T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
226
ISSN:3030-3613
BENZIN TARKIBIDAN OLTINGUGURTNI AJRATIB OLISH USULLARI
VA TEXNOLOGIYALARI
Yusupova Go‘zal Xusan qizi
Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali dotsenti
Hotamov Xayrullo Shukrullo o‘g‘li
Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali talabasi
Kirish:
Ushbu maqolada
benzin sanoatining rivojlanishi bilan birga, yoqilg‘i
sifatini oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari ham dolzarb bo‘lib
bormoqdaligi aks etgan. Benzin tarkibida mavjud bo‘lgan oltingugurtli birikmalar
atmosferaga zararli gazlar (asosan SO₂) ajralishiga olib keladi. Bu esa ekologik
muammolar, jumladan kislota yomg‘irlari va havoning ifloslanishi bilan bog‘liq. Shu
sababli benzin tarkibidan oltingugurtni samarali ajratib olish – neftni qayta ishlash
sanoatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Kalit so‘zlar:
Markeptan, sulfidlar, disulfid, tiofen, desulfirizatsiya.
Dunyo miqyosida AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya kabi
davlatlarida benzin tarkibidagi oltingugurt normasi juda past – 10 ppm (parts per
million) yoki undan kam. Yevropa Ittifoqida esa “Euro-6” standartlariga ko‘ra,
transport yoqilg‘isidagi oltingugurt miqdori 10 ppm dan oshmasligi lozim.
Texnologiyalar: ilg‘or gidrotoshqilanish (HDS) reaktorlari, nano-katalizatorlar, bio-
desulfurizatsiya tajribalari, integratsiyalashgan usullar qo‘llaniladi.
O‘zbekiston yoqilg‘i sanoatida oltingugurtni ajratib olish bo‘yicha
gidrotoshqilanish usuli mavjud, lekin ko‘pgina zavodlar eski uskunalarda ishlamoqda.
2023-yilgacha ishlab chiqarilayotgan AI-80 benzin tarkibida oltingugurt miqdori 150–
500 ppm atrofida bo‘lgan (standartga yaqin, lekin Euro-5 talablaridan yuqori).
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) va Buxoro NQIZda modernizatsiya
ishlari olib borilib, Euro-4 va Euro-5 darajasidagi benzin ishlab chiqarishga o‘tilmoqda
[1-2].
Benzindan oltingugurtni ajratib olish usullari:
Benzinda uchraydigan asosiy
oltingugurtli birikmalar:
a)
Merkaptanlar (R-SH)
b)
Sulfidlar (R-S-R')
c)
Disulfidlar (R-S-S-R')
Tiofenlar va ularning hosilalari – aromatik oltingugurtli birikmalar, ajratish
qiyin.
Ajratib olish usullari:
Merkaptanlar (R–SH):
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
227
ISSN:3030-3613
R–SH + H₂ → R–H + H₂S
Misol:
CH₃–SH + H₂ → CH₄ + H₂S
Sulfidlar (R–S–R'):
R–S–R' + 2H₂ → R–H + R'–H + H₂S [3].
Gidrotoshqilanish (Hydrodesulfurization, HDS).
Bu jarayonning asosiy
mohiyati: vodorod ishtirokida oltingugurtli birikmalarni vodorod sulfidga (H₂S)
aylantirish. Katalizator: molibden (Mo) va kobalt (Co) yoki nikel (Ni) asosidagi
katalizatorlar.
Sharoitlar: 300–400°C haroratda, 30–130 atm bosimda.
Afzalliklar: samarali, keng qo‘llaniladi. Kamchiliklar: yuqori xarajatli, energiya
talabchan.
Umumiy reaksiya:
R–S–R' + H₂ → R–H + R'–H + H₂S
Misol uchun:
CH₃–S–CH₃ + 2H₂ → CH₄ + CH₄ + H₂S
Yoki tiyofen uchun:
C₄H₄S + 4H₂ → C₄H₁₀ + H₂S [4].
Ekstraksiya usuli:
Mohiyati shundan iboratki polyar erituvchilar yordamida
oltingugurtli komponentlarni ajratish. Bunda erituvchilar dimetilsulfoksid (DMSO),
metanol va atseton. Bu usulning o‘zaro kamchilgi tiofen va ajralgan hosilalari bilan
ishlash qiyin.
Oksidlovchi desulfurizatsiya (ODS):
Ushbu usulning asosiy
mohiyati:
oltingugurtli birikmalarni oksidlab, ularni polar (eruvchan) shaklga aylantirish va
ajratish.
Bunda oksidlovchilar: H₂O₂ (vodorod peroksid), ozon.
Jarayonda
afzallik: past
haroratda ishlaydi, ekologik toza.
Kamchilik esa sanoat miqyosida hali keng joriy
etilmagan.
R–SH + [O] → R–SO₃H [5].
Biodesulfurizatsiya shunday usulki mikroorganizmlar yordamida oltingugurtni
olib tashlashdir.
Mikroblar: Rhodococcus, Gordonia, Desulfovibrio turlari. Buning afzalligi
ekologik xavfsiz, past harorat va bosimda ishlaydi. Kamchiliklari esa jarayon sekin,
sanoatga tatbiq qilish murakkab [6].
Benzindan Oltingugurt ajratishda xom ashyo va mahsulotlar
1-jadval
T/r
Jarayon
bosqichi
Xom
ashyo
Mahsulot
Izoh
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
228
ISSN:3030-3613
1.
Benzin
tayyorlash
Xom
benzin (tarkibida
oltingugurt
brikmalar
mavjud)
Isitishga
tayyorlangan
benzin
Benzin
dastlabki
tayyorlovdan
o‘tadi
2.
Gidrotoshqilanish
(HDS)
Isitilgan
benzin + H
2
Vodorod
sulfid (H
2
S)
oltingugurtsiz
benzin
Reaktorda
katalizator
ishtirokida
reaksiya ketadi
3.
Ajratish
Gaz-
suyuqlik
aralshmasi
Ajratilgan
(H
2
S) tozalangan
benzin
Sovitish
va ajratgichlar
orqali gaz
ajraladi
4.
(H
2
S) tozalash
Vodorod
sulfid (H
2
S)
Elementlar
oltingugurt
(S)+suv bug‘i
(H
2
O)
(H
2
S) ni
sanoat
oltingugurtiga
aylantirish
5.
Yakuniy saqlash
Tozalangan
benzin
Mahsulot
sifatida past
oltingugurtli
benzin
Tayyor
mahsulot
iste’molga
yo‘naltiriladi
Benzin tarkibidan oltingugurtni ajratishda ko‘plab ijobiy yutuqlarga erishiladi
masalan:
SO₂ (oltingugurt(IV) oksid) chiqindilari kamayadi – bu kislota yomg‘irlari
xavfini pasaytiradi. Katalizatorlarning ishlash muddati uzayadi, avtomobil dvigatellari
va sanoat uskunalari uzoq ishlaydi va eng asosiysi benzin sifat ko‘rsatkichlari
yaxshilanadi (oktan soni, tozalik) [7-8].
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
S. V. Romanovskiy, N. M. Fedorova – "Desulfurization of Motor Fuels", Khimiya,
Moskva, 2005.
2.
Gary, J.H., Handwerk, G.E. – "Petroleum Refining: Technology and Economics",
CRC Press, 2001
3.
Speight, J.G. – "The Chemistry and Technology of Petroleum", CRC Press, 2014.
4.
Babich, I.V., Moulijn, J.A. – "Science and technology of novel processes for deep
desulfurization of oil refinery streams: a review", Fuel, 2003.
5.
Ali, H. M., et al. – "Hydrodesulfurization process: a review", Arabian Journal of
Chemistry, 2016.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
229
ISSN:3030-3613
6.
GOST 32511–2013 – "Motor fuels. Determination of sulfur content by X-ray
fluorescence".
7.
Шарпин, В.Н. – "Процессы переработки нефти и газа", Москва, 2002.
8.
Karimov, T. Sh. – "Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi", Toshkent: Oliy o‘quv
yurtlari uchun darslik, 2010
