Mualliflar

  • Тillаyev Воbоmurоd Аbduvоxоbоvich,
  • Toshboyeva Xusnida Tursunmaxamadovna,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.95472

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Yangi O‘zbekiston tashabbus ma’naviyat qadriyat ilm-fan texnologiya taraqqiyot strategiya madaniy diplomatiya milliy sanʼat kinematografiya.

Annotasiya

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  Yangi  O‘zbekistonni  bunyod  etish  yoʻlida 
ma’naviy  sohada  keng  koʻlamda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  ularning  amaliy 
ahamiyati  yoritilgan  boʻlib,  ushbu  sohada  erishilayotgan  natija  va  yutuqlar  haqida 
batafsil  yoritilgan.  Shu  jumladan,  mamlakatimiz  miqyosida  amalga  oshirilishi 
rejalashtirilgan  ma’naviy-madaniy  islohotlarning  ahamiyati  haqida  fikr-mulohaza, 
tavsiya va xulosalar berilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

95

YANGI O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN MA’NAVIY

O‘ZGARISHLAR

Тillаyev Воbоmurоd Аbduvоxоbоvich,

Nаmаngаn Dаvlаt pegаgоgikа instituti kаttа о’qituvchisi,

bobomurodtillayev@gmail.com

Toshboyeva Xusnida Tursunmaxamadovna,

Namangan davlat pedagogika instituti talabasi,

xusnidatoshboyeva086@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yoʻlida

ma’naviy sohada keng koʻlamda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning amaliy
ahamiyati yoritilgan boʻlib, ushbu sohada erishilayotgan natija va yutuqlar haqida
batafsil yoritilgan. Shu jumladan, mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilishi
rejalashtirilgan ma’naviy-madaniy islohotlarning ahamiyati haqida fikr-mulohaza,
tavsiya va xulosalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Yangi O‘zbekiston, tashabbus, ma’naviyat, qadriyat, ilm-fan,

texnologiya,

taraqqiyot,

strategiya,

madaniy

diplomatiya,

milliy

sanʼat,

kinematografiya.

ДУХОВНЫЕ ПРЕОБРАЗОВАНИЯ, ОСУЩЕСТВЛЯЕМЫЕ В НОВОМ

УЗБЕКИСТАНЕ

Тиллаев Бобомурод Абдувохидович, Наманганский государственный

педагогический институт, старший преподаватель,

bobomurodtillayev@gmail.com

Тошбоева Хуснида Турсунмухаммадовна, Наманганский государственный

педагогический институт, студентка

xusnidatoshboyeva086@gmail.com

Аннотация.

В данной статье подробно освещаются проводимые реформы

в духовной сфере Узбекистана, их практическая значимость, достигнутые
результаты и достижения в данной области на пути к созданию нового
Узбекистана. В данной статье также даны отзывы, рекомендации и выводы о
значении духовно-культурных реформ, которые планируется провести в
масштабах нашей страны.

Ключевые слова:

Новый Узбекистан, инициатива, духовность, ценность,

наука, технология, прогресс, стратегия, культурная дипломатия, национальное
искусство, кинематограф.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

96

SPIRITUAL TRANSFORMATIONS TAKING PLACE IN NEW

UZBEKISTAN

Тillаyev Воbоmurоd Аbduvоxоbоvich, Nаmаngаn state pegаgоgical institute, senior

teacher,

bobomurodtillayev@gmail.com

Toshboyeva Xusnida Tursunmaxamadovna, Nаmаngаn state pegаgоgical institute,

student,

xusnidatoshboyeva086@gmail.com


Abstract.

This article highlights in detail the ongoing reforms in the spiritual

sphere, their practical significance, the results achieved and achievements in this area
on the way to the creation of a new Uzbekistan. Among other things, reviews,
recommendations and conclusions are given about the importance of spiritual and
cultural reforms that are planned to be carried out across our country.

Keywords:

new Uzbekistan, initiative, spirituality, value, science, technology,

progress, strategy, cultural diplomacy, national art, cinematography.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamdagi ma’naviy-

ma’rifiy islohotlar Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni bunyod etishda tobora
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shiddat bilan rivojlanayotgan ayni paytda ilm-fan,
texnika-texnologiya, madaniyat, ta’lim, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda tub
o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, islohotlarning sur’atlari tobora jadallashmoqda.
Shuning bilan birga axborotlar asri talablariga muvofiq o‘zgarayotgan turmush
tarzimiz ehtiyojlari jamiyat oldiga ko‘plab yangidan-yangi vazifalarni amalga oshirish
lozimligini ko‘rsatmoqda.

Bu muammolarga qarshi turish uchun bizga samarali yechim va chora-tadbirlar

suv va havodek zarur bo‘lib bormoqda. Har qanday xalqning, jamiyatning a’zolari
ongida ma’naviy-madaniy saviya va salohiyatni yuksaltirish, ularning dunyoqarashini
va tafakkurini oʻstirish bugungi kunda mamlakat rivojida muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Bu masala xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni
ta’kidlaydilar: “Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat
sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.

Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat,

inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat
g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur
o‘rganishimiz lozim” [1]. Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda
olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning
orzu-maqsadlarni, xohish-istaklarini o‘zida ifoda etib, butun dunyoda yuksak e’tirof


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

97

etilmoqda. Shundan kelib chiqib, Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni bunyod
etish har bir fuqaroning zimmasiga yuklangan burchi va mas’uliyatiga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
nutqida: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb
bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko‘radi. Vijdon,
ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir” [2].
Darhaqiqat, ma’naviyatli, ma’rifatga oshno inson har tomonlama yetuk, zukko
va ilmli inson bo‘la oladi. Sababi, qalbida ma’naviyat nuri bo‘lgan inson harakatdan
to‘xtamaydi, barcha ilmlarni o‘rganishga, o‘zining xalqi, yurti uchun foydali ishlar
qilishga urinadi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar - bu keng ommani ma’naviy va ma’rifiy
jihatdan tarbiyalash, ularning umumiy ma’naviy saviyasini yuksaltirish, ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga ko‘mak beruvchi
tadbirlar tizimini ifodalovchi tushunchadir. Shu maqsadda bugungi kunda
yurtimizda olib borilayotgan har bir ma’naviy-madaniy islohotlarimiz quyidagi
masalalarni o‘z oldiga dolzarb vazifa sifatida qo‘ymoqda [3]:
birinchidan, mamlakatimizda ma’naviy-madaniy islohotlarni yangi bosqichga
olib chiqish, fuqarolarning boʻsh vaqtlarining mazmunli oʻtishini taʼminlash,
xalqimizning milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalarni oʻzida mujassam etgan namunali
o‘quv-dasturlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish;
ikkinchidan, fuqarolarning ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, xalq
ijodiyoti va badiiy sanʼatini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy
jamoalar, turli havaskorlik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun
qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli va samarali
ravishda boyitib borish;
uchinchidan, yoshlarni amaliy toʻgaraklarga jalb etish, xorijiy tillarni oʻrganish
va “nutq madaniyati” hamda “notiqlik” boʻyicha kurslarni uzviy ravishda tashkil etish,
xalq ijodiyotining barcha janr va yoʻnalishlari, havaskorlik sanʼati va nomoddiy
madaniy merosni keng targʻib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga
yetkazish;
to‘rtinchidan, adabiyot hamda sanʼat arboblari va professional ijodiy guruhlar
bilan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida
aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini
oʻtkazish;
beshinchidan, ma’naviy tadbirlar, tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha
sanʼatining tuman (shahar) miqyosidagi festival va anjumanlarini oʻtkazish, iqtidorli
yoshlarni aniqlash, rag‘batlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash;
oltinchidan, bayram, tomosha va xalq sayillarini keng ko‘lamda tashkillashtirish
lozim sanaladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

98

Yurtimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy sohadagi islohotlar har bir fuqaroda
yuksak ma’naviyat va axloqiy fazilatlarning shakllanishida asosiy ko‘mak beruvchi
vositalardan biri sanaladi. Shu oʻrinda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Biz uchun
ma’naviyat – insonlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va davlat
kelajagini birgalikda qurish yoʻlidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir.
Boshqacha aytganda, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy ijtimoiy
munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor
qancha mustahkam boʻlsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli boʻladi” – degan
ta’kidlarini yodga olish kifoya. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar keng ma’noda
o‘quv muassasalari, ta’lim-tarbiya maskanlari, klublar, axborot-resurs markazlari,
madaniyat muassasalri va turli istirohat bog‘larida amalga oshiriluvchi faoliyatlarni
qamrab oladi [4].
Bugunga kelib maʼnaviy sohadagi voqelik va jarayonlarni tartibga solish
ehtiyojini qondirish muhim va dolzarb sanaladi. Ana shu ehtiyojlarni hisobga olgan
holda

yurtimizda

keng

miqyosli

ishlar

amalga

oshirilmoqda.

Milliy

maʼnaviyatimizning yuksalishida maʼlum bir guruh yoki jamoaning harakati kutilgan
natijaga olib kelmaydi. Bu jarayonda butun millat, jamiyat birgalikda harakat qilsa biz
oʻz oldimizga qoʻygan maqsadlarimizga, albatta, erisha olamiz. Ma’naviy va
ma’rifiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifa va maqsadlarni
amalga oshirish lozim [5]:
- ta’lim muassasalari va mahalla a’zolari o‘rtasida faollikka targ‘ib qiluvchi turli
ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazib turish;
- oila, mahalla va maktabning birlashib harakat qilishlari uchun turli tashabbus va
dasturlar amalga oshirish;
- madaniy ko‘ngilochar tadbirlarni targ‘ib qilish, ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi amaliy
mashg‘ulotlar, seminarlar o‘tkazish joiz sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, jamiyat
fuqarolarining ma’naviyatini yuksaltirish uchun faqat nazariy bilim bermasdan,
amaliyotga ham ko‘proq urg‘u berish lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi
bolalar, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim va oliy ta’limdagi o‘quvchi va
talabalar uchun ta’lim jarayoni bilan birgalikda ma’naviy dunyoqarashni o‘stiruvchi,
o‘zi uchun yangi bilimlar kashf qilishi mumkin bo‘lgan turli xil muzeylarga, teatrlarga,
tarixiy maskanlarga borishni tashkil etish lozim. Ta’lim tashkilotlarining barcha
bo‘g‘inida tahsil oluvchilarni muzeylarga, tarixiy joylarga tashrifini amalga oshirish
ularning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi kengayishida bevosita asosiy choratadbirlardan
biri deb aytishimiz mumkin. Shunday ekan, dam olish kunlarida farzandi bilan
muzeylarga, teatrlarga borgan ota-ona ham o‘zi uchun kerakli nimadir olishi shubhasiz.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muntazam tashkil etish turli ma’naviy buzg‘unchilik va
vayronkorlik harakatlar va xurujlarning oldini olish, aholi ayniqsa, unib-o‘sib


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com/

43-son_3-to’plam_Aprel -2025

ISSN: 3030-3621

99

kelayotgan yoshlarda ularga nisbatan bevosita ma’naviy immunitetni shakllantiradi va
baxtli kelajak sari dadil odimlashga undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi// “Xalq so’zi” gazetasi, 2022
yil 21 dekabr, №272 (8334).

2.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
kengashining

kengaytirilgan

majlisidagi

nutqi.

2023-yil

22-dekabr.

www.prezident.uz

.

3.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – T.: Oʻzbekiston, 2021. – B.
267.

4.

Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik (O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat va jamiyat taraqqiyotining ustuvor
yo’nalishlariga doir konseptual g’oyalari va tavsiyalari)Uslubiy qoʻllanma –
Toshkent: Lesson press, 2022.–B. 122.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son
Qarori.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning

Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi// “Xalq so’zi” gazetasi, 2022

yil 21 dekabr, №272 (8334).

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat

kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqi. 2023-yil 22-dekabr.

www.prezident.uz.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – T.: Oʻzbekiston, 2021. – B.

Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik (O’zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat va jamiyat taraqqiyotining ustuvor

yo’nalishlariga doir konseptual g’oyalari va tavsiyalari)Uslubiy qoʻllanma –

Toshkent: Lesson press, 2022.–B. 122.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy

ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son

Qarori.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари