https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
123
NON MAHSULOTLARI SIFATINI ANIQLASH
Nazarova Lobar Xolovna
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya: Non mahsulotlari sifat ko'rsatkichlari bo'yicha tegishli
standartlar (GOST, RST) va texnik shartlar (TSh) talablariga mos kelishi kerak.
Nonvoylik sanoati korxonalarida non mahsulotlari sifat ko'rsatkichlarini aniqlash
uchun standartlashtirilgan usullarni qo'llash shart. Shu bilan birgalikda ilmiy-
tadqiqot ishlarini bajarishda nonning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash uchun keng
qo'llaniladigan uslublardan ham foydalanish mumkin.
Kalit so’zlar: Sifat ko`rsatkichlari, standartlar, standartlashtirish, texnik
shartlar, retsepturalar, texnologik yo`riqnomalar, GOST, sertifikatlash, toksik
elementlar, mikrotoksinlar, pestitsidlar, organoleptik, sensorlik;
Non mahsulotlari alohida sifat ko'rsatkichlarini aniqlash usullari tegishli
GOSTlarda, tajriba mashg'ulotlarini o'tkazish, nonvoylik korxonalarda texnik-
kimyoviy nazoratini tashkil qilish uchun mo'ljallangan qo'llanmalarda va tegishli
ma’lumotnomalarda to'liq bayon etilganligini nazarda tutsak, bu yerda ularni
yoritishga hojat qolmaydi.[1]
Standartlashtirish
- me’yoriy hujjatdarda (GOST, RST, TSh) ma’lum
mahsulotga nisbatan qilinadigan talablarni mustahkam o'rinlashib olish demakdir.
Me’yoriy hujjat - mahsulotni ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish uchun
qo'llaniladigan asosiy hujjat. Korxona ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun
texnik shartlar (TSh), retsepturalar (RTs) va texnologik yo'riqnomalardan (TY)
iborat me’yoriy hujjatlar to'plamiga ega bo'lishi lozim.Respublika nowoylik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
124
sanoatida MHDlarida qo'llaniladigan xalqaro GOSTlar amal qilmoqda. Bu
GOSTlar 1992-yil 13 martda №12/l-sonli «Standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlash tarmog'ida davlatlararo kelishilgan siyosatni amalga oshirish
Nizom»iga imzo qo'yilgan davlatlar hududlarida kuchga ega.GOSTlar o'z
navbatida ikki turga bo'linadi: texnik shartlar GOSTlari (TU) va umumiy texnik
shartlar GOSTlari (UTSh). GOSTlaming texnik shartlar turi - aniq mahsulotlarga
taalluqli bo'lib, ularda ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlarning
organoleptik va fizik-kimyoviy ko'rsatkichlariga aniq talablar hamda me’yorlarga
javob beriladigan ma’lumotlar keltiriladi. GOSTlarning umumiy texnik shartlar
turi - tasniflovchi GOSTlar bo'lib, ular mahsulotlarning yangi turlarini ishlab
chiqarish uchun qo'llaniladi.[2]
Sertifikatlash -
mahsulot ma’lum turkumi yoki seriyasining me’yoriy
hujjatning iste’molchi hayoti va sog'ligiga xavfsizligi ko'rsatkichlarini
tasdiqlashning rasmiy shaklidir. Non mahsulotlariga tegishli me’yoriy hujjatlarda
iste’molchi hayoti va sog'ligi xavfsizligini ta’minlanadigan talablar hamda bu
me’yoriy hujjatlar sertifikatlash uchun yaroqli ekanligi to'g'risida ma’lumotlar
keltirilgan. Majburiy sertifikatlash me’yoriy hujjatlarning majburiy talablariga mos
kelishi uchun amalga oshiriladi. Non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun
qo'llaniladigan xom ashyolar (un, shakar, yogiar va boshqalar) ixtiyoriy ravishda
sertifikatlanadi. Me’yoriy hujjatlarga nafaqat GOSTlar, RSTlar va TShlar, balki
sanitariya talablari va me’yorlari (SanPiN) va boshqa davlat qonuniy hujjatlari ham
taalluqli. Oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarini sertifikatlash «Oziq-ovqat
mahsulotlari va xom ashyolarining sertifikatlash Qoidalari» asosida amalga
oshiriladi. Mahsulotni sertifikatlash jarayonida uning «Oziq-ovqat mahsulotlari va
xom ashyolari sifatiga va xavfsizligiga qo'yiladigan gigiyenik talabalar» (SanPiN
2.3.560-96)ga mos kelishi aniqlanadi. Bu hujjatda muhim ifloslantiruvchilar -
toksik elementlar, mikrotoksinlar. pestitsidlar, radionuklidlar, mikrobiologik
ko'rsatkichlarning yo'l qo'yiladigan chegaraviy konsentratsiyalari (PDK)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
125
keltirilgan. Ifloslantiruvchilarning ko'pchilik turlaridan non mahsulotlari uchun
og'ir metallar - qo'rg'oshin , mishyak, kadmiy, simob, mis, ruh:mikotoksinlar -
aflotoksin V, dezoksinevanol, T-2 toksin, zearelanom; pestitsidlardan -
geksaxlorbenzol, simob organik moddalar va boshqalar, radionuklidlardan - seziy-
137, strontsiy-90 kabilarning chegaraviy konsentratsiyalari (PDK) keltirilgan.[3]
Non sifatini organoleptik usulda baholash. Barcha oziq-ovqat mahsulotlari,
shu jumladan non mahsulotlarining sifatini aniqlashda, organoleptik yo'li bilan
(insonning sezuv organlari yordamida) mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini
baholash alohida ahamiyatga egadir. Zero, ovqatlanishda birinchi darajali
ahamiyatga ega non sifatini aniqlashda iste`molchi birinchi navbatda uning
yangiligi, tashqi ko`rinishi, yumshoqligi, pishganligi, ta’mi va xushbo`yligiga
e’tibor beradi. Nonning bu ko’rsatkichlarini organoleptik usullar bilan aniqlash
tegishli me’yoriy hujjatlarda (GOST, RST, TSh ) ham ko’zda tutilgan. Ekspertlarni
tanlashda avvalo ularning mahsulot mazasiga bo'lgan sezgirsizligi («daltonizm»)
tekshiriladi. Undan so'ng ekspertlikka nomzod shaxsning o'ziga xos bo'lgan
sezgirlik bo'sag'asini, keyin kelajak faoliyatida uchratadigan ta’m va hidlarning eng
minimal farqini sezish qobiliyati aniqlanadi. Non mahsulotlarini organoleptik yoki
sensorlik usullari bilan aniqlash katta ahamiyatga ega bo'lsa ham. baholashning
natijalari ko'pincha «talabga mos» («mos emas»), «kuchli» («kuchsiz»), «yoqimli»
(«yoqimsiz»), «ochrang yoki to'qrang», «birtekis», «silliq yoki g'adir-budur» kabi
so'zlar bilan ifodalanadi. Bu esa non mahsulotlari sifatini miqdoriy tomondan
baholash, ya’ni bir xil mahsulotni sifati bo'yicha «pog'onalarga» ajratish imkonini
bermaydi.Sifat ko'rsatkichlari darajasini asboblar bilan yoki fizik-kimyoviy usullar
bilan aniqlanganda, o’lchov natijalari ma’lum bir fizikaviy yoki shartli birligi
sonlari bilan ifodalanadi. Shu ko'rsatkichlami sensorlik baholash natijalarini ham
miqdoriy (son bilan) ifodalash uchun 5 balli shkaladan foydalanish maqsadga
muvofiq. Ko’pchilik uchun tanish bo`lgan 5 ballik shkalada: 5-yuqori, a’lo, 4-
yaxshi, 3- qoniqarli, 2- qoniqarsiz va 1- yomon sifat darajasini ifodalaydi. Nonning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
126
ta’mi, hidi, tashqi ko’rinishi va shu kabi ko’rsatkichlarini aniqlash uchun asboblar
yo`qligini inobatga olganda, sifat ko’rsatkichlarini asboblar yoki fizik-kimyoviy
usullar hamda sensorlik baholash yo’li bilan aniqlangan natijalarni birlashtirishga,
non mahsulotlari sifatini miqdoriy jihatdan ballarga ifodalash uchun imkon paydo
bo’ladi.[4]
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, Non mahsulotlari sifatini aniqlashda uning tuzilishi,
rang, xushbo'yligi, tashqi ko'rinishi, ta'mi va pishirish jarayonlari muhim omillar
hisoblanadi. Sifatli non yumshoq va og'ir bo'lib, po'stlog'i oltin rangda va xushbo'y
hidga ega bo'lishi kerak. Pishirishda ishlatilgan xom ashyolar ham sifatga ta'sir
qiladi. Yaxshi pishgan non bir xil darajada pishgan va jismonan yaxshi tuzilishga
ega bo'lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
M.G.Vasiyev,(2009).Non mahsulotlari texnologiyasi. Toshkent:
“Yangi asr avlodi”.
2.
M.G. Vasiyev, М.A. Vasiyeva, J.D . Mirzaycv, (2002).Non, makaron
va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo'llaniladigan xom ashyo va
materiallar. - Toshkent: “Mehnat”.
3.
M.G.
Vasiyev,
M.A.
Vasiyeva,
X.J.
Ualov,
M.A.
Saidxodjayeva,(2002) Non mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi. Toshkent.
“Mehnat”.
4.
Vasiyev M.G., O ’rinov N.F., Xromeenkov V.M. (2007).Non-bulka
va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari jihozlari. Т.: 1LM-ZIYO.
5.
Qodirov, M. (2019). Non ishlab chiqarish texnologiyasi: nazariya va
amaliyot. Toshkent: O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi institutining nashriyoti.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-40_ Том-1_ Март-2025
127
6.
Vasiyev
M.G.,
Vasiyeva
M.A.(
2008)
Non
mahsulotlari
texnologiyasi» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko'rsatmalar.
– Buxoro.
7.
Asqarov, A. (2021). Non ishlab chiqarish jarayoni: muammolar va
yechimlar. Buxoro: Buxoro davlat universiteti.