Mualliflar

  • Xudoyarova G.N.
  • Nurmurudova Anora
  • Normurodova Mohchehra
  • Buriyeva Marjona

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.97029

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: pnevmoniya streptokokk stafilokokk grammusbat bakteriyalar.

Annotasiya

KeywordsMavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda pnevmoniya nafas yo‘llari infeksiyalari 
orasida  eng  ko‘p  uchraydigan  va  tibbiy  amaliyotda  dolzarb  muammolardan  biri 
hisoblanadi.  Turli  yoshdagi  bemorlar,  ayniqsa,  bolalar  va  keksalar  orasida  ushbu 
kasallik og‘ir asoratlar va yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bilan kechishi mumkin. Jahon 
sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  statistik  ma'lumotlariga  ko‘ra,  pnevmoniya  har  yili 
millionlab insonlar salomatligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu bois, bu kasallikni erta 
aniqlash,  zamonaviy  davolash  yondashuvlarini  joriy  etish  va  profilaktik  chora-
tadbirlarni kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Maqsad: Shifoxonada pnevmoniya bilan jg’rigan bemorlar kasallikning qanday 
avj olishi, kasallikka qarshi chora tadbirlar va bemorlar bilan ishlash.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

281

ISSN:3030-3613

PNEVMONIYA KASALLIGINING ZAMONAVIY DIAGNOSTIKASI

PhD

Xudoyarova G.N.

Nurmurudova Anora

Normurodova Mohchehra

Buriyeva Marjona

(davolash ishi fakulteti talabalari)

SAMARQAND ZARMED UNIVERSITETI

Mavzuning dolzarbligi:

Hozirgi davrda pnevmoniya nafas yo‘llari infeksiyalari

orasida eng ko‘p uchraydigan va tibbiy amaliyotda dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi. Turli yoshdagi bemorlar, ayniqsa, bolalar va keksalar orasida ushbu
kasallik og‘ir asoratlar va yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bilan kechishi mumkin. Jahon
sog‘liqni saqlash tashkilotining statistik ma'lumotlariga ko‘ra, pnevmoniya har yili
millionlab insonlar salomatligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu bois, bu kasallikni erta
aniqlash, zamonaviy davolash yondashuvlarini joriy etish va profilaktik chora-
tadbirlarni kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Maqsad:

Shifoxonada pnevmoniya bilan jg’rigan bemorlar kasallikning qanday

avj olishi, kasallikka qarshi chora tadbirlar va bemorlar bilan ishlash.

Kalit so‘zlar:

pnevmoniya, streptokokk, stafilokokk, grammusbat bakteriyalar.

Pnevmoniya – turli xil etiologiyali va patogenezli, morfologik ko‘rinishi hamda

klinik kechishi bo‘yicha infeksiyaga bog‘liq o‘tkir ( asosan, bakteriyali ) kasallik
bo‘lib, o‘pkaning respirator bo’limi shikastlanishi, alveola ichi va interstitial
to’qimalarning eksudativ yallig‘lanishi bilan kechadi. Pnevmoniyaning asosiy
qo‘zg‘atuvchilari grammusbat bakteriyalar, hujayra ichi patogenlari, kamdan – kam
hollarda zamburug‘ va viruslar hisoblanadi. Asosan virusli infeksiyalar bilan
kasallangandan keyin ikkilamchi bakterial infeksiya yuqishi natijasida pnevmoniya
kasalligi rivojlanadi. Shu o’rinda grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga ta’rif
berib o’tishimiz zarur.

Ularning asosiy farqi shundaki, grammusbat va grammanfiy bakteriyalar orasida

grammusbat bakteriyalar qalin (20 dan 80nm gacha) peptidoglikan (40- 90%)
qatlamiga ega, binafsha rangda, grammanfiy bakteriyalar yupqa (2 – 3nm)
peptidoglikan (1- 10%) qatlamga ega, shuning uchun gramm bo’yash texnikasi oxirida
pushti rangda paydo bo’ladi. Grammanfiy bakteriyalar hujayra devorining grammusbat
bakteriyalarga nisbatan yupqaligi, uning o‘tkazuvchanligini yuqori bo’lishiga olib
keladi.

Shunday qilib, gensian binafsha bilan bo‘yalgan, yod ishtirokida hujayra

protoplastida hosil bo‘lgan kompleks (GV+ magniyribonukleati + yod va hujayra


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

282

ISSN:3030-3613

komponentlari ) grammusbat bakteriyalarda mustahkam bo‘lib, spirt bilan ishlov
berilganda yuvilib, rangsizlanib ketmaydi. Bundan tashqari, hujayra devorini qalinligi
va uning o‘tkazuvchanligi pastligi bo‘yoqning spirtda erib ketmasligiga sharoit
yaratadi. Gram manfiy bakteriyalarda esa mustahkam kompleks hosil bo‘lmaydi va
hujayra devorini o‘ta yupqaligi ham bo‘yoqni tez (30 daqiqa gacha) erib, rangsizlanib
ketishi va fuksin bilan qayta bo‘yalishiga olib keladi.
O‘pkaning respirator bo’limiga mikroorganizmlar 4 ta asosiy yo‘l bilan o’tadi:

1.

Bronxogen yo‘l- eng keng tarqalgan bo‘lib, og‘iz- halqum tarkibidagi
mikroaspiratsiya natijasida mikroorganizmlarning tarqalishi yotadi.

2.

Havo- tomchi yo‘li. Bu yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchilar o‘pkaning respirator
bo‘limlariga havodan nafas olganda o‘tadi (pnevmokokk, gemofil
tayoqchasi, moraksella, streptokokk, anaeroblar, legionella, mikoplazma,
xlamidiya, virus va boshqalar).

3.

Gemotogen yo‘l. Bunda mikroorganizmlar septik o‘choqlardan- sepsis,
infeksion, endokardit, septik tromboflebit va boshqalardan o‘tadi.

4.

Kontagioz yo‘l. Qo‘shni a’zolarning infeksiyalanishi bilan bog‘liq (
mediatsinit, jigar absessi).

Pnevmoniyaning tasniflari:

1.

Kasalxonadan tashqari (sinonimlari – uy, ambulatoriya, birlamchi)
pnevmoniya.

2.

Kasalxona ichi (sinonimlari – nozokomial, gospital, ikkilamchi)
pnevmoniya. Bemor kasalxonaga tushgandan 48-72 soatdan keyin
rivojlanadi va bu shakli 10-15% ni tashkil etadi. Ammo o‘lim 30-50%
hollarda kuzatiladi.

3.

Immun tanqisligi (tug’ma immunodefitsit, OIT-infeksiyasi) pnevmoniyasi.

4.

Atipik pnevmoniya – hujayra ichi qo‘zg‘atuvchilari (legionella,
mikoplazma, xlamidiya) keltirib chiqaradi.

Pnevmoniyaning og’irlik darajasi:

Yengil

- nafas olish soni (NS) bir daqiqada 25 dan, puls 90 tadan kam. 1-2 ta

segment yoki bo’lak zaralangan, intoksikatsiya sezilarli emas, tana harorati 38

o

gacha.

O’rta-

NS bir daqiqada 25 tadan ko‘p, puls 100 atrofida, tana harorati 39

o

C gacha,

intoksikatsiya o’rtacha rivojlangan, asoratlar yo‘q, bo‘lak zararlangan.

Og’ir-

NS bir daqiqada 30 dan ko’p, puls 110 tadan ko‘p, tana harorati 39

o

C dan

yuqori, adinamiya bilan sezilarli intoksikatsiya, respirator va gemodinamik buzilishlar,
plevrit, miokardit va boshqa asoratlar bo‘lishi mumkin, lekin bemor hayotiga xavf kam.

Juda og‘ir-

yaqqol rivojlangan intoksikatsiya va serebral hamda nevrologik

buzilishlar (o‘tkir psixoz, sopor, nafas ritmi buzilishi, meningit belgilari va boshqalar),
og‘ir nafas olish va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, NS bir daqiqada 30 tadan, puls


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

283

ISSN:3030-3613

110 tadan ko‘p, kollaps, o‘pka shishi gipoksiya va boshqalar asoratlar kuzatiladi.
O‘pkada massiv infiltratsiya o‘choqlari va destruksiya aniqlanadi.

Klinikasi: Har qanday pnevmoniyaning klinik ko‘rinishi o‘pka to‘qimasi

zararlanganligini chegaralangan hamda o‘pkadan tashqari belgilari, laborator va
rentgen o‘zgarishlar, kasallik asoratining klinik namoyon bo’lishini o‘z ichiga oladi.
Pnevmokokk etiologiyali bo‘lakli va o‘choqli pnevmoniya aholi orasida ko‘p uchraydi
va uning klassik klinik kechishida quyidagi morfologik bosqichlar ajratiladi:

Quyilish bosqichi.

Qon tomirlar o‘tkazuvchanligi va mikrosirkulyatsiyaning

buzilishi, o‘pka to‘qimasi gipermiyasi bilan xarakterlanadi. To‘qima elastikligi
pasayib, alveola devorlarida shishlar kuzatiladi va uning ichida ko‘p bo‘lmagan
ekssudat yig‘ila boshlaydi.

Jigarlanish bosqichi (gepatizatsiya).

Bu bosqichda alveola ekssudat bilan to‘ladi

va u fibrin, epiteliya, leykotsit va eritrotsitlardan iborat bo‘ladi. O‘pka to‘qimasini
kesib, makroskopik ko‘rilganda «qizil» va «kulrang» jigarlanish o‘choqlarini ko‘rish
mumkin. Bu bosqich 5-10 kun davom etadi.

Tuzalish bosqichi.

Yallig‘lanish ekssudati so‘rila boshlaydi va makrofaglar soni

ko‘payadi. Alveolada ekssudat kamayib, havo bilan to‘la boshlaydi. Uzoq vaqtgacha
alveola devorining shishi va o‘pka to‘qimasi elastikliging pasayishi saqlanib turadi.

O’choqli pnevmoniya klinik - morfologik nuqtayi nazardan bo’lakli

pnevmoniyadan farq qiladi. Unda yallig’lanish o‘chog‘i kichik va bir nechta
segmentlarning shikastlanishi bilan kechadi. Organizmning giper yoki normergik
reaksiyasi xos bo‘lib, yallig‘lanish asta sekin shakllanadi va tomirlar o‘tkazuvchanligi
buzulishi yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Ekssudat shilliqli yoki shilliqli - yiringli va
jarayon mayda, kam hollarda yirik broxlarda kuzatiladi hamda bronx va o’pka
to’qimasi zararlanishi ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, bemorda bo‘lakli
pnevmoniyaga xos bo‘lgan yallig‘lanish jarayonining aniq bosqichlari kuzatilmaydi.

Pnevmoniyaning asoratlari.

Uning o‘pka va o‘pkadan tashqari asoratlari farqlanadi.

1.

O‘pkada kuzatiladigan asoratlar:

- o‘tkir nafas yetishmovchiligi;
- parapnevmonik ekssudativ plevrit yoki plevra empiyemasi;
- o‘pka absessi;
- o‘tkir respirator distress sindrom;

2.

O‘pkadan tashqarida kuzatiladigan asoratlar:

- infeksion - toksik shok;
- sepsis;
Shu o‘rinda sepsis haqida qisaqacha ma’lumot berib o‘tamiz:

Sepsis-

bu organizmning infeksiyaga tizimli yallig‘lanishi hisoblanadi va quyidagi

nospetsifik belgilar bilan kechadi: tana harorati 38

o

C dan yuqori yoki 36

o

C dan past,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

284

ISSN:3030-3613

yurak qisqarish soni 1 daqiqada 90 tadan yuqori, nafas olish 24 tadan ko‘p,
gipokapniya, leykotsitoz ( 12 x 10

9

/l ) yoki leykopeniya (4,0 x 10

9

/l)

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya.

Etiologiyasi.

Kasalxonadan tashqari

pnevmoniyani:

Pnevmokokklar ( Streptococcus pneumoniae ) – 30-50%;

Gemofil tayoqchasi ( Haemophilus influenzae ) – 5-10%;

Mikoplazma ( Mycoplasma spp. ) – 20-30%;

Xlamidiya ( Chlamydia pneumoniae ) – 2-8%;

Legionella ( Legionella spp. ) – 2-10%;

Moraksella ( Moraxella catarralis ) – 1-2%;

Viruslar – 2-15% va boshqa floralar keltirib chiqaradi.

Tadqiqot materiallari va usullari.

Umuman olganda, 18 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan

60 nafar shaxs tekshirildi. Bemorlar quyidagi tadqiqot guruhlariga bo‘lingan: 1- guruh
pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar ( 40 nafar ), 2- guruh plevrit bilan kasallangan
bemorlar ( 20 nafar ).

Nozologik shakli Qo‘zg‘atuvchilari

Tavsiya etiladigan

antibiotiklar

Pnevmoniyaning
yengil va o’rta
og’ir kechishi

Streptococcus pneumoniae.
Chlamydia pneumonia.
Haemophilus influenzae.
Staphylococcus aureus.
Enterobacteriaceae.

Ampitsillin t/i,
Amoksitsillin/klavulanat,
Sefuroksim, sefotaksim,
seftriakson.

Pnevmoniyaning
og’ir va juda og’ir
kechishi

Streptococcus pneumonia.
Legionella spp.
Staphylococcus aureus.
Enterobacteriaceae.

Tanlov preparatlari:
amoksitsilin/klavulant t/i +
makrolid t/i, sefotaksim +
makrolid t/i, seftriakson +
makrolid t/i.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

285

ISSN:3030-3613

Bu rentgenografiyadan ko‘rib turibmizki, bemorimizning o‘pkasida 32,8% suv bilan
kasalxonaga yotqizilgan. Uning davolanishi uchun quyidagi: vobenzim, sefotaksim,
streptomitsin, seftraksion va boshqa preparatlar tavsiya etilgan.


Xulosa:

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida pnevmoniyaning kelib chiqishida

asosiy etiologik omil sifatida yallig‘lanish chaqiruvchi bakteriyalar — xususan,

Streptococcus pneumoniae

,

Staphylococcus aureus

va boshqa gram-musbat

mikroorganizmlar muhim rol o‘ynashi aniqladi. Klinik amaliyot davomida
pnevmoniyani davolash usullari, zamonaviy antibakterial preparatlar va ularning
samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, pnevmoniyaning og‘ir holatlarida kuzatiladigan
o‘pkada ekssudat to‘planishi va uni punksiya qilish usullari klinik sharoitda kuzatildi
va amaliyotda sinab ko‘rildi. Laboratoriya ishlarida mikrobiologik usullar yordamida
yuqorida tilga olingan mikroorganizmlarni oziq muhitida ekib, ularning o‘sish
xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inson organizmiga tashqi
muhitdan kiruvchi infeksion agentlar oldini olish, ularni erta aniqlash va kasallikning
oldini olishda gigiyena va profilaktik choralarni doimiy ravishda qo‘llash muhim
ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Zbrziyat Muratova Adolat Vahidova, Gavhar Xudoyorova. Efficacy of
lymphotropic administration of bactox (amoxicilin) in the treatment of chronic
pneumonia in children . Журнал The American Journal of Medical Sciences and
Pharmaceutical Research. Volume 04 Страницы 4-6. 2022.

2.

Bobokandova M.F.Xudoyarova G.N. Vaxidova A.M. Kattalarda tillarang
stafilokokk infeksiyasi va uning antibiotikka sezgirligi. Перспективные задачи


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

62-son_1-to’plam_May-2025

286

ISSN:3030-3613

разработки и внедрения иновационных технологий и ветеринарии и
животноводстве международная научно-практическая конференция 14-15
октября 2022 г 34-39 стр.

3.

Вахидова А.М., Муратова З.Т., Худоярова Г.Н. Плазмокоагулирующее и
гемолитические способности штаммов золотистых стафилококков, взятых из
содержимого эхинококковых пузырей. Scientific progress. volume 2 ǀ 1 ǀ 1 май
2021.

5.

Ichki kasalliklar propedevtikasi: A. Gadayev, M. Sh. Karimov, X. S. Axmedov, –
T.: «Muharrir» nashriyoti, 2012, ___ b.

6.

Алексеева О.П. // Неотложная терапия в схемах и таблицах. Нижний
Новгород, 2002.

7.

Gadayev A. G // Umumiy amaliyot vrachlar uchun ma’ruzalar to’plami // Toshkent,
2012.

8.

Gadayev A. G., Axmedov X. S. // << Umumiy amaliyot vrachlari uchun amaliy
koʻnikmalar toʻplami.- Toshkent, 2010.

9.

Муратова З.Т., Вахидова А.М., Худоярова Г.Н..

Taktika vedeniya

antibiotikochuvstvitelnosti i pronisayemosti antibiotikov cherez exinokokkovuyu
kapsulu infisirovannuyu bakteriyami

.

Номер патента

DGU—09542 2020/11/30.

10.

Г.Н Худоярова, И.Ш Баротов, С. Ш Бойназаров.

Формирование здорового

образа жизни у детей

. Educational Research in Universal Sciences . Стр.400-402.

2022/12/5.

11.

Yunusov, K., & Achilov, O. (2022). Inspection of meat products and improvement
of control at the slaughterhouse. Journal of new century innovations, 17(4), 155-
162.

12.

Ачилов, О., Ибрагимов, Ф. Б., Рузимов, М., & Асомиддинов, У. (2022).
Эхинококкоз билан зарланган қўй гўштини ветеринариясанитария
экспертизаси. agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali, 70-73.

13.

Муродов, С., Ачилов, О., & Асомиддинов, У. (2022). Қорамол гўштини
ветеринария-санитария жиҳатдан баҳолаш. agrobiotexnologiya va veterinariya
tibbiyoti ilmiy jurnali, 273-277.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Zbrziyat Muratova Adolat Vahidova, Gavhar Xudoyorova. Efficacy of

lymphotropic administration of bactox (amoxicilin) in the treatment of chronic

pneumonia in children . Журнал The American Journal of Medical Sciences and

Pharmaceutical Research. Volume 04 Страницы 4-6. 2022.

Bobokandova M.F.Xudoyarova G.N. Vaxidova A.M. Kattalarda tillarang

stafilokokk infeksiyasi va uning antibiotikka sezgirligi. Перспективные задачи разработки и внедрения иновационных технологий и ветеринарии и

животноводстве международная научно-практическая конференция 14-15

октября 2022 г 34-39 стр.

Вахидова А.М., Муратова З.Т., Худоярова Г.Н. Плазмокоагулирующее и

гемолитические способности штаммов золотистых стафилококков, взятых из

содержимого эхинококковых пузырей. Scientific progress. volume 2 ǀ 1 ǀ 1 май

Ichki kasalliklar propedevtikasi: A. Gadayev, M. Sh. Karimov, X. S. Axmedov, –

T.: «Muharrir» nashriyoti, 2012, ___ b.

Алексеева О.П. // Неотложная терапия в схемах и таблицах. Нижний

Новгород, 2002.

Gadayev A. G // Umumiy amaliyot vrachlar uchun ma’ruzalar to’plami // Toshkent,

Gadayev A. G., Axmedov X. S. // << Umumiy amaliyot vrachlari uchun amaliy

koʻnikmalar toʻplami.- Toshkent, 2010.

Муратова З.Т., Вахидова А.М., Худоярова Г.Н.. Taktika vedeniya

antibiotikochuvstvitelnosti i pronisayemosti antibiotikov cherez exinokokkovuyu

kapsulu infisirovannuyu bakteriyami. Номер патента DGU—09542 2020/11/30.

Г.Н Худоярова, И.Ш Баротов, С. Ш Бойназаров. Формирование здорового

образа жизни у детей . Educational Research in Universal Sciences . Стр.400-402.

/12/5.

Yunusov, K., & Achilov, O. (2022). Inspection of meat products and improvement

of control at the slaughterhouse. Journal of new century innovations, 17(4), 155-

Ачилов, О., Ибрагимов, Ф. Б., Рузимов, М., & Асомиддинов, У. (2022).

Эхинококкоз билан зарланган қўй гўштини ветеринариясанитария

экспертизаси. agrobiotexnologiya va veterinariya tibbiyoti ilmiy jurnali, 70-73.

Муродов, С., Ачилов, О., & Асомиддинов, У. (2022). Қорамол гўштини

ветеринария-санитария жиҳатдан баҳолаш. agrobiotexnologiya va veterinariya

tibbiyoti ilmiy jurnali, 273-277.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Xudoyarova G.N., Habibov Siyovush,, Karamatov Asatullo, Ruziyeva Munavvar, ASSEPTIKA VA UNUG QO’LLANILISHI , Tadqiqotlar: Jild 62 № 2 (2025)

Xudoyarova G.N., Xitayeva Hamida, Ibragimova Maftuna, Aslamova Shabnam, KALLA SUYAGI.KALLA SUYAGINING MIYA QISMI SUYAKLARI: ENSA, TEPA, PESHONA VA GʼALVIRSIMON SUYAKLARI, ULARNING YOSHGA DOIR XUSUSIYATLARI , Tadqiqotlar: Jild 62 № 2 (2025)

Xudoyarova G.N., Xonimqulov Azimjon, Bohronov Javohir, Jiyanov Jamshid, QADIMGI VA HOZIRGI XIRURGIYA , Tadqiqotlar: Jild 62 № 1 (2025)

Xudoyarova G.N., Nurmuhammatova Durdona , STAFILOKOKKOZNING DIAGNOSTIKASI , Tadqiqotlar: Jild 63 № 4 (2025)