178
YOSHLARNI MA’NAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYALASHDA OILA
MUHITINING O‘RNI
Mo‘ydinova Dilfuzaxon Murodovna O‘zMU
Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-kurs magistri E.mail:
jamshid_yusubov@mail.ru
Annotatsiya.
Mazkur maqolada yoshlarni ma’naviy tahdidlardan
himoyalashda oilaning ahamiyati va o’rni haqida batafsil yoritilgan. Farzand
tarbiyasida qo’llash zarur bo’lgan usul va tarbiya vositalaridan foydalanish
yuzasidan taklif, tavsiya va xulosalar berilgan.
Kalit so’zlar:
oila, ma’naviy tahdid,ta’lim, tarbiya, muammo, axloq,
yoshlar, millat.
Har qanday millat o’z tarixi davomida o’zining ajdodlari qanday inson
bo’lganini, ularning yashash tarzini bilmog’i, barkamol inson bo’lib
shakllanishiga ta’sir etgan omillar va shu bilan birga tarixiy merosini ham
avaylab asramog’i kerak. Bu borada eng asosiy omil oila muhiti bo’lib, u tarbiya
tizimidagi shunday bo’g’inki, butun jamiyatning, millatning bugungi va kelajak
hayoti uni qanday tashkil etilishiga, undagi mavjud ijtimoiy- ma’naviy muhitga
bog’liq. Umuman, xar qanday insonning asosiy hususiyatlari, avvalo, oila
muhitida shakllanadi.
Oila xar bir jamiyatning asos-negizi bo’lib, yoshlarimizda insonparvarlik,
mehnatsevarlik, ahloqiylik, vatanparvarlik va shu kabi yuksak tuyg’ular, avvalo,
oila muhitida singadi. O’zbek xalqining eng qadimiy davrlardan boshlab
hozirga qadar davom etib kelayotgan, o’z ahamiyatini hech qachon
yo’qotmaydigan ajoyib an’analaridan biri ota- onani yuksak darajada
e’zozlash, izzat-ikromini, hurmatini joyiga qo’yishdan iboratdir. Ota-onani
qadrlash, ularning beo’lchov, beminnat xizmatiga bir umr sodiq bo’lish,
duolarini olish farzandlik burchimizdir.
179
Albatta, ota-ona ham xar bir qilgan ishi bilan o’z farzandiga namuna bo’la olishi
kerak. Bunday o’zbek millatiga hos bo’lgan an’analar farzandlarimizni milliy
g’urur va iftixor ruhida tarbiyalanishi, o’zining mustaqil fikriga ega, ijtimoiy faol
bo’lib shakllanishida zamin bo’lib hisoblanadi.
Farzand tarbiyasida ota-onalar quyidagi 5 ta xatolikka yo’l
qo’ymasligiga erishishishmiz zarur:
Birinchi xato:
"Seni yaxshi ko’rmayman”.
Nega farzandlarimiz xar bir
iltimosimizni muammoga aylantirishadi, qo’rqitish shartmikan, bunday deyish
orqali tarbiyasini to’g’ri tarafga yo’naltira olamizmi? Ana shunday paytlarda
ko’pgina oilallarda ota-onalar “Oyijoning endi seni yaxshi ko’rmaydi”, “Otang
seni yoqtirmaydi” iborasidan qurol sifatida foydalanishadi. Yaxshisi, “Men seni
xar doim yaxshi ko’raman, lekin bu hatti-harakatingni oqlamayman”,
deganimiz ma’qul.
Ikkinchi xato:
“Beparvolik”.
“Istaganingni qil, menga farqi yo’q”, “Nima
qilishni o’zing bilasan, meni ishim yo’q” kabi tushunchalar albatta o’sib
kelayotgan yosh avlodni noto’g’ri yo’ldan ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
Oiladagi tartib-qoidaga asosan hech qachon farzandlarimizning qiziqish va
mashg’ulotlariga befarqligimizni ko’rsatmasligimiz kerak. Agar farzandimizning
hatti-harakatlariga nisbatan e’tirozimiz bo’lsa: “Bolajonim, mana bu masalada
sen bilan chiqisha olmayman. Lekin men istagan paytingda yordam beraman,
chunki, seni yaxshi ko’raman” - deb aytsak to’g’ri yo’l tutgan bo’lardik.
Uchinchi xato:
“O’ta qattiqqo’llik”.
Ba’zi oilalarda - “Xar bir ishni men
aytgandek qilishing kerak”, “Bu uyda faqat mening deganim bo’ladi” kabi
so’zlarni eshitamiz. Farzandalarmizda shunday tuyg’uni shakllantirishimiz
kerakki, ular o’zlarining xar bir qilgan xatti-harakatini ongli ravishda qilishlari va
buning uchun javobgar ekanliklarini ham bilishlari kerak. Ishontirish va
tushintirish orqali to’g’ri yetkazib berish qattiqqo’llikdan yaxshi.
To’rtinchi xato:
“Erkatoy”.
“Yaxshisi buni o’zim qilaman”, “Bolajonim
xali buni uddasidan chiqa olmaydi”, “Ko’p-ko’p uxlab dam olgan, ishlarni o’zim
qilaman” va shu kabi so’zlar bilan yoshlarimiz ongida erkatoylik, dangasalik,
ishyoqmaslik singari salbiy fazilatlarni shakllanishiga sababchi bo’lishimiz
mumkin. Ko’plab tadqiqotlar natijasini shuni ko’rsatadiki, hayotda hech
narsadan qiynalmay o’sgan farzand keyinchalik hayotga moslashishi juda
qiyin bo’ladi. Albatta bunday xollarda “O’zing bajarib ko’rchi, agar qiynalsang
senga o’zim yordam beraman”, deyish ham mumkin.
Beshinchi xato:
“Majburiy sirdosh”.
Ko’pchilik ota-onalar “Bolam -
mening eng yaxshi do’stim, sirdoshim”, “Bolam meni juda yaxshi tushinadi,
xuddi katta odamlardek fikr yuritadi” singari so’zlar bilan farzandlarimizni
yoshiga munosib bo’lmagan ma’suliyati katta, og’ir ishlar va vazifalar orqali
uni xar xil muammolar bilan qiynab qo’yishadi. Ularga vazifa berish va
maslaxat so’rab, maslaxat olish mumkin faqatgina yoshiga doir masalalar
bo’yicha, albatta.
O’zbekiston davlat mutaqilligiga erishishi bilan yoshlarni xar jihatdan
ma’nan kuchli, barkamol inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.
1998 yil - “Oila yili”, 2000 yil - “Sog’lom avlod yili”, 2001 yil - “Onalar va bolalar
yili”, 2005 yil - “Sixat-salomatlik yili”, 2008 yil - “Yoshlar yili”, 2010 yil -
“Barkamol avlod yili”, 2012 yil - “Mustahkam oila yili”, 2014 yil - “Sog’lom avlod
yili” va 2016 yilni “Sog’lom ona va bola yili” deb e’lon qilingani va boshqalar[1]
fikrimizning
isbotidir.
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining “Oila” deb atalgan bobida quyidagi so’zlar mavjud: Ota-
onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga
majburdirlar[2]. Albatta mazkur masalada butun jamiyat birgalikda harakat
qilinsa yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, xar bir ota-ona tomonidan o’z
farzandiga ta’lim-tarbiya berish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor
180
181
qaratilsa, kelajakda shu farzand albatta yuksak salohiyatli va ma’nan yetuk
inson sifatida shakllanishida yordam beradi, deb o’ylaymiz:
- har bir ota-onaning o’zi zamonaviy bilim va ilmiy salohiyatga ega
bo’lishi, muntazam ravishda farzandining nimalarga qiziqishi va qaysi soha
vakillariga xavas qilishi bilish va aynan nima uchunligini so’rashi kerak;
- tarbiya berish jarayonida me’yorni esdan chiqarmaslik, ya’ni
me’yorida mehr, me’yorida qattiq qo’llik, me’yorida erkalatish, me’yorida
moddiy va ma’naviy rag’batlantirib borish va bo’sh vaqtini maqsadli
o’tkazishga erishish lozim;
- ota-bobolarimiz tomonidan qoldirilgan boy ma’naviy va madaniy
merosdan tarbiya jarayonidan ko’proq foydalanish va xakazo
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Qarang: www.gov.uz,www.lex.uz
2.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O’zbekiston, 2023.
3. Исраилова, Зарина. "Концепция, принципы и международные
стандарты
избирательного
законодательства
и
процессов." in
Library 22.2 (2022): 49-56.