Авторы

  • Акрамжон Маткаримов
    Докторант, доктор философских наук (PhD) по педагогическим наукам, Научно-исследовательский институт «Семья и женщина»

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp149-153

Ключевые слова:

международные оценочные исследования национальная система образования качество и эффективность педагогическая необходимость

Аннотация

Важность международного опыта в развитии национальной системы образования, включая применение международных оценочных исследований, была подтверждена на основе обширного научного анализа. В статье рассматривается педагогическая необходимость использования международных исследований в оценке национальной системы образования. Также описывается практическая значимость оценочных исследований для развития национальной системы образования.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Practical and conceptual importance of international
research on evaluation in ensureing the quality and
effectiveness of national education

Akramjon MATKARIMOV

1


Family and Women Research Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2023

Received in revised form

15 December 2023
Accepted 20 January 2024

Available online

15 February 2024

The importance of international experiences in the

development of the national education system, including the

application of international evaluation studies to the national

education system, has been clarified based on numerous

scientific analyses. The article described the pedagogical
necessity of applying international evaluation studies to the

national education system. The practical importance of

evaluation studies in the development of the national education

system was also described.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss1/S-pp149-153

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

international evaluation
studies,

national education system,
quality and efficiency,

pedagogical necessity.

Xalqaro baholash tadqiqotlarining milliy ta’lim sifati

va samaradorligini ta’minlashdagi amaliy va konseptual

ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

xalqaro baholash
tadqiqotlari,

milliy ta’lim tizimi,

sifat va samaradorlik,
pedagogik zarurat.

Maqolada xalqaro baholash tadqiqotlarini milliy ta’lim

tizimiga tatbiq etishning pedagogik zarurati tavsiflandi.

Shuningdek, baholash tadqiqotlarining milliy ta’lim tizimini

rivojlantirishdagi amaliy ahamiyati haqida fikrlar bayon etildi.

1

Doctoral Student, Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Family and Women Research Institute,

E-mail: akramjon14@list.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

150

Практическое

и

концептуальное

значение

международных

исследований

по

оценке

в

обеспечении

качества

и

эффективности

национального образования

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

международные

оценочные исследования,
национальная система
образования,

качество и
эффективность,
педагогическая
необходимость

.

Важность

международного

опыта

в

развитии

национальной системы образования, включая применение
международных

оценочных

исследований,

была

подтверждена на основе обширного научного анализа. В

статье рассматривается педагогическая необходимость

использования международных исследований в оценке
национальной системы образования. Также описывается

практическая значимость оценочных исследований для

развития национальной системы образования.

Ta’lim –

nafaqat o‘quvchilarga biror narsani o‘rgatish, balki ularni tobora

murakkablashib va o‘zgarib borayotgan dunyoda o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan ildam

harakatlanish uchun yordam

beradigan zaruriy imkoniyatlar bilan ta’minlash jarayonidir

[3.49]. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish,

xalqaro standartlarni joriy etish, mavjud tizimni qiyosiy tahlil qilish va zamon talablariga
javob beradigan milliy baholash tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyatga ega [4. 21].

Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va olimlari tomonidan xalqaro baholash

tadqiqotlarini milliy ta’lim tizimiga tatbiq etishning ijtimoiy

-pedagogik asoslariga doir

fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda

xalqaro baholash tadqiqotlarini milliy ta’lim tizimiga joriy etish va bu orqali
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, ularda muvaffaqiyatga erishish
uchun zarur bo‘lgan hayotiy

-

amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, jamiyat siyosiy, ijtimoiy

-

iqtisodiy hayotiga tayyorlash ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning
pirovard maqsadi sifatida qayd etilmoqda. Buning uchun milliy ta’lim tizimi mazmunini
tashkil etuvchi: o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘qitish metodikasi va ta’lim natijalarini
baholash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar
o‘rganilmoqda va bosqichma

-bosqich tatbiq etilmoqda.

Xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari ta’lim sohasida ilmiy dalillarga asoslangan

siyosiy qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular ta’lim sohasidagi
islohotlarning

samaradorligini

ob’yektiv

baholashni,

ta’lim

samaradorligini

ta’minlashning ijtimoiy omillarini hisobga olishni, resurslarni taqsimlash, ta’lim

sohasining barqarorligini va kelajagiga doir asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi.
Xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari va ularning turli davlatlardagi ilmiy tahlili

asosida o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishi ularning ta’limdagi muvaffaqiyati bilan
chambarchas bog‘liqligini, milliy ta’lim tizimi samaradorligi uning ijtimoiy jihatlarini
hisobga olinishi va doimiy ravishda ta’lim tizimiga doir muammolar bilan birgalikda
ijtimoiy masalalarni ham o‘rganib borishni taqozo etishini yaqqol ko‘rsatadi. Ta’limdagi

ijtimoiy tengsizlikning sabablari xilma-

xil va murakkab tushunchadir. Milliy ta’lim tizimi

sohasiga doir ta’lim siyosati bu kabi ijtimoiy masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

151

ega, ammo bu barcha ijtimoiy muammolarni hal qilinishida yagona yechim bo‘la olmaydi.
Ta’limga doir ijtimoiy muammolar umumta’lim maktablarining jamiyatning boshqa
institutlari bilan hamkorligi, o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish,
jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning taqsimoti hamda ta’limni moliyalashtirish, ta’limning
ahamiyatini qadriyatlar darajasiga ko‘tarilganligi kabi masalalar bilan o‘rganish
barobarida ijtimoiy masalalar hal bo‘lib boradi. Ta’lim sohasidagi vazirliklar,
boshqarmalarning ta’lim muammolarini hal qiluvchi yagona institut deb qaramaslik
lozim bo‘ladi.

Umumta’lim muassasalari o‘quvchilari ta’limdagi yutuqlarini xalqaro tadqiqotlar

hamda milliy tadqiqotlar asosida baholash orqali quyidagilarga erishish mumkin:

milliy ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o‘z vaqtida axborot olish;

ta’lim tizimida olib borilayotgan chora

-

tadbirlar va dasturlarning ta’sirini tahlil

qilish imkoniyati yaratiladi;

ta’lim

sifatini

oshirish,

xalqaro

miqyosda

mamlakatning

nufuzini

mustahkamlashga yordam beradi;

o‘quvchilarning bilimi, salohiyati va savodxonligining qay darajada

shakllanganligini bilish hamda xalqaro miqyosda taqqoslash;

ta’lim muassasalaridagi joriy etilgan o‘qitish usullarini boshqa mamlakatlardagi

usullardan farqli jihatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish;

o‘quvchilarning savodxonlikni rivojlantirishga oid darslar maktablarda qanday

tashkil etilganligi haqida ma’lumot olish;

ota-

onalar tomonidan o‘quvchilarning bilimi va savodxonligini yaxshilashda

qo‘shilayotgan hissalari salmog‘ini bilish;

o‘quvchilarni fanlararo uyg‘unlik asosida baholash, dunyo bo‘yicha umumiy va

har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilish;

ta’lim sifati va samaradorligiga yangicha qarash, zamonaviy, kompetensiyaviy

yondashuvlar, ya’ni o‘quvchilarning olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay
olish, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini baholash va rivojlantirish yondashuvini

olib kirish;

shuningdek tizimda tub islohotlar va burilishlarga sabab bo‘ladigan strategik

qarorlar qabul qilish uchun zaruriy ma’lumotlarni olish imkoniyatlari yaratiladi.

Ushbu islohotlar orqali o‘quvchi

-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya

faoliyatini, ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab

-quvvatlash tizimini

joriy etishga yo‘naltiriladi. Shunday ekan, milliy ta’lim tizimidan farqli bo‘lganligi sababli
mazkur tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish, shu orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish
uchun umumta’lim muassasalari jamoalaridan yuksak mas’uliyat, o‘quvchilardan
yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik, shuningdek o‘qituvchilar zamonaviy
innovatsion o‘qitish usullarini o‘zlashtirishi lozim bo‘ladi.

Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga

quyidagi imkoniyatlarni beradi:

tadqiqotlardan olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro

standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini

beradi;

natijalar milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar

tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda

mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

152

xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy dasturlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy

ta’sir ko‘rsatadi;

O‘zbekistonda turli tashkilotlarning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda

xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarda monitoring

dasturlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro

standartlarga moslashuviga olib keladi;

milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat materiallarini xalqaro dasturlarda

qo‘llaniladigan nazorat materiallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini beradi.

Xalqaro baholash tadqiqotlarining konseptual asoslari tahlilining baholash

tadqiqotlarining milliy ta’lim tizimini rivojlantirishdagi amaliy ahamiyati katta. Jumladan,
xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari ishtirokchi davlatlarning ta’lim siyosatiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi hamda ta’lim siyosatining yo‘nalishlarini belgilab olishga
yordam beradi. Xalqaro baholash tadqiqotlari o‘quvchilarning butun hayoti davomida
o‘qib

-

o‘rganishga ijobiy munosabatda bo‘lishiga, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini

ortishiga, o‘quvchilarni o‘rganish strategiyalarini aniqlab olishida qo‘llab

-quvvatlaydi.

Xalqaro baholash tadqiqotlari har ikki yoki uch yilda o‘tkaziladi va ishtirokchi davlatlar
ta’lim tizimini tizimli, doimiy milliy monitoringini o‘tkazish hamda u maktab ta’limi

maqsadlarini amalga oshirishni takomillashtirish imkoniyatini beradi. Baholash

tadqiqotlari o‘qituvchilardan o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan topshiriqlarning sifatini
baholash, o‘quvchilarning o‘rgangan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishlari,
ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar bilan

boyitishiga turtki beradi. Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlari maktablar, aholining

ijtimoiy tabaqalari, jinsi, kelib chiqishi, hududlar va davlati bo‘yicha natijalarni
umumlashtiradi va jamiyatning turli jabhalari uchun ta’limga oid statistik ma’lumotlarni

taqdim etadi.

Xalqaro baholash tadqiqotlarining vazifasi unda ishtirok etuvchi davlatlar, ta’limga

mas’ul vazirlik va idoralarining oldida turgan quyidagi savollarga javob topishida zaruriy
ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iboratdir:

o‘quvchilar majburiy ta’lim so‘nggida demokratik jamiyatda faol fuqarolik rolini

olishga yetarli tayyorlanganmi?

o‘quvchilar o‘z g‘oya va tasavvurlarini tahlil qilish, asoslash va shular asosida

muloqot qila olish ko‘nikmasiga egami?

o‘quvchilar hozirgi mehnat bozori talablari asosida maktabda ta’lim olayaptimi?

o‘quvchilar “butun hayot davomida o‘qish” konsepsiyasi talablariga javob

beradimi? [1;9].

Xalqaro baholash tadqiqotlari konsepsiyasiga ko’ra baholash tadqiqotlarining bosh

maqsadlari quyidagi savollarga javob izlash sifatida belgilab o‘tilgan: o‘quvchilarning ilm

-

fan, jamiyat talablariga javob berishi qanday holatda? Baholash tadqiqotlarining bosh

maqsadi maktabda o‘rganayotgan bilimlarini o‘quvchilar tomonidan kundalik hayotda
qo‘llanishi holati qanday ekanligini aniqlashdan iborat [2; 266].

Xalqaro baholash tadqiqoti milliy davlat ta’lim standartlarining kompetensiyaviy

yondashuvli didaktik tamoyil asosida shakllanganligini taqozo etadi. Baholash

tadqiqotlarida nazarda tutilgan kompetensiyaviy yondashuv ko‘p jihatdan jamiyat va
mehnat bozori talablari asosida jamiyatning faol a’zolari, bo‘lg‘usi mutaxassislar, yetuk

hayotiy-amaliy kompetensiyalarga ega shaxsga nisbat beriladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2024) / ISSN 2181-1415

153

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Bildungsmonitoring Schweiz: Für das Leben gerüstet?

Die Grundkompetenzen

der Jugendlichen-Nationaler Bericht der Erhebung // PISA 2000.

p. 91.

2.

Reiss K., Weis M., Klieme E., Köller O. Grundbildung im internationalen Vergleich

// Waxmann 2019 Münster, New York. –

р. 266.

3.

Исмаилов А. А. Ўқувчиларнинг таълимдаги ютуқларини баҳолаш: танлов

рамкасини шакллантириш // Замонавий таълим, 12. 2021.

-49-56b.

4.

Шляйхер А. Образование Мирового уровня. Как выстроить школьную

систему ХХI века? //Издательство Национальное образование. ФИОКО Москва.

2019. -

27с.

Библиографические ссылки

Bildungsmonitoring Schweiz: Für das Leben gerüstet? Die Grundkompetenzen der Jugendlichen-Nationaler Bericht der Erhebung // PISA 2000. – p. 91.

Reiss K., Weis M., Klieme E., Köller O. Grundbildung im internationalen Vergleich // Waxmann 2019 Münster, New York. – р. 266.

Исмаилов А. А. Ўқувчиларнинг таълимдаги ютуқларини баҳолаш: танлов рамкасини шакллантириш // Замонавий таълим, 12. 2021. -49-56b.

Шляйхер А. Образование Мирового уровня. Как выстроить школьную систему ХХI века? //Издательство Национальное образование. ФИОКО Москва. 2019. - 27с.