Tarix va komil inson tarbiyasi

CC BY f
170-172
34
1
Поделиться
Жорабоев, Н., & Сайфуллаев, Б. (2021). Tarix va komil inson tarbiyasi . Глобальное партнерство как условие и гарантия стабильного развития, 1(1), 170–172. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/stable_development/article/view/22038
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tarix laiakkur mahsuli. Tarixulug' murabbiy. 0‘tmishimizdayuzbergan har bir hodisa maTum ma’naviy ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’sirida yuz bergan. Unga nazar solganda, asrlar silsilasini varaqlaganda alohida tiyraklik va zukkolik bi 1 an qarash kcrakki, voqcalar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat qo'yingki, har bir davrning o'ziga xos shukuhiyu tashvishlari, sevinch-u iztiroblari ko'zga yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Bular kishini fikrlashga, o'tmishni idrok qilib, kelajakni aql yo'rig'i bilan belgilashga yordam beradi. Zero, tarixning tafakkur mahsuli va ulug' murabbiyligi, oliy qadriyat ekanligi ana shu bilan bclgilanadi. Bu qadriyat, ayniqsa, mustaqillik davrida yana ham oliymaqom mavqc va ahamiyat kasb etmoqda.

Похожие статьи


background image

170

Jo‘raboyev Nosir Yusupovich

Tashkent davlat transport universiteti

Sayfullayev Behruz Dilshod o‘g‘li

Tashkent davlat transport universiteti

TARIX VA KOMIL INSON TARBIYASI

Tarix tafakkur mahsuli. Tarixulug‘ murabbiy. O‘tmishimizdayuzbergan har bir hodisa maTum

ma’naviy-ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’sirida yuz bergan. Unga nazar solganda, asrlar silsilasini
varaqlaganda alohida tiyraklik va zukkolik bilan qarash kerakki, voqealar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat,
siyosat qo‘yingki, har bir davrning o‘ziga xos shukuhiyu tashvishlari, sevinch-u iztiroblari ko‘zga
yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Bular kishini fikrlashga, o‘tmishni idrok qilib, kelajakni aql yo‘rig‘i bilan
belgilashga yordam beradi. Zero, tarixning tafakkur mahsuli va ulug‘ murabbiyligi, oliy qadriyat ekanligi ana
shu bilan belgilanadi. Bu qadriyat, ayniqsa, mustaqillik davrida yana ham oliymaqom mavqe va ahamiyat
kasb etmoqda.

Zero, Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy XX asr boshlaridayoq tarix

ilmidan yoshlarga saboq berish naqadar dolzarb masala ekanligiga to‘xtalib: “...din va dunyodan boxabar
boTmoqni xohlaydurg‘on har kim uchun tarix o‘qimoq kerak. Chunki har narsa va har nimarsaning asli va
fasli tarixdan boshlanur. Katta kishi boTmoq uchun tarix bilmoq lozimdur”, - degan edi. [1,502-505-betlar]

Binobarin, komil insonni tarbiyalashda, qolaversa, muhandislik taTimining insonparvarlik asoslari

tizimida tarixga nisbatan yangicha munosabatda boTish, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” g‘oyasi asosida uni
qayta idrok etish, yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash, vatan tinchligi va xavfsizligini mustahkamlash
asnosida tarixiy bilimlarning o‘rni va ahamiyatiga tobora katta ehtiyoj

tug‘ilmoqda. Zotan, jamiyat bir holatdan ikkinchi holatga o‘tayotgan, odamlar hayoti va turmush tarzida tub
burilishlar sodir bo‘layotgan bir paytda kishida tarixga yuz burish, undan ma’naviy tayanch, dunyo xaritasi
va sahnasida o‘z o‘rnini belgilab olish, buyuk o‘tmish bilan faxrlanish, o‘z kelajagiga ishonch ruhi bilan
yashash zarurati seziladi. Shuning uchun ham hukumatimiz tarixga alohida e’tibor bilan qarab, uni milliy
qadriyat darajasiga ko‘tarib, butunlay yangi nazar bilan g‘alvirdan o‘tkazishni kun tartibiga qo‘ymoqda.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi

yondashuvlar bilan bog‘liq bir qator o‘zgartirishlarga yuz tutdi. Mavjud sharoit O‘zbekiston tarixchilari
oldiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini, uni xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimida
o‘qitishga mutlaqo yangicha yondashuvlarni kun tartibiga qo‘ydi.

Birinchi Prezidentimiz 1998-yili tarixchi olimlar bilan bo‘lganmuloqot chog‘idabildirganfikr-

mulohazalarida va shu asosda yuzaga kelgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasida bu borada sira
kechiktirmay amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalarni, ayniqsa, komil insonni tarbiyalashda tarixiy
bilimlarning o‘mi va ahamiyati ne chog‘li muhim ekanligini ko‘rsatib berdi.

Ana shulardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugun tarixchilar oldida, hech bo‘lmaganda, uchta asosiy vazifa

bor deyish mumkin. Bular: birinchidan, bugungi O‘zbekiston jahon xaritasida paydo bo‘lgan tasodifiy
mamlakat emasligini, uning ildizlari nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko‘rsatish;
ikkinchidan, sobiq sho‘ro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan tarixni o‘z o‘rniga
qo‘yish, tarix haqiqatini ilmiy asosda qayta tiklash; uchinchidan, shu asosda xalqimiz, ayniqsa, talaba yoshlar
qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor, o‘z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish, buyuk o‘tmishga
munosib buyuk millat bo‘lish, ertangi kunga katta ishonch va istiqlolga e’toqod bilan yashashni turmush
tarziga aylantirish.

Bu o‘rinda, komil insonni tarbiyalashda tarixiy bilimlaming o‘mi va ahamiyati naqadar zarur ekanligini

ayni haqiqat sifatida e’tirof etishdan tashqari, tarix fanini o‘rganish, unda beriladigan saboqlar uzluksiz
bo‘lishi lozimligini ham anglash muhimdir. Negaki, hozirda ham “O‘zbekiston tarixi” bu maktab fani, uni


background image

171

o‘qitish oliy mutaxassislar tayyorlashda shart emas, deb uqtiradiganlar onda-sonda topilib qoladi.

Shuni unutmaslik kerakki, mustaqillik tufayli xalqimiz ongi-shuurida jonlana boshlagan o‘zligini

anglash, milliy uyg‘onish hissiyotini rivojlantirish, kishilarimizga o‘tmish tarixi, ota- bobolar ruhini, qadimiy
madaniyatni qadr-qimmat tuyg‘ularini singdirish bugun aholini barcha qatlamlariga, ta’lim tizimining barcha
bosqichlarida o‘rganiladigan tarix fanining muhim vazifasiga aylandi. Xalqimiz tarixi va boy madaniy
merosini chuqur bilish mustaqillikni mustahkamlash uchun o‘ta zarurligini Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov Respublika Oliy Majlisi birinchi chaqiriq, birinchi sessiyasidayoq shunday ta’kidlagan edi: “Vatan
tarixi va madaniyatini, jo‘g‘rofiyasini va iqtisodini, qadimiy urf-odatlarini har tomonlama o‘rganish dolzarb
ahamiyatga ega. Bog‘chalardan tortib oliy o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan
va bilimlarni o‘rganishga muhim siyosiy vazifa sifatida qaralmog‘i lozim” [2, 103-bet],

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish uchun respublika Oliy

va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Oliy ta’lim islohoti” dasturini ishlab chiqdi. Ushbu dastuming muhim
qoidasi oliy ta’limni gumanitarlashtirishdan iborat edi. Jumladan, ushbu dasturda “gumanitar ta’lim berish
ixtisosliklar bo‘ycha mutaxassislar tayyorlashning ajralmas qismidir va u o‘zbek xalqining ma’naviy merosini
mustahkamlash va rivojlantirish, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, fuqarolik va vatanparvarlik tuyg‘usini
tarbiyalash, o‘zbek xalqi milliy ruhining asosi boTmish insonparvarlikni tarbiyalashga asoslanadi” deb
alohida qayd etilgan.

Kezi kelganda tarixni, tarixiy xotirani qandaydir mafkuralar ta’sirida yoxud qandaydir subyektiv

manfaatlar yo‘lida soxtalashtirish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ham to‘xtalib
o‘tmoqchimiz. Uzoqqa bormaylik-da, birgina sho‘rolar davrini eslab ko‘raylik. O‘shanda sovetlar
hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixini, jumladan, vatanimiz tarixini marksizm-
lelinizm ta’limoti asosida besh davrga bo‘ldilar. Bular: ibtidoiy jamoa tuzumi davri, quldorlik tuzumi davri,
feodalizm tuzumi davri, kapitalizm tuzumi davri, sotsialstik tuzum davri. Bunday davrlashtirishdan maqsad,
albatta, jamiyat taraqqiyoti insoniyatni pirovard natijada “Kommunizm”ga olib boradi degan g‘oyani ilgari
surish va o‘tkazishdan iborat edi. Vaholanki, bu g‘oyaning qanchalik soxta yoki puxtaligini XX asr oxirlarida
ro‘y bergan tarixiy voqelar yaqqol ko‘rsatib berdi. Shu bois XXI asr bo‘sag‘asida insoniyat bu kabi
soxtalashtirilgan tarixiy xotirani uloqtirib tashladi. Butun dunyoda “sinfiy qadriyatlar”dan “milliy va
umuminsoniy qadriyatlar” ustuvorligi e’tirof etildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 9-may Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda

1999-yildan buy on umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelmoqda. Barchamizga ayonki, ajdodlar
xotirasini yod etib, ezgu ishlami davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, osmonimiz musaffoligi, yurtimiz
ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan nuroniylami e’zozlash xalqimizga xos fazilatlardandir. 9-may sanasiga “Xotira
va qadrlash kuni” deb nom berilgandan keyin uning mazmun-mohiyati ham tubdan o‘zgardi, yangi ma’no
kasb eta boshladi. Qandaydir mavhum g‘oyani ifoda etgan “noma’lum soldat” deb nom olgan yodgorliklar
o‘rniga Motamsaro ona haykali o‘rnatilib, xotira maydonlari tashkil etildi. Bularning barchasi, mazkur
sananing asl insoniy mohiyatini yaqqol ochib bermoqda, inson xotirasi naqadar muqaddas, uning qadr-
qimmati nechog‘lik aziz va mo‘tabar ekanligini o‘zida ifoda etmoqda.

Shu munosabat bilan tarix lug‘atidan “Tarixiy xotira” tushunchasi Islom Karimov tomonidan unga

berilgan mazkur ta’rif bilan mustahkam joy egalladi: “Tarixiy xotira-bu umr mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi
vorislik tuyg‘usini ularning bir-biriga daxldor ekanini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket
bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to‘gri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning
ruhi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an’analarimizni toptashgayo‘1 qo‘ymaslik, ulami ko‘z
qorachig‘idek asrash demakdir” [3, 6-bet].

Darhaqiqat, tarixiy xotira inson va xalq manfaatining uzviy tarkibiy qismlaridan biridir. Tarixiy xotira

bor ekan, xalq o‘zining buyuk kechmishi, betakror madaniy merosi, qadriyat va an’analarini doimo yodida
saqlaydi. Bu o‘rinda Vatan tarixi yoshlarga nafaqat xalqimizning o‘tmishi haqida bilim berib qolmasdan,
balki ularni vatanparvar, insonparvar, ma’naviy jihatdan komil inson bo‘lib yetishishlarida katta o‘rin
egallashi zarur. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “Shuni esda tutish lozimki,
o‘tmishimizni “oqlash” vazifasi, umuman olganda, bajarib bo‘lindi. Hozir esa asosiy vazifa tarixiy tahlilni


background image

172

ilmiy jihatdan xolisona va halol amalga oshirishdan iboratdir” [4, 27-bet],

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar akademyasi huzurida O‘zbekistonning yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori tarix fanini yangi pog‘onaga ko‘tarish hamdabuboradagi ishlar
samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat, dasturilamal bo‘ldi. Hozirda tarixchilar oldida mazkur
qarordan kelib chiqqan holda, bir-birini toTdiruvchi ikkita vazifa ko‘ndalang turibdi. “Birinchi yo‘l yangi
avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va
o‘qitish” [5].

MaTumki, O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, milliy tariximizning

ajralmas qismi boTgan eng yangi tarixni o‘qitish joriy etilmoqda. Eng yangi tarixni o‘rganishning muhimligi
shundaki, u mamlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy jihatdan barqaror rivojlanishiga ta’sir
qiluvchi voqea hodisalami tushunishga hamda teran idrok etishgayordam berish bilan belgilanadi. Bundan
tashqari, u bizga tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini oldindan ko‘ra bilish va bashorat eta olish imkonyatini
beradi.

O‘zbekistonning eng yangi tarixi bu nafaqat akademik bilim va o‘qitish, balki tarixiy xotirani

shakllantirish, yoshlarda vatanparvarlik va faol fuqarolik pazitsiyasini qaror toptirish yoTidir. U yoshlarga
XX asr oxiri XXI asr boshlarida milliy tariximizda yuz bergan voqealarni mustaqil tarzda baholashga, jahon
tarixi kontekstidagi va davlatimiz taraqqiyotidagi eng muhim tendensiyalarni ko‘rish, O‘zbekistonning
zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni haqida tasavvurni shakllantirish, mamlakatning yangi strategik yo‘nalishini,
uning ichki va tashqi siyosatining ustuvor jihatlarini tushunishlariga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona-Vatanimizning yaqin o‘tmishini

tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining, va
umuman, o‘z milliy tariximiz solnomasini tuzishni o‘rganishga, uni to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj
sezmoqda.

Komil insonni voyaga yetkazishda tarixiy tarbiya ma’naviy yetuklikning muhim omili ekanligi

to‘g‘risidagi fikrimizga yakun yasar ekanmiz, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak
ma’naviyat-yengilmas kuch” risolasida qayd etilgan: “Agar biz bu masalada hushyorlik, sezgirligimizni
qat’iyat va mas’ulyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘z boTarchilikka tashlab qo‘yadigan
bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy
xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib
qolishimiz mumkin”[6, 67-bet] degan ogohlantirishlarini yana bir bor esga olsak, foydadan holi bo‘lmaydi.

ADABIYOTLAR:

1.

“Oyna”, 1914 yil, 27-son, 502-505-betlar.

2.

Karimov I.A. (1998), Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.-Toshkent, Sharq. 27-bet.

3.

KarimovI.A. (2011), O‘zbekistonmustaqillikkaerishishostonasida.-Toshkent, O‘zbekiston. 103-bet.

4.

Karimov I.A. (2012), Tarixiy xotira va inson omili -buyuk kelajagimizning garovidir,- Toshkent,

O‘zbekiston. 6-bet.

5.

Karimov I.A. (2008),Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. -Toshkent, Ma’naviyat. 67-bet.

6.

Abdullayev R. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish - dolzarb masala.-www.uza.uz.

7.

Shermukhamedova, N. A. "Philosophy." Tashkent: Noshir (2012).

8.

Абдуллаева, Н. (2023). Вопросы языкового и речевого этикета в произведении «Кутадгу

билиг», in Library, 22(4), 171-180. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21752

Библиографические ссылки

“Oyna”, 1914 yil, 27-son, 502-505-bctlar.

Karimov I.A. (1998), Tarixiy xotirasiz kclajak yo'q.-Toshkent, Sharq. 27-bct.

Karimov!.A. (2011), O'zbekistonmustaqillikkaerishishostonasida.-Toshkent, O'zbekiston. 103-bet.

Karimov l.A. (2012), Tarixiy xotira va inson omili -buyuk kelajagimizning garovidir,- Toshkent, O'zbekiston. 6-bet.

Karimov LA. (2008),Yuksak ma’naviyat-ycngilmas kuch. -Toshkent, Ma’naviyat. 67-bet.

Abdullayev R. O'zbekistonning eng yangi tarixini o'rganish - dolzarb masala.-www.uza.uz.

Shermukhamedova, N. A. "Philosophy." Tashkent: Noshir (2012).

Абдуллаева, H. (2023). Вопросы языкового и речевого этикета в произведении «Кутадгу билиг», in Library, 22(4), 171-180. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21752

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов