Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
100
O‘ZBEKISTONNING MARKAZIY OSIYODA TINCHLIK VA
BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI
Тillаyev Воbоmurоd Аbduvоxоbоvich,
Nаmаngаn Dаvlаt pegаgоgikа instituti kаttа о’qituvchisi,
Qayumova Munojat Rahimjanovna,
Namangan davlat pedagogika instituti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi tinchlik va
barqarorlikni saqlashdagi roli ko'rib chiqiladi. Maqola O'zbekistonning Afg'oniston
bilan do'stona munosabatlarni rivojlantirish, hududiy nizolarni hal etishdagi diplomatik
faolligi, mintaqaviy hamkorlik doirasidagi tashabbuslari va xalqaro tashkilotlar bilan
olib borilgan ishlarini tahlil qiladi. O'zbekistonning bu yo'nalishdagi siyosati
mintaqadagi siyosiy barqarorlikka, iqtisodiy integratsiyaga va umumiy xavfsizlikka
ijobiy ta'sir o'tkazishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
Markaziy Osiyo, O‘zbekiston, Tinchlik ,Barqarorlik ,Mintaqaviy
Diplomatiya, Afg‘oniston, Xavfsizlik, Diplomatik Faollik, Mintaqaviy hamkorlik
Xalqaro Tashkilotlar.
РОЛЬ УЗБЕКИСТАНА В ОБЕСПЕЧЕНИИ МИРА И СТАБИЛЬНОСТИ В
ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
Тиллаев Бобомурод Абдувохидович, Наманганский государственный
педагогический институт, старший преподаватель,
Каюмова Муножат Рахимжановна, Наманганский государственный
педагогический институт, студентка,
Аннотация:
В данной статье рассматривается роль Узбекистана в
поддержании мира и стабильности в Центральной Азии. Анализируется
активность Узбекистана в развитии дружественных отношений с Афганистаном,
дипломатические усилия по урегулированию региональных конфликтов,
инициативы в рамках регионального сотрудничества, а также взаимодействие с
международными организациями. Политика Узбекистана в этом направлении
направлена на укрепление политической стабильности, экономической
интеграции и общей безопасности в регионе.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
101
Ключевые слова:
Центральная Азия, Узбекистан, мир, стабильность,
региональная дипломатия, Афганистан, безопасность, дипломатическая
активность, региональное сотрудничество, международные организации.
THE ROLE OF UZBEKISTAN IN ENSURING PEACE AND
STABILITY IN CENTRAL ASIA
Тillаyev Воbоmurоd Аbduvоxоbоvich, Nаmаngаn state pegаgоgical institute,
senior teacher,
Qayumova Munojat Rahimjanovna, Nаmаngаn state pegаgоgical institute,
Abstract:
This article examines the role of Uzbekistan in maintaining peace and
stability in Central Asia. It analyzes Uzbekistan's efforts in fostering friendly relations
with Afghanistan, its diplomatic activities in resolving regional conflicts, its initiatives
within the framework of regional cooperation, and its collaboration with international
organizations. Uzbekistan's policy in this direction is aimed at strengthening political
stability, economic integration, and overall security in the region.
Keywords:
Central Asia, Uzbekistan, peace, stability, regional diplomacy,
Afghanistan, security, diplomatic activity, regional cooperation, international
organizations.
Markaziy Osiyoning yuragi O‘zbekiston geosiyosat va tabiiy resurslari babida
mintaqadagi eng muhim mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bu holat O‘zbekistonni
mintaqaviy hamda global darajadagi tinchlik va barqarorlikni ta'minlash masalalarida
muhim o‘yinchiga aylantirgan. O‘zbekiston, Markaziy Osiyodagi eng yirik va aholi
soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi mamlakat sifatida, mintaqa tinchligi va
barqarorligini ta'min1ashda muhim rol o‘ynamoqda. O‘zbekistonning geosiyosiy va
strategik ahamiyatini inobatga olgan holda, mamlakatning tinchlikparvarlik siyosati va
ko‘p qirrali tashabbuslari Markaziy Osiyo xavfsizligininng asosiy qismlari
hisoblanadi.O‘zbekistonning mintaqa tinchligiga qo‘shgan hissasi bir qancha
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Samarqand shahrida 2017-yil 10—11-noyabr kunlari BMT shafeligida
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha “Markaziy
Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi
hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi [1].
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan
BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi minbaridan bildirilgan hamda Markaziy
Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
102
hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha
muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ladi. Ma’lumki, Markaziy Osiyoni osoyishtalik,
barqaror taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirish davlatimiz rahbari
tomonidan O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, BMTning Markaziy
Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi hamda BMTning
Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi
mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi.
Samarqand konferensiyasi uning ishtirokchilariga mintaqa xavfsizligi va
taraqqiyotiga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish, ularni hal qilishning
samarali yo‘llarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda. Ikki kun davom
etgan forum Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy,
transport-kommunikatsiya,
suv-energetika,
ekologiya
va
madaniy-gumanitar
sohalardagi hamkorlik sur’atini oshirishning aniq yo‘nalishlari, shuningdek, taraqqiyot
bo‘yicha hududiy loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy xatar va tahdidlarga
qarshi kurashishda mamlakatlar salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashishda xalqaro
tashkilotlar va hamkor davlatlarning o‘rnini muhokama qilish imkonini beradi [2].
Yana shu yil 3−4-aprel kunlari Samarqanda O‘zbekiston prezidenti Shavkat
Mirziyoyev raisligida, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston
rahbarlari ishtirokida
“Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti bo'lib
o'tdi.
Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti
Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo birinchi sammitida ishtirok
etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdilar [3].
Sammit YIga Markaziy Osiyo bilan ikki tomonlama hamkorlikni
chuqurlashtirish
va mintaqaviy
hamkorlikni
kengaytirishdan
geosiyosiy
manfaatdorligini namoyish etish uchun asosiy imkoniyat yaratdi. O‘zgaruvchan
geosiyosiy manzarada Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar
tobora strategik ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Sammit davomida YI o‘zaro manfaatli sohalarda, jumladan, transport
va raqamli aloqa — mintaqa ichida va YI bilan, strategik xomashyo, iqtisodiyot
va xavfsizlik, toza va samarali energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha hamkorlikni
kengaytirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi [4].
Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Kostaning sammitdagi nutqi buning
yaqqol tasdigʻi boʻlib, u koʻp qutbli dunyoda yanada faol va maqsadli hamkorlik
zarurligini “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” birinchi sammiti xalqaro huquq
normalariga to‘liq rioya qilgan holda tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish yo‘lida
birgalikda harakat qilish bo‘yicha umumiy sadoqatni mustahkamlashini taʼkidladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
103
Uning so‘zlariga ko‘ra, geosiyosiy ziddiyatlar va global tahdidlar kuchayib
borayotgan bir sharoitda hech bir mintaqa xalqaro hamkorliksiz o‘z oldida turgan
murakkab masalalarni mustaqil hal eta olmaydi. Shu bois Markaziy Osiyo va Yevropa
Ittifoqi o‘zaro yaqin hamkorlikka tobora ko‘proq ehtiyoj sezmoqda [5].
Sammitda Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirok etib,
Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama
qilishdi. Shuningdek, O‘zbekiston yetakchisi mintaqadagi iqtisodiy integratsiya
jarayonlari jadallashayotganini qayd etib, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi savdo va
investitsiya loyihalarining kengayib borayotganini e’tirof etdi.
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatish haqida
qabul qilinayotgan hujjat qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-
tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Strategik sheriklikni aniq qarorlar, loyiha va dasturlar bilan boyitish maqsadida
ikki mintaqamiz o‘rtasida sheriklik va hamkorlik bo‘yicha to‘laqonli Bitimni imzolash
masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.
O‘zbekiston Prezidenti mintaqa mamlakatlarini Yevropaning raqamli ta’lim
sohasidagi Harakatlar dasturiga kiritish, shuningdek, yetakchi oliy ta’lim muassasalari
o‘rtasidagi sheriklikning "yo‘l xaritasi"ni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi
[6].
– Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasini joriy etish asosida “Bir tur – butun
mintaqa” konsepsiyasini amalga oshirish, shuningdek, mintaqamiz sayyohlari uchun
viza rejimini soddalashtirish masalasini ko‘rib chiqishda yevropalik sheriklarimizning
ko‘magiga tayanamiz,
- dedi Shavkat Mirziyoyev.
Terrorizm, ekstremizm, radikalizm, kiberjinoyatchilik, narkotrafik va
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik qilish dolzarb ahamiyatga ega.
Yevropalik hamkorlarning terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha
muloqotni yo‘lga qo‘yish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Yig‘ilishda delegatsiyalar rahbarlari ikki mintaqa o‘rtasidagi amaliy
hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirdi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Markaziy Osiyoda transport koridorlari va iqtisodiy
hamkorlik loyihalarini rivojlantirishga ham katta ahamiyat berib kelmoqda. Mintaqada
erkin savdo hududlarini yaratish va transport yo'laklarini diversifikatsiya qilish orqali,
O'zbekiston mintaqaviy savdo-sotiq va investitsiyalarni oshirishga intilmoqda.
Madaniy va Insonparvarlik Faoliyatlari
Madaniy va insonparvarlik sohalarida ham O‘zbekiston mintaqadagi madaniy
almashinuv va ta'lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga e'tibor qaratmoqda. Madaniy
meros va tarixiy obidalarini asrab-avaylash, mintaqadagi xalqlar o‘rtasida do‘st1ik va
hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. O'zbekiston Markaziy Osiyoda
tinchlik va barqarorlikni ta'min1ash bo'yicha juda muhim o'rin tutadi. Mustaqillikdan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
104
keyingi davrda O'zbekiston o'z tashqi siyosatida mintaqaviy hamkorlik va xavfsizlikni
ustuvor yo'nalish sifatida belgilab, bu borada bir qator muhim qadamlarni tashladi.
Chegaralar masalasida yechimlar topish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlik
bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorliklar mustahkamlash yondashuvlari
O'zbekistonning mintaqada tinchlik ombori sifatidagi obro'sini oshirishda katta
ahamiyatga ega bo'ldi.
Mintaqada barqarorlikni saqlash bu yilgi siyosatning asosiy ustunlardan biridir va
O‘zbekiston ushbu siyosatni quyidagi yo‘l1ar orqali amalga oshirib kelmoqda:
Mintaqaviy Muvozanat: O‘zbekiston o‘z siyosatida qo‘shni1ar bilan iqtisodiy
hamkorlikni va siyosiy muloqotni mustahkamlashga intiladi. Bu orqali mintaqa
davlatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitini yaratishga hissa qo‘shadi.
Xavfsizlik Hamkorliklari: Terrorizmga qarshi kurashda O‘zbekiston Markaziy
Osiyoda faol rol o‘ynaydi. Markaziy Osiyo doirasida hamda xalqaro hamkorlik asosida
amalga oshiriladigan xavfsizlik tadbirlari, shuningdek terrorizm va ekstremizmga
qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlar mintaqaviy xavfsizlikning mustahkamlanishiga xizmat
qiladi.
Iqtisodiy Hamkorlik va Integratsiya: Energetikadan tortib savdo-sotiqgacha
mintaqaviy loyihalarda ishtirok etib, O‘zbekiston iqtisodiy integratsiyani
kuchaytirishga
yordam
bermoqda.
Shu
tariqa
mintaqadagi
mamlakatlar
iqtisodiyotlarini
rivojlantirishga
va
mintaqadagi
umumiy
barqarorlikni
mustahkamlashga qo‘shimcha hissa qo‘shiladi.
Madaniy va Ma'rifıy Tashabbuslar: O‘zbekiston madaniy va ma'rifiy sohalarda
mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirib, xalqlar orasida mehr-oqibat va o‘zaro hurmatni
targ‘ib qilmoqda. Bu esa turli millatlaming o‘zaro muloqotini yaxshilashga va
mintaqadagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi [7].
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosatida yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar
diqqat markazida turibdi va mamlakat bu yo‘nalishda salmoqli natijalarga erishgan.
Zarur diplomatik sa'y-harakatlar va iqtisodiy integratsiya ko‘zda tutilgan holda,
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda O‘zbekistonning o‘rni yanada
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mintaqada umumiy taraqqiyot va farovonlik uchun
ushbu siyosat kelajakda ham davom etishi kutilmoqda. O'zbekistonning Markaziy
Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdagi ishtiroki, mintaqada ijobiy
o‘zgarishlarni rag‘bat1antirishi va xavfsiz niyatlarini namoyish etishni davom ettirishi
bilan mintaqaviy lider sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda. Mamlakatning bu
boradagi siyosati, Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy taraqqiyotida mustahkam
poydevor yaratishga yordam bermoqda. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi tinchlik va
barqarorlikni ta'min1ashdagi roli nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro darajada ham e'tirof
etiladi. O‘zbekistonning mintaqaviy siyosatida ochiqlik, o‘zaro hurmat va
hamkorlikning ustun qo‘yi1ishi mamlakatni mintaqadagi tinchlik va taraqqiyotning
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
43-son_3-to’plam_Aprel -2025
ISSN: 3030-3621
105
muhim ishtirokchisiga aylantirgan. Mamlakatning ushbu siyosati kelgusida ham
Markaziy Osiyo xavfsizligi va barqarorligining kafolati bo‘lishda davom etishi
kutilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
"Central Asia: A New Hub of Global Security" — bu tahliliy maqola mintaqadagi
xavfsizlik muammolarini va O'zbekistonning rolini batafsil muhokama qiladi.
2.
"Uzbekistan's Foreign Policy: The Struggle for Recognition and Security in Post-
Soviet Central Asia” — bu kitob O'zbekistonning mustaqillikdan keyingi tashqi
siyosati va uning mintaqadagi xavfsizlikka ta'siri haqida batafsil ma'1umot beradi.
3.
"O'zbekiston va Markaziy Osiyoning kelajagi" - O'zbekiston Respublikasi Tashqi
ishlar vazirligi nashri.
4.
"O'zbekistonning mintaqaviy xavfsizlikdagi roli" - Markaziy Osiyo strategik
tadqiqotlar instituti tomonidan chop etilgan maqolalar to'plami.
5.
"Markaziy Osiyo Strategiesi: O‘zbekistonning Mintqaviy Ro‘li" - Tashqi ishlar
vazirligi tomonidan nashr qilingan nashriyot.
6.
"Markaziy Osiyoda Tinchiik Sahnasining Yangi O‘yinchisi: O‘zbekistonning
Tashqi Siyosat O‘zgarishlari" - Markaziy Osiyo Analitik Markazi tomonidan
taqdim etilgan maqolalar to‘p1ami.
7.
Atabayeva, N., & Qodirov, A. (2024). BOBURIYLAR DAVRIDA
HINDISTONNING
BILAN
TURKISTON
DIPLOMATIK
MUNOSABATLARI. Ilm-fan va ta'lim, 2(2 (17)).