Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The importance of family and school cooperation in
ensuring the effectiveness of education
Akramzhon MATKARIMOV
Scientific Research Institute of Family and Gender
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2024
Received in revised form
15 January 2024
Accepted 25 February 2024
Available online
15 March 2024
The article analyzes the socio-pedagogical aspects of the
interaction between family and educational institutions based
on international evaluation studies. Based on scientific
evidence, the critical role of the family environment, the
availability of educational resources in the family, and the
teaching competence of parents for the educational success of
students is emphasized. Particular attention is paid to the
importance of creating a positive educational atmosphere in the
family and positive parental attitudes toward learning, which
are key factors in student success. The article also highlights
problems and ways to improve cooperation between family and
school.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp118-124
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
family,
school,
student,
cooperation,
educational environment in
the family,
international assessment
studies.
Ta’limning samaradorligini ta’minlashda oila va maktab
hamkorligining ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
oila,
maktab,
o‘quvchi,
hamkorlik,
oiladagi ta’lim muhiti,
xalqaro baholash
tadqiqotlari.
Maqolada xalqaro baholash tadqiqotlarida oila va ta’lim
muassasasi
hamkorligining
ijtimoiy-pedagogik
jihatlari
yoritilgan. O‘quvchining ta’limda muvaffaqiyatga erishishida
oila muhiti, oiladagi ta’lim resusrslarining shakllanganligi
hamda ota-onalarning pedagogik kompetentsiyalari hal qiluvchi
ahamiyatga ekanligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan.
Xalqaro baholash tadqiqotlarida ham oila va ta’lim muassasasi
hamkorligining ijtimoiy-
pedagogik jihatlariga keng e‘tibor
qaratilgan. Maqolada shuningdek oila va maktab hamkorligini
yo‘lga qo‘yishdagi muammolar ham tizimli tahlil qilingan.
1
Doctoral student, PhD, Scientific Research Institute of Family and Gender. E-mail: akramjon14@list.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
119
Значение сотрудничества семьи и школы в обеспечении
эффективности образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
семья,
школа,
ученик,
сотрудничество,
образовательная среда
в семье,
международные
оценочные исследования
.
В статье анализируются социально
-
педагогические
аспекты взаимодействия семьи и образовательных
учреждений на основе международных оценочных
исследований. Исходя из научных данных, подчеркивается
критическая
роль
семейной
среды,
доступности
образовательных ресурсов в семье и педагогической
компетентности родителей для образовательного успеха
учеников. Особое внимание уделяется значению создания
позитивной образовательной атмосферы в семье и
положительному отношению родителей к обучению,
которые
являются
ключевыми
факторами
успеха
учащихся. Статья также освещает проблематику и пути
улучшения сотрудничества между семьей и школой.
Bugungi kunda respublikamizda milliy ta’lim mazmunini takomillashtirish, maktab
ta’limini isloh qilish, o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda muvaffaqiyatga
erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish kabi ijtimoiy
-pedagogik
vazifalarning dolzarbligi ortib bormoqda. Buning uchun pedagogik nuqtai nazardan o‘quv
dasturlari, darsliklar, o‘qitish metodikasi va ta’lim natijalarini baholash tizimini
zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha islohotlar olib boriish zarurat
bo‘lib borayotgan bo‘lsa, ijtimoiy jihatdan o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini
ta’minlashda oila institutini ahamiyatini oshirish, maktab va oila hamkorligini
mustahkamlash, ta’lim olishdagi ijtimoiy tenglik kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xalqaro kongress
markazida maktab ta’limini isloh qilishga bag‘ishlangan tadbirda “Bugun ota
-onalarning
ham mas’uliyatini oshirishimiz kerak. Ota
-
onalarning ta’limga munosabatini
o‘zgartirmagunimizgacha hech narsaga erisha olmaymiz” deb ta’kidlashi ota
-ona
institutining yosh avlodning ta’lim olishdagi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan
dalolat beradi.
Prezidentimiz o‘z nutqida shuningdek, “ota
-
onalarning o‘qituvchiga
munosabati o‘zgarishi kerak”
ligini ta’kidlab o‘tishi bilan o‘quvchilarning ta’limdagi
muvaffaqiyati o‘zaro hamkorlik, muloqot va qo‘llab
-quvvatlash orqali erishish
mumkinligiga ishora deb tushunish mumkin [10].
Oilaning ta’lim resurslarini oila a’zolari tomonidan farzandlarining ta’lim olishi
uchun xizmat qiladigan ta’lim vositalari, materiallari va texnologiyalari tashkil etadi.
Ta’limiy resurslar farzandlarni bilimlarni o‘zlashtirishi, mustaqil ta’lim olish jarayonini
ta’minlash va qo‘llab
-
quvvatlash, o‘rganish strategiyasini egallashga yordam beruvchi,
jamiyatning yangi talablaridan kelib chiqqan holda yangi innovatsion texnologiyalardan
foydalanish (virtual ta’lim texnologiyalari va ulardan foydalanish uchun imkoniyat),
o‘qitish metodikasini o‘zgartirish, yangi talabalar uchun tayyorlash, fanlar bilan bog‘liq
barcha ko‘nikmalarni o‘rganishga va fani tahlil qilishga yordam beradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
120
Tayanch kompetentsiyalar ijtimoiy me’yor sifatida ham talqin qilinishi mumkin
bo‘lib, bu tushuncha o‘quvchining kundalik
-amaliy faoliyatda mustaqil hayot kechirishi
uchun lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarning umumlashmasini tavsif etadi.
Pedagogik amaliyotda xalqaro tajribalarni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish samaradorligi
jamiyatdagi ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari o‘rganilganligi hamda shu jihatlarni
hisobga olgan holda ta’limdagi islohotlarni rejalashtirish bilan uzviy bog‘liq.
A.R.
Hochschild o‘z ilmiy maqolasida
amerikalik ota-onalar 1996-yilda 1969- yilga
qaraganda o‘z farzandlariga haftasiga o‘rtacha 22 soatga kamroq vaqt sarflaganliklarini
ma’lum qiladi va bu tendensiya yana ortishi mumkinligini bashorat qiladi
[2; 164].
Bundan kelib chiqib, aytish mumkinki, bolalarning oilaviy ta’limdan jamoaviy ta’limga
o‘tish an’anasi kuchayib bormoqda. Albatta, jamoaviy ta’lim va tarbiyaning oilaviy ta’lim
va tarbiyaga nisbatan samarasiz ekanligini taxmin qilish mumkin. Jamoaviy ta’limda
tarbiyaviy va shakllantiruvchi ta’sir ikki yoki uch farzandli oiladagi kabi kuchli bo‘lmasligi
Tietze, Roßbach va Grenner
[
9; 394] tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini
topgan.
Oiladagi ta’limiy muhit bilan bog‘liq muammolarning asosiysi, ota
-onalarning
pedagogik kompetensiyalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi, jamiyatda farzand
tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha professional ta’lim dasturlarining mavjud emasligi,
kamligi
yoki mazmuning sifat darajasi pastligi. Buning natijasida ota-
onalar internet tarmog‘i, o‘z
tanishlari orqali tajriba almashish yo’li bilan istagan ma’lumotlarini topishga harakat
qiladi. Yana bir jihati aynan oiladagi ta’lim muhitini rivojlantirishga doir ma’lumotlar
oiladagi tarbiyaviy muhitni rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlarga nisbatan kamroq
uchraydi. Ota-onalarning pedagogik kompetentsiyalarini rivojlantirish institutsional va
professional yondashuvni taqozo etadi.
Oila va maktabning muvaffaqiyatli hamkorligi uning barcha ishtirokchilari
(o‘qituvchi, o‘quvchi, ota
-onalar, maktab rahbariyati) uchun ijobiy jihatlari bilan
tavsiflanadi. O‘qituvchilarga muvaffaqiyatli hamkorlikning ijobiy tomonlari sifatida
ularning kasbiy faoliyatidagi yengillik samarasi bilan xarakterlanadi va ular
o‘quvchilarning oilasi va ijtimoiy
-
madaniy kelib chiqishi to‘g‘risida osonroq va ko‘proq
ma’lumotga ega bo‘lishi va shu tariqa ta’lim
-tarbiya ishlarida maqsadli faoliyat va
samarali natijaga erishadi. Ota-onalar esa maktab faoliyati haqida keng va atroflicha
ma’lumotga ega bo‘ladi, shuningdek hamkorlikning barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi
ishonch mustahkamlanadi. Hamkorlikning samarador natijalaridan eng ko‘pi
o‘quvchilarga tegishli bo‘lib, ular ta’lim
-tarbiya jarayonida va shaxsiy rivojlanishida har
tomonlama qo‘llab
-quvvatlanadi [6; 21].
Tadqiqotlar oila va maktab hamkorligini mustahkamlash borasida ko‘plab
muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatadi
[3; 266]. Muammoning eng asosiysi sifatida
ota-
onalar yoki o‘qituvchilarning hamkorlikka qiziqishi yo‘qligi bilan tavsiflanadi.
Otterpohl und Wild [
5; 295] o‘z tadqiqotlarida qat’iy xulosa sifatida, muvaffaqiyatli
hamkorlik uchun aslida barcha ishtirokchilarning yagona “hamkorlik” tushunchasiga ega
bo‘lishi tushuniladi. Bunda ota
-
onalar, shuningdek maktab ma’muriyati, o‘qituvchilarning
hamkorlik borasidagi tasavvurlari tubdan bir-biridan farq qiladi. Asosiy faoliyat sifatida
darsdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish, zarurat bo‘lganda tashkillashtiriladigan kam
sonli suhbatlar oddiy sheriklik munosabatlari sifatida baholanishi mumkin. Bunda
albatta kommunikativ muvofiqlashtirish jarayoni zarur bo‘lib, ota
-ona va maktab
hamkorligi aslida qanday bo‘lishi va amalga oshirilishi lozimligi muzokaralar orqali
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
121
aniqlashtirib olinishi lozim [5; 293]. Ushbu muzokaralar jarayonida maktab muassasasi
juda muhim vazifani bajarib, tashkilotchilik hamda faoliyatning uzluksizligini
ta’minlashda tizimli ishlashini taqozo etadi. Shundan kelib chiqqan holda ota
-onalar
kamroq tashabbuskorlik imkoniyatiga ega. Ota-
onalarni hamkorlik doirasida faol bo‘lishi,
ularda hamkorlik madaniyatini rivojlantirish va o‘rnatish ko‘p jihatdan maktab
ma’muriyati va o‘qituvchilarga bog‘liq.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota
-
onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita
ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari
mazmunan boyib boradi.
Oilalardagi ta’limiy muhit maqsadli ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari orqali
rivojlantiriladi. Oilalarning turli ta’lim muassasalari, munitsipal tashkilotlar bilan
hamkorligi oilalardagi muvaffaqiyatni ta’minlash va rivojlanish muammolarini hal qiladi
hamda oilaviy siklning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Oilalardagi ta’lim muhitini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat institutsionallashgan
holda quyidagi ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi:
–
Ota-
onalar uchun kurslar, ma’ruzalar, oilalar uchrashuvi;
–
Ota-
onalar tashabbuslari asosida shakllantirilgan ta’limiy ahamiyatga ega
tadbirlar (sayohatlar, uchrashuvlar, loyihalar va boshqalar);
–
Turli tashkilot, muassasalar hamkorligidagi tadbirlar (tibbiyot muassaslari,
mahalla va oilalar hamkorligi);
–
O‘z
-
o‘ziga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan maslahat berish va qo‘llab
-
quvvatlashga yo‘naltirilgan tashkilotlar;
–
Ommaviy axborot-
vositalari, gazeta va jurnallar, flayerlar orqali oilalarni qo‘llab
-
quvvatlovchi media tashkilotlar [7; 212].
–
Quyida pedagog olim M.R.
Textor tomonidan taklif etilgan oilaning ta’limiy
funksiyasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat turlari keltirib o‘tilgan.
–
Ota-
onalar va farzandlar o‘rtasidagi
muloqotning mazmuni va sifatining
oshirilishi (jumladan muloqotda qo‘llaniladigan so‘zlar, atamalarni to‘gri qo‘llash va
tushuntira olishi, ilmiy, hayotiy-amaliy faoliyatdagi ahamiyatini tushuntira olishi);
–
farzandlarini dunyoni, atrof-
olamni o‘rganishda, anglab yetishda va jamiyatda
ijtimoiy munosabatlar o‘rnatishda qo‘llab
-quvvatlash;
–
oilada ta’lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega o‘yinlar o‘ynash, kitobxonlikka
o‘rgatish, farzandining ilk yoshidan boshlab ovoz chiqarib kitob o‘qib berish, uy
sharoitida kichik tajribalar o‘tkazish, birgalikda filmlar tomosha qilish, kitoblar,
telefilmlar, kitoblar, fan yoki siyosat haqida suhbatlashish,
–
farzandlarining o‘rganish va erishgan yutuqlarini rag‘batlantirish orqali ularni
maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorgarligi hamda maktabda o‘qishiga ijobiy
munosabatni rivojlantirish;
–
maktabda va sinfda sodir bo‘layotgan voqealar haqida muntazam muloqot
o‘tkazish, uy vazifalarini tayyorlashda qo‘llab
-quvvatlash, muntazam ravishda kelgusi
rejalari haqida suhbatlashish va rejalarini amalga oshirish uchun rag‘batlantirish;
–
boshqa ota-
onalar va o‘qituvchilar bilan doimiy aloqada bo‘lishi, farzandining
ta’lim sohasida qo‘shimcha ehtiyojlarini qondirish uchun maktabdan tashqari
muassasalar bilan doimiy aloqada bo‘lishi va qo‘llab
-quvvatlashi [8; 155].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
122
Oila va maktab hamkorligiga doir ijtimoiy-pedagogik muammolar quyidagi
jadvalda tasvirlangan (1-jadvalga qarang).
1-jadval
Oila va maktab hamkorligiga doir ijtimoiy-pedagogik muammolar
Muammolar
Tavsifi
Muloqotga doir muammolar
Maktab va ota-
onalar o‘rtasidagi aloqaning yo‘qligi, kamligi
yoki tushunarsizligi, tushunmovchiliklar yoki ma‘lumotlarning
to‘liq emasligi yoki to‘g ‘ridan
-
to‘g ‘ri manzilli muloqotning
mavjud emasligi
Turli tuman xohish-istak va
kutishlar
Maktab va ota-
onalarning ta’lim, tarbiya va hamkorlik bo‘yicha
turli xohish-istaklari va kutishlari. Ota-onalar maktabdan
farzandini yetarli bilim olishini umid qilsa, maktab o‘qituvchisi
mavjud shart-
sharoit va o‘quvchining vaziyatida ota
-onaning
ko‘proq ishtirokiga umid qilishi va shu kabilar
Til yoki madaniy to‘siqlar
Muloqot va hamkorlikni qiyinlashtiradigan til to‘siqlari yoki
madaniy farqlar tufayli qiyinchiliklar. Rus guruhlari, boshqa
hududdan ko‘chib kelish hisobiga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
vaziyatlar
Vaqt va tashkiliy muammolar
Ota-onalarning maktab tadbirlari, ota-
onalar yig‘ilishlari yoki
boshqa maktab tadbirlarini muvofiqlashtirishda qiyinchiliklar
yoki jiddiy qabul qilmasligi
Ishtirok etish va
majburiyatning yetishmasligi
Ota-onalarning maktab masalalariga kam qiziqishi yoki
tashabbuskorlikning yetishmasligi, ota-
onalar yig‘ilishlari yoki
loyihalarida kam ishtirok etish
Mojarolar va keskinliklar
Turli qarashlar, taxminlar yoki xatti-harakatlar tufayli maktab
va ota-
onalar o‘rtasida ziddiyat yoki keskinlikning paydo bo‘lishi
Tengsizlik va ijtimoiy
noqulaylik
Ijtimoiy yoki iqtisodiy farqlar tufayli ota-onalarning ayrim
guruhlariga teng bo‘lmagan munosabat yoki noqulayliklar
Qo‘llab
-quvvatlash
tizimlarining yetishmasligi
Alohida ehtiyoj ega, murakkab vaziyatga tushib qolgan ota-
onalar uchun maktab tomonidan tizimli qo‘llab
-quvvatlash hamda
resurslarning yetishmasligi
Shaffoflik va ishtirok etishning
yetishmasligi
Maktab tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda jarayonlar
haqida shaffoflikning yo‘qligi yoki kamligi, ota
-onalarning maktab
qarorlarini qabul qilish jarayonlarida kam ishtirok etishi
Xalqaro baholash tadqiqotlarida o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati yuqori
ko‘rsatkichga ega emasligi, milliy ta’lim tizimi va oila hamkorligiga doir muammolarni
yetarli darajada hal qilinmaganligi bilan izohlanadi. Bu masala milliy ta’lim tizimining
siyosiy maqsadi sifatida shakllanmog‘i darkor. Shuningdek, oilalarning rivojlanishi oila
joylashgan hududga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu o‘z navbatida kommunal siyosatning
aniq maqsadga yo‘naltirilgan va hududda yashovchi aholi talab va istaklari asosida
shakllantirilgan chora-
tadbirlarning samarali tatbiq etish bilan ham bog‘liq. Umumiy
holatda milliy ta’lim tizimi, mahalliy o‘z
-
o‘zini boshqarish tizimi hamda pedagog olimlar
hamkorligida oilaning ta’limiy
-tarbiyaviy funksiyasini rivojlantirish uchun umummilliy
dastrlar ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. Oiladagi ta’lim va tarbiya jarayoniga ko‘maklashish
hududdagi oilalar bilan ishlash muassasalari, kattalar ta’limi markazlari, yoshlar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
123
matkazlari, bolalar bog‘chalari, maktablar, diniy tashkilotlar tomonidan amalga
oshiriladi. Pedagogik kuzatishlar dunyodagi deyarli barcha davlatlarda maktabdan
tashqari vaqtda oiladan ko‘ra boshqa muassasalarda o‘tkazish tendensiyasini kuzatish
mumkin. Ota-
onalarning ko‘p mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lishi oiladagi ta’lim va
tarbiya jarayoniga ko‘maklashuvchi muassasalar zimmasiga yangidan yangi vazifalarni
yuklamoqda. Bolalar va o‘smirlarni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish va bu orqali
ularning ta’limdagi muvaffaqiyatini ta’minlash davlat siyosati darajasida hal qilinishi
lozim bo‘lgan vazifalar qatoriga kiradi. Jumladan maktablarda asosiy dars
mashg‘ulotlardan so‘ng uy vazifalarini tayyorlash va ma’lum bir dastur asosida
qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etish, shu maqsadda professional kadrlarni tayyorlash,
hududdagi barcha oilalar vaziyatidan kelib chiqqan holda qo‘llab
-quvvatlash takliflari
shakllanishi lozim.
Jamiyatda oilalardagi tuzilmalar o‘zgarib bormoqda. Ba’zi yosh oilalarda
avvalgiday uch avlod birga yashashi kamayib bormoqda. Oila katta avlod vakillarining
birgalikda yashashi farzandlarda qadriyatlar kamol topishida katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, globallashuv davrida axborot oqimining kattaligi yoshlarga ta’sir qilmay
qolmaydi. Insonlarning iqtisodiy-
ijtimoiy, madaniy ehtiyojlari ham o‘zgarib bormoqda.
Bu esa har bir insonning individual turmush kechirishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda
avlodlar almashinuvi jarayoni tezlashmoqda va ularning fikrlash darajasi ham o‘zgarib
bormoqda. Hozirgi maktab yoshidagi bolalar asosan Z va α gen avlodlariga to‘g‘ri keladi.
Bu esa ma’naviy
-
ma’rifiy sohada qadriyatlarga munosabatning shakllanishida muhim
ekanligini ko‘rsatadi. Boshqa tarafdan maktablarning o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya
berishdagi funktsional vazifalari salmog‘i, ijtimoiy ma’suliyati yildan
-yilga oshib
bormoqda. Bunday vaziyatda o‘quvchilarga qadriyatlarni yetkazishda ham o‘qituvchidan
ulkan professionallik, muntazam ravishda faollashtirib turuvchi bilim va ko‘nikmalar
talab etadi. Shuningdek, ta’lim tizimidagi xalqaro baholash dasturlarining joriy etilishi
jamiyatning yildan-
yilga ta’lim va uning sifatiga talablari oshib borayotganini bildiradi.
Ota-ona va maktab hamkorligi doirasidagi chora-tadbirlar maktab pedagogik
jamoasi hamda ota-onalar bilan kelishilgan holda ishlab chiqilishi hamda kelishilishi
lozim. Qabul qilingan chora-tadbirlardan qat'i nazar, ota-onalarga nisbatan ochiqva
hamkorlikda munosabatda bo‘lish ota
-
onalar va maktab o‘rtasidagi muvaffaqiyatli
hamkorlikning asosi hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Alimova G. Oilada bolalar muloqotchanligini oshirishning pedagogik-psixologik
shart-sharoitlari/Kasb-
hunar ta’limi, 1
-son, 2019. -11-14B.
2.
Hochschild, A.R.: Keine Zeit. Wenn die Firma zum Zuhause wird und zu Hause
nur Arbeit wartet. Opladen 2002. -p. 164
3.
Jäger
-
Flor, D. & Jäger, R. S. (2010).
Bildungsbarometer zur Kooperation
Elternhaus-Schule. Ergebnisse, Bewertungen und Perspektiven. Landau: VEP Verlag
Empirische Pädagogik.
-p. 266
4.
Otterpohl, N. & Wild, E. (2019). Kooperation zwischen Elternhaus und Schule im
Kontext der schulischen Leistungsentwicklung. In B. Kracke & P. Noack (Hrsg.),
Handbuch Entwicklungs- und Erziehungspsychologie. Springer Reference Psychologie
(Springer eBook Collection, S. 293-306). Berlin: Springer.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2024) / ISSN 2181-1415
124
5.
Otterpohl, N. & Wild, E. (2019). Kooperation zwischen Elternhaus und Schule im
Kontext der schulischen Leistungsentwicklung. In B. Kracke & P. Noack (Hrsg.),
Handbuch Entwicklungs- und Erziehungspsychologie. Springer Reference Psychologie
(Springer eBook Collection, S. 293-306). Berlin: Springer.
6.
Sacher, W. (2017).
Eltern, Lehrkräfte und pädagogische Fachkräfte als Partner –
Voraussetzungen und Wege ihrer Kooperation. In G. Aich, C. Kuboth, M. Gartmeier & D.
Sauer (Hrsg.), Kommunikation und Kooperation mit Eltern (1. Auflage, S. 21-34).
7.
Textor, M.R.: Allgemeine Förderung der Erziehung in der Familie. § 16 SGB VIII.
Stuttgart 1996. -p. 212.
8.
Textor, M.R.: Die Bildungsfunktion der Familie stärken: Neue Aufgabe der
Familienbildung, Kindergärten und Schulen?
Nachrichtendienst des Deutschen Vereins
für öffentliche und private Fürsorge 2005, 85 (5), S. 155
-159
9.
Tietze, W./Roßbach, H.
-G./Grenner, K.: Kinder von 4 bis 8 Jahren.
Zur Qualität der
Erziehung und Bildung in Kindergarten, Grundschule und Familie. Weinheim 2005. -p. 394.
10.
https://kun.uz/91547033
