim tizimiga sifat standartlarini belgilash va doimiy
takomillashtirishga xizmat qilish imkonini beradi.
Innovatsiyalar: boshq
a mamlakatlarning ilg‘or tajribalari va pedagogik amaliyoti
bo‘yicha ma’lumotlar almashish
-
milliy ta’lim tizimida innovatsiyalarni rag‘batlantirishga
olib keladi. Bu o‘quv jarayonini takomillashtirish va o‘quvchilarning ehtiyojlarini
qondirish uchun yang
i o‘qitish usullari, pedagogik yondashuvlar va yangi texnologiyalarni
integratsiyalashuvini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, umumta’lim maktalarining ota
-onalar,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
08 (2023) / ISSN 2181-1415
225
ijtimoiy tashkilotlar bilan hamkorligi bo‘yicha yangi faoliyat turlarini shakllanishiga sabab
bo‘
ladi.
Ta’lim siyosatiga doir qarorlar qabul qilish: xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari
ta’lim sohasida ilmiy dalillarga asoslangan siyosiy qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. Tadqiqotlar ta’lim sohasidagi islohotlarning samaradorligini ob’yektiv
baholashni, ta’lim samaradorligini ta’minlashning ijtimoiy omillarini hisobga olishni,
resurslarni taqsimlash, ta’lim sohasining barqarorligi va kelajagiga doir asosli qarorlar
qabul qilishga yordam beradi.
Xalqaro baholash tadqiqotlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va inson kapitalini
rivojlanganligining mavjud va zaruriy holatini umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tayanch
kompetensiyalarini shakllanganlik darajasi, ularning ta’lim olishining ijtimoiy
-pedagogik
jihatlariga bog‘lagan holda aniql
aydi [8; 169]. Pedagogik amaliyotda xalqaro tajribalarni
milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish samaradorligi jamiyatdagi ijtimoiy rivojlanish
tendensiyalari o‘rganilganligi hamda shu jihatlarni hisobga olgan holda ta’limdagi
islohotlarni rejalashtirish bilan
uzviy bog‘liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.10.2020
-
yil “Ilm
-fanni 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi PF
-6097-son Farmoni,
//O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2020
-y.,
06/20/6097/1431-son.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi 2019
-yil 29-
apreldagi PF-5712-s
on Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019
y., 06/19/5712/3034-son.
3.Axborotnoma
3.
wwwmarkaz.tdi.uz/ISBN9789943696020/bb
9-17
www.markaz.tdi.uz
4. Beaton, A. E., Postlethwaite, T. N., Ross, K. N., Spearritt, D., & Wolf, R. M. The
benefits and limitations of international educational achievement studies. Paris: IIEP,
1999. -p. 24-36.
5. Elley, W. B. IEA study of reading literacy. Oxford: Pergamon Press, 1994. -p. 23-
41.
6. Hargreaves, A., Liebermann, A., Fullan, M., & Hopkins, D. (Hrsg.). International
handbook of educational change. Dordrecht: Kluwer, 1998. -p. 46-57.
7. Elley, W. B. IEA study of reading literacy. Oxford: Pergamon Press, 1994. -p. 136-
144.
8. Klieme, E. The role of large-scale assessments in research on educational
effectiveness and school development. In M. von Davier, 2013. -p. 167-184.
9. Gonzales,I. Kirsch & K. Yamamoto (Hrsg.). The role of international large-scale
assessments: Perspectives from technology, economy, and educational research.
Dordrecht: Springer, 2019. -p. 235-250.
