321
Qurbonova L.A.
falsafa fanlari doktori, kafedra mudiri
Andijon davlat univer sited
Usmonova.Sh
assissent о ‘qituvchi
Andijon davlat univer sited
Abdullayev.E
assissent о ‘qituvchi
Andijon davlat univer sited
INSON KAPITALINING KO‘RINISHLARI VA ULARNING
FALSAFIY-METODOLOGIK XUSUSIYATLARI
Inson kapitali - ishlab chiqarishni, texnologiyani, ilmiy tadqiqotlami, xizmat ko‘rsatishni va boshqa har
qanday ijtimoiy faoliyat turini eng yangi bilimlar, eng yangi usullar va yo‘l-yo‘riqlar bilan olib boruvchi
hamda o‘z mehnat faoliyatining tamaliga innovatsiyani qo‘ygan mehnatkashlar armiyasidir.
Inson kapitali yaratishuchunharbirbolani engkichikyoshdanboshlabbilimolishgayo‘naltirish, ilmga
havas, mehnatga muhabbat uyg‘otish, ularga ta’lim berayotgan o‘quv muassalarini esa eng yangi ta’lim
texnologiyalari, dunyo standartlari darajasidagi darslik va qo‘llanmalari bilan ta’minash lozim.
“Inson kapitali nazariyasi” asoschilaridan biri bo‘lgan G.Bekkerning fikricha - bu har bir mehnatga
qodir bo‘lgan insondagi mavjud bilimlar, ko‘nikmalar va motivatsiyalar zahirasidir. Unga investitsiyalar,
ta’lim, kasbiy tajribani to‘plash, sog‘liqni saqlash, jo‘g‘rofiy safarbarlik, informatsiyalami izlashni kiritish
mumkin.
Aksariyat iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, inson kapitali olinganbilim, ko‘nikma, motivatsiyalar hamda
insonlarga xos bo‘lgan g‘ayratdan iborat bo‘lib, ulardan tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarish maqsadida
ma’lum vaqt davomida foydalanish mumkin. Uning shakllantirilishi, jismoniy yoki moliyaviy kapitalni
jamg‘arilishi kabi, kelgusida qo‘shimcha daromadlar olish maqsadida joriy iste’moldan mablag‘larni jalb
qilishni talab etadi. “Inson kapitali” deganda, undan maqsadga muvofiq foydalanganda, yangi qiymatlami va
daromadlar oqimini yaratadigan investitsiyalarni va shaxs tomonidan to‘plangan bilimlar, malakalar va
boshqa sifatlarni tushunish mumkin.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda bizning fikrimizcha, inson kapitali - bu insonning bilim,
ko‘nikma, qobiliyatlari va motivatsiyalari zaxirasidan iborat bo‘lib, uning ishlab chiqaruvchi kuchini
o‘sishiga yordam beradi.
Umuman olganda, inson kapitalining asosiy fondlari(aktivlari) o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Intellektual (o‘z navbatida ta’lim, bilim, ilmiy va innovatsion komponentlardan tarkib topuvchi) kapital;
ishlab chiqarishda tayyorlash kapitali (malaka, ishlab chiqarish ko‘nikmalari va tajribasini
birlashtiruvchi kompetentlik);
salomatlik kapitali;
safarbarlik kapitali (migratsiya);
tadbirkorlik faoliyati (raqobatbardoshlik) kapitali;
boshqa turlari (kengaytirilgan nuqtai nazarlarda, ya’ni “ijtimoiy kapital”, “ijodiy kapital”, “madaniy
kapital” va boshqalar sifatida).
Milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishi - bu avvalo, inson salohiyatiga kiritilgan
investitsiyalar hajmi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida jamiyatning doimiy ravishda rivojlanishini ta’minlovchi,
ya’ni birinchi navbatda ta’lim va fan sohasidagi mehnatning nufuzini oshirishni talab etadi.
Innovatsion salohiyat milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini aniqlovchi strategik resurs
hisoblanadi. Aksariyat mamlakatlarda innovatsion salohiyat iqtisodiy o‘sishning asosiy manbai va milliy
boylikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Innovatsion salohiyatni shakllantirish, rivojlantirish va undan
samarali foydalanish masalalari bugungi kunda O‘zbekiston uchun har qachongidan ham dolzarbdir.
Hammamiz yaxshi bilamiz, bugungi davr yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar zamonidir. Dunyodagi
322
rivojlangan mamlakatlar o‘z oldiga nafaqat ko‘plab mahsulotlami ishlab chiqarish va bozorga olib chiqishni,
balki chuqur bilim va ilmiy yutuqlarga asoslangan innnovatsion iqtisodiyotga o‘tish vazifasini qo‘ymoqda.
Ya’ni, o‘z iqtisodiyotini mavjud tabiiy resurslarni sarflash evaziga emas, innovatsion mahsulotlarni yaratish,
o‘zlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali rivojlantirish taraqqiyotning
asosiy omiliga aylanmoqda.
Inson kapitali faqat intellektual qatlam va intellegensiyadan iborat emas. Bu tushuncha
odamlarningturish-turmushi,salomatligi, kayfiyati, orzu-intilishlari,bir-birigabo‘lganmunosabatini ham
o‘zichiga oladi. Hozirda inson kapitali tushunchasi har qachongidan ham muhimroq ahamiyat kasb etib
bormoqda. Ta’kidlash joizki, mazkur falsafiy tushunchaning jamiyat tomonidan qabul qilinishi, yoxud
jamiyat a’zolarining bu kategoriya joylashuvi turlichadir. Inson kapitalining ko‘rinishlarini O‘zbekiston
misolida ko‘rib chiqishgaharakat qilamiz.
Mamlakatimizda inson kapitalining quyidagi ko‘rinishlarini yoxud turlarini bir biridan ajratish mumkin:
1.
Faol inson kapitali;
2.
Nofaol inson kapitali;
3.
Manfiy inson kapitali.
1.
Faol inson kapitali -
deganda insoninng o‘zi uchun sarflangan sarmoyalarni to‘la o‘zlashtirgan va
uni o‘zining, yaqinlarining manfaatlariga xizmat qildirish orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shishga qodir ijodiy
va innovatsion kapital tushuniladi.
Bu asosan aholi salomatligining yaxshilanishi, aholining turmush darajasining oshishi, innovatsion
salohiyatning ortishi, ta’lim tizimi va bevosita ilm-fanning taraqqiyoti, axborot almashinuvi va ta’minoti
erkinligi, kabilarda namoyon bo‘ladi. Chunki, inson kapitalining 0‘lchamlari va sifati aholining mentaliteti,
ta’lim darajasi, hayotiy tasavvurlari va sog‘liqni saqlash sohasidagi ahvol kabilar bilan o‘lchanadi. Aytish
lozimki, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabilarga yo‘naltiriladigan sarmoyalar tarixan qisqa muddat
ichida samara berishi mumkin, lekin asrlar davomida shakllangan mentalitetni qisqa vaqtda o‘zgartirish qiyin.
Shu bois ham dunyodagi ilg‘or tajriba va bilimlami milliy shaxs mentalitetining ijobiy xususiyatlari bilan
uyg‘unlashtirish katta ahamiyatga ega hisoblanadi..
Yurtimiz rivojlangan davlatlarning taraqqiyot tajribasi o‘zlashtirilar ekan, ayni shu nuqtalarga jiddiy
e’tibor qaratilayotgani diqqatga sazovordir. Muhtasar aytadigan bo‘lsak, ilg‘or xorijiy tajribaning xalqimiz
milliy mentalitetiga va ko‘p asrlik an’analariga mos keladigan shakllari olinmoqda hamda ular mahalliy shart-
sharoitlarga moslashtirilmoqda. Shuningdek, milliy madaniyatimiz, an’analarimiz va yoshlarimizni chet
ellardagi ba’zi oqim va harakatlarning zararli ta’siridan saqlash uchun olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va ko‘plab profilaktik tadbirlar ham aynan shu maqsadni ko‘zlagandir. Inson kapitali ham ayni konkret
shaxs kabi ma’lum bir sivilizatsiya, mentalitet va an’analaming mahsuli hisoblanadi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish j oizki, mamlakatimizda nafaqat yosh avlodning bilim olishi, kasb-
hunar o‘rganib malaka orttirish, jahon taraqqiyoti bilan hamqadam bo‘la olishi barobarida
inson kapitalini
rivojlantirish uchun keng imkoniyat va shart-sharoit yaratilgan. Xususan, “inson kapitali”ni ta’minlash uchun
Muhtaram
Yurtboshimiz
boshchiligida
hukumatimiz
tomonidan
yurtimizdako‘pginaishlaramalgaoshirilmoqda. Jumladan,O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 2017-yil
7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar Strategiyasida ham inson kapitalini
rivojlantirish jarayonida muhim hujjat bo‘lib xizmat qilayotir. Besh yillikka mo‘ljallangan ushbu dastur
natijasi o‘laroq ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, ilm-fan va boshqa sohalarda insonning ilm olishi,
tajriba orttirishi, asosiysi munosib hayot kechirishi borasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
2.
Nofaol inson kapitali.
Inson kapitalining bu ko‘rinishi yurt taraqqiyotiga va aytarlik hissa
qo‘shmaydi, uning butun mohiyati moddiy imkoniyatlaming iste’molchisi bo‘lish hisoblanadi. Nofaol inson
kapitalini asosan, maktabda yaxshi ta’lim olmagan, qo‘l mehnatiga asoslangan sanoatda, mahsulot
ayirboshlashga asoslangan tijoratda yoki texnikalashmagan qishloq xo‘jaligida band kishilar tashkil etadi. Bir
so‘z bilan aytganda, malaka talab qilmaydigan ishlarda ishlaydigan kishilar, ya’ni «qora mehnat» qiluvchilar
nofaol inson kapitalini tashkil etadilar.
3.
Inson kapitalining eng tahlil va bahs talab uchinchi turi
manfiy inson kapitalitex.
Manfiy inson
kapitali deganda, nomidan ma’lum bo‘lganidek, o‘ziga sarflangan investitsiyalardan jamiyat uchun hech
qanday foyda keltirmagan, o‘zi yashaydigan jamiyat iqtisodiyotining rivojiga, na turmush darajasining
323
yuksalishiga, na shaxs sifatida o‘zining rivojlanishiga hissa qo‘shishga yaramagan toifa tushuniladi.
O‘zbekcha ifoda bilan aytganda, «na o‘ziga, na boshqaga foydasi tegmaydigan» toifa manfiy inson kapitalini
tashkil etadi. Ashaddiy jinoyatchilar, giyohvandlar, korrupsionerlar, ishyoqmaslar, ichkilikbozlar,
tekinxo‘rlik bilan kun kechiruvchilar - bir so‘z bilan aytganda, jamiyat va oilasining sarflagan moddiy
investitsiyasi, bergan ta’lim-tarbiyasining samarasini yo‘qqa chiqargan kishilar manfiy inson kapitali sifatida
namoyon bo‘ladilar. Ana shu toifadagi inson kapitali misolida ba’zi toifadagi kishilar uchun sarflangan
investitsiyalar hamisha ham o‘zining ijobiy samarasini beravermasligi ko‘rinadi. Manfiy inson kapitali
ko‘pincha xalqning mentalitetidagi etishmovchiliklar, aholi madaniyat saviyasining pastligi, jamiyatdagi
sotsial muammolar, shuningdek, kishilarning tabiiy haqqi boflgan hurriyat va erkinliklaming cheklanishi kabi
sabablar natijasida vujudga kelishi mumkin.
Ma’naviyati rivojlangan, insonparvarlik ko‘rinishlari yuksak va demokratiya taraqqiy etgan
jamiyatlarda manfiy inson kapitali toifasidagilarga o‘zlarining umidsiz hollaridan chiqish uchun so‘nggi
imkoniyatlar beriladi. Ulaming ijobiy tomonga o‘zgarishga bofigan harakatlari jamiyat va davlat tomonidan
qofilab-quvvatlanadi. Bu jarayon O‘zbekistonda o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Jumladan, Respublikamizdagi
Amnitsiya yoki Avfni olaylik. Ma’lumki, yurtimizning mustaqillik bayramida, Konstitutsiya qabul qilingan
kunda o‘z yofilaridan adashgan, xato yofilarga kirgan kishilarga avf (amnistiya) e’lon qilinishi
mamlakatimizda yaxshi an’anaga aylangan. Bu sobiq mahbuslaming hayot yofilarini izga solishi, jamiyatda
o‘z o‘rnini topishlari uchun berilayotgan katta bir yordam deyish mumkin.
Bunday ijtimoiy g‘amxo‘rlik natijasida manfiy inson kapitaliga aylanishga ulgurgan insonlar jazoni
o‘tash muassasalaridan muddatidan oldin ozodlikka chiqariladi, so‘ngra ularga mahalla va ichki ishlar
organlari ish topish va turar joy bilan ta’minlashda yordam beradilar, yangi kasb yoki hunar sohibi bofiishiga
ko‘maklashadilar. Mamlakatimizda ushbu insonparvarlik jarayoni ana manfiy inson kapitali ko‘rinishiga
kelib qolgan odamlarni shu tarzda to‘g‘ri yo‘lga tushib olishlariga ko‘maklashib, musbat inson kapitali
toifasiga qaytishiga xizmat qiayotir.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, inson kapitalining ko‘rinishlari (turlari) o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib
qolmaydi. Va yana aytish mumkinki, ularning har biri jamiyat taraqqiyoti uchun o‘zining ijobiy yoki salbiy
ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ularning qay bir shaklini oshirish esa nafaqat mamlakat hukumati, balki,
keng jamoatchilik, qolaversa har bir oilaning bu masalani qay darajada tushunishi, anglashiga bogfiiq.
ADABIYOTLAR:
1.
Usmonov B.SH., Qodirov M.Q., Eltazarov J.D. Inson kapitalining shakllanishida ta’lim va ilm-
fanning roli. Ilmiy-ommabop risola. - T.: 2015.
2.
Inson taraqqiyoti. Darslik. /I.f.d., prof. Q.X. Abdurahmonov tahriri ostida . - T.: Iqtisodiyot, 2013.
3.
Журавлёва Г.П. Капитал: сущность и формы. Кругооборот и оборот капитала // Экономика:
Учебник. — М.: Юристь, 2001.
4.
Добрынин А.И. Человеческий капитал в транзитивной экономике: формирование, оценка,
эффективность использования // А.И. Добрынин, С.А. Дятлов, Е.Д. Цыренова. СПб.: Наука, 1999.
5.
Tulenovfo.J. Jamiyat falsafasi. - Т, 2001 yil.
6.
Falsafa. O‘quv qo‘llanma - T., «Sharq», 1999 yil.
7.
Abdullayev. E.B.Inson kapitali va uning falsafiy-metodologik jihatlari. magistrlik dissertatsiyasi.
Andijon - 2020.
8.
Shermukhamedova, N. A. "Philosophy." Tashkent: Noshir (2012).
9.
Namozova, Yulduz. "СОЦИАЛЬНО-ИСТОРИЧЕСКИЙ ГЕНЕЗИС ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ
ФИЛОСОФИИ, СФОРМУЛИРОВАННОЙ В ТУРКЕСТАНЕ." Theoretical & Applied Science 10 (2019):
370-374.
10.
Абдуллаева, Н. (2023). Эффективные методы организации научной деятельности студентов.
in Library, 22(2), 113-125. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21747
11.
Zikirova, N., et al. "Interactive Strategies and Methods of Education."
International Journal of
Recent Technology and Engineering (IJRTE) ISSN
(2019): 2277-3878.