426
O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA ONLINE USULIDA
O‘QITISH: AQSH INDIANA UNIVERSITETI MISOLIDA
Malik Hodjaev
Senior Lecturer in Uzbek AQSh, Indiana Universiteti Central Eurasian Studies
Department Dunyo Mamlakatlarini O‘rganish Instituti School of Global and
International Studies Markaziy Yevro-Osiyo Fakulteti Indiana University, USA
O‘zbek Tili Katta O‘qituvchisi
AQSH-
DA O‘ZBEK TILI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘zbek tiliga, uning tarixi,
madaniyati,
qadimgi yodgorliklarini o‘rganishga qiziquvchi xorijliklarning soni oshdi
va oxirgi yillarda yanada oshib bormoqda.
AQSh mut
axassis va talabalari O‘zbekistonni O‘rta Osiyoning tarixiy markazi
sifatida biladilar.
Aksariyat xorijlik talaba va mutaxassislar o‘zbek tilini akademik yil davomida va
intensiv
ravishda qisqa muddatli kurslarda o‘rganadilar. AQShning Indiana, Ohayo,
Harvard, Michigan, Arizona, Vashington, Kolumbiya, Chikago, Ayova va boshqa bir
necha universitet hamda til
o‘rgatish markazlarida o‘zbek tili akademik yil davomida
o‘qitiladi. Shu bilan birgalikda Indiana, Arizona va Viskonsin universitetlarida yozgi
o‘zbek tilini intensiv o‘rgatish kurslari tashkil etilib kelinmoqda.
Indiana universitetida 35 yildan buyon yozda va akademik yil davomida O‘rta
Osiyo tillarini o‘rgatish kurslari tashkil etilib kelinmoqda. Shu bilan birgalikda Indiana
universitetida 2003-yildan beri akademik yil davomida Ohayo, Michigan, Ayova,
Chikago va boshqa (Big Ten)
Katta O‘ntalik universitetlar talabalariga o‘zbek tilini masofada o‘qitish tashkil
etilgan. Oxirgi 20 yil davomida esa Indiana universitetining talabalari akademik yilda
o‘zbek tilini to‘rt (Introductory, Intermediate, Advanced, ADLS) bosqichda o‘rganib,
olgan bilimlarini ilmiy
izlanish, tarjimonlik va boshqa sohalarda qo‘llamoqdalar.
Universitetni bitirib, magistrlik va 2 doktorlik diplomlarini olgan yosh
amerikaliklar AQSh Dav
lat Departamenti, O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi,
Nodavlat tashkilotlar va boshqa turli sohalarda ishlamoqdalar.
O‘zbek tilini xorijliklarga o‘rgatishda ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rgatish ilg‘or
tajribasidan foydalaniladi. Ingliz tilini xorijiy
til sifatida o‘rgatish metodikasi yuz yillar
davomida rivojlanib
kelgan va zamonaviy metodik qo‘llanmalar, darsliklar, audio-
video, multimedia o‘quv qo‘llanmalari va online o‘qitish platformalari yaratilgan.
O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishni samarali tashkil etish uchun zamonaviy
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlar va online platformalarni yaratish lozim. Ushbu
sohada Indiana universitetining (CelCAR) O‘rta Osiyo tillar markazida muayyan ishlar
amalga oshirilmoqda.
Ushbu markazda o‘zbek, uyg‘ur, tojik va pushtu tillarini o‘qitish bo‘yicha
“Introductory” va“Intermediate” bosqichlari uchun zamonaviy darslik, audio-video,
multimedia qo‘llanmalari va testlar yaratilgan. Ushbu ishlar xorijliklarning o‘zbek tilini
o‘rganishga bo‘lgan talablarini qondirish, o‘zbek tili va madaniyatini amerikaliklarga
tanitish imkoniyatlarini oshiradi.
Talabalarning kursda o‘qishlari qimmat bo‘lib, qaysi xorijiy tilni o‘qishni
tanlashlari ixtiyoriydir.
427
Ular talabchan, ko‘plari bir necha xorijiy tillarni biladi. Ayrimlari O‘zbekiston
tarixi va
madaniyatini o‘qigan yoki O‘zbekistonda bo‘lgan. O‘qituvchi o‘zbek tili va
adabiyoti, ingliz tili
hamda zamonaviy o‘qitish metodikasining bilimdoni bo‘lishi bilan
birga O‘zbekiston tarixi, madaniyati, geografiyasi va davlat siyosatini ham yaxshi
bilishi kerak.
Mavjud kirill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tish davrini hisobga olgan holda ikki
alifbo o‘qitiladi.Birinchi kurs (Introductory) davomida asosan lotin alifbosidan
foydalaniladi. Amerikalik talabalar birinchi haftaning
oxirida o‘zbek tilida o‘zlari haqida
oddiy ma’lumotlarni komputerda yozishni o‘rganadilar.
Ikkinchi (Intermediate), uchinchi (Advanced) va to‘rtinchi (ADLS) kurslarida
asosan kirill alifbosida yozilgan darslik, ilmiy kitoblar va adabiy asarlar, internet
m
ateriallari va o‘zbekcha filmlardan foydalaniladi. Ushbu yuqori kurslarni
bitirgan talabalar turli mavzularda erkin muloqot qila oladilar va yoza oladilar.
AQSH-
DA O‘ZBEK TILINI ONLINE USULIDA O‘QITISH 3
2016 yildan boshlab Indiana universitetining (CelCAR
) O‘rta Osiyo Tillari
Markazida o‘zbek va boshqa tillarni o‘qitishning“online”platformasini yaratish va
o‘qituchi-professorlarni malakasini oshirish bo‘yicha loyihalar ustida ishlar boshlandi.
2017 yildan boshlab o‘zbek tilini birinchi (Introductory) kursini online o‘qitish amalga
oshirildi va AQSh-
ning Katta O‘ntalik Universitetlaridan tashqari hamma shtatlardan
xohlovchilarga o‘zbek tilini ZOOM platformasida o‘rganish imkoniyatlari yaratildi.
Kovid Pandemiyasi sabably “online” o‘qitish sohasida misli ko‘rilmagan
darajada rivojlanish
boshlandi. Indiana universitetida zudlik bilan “online” o‘qitish
bilan tanish bo‘lmagan o‘qituvchi professorlar uchun online malaka oshirish kurslari
tashkil etildi va texnik yordam ko‘rsatish tizimi yaratildi. Indiana universiteti moddiy
texnik baza va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha AQSh-da
yetakchi universitetlardan hisoblanadi. Indiana universitetida 72 ta
xorijiy til o‘qitiladi.
Xorijiy tilni online usulida o‘rgatish boshqa fanlarni (matematika, tarix,
adabiyot…) ona tilida o‘rgatishdan farq qiladi va o‘qituvchidan quyidagi ishlarni tashkil
qilish talab qilinadi:
1. Online til o‘rgatishning samarali dastur va rejasini tuzish
2. Kerakli texnik jihozlar va internet aloqa, texnik bilim va ko‘nikmalar
3. Muloqot ko‘nikmalarini hosil qilish mashqlarini tuzish
4. Talabalar bilimini tekshirish va plagiarizmni oldini olish
5. Mustaqil o‘rganish uchun materiallar tayyorlash
Hozirgi vaqtda til o‘rgatishning asinxron va sinxron usullari mavjud. To‘liq
asinxron usulida til
o‘rgatishni tashkil etish nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi.
Shuni hisobga olib, Yevro
Osiyo fakultetida hozirgi vaqtda o‘zbek va boshqa xorijiy
tillar “Gibrid” (Hybrid) usulida o‘qitiladi. Misol uchun: birinchi (Introductory) kursida
talabalar haftada 5 soat, 50 daqiqadan Kanvas (Canvas) va Zum (Zoom)
platformasidan foydalanib dars o‘qishadi. Talabalar haftada 3 soat sinxron darslarda
Zum orqali o‘qituvchi bilan birga o‘rganadilar va qolgan 2 soat darslarda asinxron
usulda Canvasda joyla
ngan audio, video va boshqa o‘quv materiallardan foydalanib,
mustaqil o‘rganadilar. Asinxron darslarning samaradorligi o‘quv materiallarining
sifatiga
bog‘liq.
Sinxron va asinxron darslardan tashqari hamma o‘zbek tilini o‘rganadigan
talabalar haftada bir marta ( 50 daqiqa) suhbat darslariga qatnashadilar. Suhbat
darslarida Zum platformasidan
foydalanib, AQSh va O‘zbekistonda yashayotgan jonli
til vakillari bilan birgalikda o‘tkaziladi.
428
Xorijiy tilni online o‘qitganda, ananaviy sinfxonada erishiladigan natijaga
erishish mumkinmi?-
degan savol tug‘iladi. Javob: Ha, mumkin, lekin ush bu natijaga
erishish uchun nihoyatda ko‘p mehnat va vaqt sarflash kerak. Shu bilan birga texnik
resurslar, samarali darslik, audio, video,
multimedia o‘quv materiallarini yaratish
kerak.
O‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitish – bu yangi rivojlanayotgan soha va ushbu
sohada ingliz va boshqa xorijiy tillarni o‘qitish tajribasidan foydalanib, ko‘p ishlarni
amalga oshirish kerak!
Muallif haqida qo‘shimcha ma’lumot
Malik Aliyevich H
odjaev 2002 yilda Indiana universitetiga o‘zbek tili
o‘qituvchisi (Uzbek
Language Lecturer) vazifasiga ishga qabul qilingan. Undan
oldin Samarqand viloyat til
markazining direktori va ingliz tili o‘qituvchisi,
Viloyat ingliz tili o‘qituvchilari assosiasiyasi
rahbari bo‘lib ishlagan. Tanlovdan
o‘tishiga ingliz tilini o‘qitish, til o‘rgatishni samarali
tashkil etish, zamonaviy til
o‘rgatish metodikasi va ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha
ko‘p yillik
tajribasi, Isroil, Avstriya, Buyuk Britaniya va AQSh-dagi bir necha
universitetlarda
malaka oshirish kurslariga qatnashganligi sabab bo‘lgan. U
o‘zbek tilidan to‘rt bosqichda saboq berish bilan birgalikda “O‘zbek tilini
xorijliklarga intensiv o‘rgatish metodikasi ”va“ O‘zbek tilini xorijiy til sifatida
online usulida o‘qitish” boyicha ilmiy izlanish olib bormoqda.