O‘ZBEKISTON-2030 STRATEGIYASI YOSH OLIMLAR NIGOHIDA:
IQTISODIYOT, SIYOSAT VA HUQUQ.
Muminova Nazokat Jasur qizi JIDU 1-kurs
talabasi Yurisprudensiya (Xalqaro huquqiy
faoliyat) E-mail:muminovanazokat171
@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O’zbekistonning 2030-yilgacha
mo'ljallangan maqsad va vazifalari yozilgan. Bu strategiyaga ko'ra davlatimiz
o'z oldiga 5 ta maqsad va 100 ta vazifalarni qo'ygan va shu vazifalarni amalga
oshirish uchun maxsus komissiya ham tuzgan.
Kalit so'zlar:
Xalq, iqtisodiyot, siyosat, huquq, ta'lim, strategiya,
maqsad, vazifa, davlat, tashqi siyosat.
O'zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda o'z mustaqilligiga
erishgan bo'lib, har yili 1-sentabr- "Mustaqillik kuni" sifatida nishonlanib
kelinmoqda. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi oson kechmadi, shunga
qaramasdan bugungi kunga kelib davlatimiz "Rivojlangan davlatlar" qatoriga
kirish uchun bosqichma bosqich o'z maqsad va vazifalarini amalga oshirib
kelmoqda.
Amaldagi prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev davlatimiz
o'z rivojlanish yo'lini strategiyalarga asoslangan holda amalga oshirishini
afzal ko'rdilar va 2017-2021-yillarga mo'ljallangan "Harakatlar strategiyasini"
amalda qo'lladilar[2]. Ushbu strategiyaning maqsad va vazifalari
bajarilganidan so'ng, davlatimiz rivojlanishida birmuncha o'zgarishlar ko'zga
tashlandi. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib, " O'zbekiston - 2030"
strategiyasi ishlab chiqildi. Strategiyaning asosiy
maqsadi: barqaror iqtisodiy o‘sish orqali o‘rtadan yuqori daromadli
mamlakatlar qatoriga qo‘shilish; xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga to‘liq
javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish; aholi uchun
qulay ekologik sharoitlar yaratish; xalqqa xizmat qiluvchi adolatli va
zamonaviy davlat qurish; mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatli
ta’minlashdan iborat[3]. Davlat rivojlanishidagi eng muhim omillardan biri bu
ta'limdir. Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni qanchalik ilm
olishga qiziqtirishsa, ular o'z navbatida ulg'ayib, davlat taraqqiylashishi uchun
hissa qo'shishadi. Bu birinchi muammo bo'ladigan bo'lsa, ikkinchi dolzarb
muammolardan biri - huquq, ya'ni fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatga
to'laqonli ega bo'lmaganliklari uchun jamiyatda huquqlari toptalsa ham
kurashishmayotganliklaridir. Shuning uchun ham bu strategiyaning asosiy
maqsadlaridan biri mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning
chinakam "ovoziga" aylantirish, hokimlarning mahalliy davlat vakillik
organlariga aralashuvini to'xtatib, ularning vazifalarini aniqlashtirib olish[1].
Ya'ni demokratiyani yanada rivojlantirish, fuqarolik institutlarining va
fuqarolarning jamiyatning muhim va dolzarb masalalarida ishtirok etishlarini
ta'minlash. Bu haqida yangi tahrirdagi konstitutsiyamizda ham aytib o'tilgani
yangi o'zgarishlarga qadam qo'yilayotganidan dalolatdir.
Iqtisodiy o'zgarishlar ham kundan kunga jamiyatga ta'sir etib
bormoqda. Bularga misol qilib: katta va kichik biznesning rivojlanayotganini,
yosh tadbirkorlarga davlat tomonidan subsidiyalar ajratilib berilayotganini
aytishimiz mumkin. Bu o'z navbatida, fuqarolarning ish bilan ta'minlanishiga,
kambag'allikning oz bo'lsa-da qisqartirilishiga, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan jamiyatimizda raqobatni oshishiga va raqobatbardosh tovarlarni
ishlab chiqarish keskin o'zgarishiga olib kelganini ta'kidlashimiz joiz.
O'zbekiston-2030 strategiyasida ham bu sohani rivojlantirish uchun
quyidagi maqsadlar amalga oshirilishi
rejalashtirilgan:monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish,
iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat
yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish,bank tizimida islohotlarni
jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni
rivojlantirish[1]. Jahon savdo tashkilotiga yaqin yillarda a'zo bo'lib davlatimizni
"Rivojlangan davlatlar" qatoriga qo'shish.
O'zbekiston Respublikasi ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib
boradi[1]. Bugungi kunda Yevropa davlatlari prezidentimiz Shavkat
Miromonovich Mirziyoyevni Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirishga
harakat qilayotgan faol liderlardan biri deb bilishadi. Chunki O'zbekiston
Respublikasi barcha qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik
sheriklik munosabatlarini jadal rivojlantirib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va
gumanitar yo‘nalishlardagi ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni muntazam
va samarali olib bormoqda. Kelgusi yillarda prezidentimiz bu munosabatlarni
yanada rivojlantirish yo'llarini ko'rib chiqmoqdalar.
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, bugungi kunda amalga
oshirilayotgan barcha o'zgarishlar, shu jumladan yangi qabul qilingan
"O'zbekiston-2030 strategiyasi ham davlatimiz rivojlanishi va xalqqa qulay
sharoit yaratib berish uchun qo'llanilmoqda. Va shu rejalashtirilgan maqsad
va vazifalarga qay darajda amal qilinayotganligi, fuqarolarga qay darajada
huquq va erkinliklari ta'minlanib berilayotganini nazorat qilib turish uchun
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika
komissiyasi tashkil etilgan[3].
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://lex.uz/docs/-6600413
;
2.
https: //www. gazeta. uz/oz/2023/09/12/stratery/
;
3.
https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/prezident-ozbekiston-2030-
strategiyasi
.
4. Кадирова, Наргиза Рашитовна. "Необходимость нового
подхода
к
изучению
и
практике
консульского
права
в
Узбекистане." Наука и образование сегодня 2 (13) (2017): 57-59.
5. Khamdamova, S. "Regulatory activity of local Kengashes as one
of the mechanisms of realization of representative authority." ISJ Theoretical
& Applied Science, 04 (84) (2020): 73-76.
6. Исраилова, Зарина. "Конституция–основа свободной и
благополучной жизни народа." in Library 1.1 (2023): 46-56.