Mualliflar

  • Matqosimova Mohira Erkinbek qizi
  • Hakimova Nazira No’monjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95082

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar:bolalar xotirasi so‘z yodlash chet tili qisqa muddatli xotira uzoq muddatli xotira eshitish orqali yodlash vizual yodlash o‘yin metodi til o‘rgatish metodikasi

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  maktabgacha  va  boshlang‘ich  yoshdagi 
bolalarda  xotira  imkoniyatlari  hamda  chet  tilidagi  so‘zlarni  yodlash  jarayoni 
o‘rtasidagi  bog‘liqlik  o‘rganiladi.  Xotira  —  til  o‘rganishning  asosi  bo‘lib,  aynan 
bolalik davrida qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning faolligi sababli so‘zlarni 
yodlab olish jarayoni ancha samarali kechadi. Maqolada vizual, eshitish va harakatga 
asoslangan  metodlar  orqali  bolalarning  xotirasini  mustahkamlash  va  yodlash 
samaradorligini oshirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, til o‘rganish uchun eng mos 
yosh davri va metodik tavsiyalar keltirilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

44-son_4-to’plam_May -2025

84

ISSN:3030-3621

BOLA XOTIRASI VA CHET TILIDAGI SO’ZLARNI YODLASH

O’RTASIDAGI BOG’LIKLIK

Matqosimova Mohira Erkinbek qizi

ADCHTI,Nemis tili nazariyasi va amaliyoti

Kafedrasi o’qituvchisi

Mohiragina@gmail.com

Hakimova Nazira No’monjon qizi

ADCHTI,Ingliz filalogiyasi o’qitish

metodikasi,Tarjimashunoslik fakulteti talabasi

naziraxonhakimova911@gmail.com


Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktabgacha va boshlang‘ich yoshdagi

bolalarda xotira imkoniyatlari hamda chet tilidagi so‘zlarni yodlash jarayoni
o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Xotira — til o‘rganishning asosi bo‘lib, aynan
bolalik davrida qisqa muddatli va uzoq muddatli xotiraning faolligi sababli so‘zlarni
yodlab olish jarayoni ancha samarali kechadi. Maqolada vizual, eshitish va harakatga
asoslangan metodlar orqali bolalarning xotirasini mustahkamlash va yodlash
samaradorligini oshirish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, til o‘rganish uchun eng mos
yosh davri va metodik tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

bolalar xotirasi, so‘z yodlash, chet tili, qisqa muddatli xotira, uzoq

muddatli xotira, eshitish orqali yodlash, vizual yodlash, o‘yin metodi, til o‘rgatish
metodikasi


Bolalik davri inson hayotida eng muhim bosqichlardan biri bo'lib, bu davrda

xotira rivojlanishi va til o'rganish qobiliyati eng yuqori cho'qqiga chiqadi. Bolalar
xotirasi va chet tilidagi so'zlarni yodlash o'rtasidagi bog'liqlik juda murakkab va ko'p
qirrali bo'lib, quyidagi jihatlarni o'z ichiga oladi:
1. Neyroplastika va miya rivojlanishi: Bolalik davrida miya juda tez rivojlanadi va
yangi neyron aloqalarini osonlikcha hosil qiladi. Bu neyroplastika deb ataladi va chet
tili o'rganish uchun juda muhimdir. Yangi so'zlarni yodlash yangi neyron aloqalarini
hosil qiladi va miya rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
2. Implicit xotira: Bolalar kattalarga qaraganda ko'proq implicit xotiraga tayanadilar.
Implicit xotira ongli ravishda yodlanmasdan o'rganiladigan ma'lumotlarni saqlaydi. Bu
chet tili o'rganishda juda foydali, chunki bolalar so'zlarni grammatika qoidalarini
o'rganmasdan turib, ularni kontekstda ishlatib o'rganishlari mumkin.
3. Ta'sirchanlik va motivatsiya: Bolalar yangi narsalarni o'rganishga juda qiziquvchan
va ishtiyoqli bo'ladilar. Bu ularning chet tili o'rganishda muvaffaqiyatga erishishlariga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

44-son_4-to’plam_May -2025

85

ISSN:3030-3621

yordam beradi. Agar bola chet tilini o'rganishga qiziqsa, u so'zlarni yodlashga ko'proq
vaqt va kuch sarflaydi.
4. O'yin va interaktivlik: Bolalar o'yin orqali o'rganishga moyil bo'ladilar. Chet tili
o'rganishda o'yinlar, qo'shiqlar va boshqa interaktiv usullar qo'llanilsa, bolalar so'zlarni
tezroq va osonroq yodlab oladilar.
5. Oila va ijtimoiy muhit: Bolaning oilasi va ijtimoiy muhiti ham chet tili o'rganishda
muhim rol o'ynaydi. Agar oilada chet tiliga qiziqish bo'lsa va bola chet tilida
so'zlashuvchi odamlar bilan muloqot qilsa, u so'zlarni tezroq o'rganadi. Bolalar xotirasi
va chet tilidagi so'zlarni yodlash o'rtasidagi bog'liqlik ko'p qirrali va murakkab. Bu
jarayon nafaqat yoshga, balki o'rganish uslubi, motivatsiya va atrof-muhit kabi
omillarga ham bog'liq.
1. Yoshga bog'liq xususiyatlar:

Erta bolalik (0-5 yosh): Bu davrda bolalar asosan implicit xotira orqali o'rganadilar.

Ular atrofdagi tovushlarni, so'zlarni va intonatsiyani qayd etib, ularni ongli ravishda
tahlil qilmasdan yodlaydilar. Bu davrda chet tili o'rganish ona tili kabi tabiiy kechadi.

Maktabgacha yosh (6-7 yosh): Bolalarning explicit xotirasi rivojlana boshlaydi va

ular so'zlarni ongli ravishda yodlashga qodir bo'ladilar. O'yinlar, qo'shiqlar va rasmlar
orqali o'rganish samarali bo'ladi.

Boshlang'ich maktab yoshi (7-11 yosh): Bu davrda bolalar grammatika qoidalarini

tushunish va qo'llashni boshlaydilar. Ularning analitik fikrlash qobiliyati rivojlanib,
so'zlarni ma'nosi va tuzilishiga ko'ra yodlash osonlashadi.

O'smirlik davri (12-17 yosh): Bu davrda miya rivojlanishi davom etadi, lekin

neyroplastika biroz pasayadi. O'smirlar abstrakt fikrlashga qodir bo'lib, grammatika
qoidalarini chuqurroq tushunib, murakkab matnlarni o'qish va tahlil qilish
imkoniyatiga ega bo'ladilar.Odamning butun aqliy taraqqiyoti asosan xotiraning
taraqqiyotidan iborat ekan, xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlaboq
rivojlanaboshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlami
va narsalami tanishida ko‘rina boshlaydi. Buni biz bola o‘ziga tanish bo’lgan narsani
ko‘iganida qiladigan harakatlardan bilishimiz mumkin. Masalan,bola o‘ziga yaqin
odamni ko‘iganida unga talpinadi yoki notanish odamdan yotsiraydi. Kichik yoshli
bolalarda tanib olish qobiliyatining boriigi, idrok qilgan narsa va hodisalarini esda olib
qolish imkonini beradi.Yoshiga to‘lgach, bolada xotiraning murakkab turlari, ya’ni
eslash vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan narsa va
hodisalarni eslay oladigan bo‘ladilar. Bunda bolalar tasawurlarining roli nihoyatda
kattadir. Tassavurlari tufayli bolalar o ‘tgan narsalami bemalol eslay oladilar, masalan,
bolaga ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko‘zlari bilan chor
atrofga qarab shu narsani izlay boshlaydi. Bola xotirasining rivojlanishida nutqining o
‘sishi juda katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalami faqat bevosita
ko‘rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalaming nomlari orqali ham idrok qila


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

44-son_4-to’plam_May -2025

86

ISSN:3030-3621

oladigan bo‘ladi. Bundan tashqari ular kattalardan so‘rab bilib olish, eshitish orqali
ham o‘z xotiralarini boyitadilar.Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha
jaraycnlari ko‘rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastawal mexanik
ravishda,ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Buning o‘ziga xos jihati
bor, albatta. Birinchidan, yuqorida aytib o‘tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi
juda oz bo‘ladi, ular ko‘p narsalami hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to‘qnash
kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining
plastikligi, ya’ni juda egiluvchanligi kattalamikidan ham ustunroq bo‘ladi. Ana shu
sababli bolalarga mexanik esda olib qolish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish hamjuda erta rivojlana boshlaydi.
Masalan, ilk bolalik davridagi bolalar o‘zlari yoqtiigan hikoyalaming ayrim
qahramonlarini yaxshi ko’radilar, ba’zilarini esa yomon ko‘radilar. Umuman,
hikoyalaming mazmuni bolalarga ta’sir qilib, ularda ma’lum tuyg‘u-hissiyotlami
uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib qolish va ixtiyorsiz esga
tushirish vujudga keladi. Ular o‘zlarini biron jihatdan qiziqtiigan, diqqatlarini o‘ziga
tortgan narsa va hodisalami beixtiyor ravishda eslarida olib qoladilar. Biron narsani
eslash, esiga tushirish assotsiyatsiya tarzida namoyon bo‘ladi. Ulami o’zlari ataylab
esga tushirmaydilar. O‘yin faoliyatida biron narsani eslash lozim bo‘libqolganda,
assotsiyatsiya tariqasida boshqa shunga o‘xshash narsalar ham beixtiyor eslariga
tushaveradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni (xususan kichik guruh bolalari) o‘zlarining
faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurot qoldiigan
va ulami qiziqtiigan narsalami beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular biror narsani
eslarida olib qolishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad
qo‘yishni uddasidan ham chiqa olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalarda asosan
ixtiyorsiz esda olib qolishning hukmron bo‘lishi tasodifiy bir hol emas. Buning o‘z
sabablari bor.Har bir tarbiyachi-pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlami yaxshi
bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to‘g‘ri rivojlantirish mumkin. Bog‘cha
yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi, awalo, ular oliy
nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Bir qator psixologlar
tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha
yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi xususiyatlaiga ega. Birinchidan, bog‘cha
yoshidagi bolalaming nerv sistemasi xuddi ilk bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi
kabi juda plastik xarakteriga egadir, ya’ni ulaming nerv sistemalari haddan tashqari
egiluvchan, ta’sirotga beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarda vaqtli
bog‘lanishlar (assotsiyatsiyalar) juda osonlik bilan hosil bo‘ladi. Bolalar nerv
sistemasining xususiyati ulaming esda olib qolish qobiliyatlariga ham ta’sir etmay
qolmaydi. Shu sababli bog‘cha yoshidagi bolalar ashula, ritmli she’r, qiziqarli va
chuqur ta’sir etadigan narsalami beixtiyor hamda juda tez eslarida olib


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

44-son_4-to’plam_May -2025

87

ISSN:3030-3621

qolaveradilar.Ikkinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi yengil
qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi bilan biiga yuzaga keladigan vaqtli bog‘lanishlar
(assotsiyatsiyalar) juda beqaror bo‘ladi, ya’ni mustahkam bo‘lmaydi.Shuning uchun
bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli narsa va hodisalar ulaming
xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qolmaydi.Ular tez eslab qolishlari bilan birga tez unutib
ham yuboradilar.Ko‘pincha narsa va hodisalaming bog‘cha yoshidagi bolalar
xotiralarida mustahkam saqlanib qolishi shu narsa va hodisalaming bolaga qanchalik
emotsional ta’sir qilishiga bog‘liq bo‘ladi.Uchinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv
sistemasida qo‘zg‘alish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust
bo‘lganligi tufayli ular o‘xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning o‘zida juda ko‘p idrok
qilingan narsalaming farqini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ular birdaniga
idrok qilgan juda ko‘p narsalami bir biri bilan aralashtirib yuboradi.Uar. Agar bog‘cha
yoshidagi boladan kechagi bayram kuni bo‘lgan, ya’ni idrok qilgan narsalarini bir
boshdan so‘zlab berish Itimos qilinsa, u ma’noli va sistemali qilibso‘zlab berolmaydi.
Bola bunday holda gapni tasodiliy esiga tushib qolgan narsalardan boshlab ketaveradi.
Chunki birdaniga ko‘igan juda ko‘p narsalarini bola tamoman aralashtirib yuboigan
bo‘ladi. Bola esida olib qolgan narsalarida hali sistema yo‘q, shuning uchun bola
dastavval chuqur taassurot qoldirgan, ya’ni esida chuqur o’malshib qolgan narsalardan
boshlab gapiraveradi. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: agar bog‘cha
yoshidagi bolaga bir vaqtning o‘zida haddan tashqari ko‘p narsalar ko‘rsatilsa, ular
hamma narsalami bir-biri bilan aralashtirib yuboradilar va birontasini ham puxtaroq
esda olib qololmaydilar. o‘tkazilgan tajribalaming ko‘rsatishicha, kichik bog‘cha
yoshidagi bolalariga nisbatan o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz va
mexanik ravishda esda olib qolish hamda esga tushirish qobiliyati biroz susayadi.
Ammo bundan, bolalar ulg‘aygan sari ulaming xotirasi kuchsizlanadi, degan xulosa
kelib chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki, bolalar o‘sib, turmush tajribasi ortgan va
nutqi o‘sgan sari ular narsa va hodisalar surunkasiga, ya’ni to‘g‘ri kelganicha emas,
balki tanlab,ya’ni o‘zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo‘la boshlaydUar.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, keyingi yillar mobaynida bog‘cha
yoshidagi bolalarda mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda olib qolishga nisbatan
mexanik esda olib qolish ustun bo‘ladi, degan fikr mavjud bo‘lib, shu bilan birga
mexanik esda olib qolish mantiqiy esda olib qolishga qarama-qarshi qo‘yUar edi.
So‘nggi yillarda o ‘tkazilgan ekserimental tekshirishlar natijalarining ko‘rsatishicha,
bog‘cha yoshidagi bolalarda ham narsa va so‘zlaming ma’nosiga tushunib eslab qolish
katta o ’rin tutadi. Lekin bog‘cha yoshidagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlari
ularga to‘la tushuniladigan material berilganda yaqqol ko‘rinadi. Bog‘cha yoshidagi
kichik bolalarda ko‘proq obrazli xotira rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ular
eshitgan narsalariga nisbatan ko‘rgan narsalami yaxshi eslarida olib qoladUar. Uning
asosiy sababi,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

44-son_4-to’plam_May -2025

88

ISSN:3030-3621

birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalaming idroklari konkret obrazli xarakterga ega.
Ikkinchidan, ularda hali nutq, to‘la-to‘kis shakllanmagan. Bolalar yuqori guruhlarda
nutqni anchagina egallab olganlaridan keyingina so‘z bilan ifodalab olingan narsalami
esda yaxshi olib qoladigan bo‘ladUar. Bolalar juda ko‘p narsalami asosan turli o‘yin
faoliyatlari davomida eslarida olib qoladUar. Shuning uchun ulaming esda olib
qolishlari ko‘pincha epizodik va tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi, bu esa eslarida olib
qolingan narsalami ma’lum bir sistemaga solishni qiyinlashtiradi. Shu tufayli
bolalaming xotiralaridagi narsalar tartibsiz, bir-biri bUan aralashib ketadi. Natijada
biron narsani esga tushirishlari qiyin bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasiga xos
bo‘lgan tartibsizlikni yo‘qotish va xotirasini o‘stirish juda ko‘p jihatdan tarbiyachilarga
bog‘liqdir. Tarbiyachi bolalami esda olib qolishlari lozim bo‘lgan materialni ulaming
yosh xususiyatlariga mos qilib tanlashi kerak.

Bolalar xotirasini mashq qildirishda turli mazmunli o‘yinlardan foydalanish

maqsadga muvofiqdir. Umuman,bolaning materialni esda olib qolishini va qayta esga
tushirishini tarbiyachi doimo boshqarib borishi zarur. Chunki bog‘cha yoshidagi bola
xotirasining barcha tiplari bo’lsa boshlaydi. Biroq shu narsaxarakterliki, xotiraning
asosiy turlari orasida (masalan, obrazli,mexanik, mantiqiy kabi) harakat xotirasi
nisbatan kuchliroq rivojlanadi. Shuning uchun ham turli harakatlami hamda musiqa
ohangida o‘ynashni bu yoshdagi bolalar osonlik bilan o‘zlashtiradilar.Mexanik tarzda
o‘zlashtiriladigan nutq materialini ham qisman harakat xotirasiga kiritadi. Shu sababli
bog‘cha yoshidagi bolalar tez aytiladigan turli ritmdagi she’rlami bir-ikki
qaytarishdayoq yodlab oladilar. Masalan, bekinmachoq o‘yinini o‘ynash oldidan
aytiladigan “sanashlar” Bekinmachoq o‘yinining sanashlarida hech qanday ma’no
yo‘q, lekin juda ifodali va jarangli ritmika bor. Bog‘cha yoshidagi bolalarda emotsional
xotira yaxshi bo‘lsa ham,lekin xotiraning bu turi bolalarga nisbatan katta odamlarda
kuchliroq bo‘ladi. Katta odamlar kuchli emotsional ta’sir qilgan ba’zi narsa va
hodisalami hech vaqt eslaridan chiqarmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar esa kuchli
emotsional ta’sir qilgan narsalami ham ba’zan eslaridan chiqarib qo‘yishlari mumkin.
Bolalar xotirasini o‘stirishda tarbiyachi va ota-onalaming nutqi ham nihoyatda katta
rol o‘ynaydi.Bola bilan gaplashganda nutq sodda, talaffuz aniq va tushunarli bo‘lishi
kerak. Xotiraning taraqqiyoti bolaning bog‘cha yoshi davrida tugallanmay, bolaning
bundan keyingi taraqqiyotida, ya’ni ta’lim tarbiya va turmush tarziga qarab o ‘zgarib,
o‘sib boradi. Bolalar xotirasi va chet tilidagi so'zlarni yodlash o'rtasidagi bog'liqlik juda
kuchli. Bolalik davrida miya rivojlanishi va neyroplastika tufayli bolalar yangi so'zlarni
osonlikcha yodlab oladilar. Chet tili o'rganishda o'yin, interaktivlik va ijtimoiy muhit
muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, bolaning qiziqishi va motivatsiyasi ham katta
ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

44-son_4-to’plam_May -2025

89

ISSN:3030-3621

1.

U.Usmonova ; " Maktabgacha ta'lim jarayonida xorijiy tillarni o'qitishning
zamonaviy metodikasi "

2.

Z.Nishonova; “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi”

3.

Jalolov J. Chet til o’qitish metodikasi, Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti, 1996.

4.

Pinter A. Teaching Young language Learners. Oxford university Press, 2015

5.

Agzamova D.B. English teaching methodology. Tashkent.: Barkamol fayz

ISSN:3030-3621

Bibliografik manbalar

U.Usmonova ; " Maktabgacha ta'lim jarayonida xorijiy tillarni o'qitishning

zamonaviy metodikasi "

Z.Nishonova; “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi”

Jalolov J. Chet til o’qitish metodikasi, Toshkent, “O’qituvchi” nashriyoti, 1996.

Pinter A. Teaching Young language Learners. Oxford university Press, 2015

Agzamova D.B. English teaching methodology. Tashkent.: Barkamol fayz