Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Competency-based approach to teaching mathematics
in primary school
Doniyor JULANOV
1
, Gulchekhra ULUGBERDYEVA
2
Navoi State Pedagogical Institute
Academic Lyceum of the Navoi State Mining and Technology University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2023
Received in revised form
15 April 2023
Accepted 25 April 2023
Available online
15 May 2023
In this article, we talked about the effectiveness of the
competency approach in the teaching of mathematics.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp1
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
competence,
mathematical literacy,
media,
reader,
information,
skills,
qualification.
Boshlang‘ich
sinflarda
matematika
o‘qitishda
kompetensiyaviy yondashuv
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
kompetensiya,
matematik savodxonlik,
media,
o‘quvchi,
axborot,
ko‘nikma,
malaka.
Ushbu maqolada matematika o‘qitishda kompetensiyaviy
yondashuvning samaradorligi xususida so‘z borgan.
1
Senior Lecturer, Department of Primary Education, Navoi State Pedagogical Institute.
2
Teacher of the highest category, Academic Lyceum of the Navoi State Mining and Technology University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
101
Компетентностный подход к обучению математике
в начальных классах
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
компетенция,
математическая
грамотность,
медиа,
ученик,
информация,
умения,
навыки.
В данной статье идет речь об эффективности
компетенционного подхода при обучении математики.
Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030
-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
tasdiqlandi, yoshlar ta’lim
-
tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qara
tilgan
kompleks chora
–
tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi,
umumiy o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim
standartlari hamda fan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarni o‘zlashtirilgan
axborotlarni o‘quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida
qo‘llay olishg
a tayyorlashi bilan xarakterlanadi.
Maktab ta’limini zamonaviy rivojlanish talablariga moslashtirib fanlardan elektron
ta’lim resurslarini takomillashtirish, o‘quvchilarning elektron manbalar bilan faol
muloqatini ta’minlash, mustaqil ta’limni amalga oshirish va o‘z
-
o‘zini baholash, zaruriy
ma’lumotni operativ izlab topish va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishda undan
foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘qitishning asosiy mohiyati kasb
ga
yo‘naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta’lim
-
tarbiya jarayonida o‘quvchilar tomonidan
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek,
kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llay olish kompetensiyalarini shakl
lantirishga
yo‘naltirish sanaladi. O‘quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, mazkur jarayonda duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha
raqobatbardosh bo‘lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan kompetensiyalar uch darajaga ajratiladi: tayanch
kompetensiyalar; umumiy (predmetli) kompetensiyalar; xususiy kompetensiyalar.
O‘quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga zamin yaratadigan
kompetensiyalar
tayanch kompetensiya, faqat o‘quv fani orqali shakllantiriladigan kompetensiyalar
xususiy kompetensiyalar deyiladi.
Kompetensiya so‘ziga turlicha ta’riflar, yondashuvlar m
avjud. Xususan,
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” da kompetensiya so‘zi quyidagicha izohlanadi:
kompetensiya (lot. Compete
–
erishyapman, munosibman, loyiqman)
–
muayyan davlat
organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qon
un, ustav
yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; u yoki bu
sohadagi bilimlar, tajriba.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
102
“Kompetensiya” atamasi keng ma’noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy
tajribalar asosida bilim va malakalarni qo‘llash,
muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini
bildiradi. Lotincha “campetere” –
muvofiq bo‘lmoq so‘zidan kelib chiqqan.
Kompetensiya
–
bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir. U bilim
mahsuli bo‘lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotga qo‘llay
olish qobiliyatidir.
Kompetensiyaning bilimdan farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni
aniqlab ham, baholab ham bo‘lmaydi. Malaka kompetentlikning muhim mezoni bo‘lib, u
turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor qo
‘llash natijasida
namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va
qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda
quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetensiya
–
ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta
xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal
qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
–
media manbalardan zarur
ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali
foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
–
doimiy ravishda o‘z
-
o‘zini jismoniy,
ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida
mustaqil o‘qib
-
o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil
ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti
-harakatini muqobil baholash va mustaqil
qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
–
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch
va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala
va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish lay
oqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya
–
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-
oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at
asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoida
larga va sog‘lom turmush tarziga
amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda
foydalanish kompetensiyasi
–
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy,
kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va
modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini
oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana
olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim
fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.
Shuningdek, har bir umumta’lim fanining
mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompe
tensiyalar ham
shakllantiriladi. Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan
maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib
-
intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi.
Mate
matika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak
-atrofdagi voqea va
hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan
-texnika va
texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
103
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda
kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun
zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish,
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va
ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish, milliy,
ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy
-moddiy resurslardan oqilona foydalanish
va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi
sifatida tarbiyalashdan iborat.
O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va
algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlashda kompetensiyaviy
yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida
matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda
matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish, o‘quvchilarning
individual xususiyatlarini rivojlantir
gan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini
shakllantirishda, fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb
tanlashga yo‘naltirishda kompetansiyavi
y yondashuv ahamiyatlidir.
Maktabda matematika o‘qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko‘p yillik tajribada
tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli darsdir.
O‘quvchilarning matematik bilimlarni o‘zlashtirishi faqat o‘quv ishida to‘g‘ri metod
tanlashga bog‘liq bo‘lmasdan, balki, o‘quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham
bog‘liqdir. Dars deb dastur bo‘yicha belgilangan, aniq jadval asosida, aniq vaqt
mobaynida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zgarmas so
ni bilan tashkil etilgan
o‘quv ishiga aytiladi.
Dars vaqtida o‘quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash
malakasiga, masala yechish, har xil o‘lchashlarni bajarishga o‘rganadilar, ya’ni darsda
hamma o‘quv ishlari bajariladi.
Matematika darsin
ing o‘ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‘quv predmetining
xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik
material bilan bir vaqtda algebra va geometriya elementlari ham o‘rganiladi.
Matematika boshlang‘ich kursining boshqa o‘ziga xos tomoni nazariy
-amaliy
masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi bilimlar
berilishi bilan unga doir amaliy ko’nikma va malakalar singdiriladi.
Odatda darsda bir nechta didaktik maqsadlar amalga oshiriladi: yangi materialni
o‘tish; o‘tilgan mavzuga oid bilimlarni
mustahkamlash;ularni umumlashtirish,
tizimlashtirish; mustahkam o‘quv va malakalar hosil qilish va hokazo.
Matematika darslarining o‘ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu
–
o‘quv
materialining abs
traktligidir. Shuning uchun ko‘rgazmali vositalar, o‘qitishning faol
metodlarini sinchiklab tanlash, o‘quvchilarning faolligi, sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish
darajasi kabilarga ham bog‘liq.
Hozirgi zamon matematika darslari oldiga qo‘yilgan talablard
an yana biri
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyatini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchida analiz,
sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalar
shakllanadi.
Boshlang‘ich sinflarda matematika darslar tizimi
–
O‘quvchilar bilan har bir
darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har birini shu darsning turli
bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
104
tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi
tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv
materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan keyin
o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa tushunch
aning
o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi
natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina
darsning o‘zida
emas, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘
tish jarayonida
hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
Shuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy
ketma-ketlikda joylashtirishi lozim.
Darslar tizimining tuzilishidagi eng katta talab darsni
ng o‘quv
-tarbiyaviy
maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik
tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining o‘quv
vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.
Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni ko‘rib chiqish,
xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat
markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida egallanib, mustahkamlangandan
keyin misol va masalala
r yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida
malakalarni qayta oshirishi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimga
keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash kerak.
Dasturning qandaydir mavzusining
mazmunini aniqlashda, ma
vzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlarni
o‘zlashtirishda quyidagi asosiy bosqichlar muhim hisoblanadi.
1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash.
2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish.
3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalarni hosil qilish.
4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.
5. Bilim va malakalarni tekshirish.
MATEMATIKA DARS TIPLARI VA TARKIBI.
Ko‘pincha metodik adabiyotlarda darslarni uning didaktik maqsadi bo‘yicha
ajratish asos qilib olinadi. Quyida matematik dars tiplarini keltiramiz:
1.
Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi.
Bularda o‘quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi
masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlari bilan tanishadi:
2.
Bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash darsi.
Bunda oldingi darsda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlashga
doir misol va masalalar ishlaydi.
3. Takrorlash
–
umumlashtirish darslari.
Bu kabi darslarga
ma’lum bir bo‘lim tugaganda, yoki o‘quv yili boshi va oxirida
takrorlash , umumlashtirish misol bo‘ladi.
4.
Bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish darsi.
5. Aralash yoki murakkab dars, bunda bir necha
didaktik maqsadlar bo‘lib,
ularning hammasi ham muhimdir.
Har bir matematika darsi o‘z tarkibiy tuzilishiga ega.
Dars quyidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin:
Aralash dars rejasini keltiramiz.
I.
Т
ashkiliy qism. Maqsad: ish vaziyatini yaratish (1-1,5 min)
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
105
II.
Uy vazifasini tekshirish: so‘rash, didaktik material bilan frontal ishlash, aralash
so‘rash (7 –
10 min)
III.
Yangi bilimlar berish, yangi materialni tahlil etish (suhbat, hikoya,ma’ruza,
darslik va daftar bilan mustaqil ishlash) (15
–
20 min)
IV.
Yangi materialni mustahkamlash, ilgari o‘tilgan materialni takrorlash, mashqlar,
didaktik o‘yinlarning elementlari. (5–
15 min.)
V. Uy vazifasi, uning mohiyati bajarilish uslubiyati, amaliyot bilan aloqasi fanlararo
aloqadorligi. (5 min)
VI. Darsning yakunlanishi. (2 min).
Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir.
Yangi bilimlar berish. Darsnig bu bosqichi maktab o‘quvchilarida bilim va o‘quv
malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Mazkur bosqich ayrim qismlarga
ajraladi:
a)
yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik;
b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish);
d)
yangi materialni o‘rganish;
e) qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish (yodlash).
Og‘zaki
sanoqdayoq yangi
bilimlarni qabul qilishga tayyorlash maqsadida o‘qituvchi shunday
savollarni kiritadiki, ularga beriladigan javoblar ularni yangi bilimlar bilan bog‘lash
hamda bilim va uquvlar umumiy tizimiga kiritilishiga yordam beradi.
Yangi mavzuni yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish, va aksincha, bu ishni
o‘quvchilarni yangi hisoblash usullari, xossasi va hokazo bilan tanishtirilgandan so‘ng
yakun, tushuntirish xulosasi sifatida ham amalga oshirish mumkin.
Yangi mavzu so‘rash orqali tekshiriladi. So‘ngra qisqacha so‘zlash, nazariy
bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi.
Masalan, 1 sinfda bolalar
“36
-2 va 36-
20 ko‘rinishidagi ayirish” mavzusida yangi
ayirish usuli bilan tanishdi. Mustahkamlash uchun ular uyda ushbu misollarni yechadi:
69
–
3
98
–
6
69
–
30
98
–
60
Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun
bunday topshiriqni bajaradi:
2 dm > 18 sm
1 so‘m > 80 tiyin
6 sm < 2 dm
60 tiyin > 50 tiyin
Amaliyotning ko‘rsatishicha, uy vazifasi odatda
sinfda bajarilgan ish hajmining
yarmini tashkil etadi.
Darsni yakunlash.
O‘qituvchi darsni yakunlaydi: “Darsda nima bilan
shug‘ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?” o‘quvchilar bilan birgalikda
yangi qoida takrorlanadi.
Dars mazmunini
aniql
ash uchun o‘qituvchi quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:
1. Dars mazmuni dasturga mos k
е
lishi va uning maqsadlaridan k
е
lib chiqishi.
2.
G‘oyaviylik va e’tiqodni tarbiyalash. Darsda o‘quvchilar dunyoqarashlarini kundalik
axloq asoslari sifatida shakllantirish uchun eng qulay, yaxshi sharoit yaratish zarur.
3.
Darsni turmush bilan, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan bog‘liqligi.
4.
O‘quv matеrialning o‘quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari yеtadigan bo‘lishi.
Dars mazmuniga
har xil masalalar, mashqlar kiradi. O‘qituvchi bularni
almashtirishi mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
106
Hozirgi zamonning muhim talablaridan biri o‘quvchilarning bilish va ijodiy
faoliyatlarini aktivlashtirishdan iborat. Har bir dars fikrlash, ijod qilishga qaratilgan
bo‘lishi lozi
m.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
Mirziyoyev
Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash
-yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi // Adolat, 2016-yil.
–
8-dekabr
2.
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy
tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
–
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.
-
T.: O‘zbekiston, 2017 y.
3.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini bir
-galikda
barpo etamiz. Toshkent
–
«O‘zbekiston». 2016. 13
-14
4.
“Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” 2019
-yil 8-oktabr.
PF-5847
5.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
O
‘
RQ
–
637-son
23.09.2020. Ta'lim to'g'risida
–
LEX.UZ
6.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. https://lex.uz/docs/-48401
7.
Адольф В.А. Теоретические основы формирования профессиональной
компетентности учителя: автореф. дисс. д
-
ра пед. наук.
–
М.
–
1998.
–
48 с.
8.
Андреев А.Л. Компетентностная парадигма в образовании: опыт
философско
-
методологического анализа педагогика // Педагогика.
–
М.
–
2005.
–
№ 4.
–
С.19
-26.
9.
Маҳмудов А.Х. Узлуксиз таълим жараёнига компетентлик ёндошувини жорий
қилишнинг
дидактик асослари // Узлуксиз таълим.
–
2012.
–
№ 4. 8
-
12 бетлар.
10.
Турғунов С.Т., Даниёров
Б.Х. Ўқитувчиларнинг касбий компетентлилигини
ривожлантириш жараёнлариги тизимли ёндашув // Халқ таълими.
–
2011.
–
№ 5. 71
-
76 бетлар.
11.
http://www.dissers.info
12.
http://www.austms.org.au/publ/jaustMs_writing.pdf
13.
http://www.bigpi.biysk.ru/wwwsite/source.
14.
http://www. ippd.univers.krasu.ru/bibl/pedagog_razvitie.
