FAN, TA
’
LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH
INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
VOLUME-2, ISSUE-1
305
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA SANOAT
DIVERSIFIKATSIYASI
Boltayev Oxun Obid o’g’li
Osiyo Xalqaro Universiteti “Tarix va filologiya” kafedrasi o’qituvchisi
Durdiqulov Asqarjon Azizovich
Osiyo Xalqaro Universiteti “Iqtisodiyot va pedagogika “ fakulteti Moliya va
moliyaviy texnologiyalar yo'nalishi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi va
sanoat sektorlarining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda diversifikatsiya
jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligining
milliy yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, ish bilan ta'minlashdagi hissasi va klaster tizimi
kabi innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqilgan.
Kalit so’zlar
: O‘zbekiston iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat sektori,
diversifikatsiya, klaster tizimi, sug‘oriladigan yerlar, energetika avtomobil sanoati
kimyo sanoati, farmatsevtika.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishida qishloq xo‘jaligi va sanoat
sektorlari muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari va
mehnat resurslarining ko‘pligi ushbu sohalarni yanada rivojlantirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, diversifikatsiya – iqtisodiyotning bir necha sohalarini rivojlantirish
orqali barqarorlikka erishish – bugungi kunda asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri.
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekistonda asosiy iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. U YaIMning
qariyb 27 foizini egallaydi, mamlakatdagi jami aholining 30 foizdan ortig‘ini ish bilan
ta’minlaydi, qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‘shadi. Bugungi kunga qadar qishloq
xo‘jaligida 20 million gektardan ortiq yer, jumladan, 3,2 million gektar sug‘oriladigan
ekin maydonlarida aholi ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot
tarmoqlari uchun zarur xomashyo yetishtirilmoqda. 2017 yilda klaster tizimining
paydo bo‘lishi tufayli qishloq xo‘jaligi yanada rivojlana boshladi. Bu tizim endigina
yo‘lga qo‘yilmoqda, zanjirning ayrim bo‘g‘inlarida muammolar mavjud, ammo uni
yanada takomillashtirish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish
salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida
aholi zichligi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘rinda – 1 kv.km.ga 51,4 kishi to‘g‘ri
keladi. Har gektar sug‘oriladigan yerga respublika aholisining 8 nafari to‘g‘ri keladi.
Aholining o‘sish sur’ati sug‘oriladigan yerlar maydonining o‘sish sur’atlaridan ancha
FAN, TA
’
LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH
INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
VOLUME-2, ISSUE-1
306
yuqori. Shuning uchun so‘nggi 30 yil ichida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
sug‘oriladigan yerlar maydoni, ya’ni aholining o‘sishi hisobiga 0,23 gektardan 0,16
gektargacha, qariyb 25 foizga kamaydi. Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra,
agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, keyingi 30 yil ichida sug‘oriladigan maydonlar
yana 20-25 foizga qisqaradi. O‘zbekistonda yer xususiy mulkka aylanmoqda. Yer
maydoniga bunday mulk huquqining kiritilishi mulkdorni, unumdorlikni oshirishga
qaratilgan uzoq muddatli investitsiyalarni kiritishga undaydi. Yer egasi yerdan uzoq
muddatli samarali foydalanishni rejalashtirishi mumkin. Sanoatda Diversifikatsiya
Sanoat diversifikatsiyasi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va tashqi bozorlarga
qaramlikni kamaytirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda sanoatning turli yo‘nalishlarini
rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilmoqda:
1.
Energetika
: Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga e‘tibor qaratilmoqda,
jumladan quyosh va shamol energiyasi loyihalari yo‘lga qo‘yilmoqda.
2.
Avtomobil sanoati
: Mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksportni
ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda.
3.
Kimyo sanoati
: Neft va gaz mahsulotlarini chuqur qayta ishlash orqali yuqori
qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
4.
Farmatsevtika
: Mahalliy xomashyo asosida dori vositalarini ishlab chiqarish
hajmi oshirilmoqda.
Diversifikatsiyaning Ijtimoiy-Iqtisodiy Ahamiyati Qishloq xo‘jaligi va sanoatning
diversifikatsiyasi quyidagi ijobiy natijalarni ta’minlamoqda:
1.
Ish o‘rinlari yaratish
: Yangi tarmoqlarning rivojlanishi orqali mehnat bilan
bandlik oshmoqda.
2.
Eksport salohiyatini oshirish
: Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish
tashqi bozorlarda O‘zbekistonning mavqeini mustahkamlamoqda.
3.
Hududiy rivojlanish
: Diversifikatsiya jarayonlari qishloq hududlarida sanoat
infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Ekologik barqarorlik
: Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish ta’minlanmoqda. Kelajak uchun istiqbollar
Diversifikatsiya jarayonlarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi choralar amalga
oshirilishi zarur:
1.
Innovatsiyalarni kengaytirish
: Ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy qilish
orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
FAN, TA
’
LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH
INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
VOLUME-2, ISSUE-1
307
2.
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash
: Qishloq xo‘jaligi va sanoatning
turli tarmoqlarida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun subsidiyalar va imtiyozlar
berish.
3.
Ta‘lim tizimini takomillashtirish
: Malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan
dasturlarni kengaytirish.
4.
Xalqaro hamkorlikni kuchaytirish
: Chet el investitsiyalarini jalb qilish va
tajriba almashish orqali rivojlanish sur‘atini tezlashtirish.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 2002-yilgacha respublikaga 12
mlrd АQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritilgan. Yoki xorijlik fuqarolar va
tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan qo‘shma korxonalarga jalb qilingan
investitsiyalar ulushi 2000-yildagi 6,9 %dan 2001-yilda 26,0 %ga, yaʼni 3,7 baravar
oshgan. Respublika bo‘yicha 2007-2011-yillarda umumiy investitsiyalar hajmida
xorijiy investitsiyalar ulushi 22-25 %ni tashkil qildi. Lekin hali ham xorijiy
investitsiyalarni jalb etishni ko‘ngilagidek, deb bo‘lmaydi. Аgar mustaqillik yillaridagi
statistik maʼlumotlarga eʼtibor qaratilsa, jumladan, 2002-yilgacha respublikaning 31
tumanida xorijiy investitsiyalar ishtirokida birorta ham korxona tashkil etilmagan edi.
Аgar 2000-yilning boshida 143,5 ming korxona mavjud bo‘lsa, 2002-yilda yurtimizda
240 mingta o‘rta va kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatgan. Shulardan 85 mingtasi
fermer xo‘jaliklaridir. 117 Xususiy sektor aholining 30 %ini ish bilan taʼminladi.
Xususiy korxonalarni YaIMdagi ulushi 35 % bo‘lgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy
banki huzurida maxsus tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subʼyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining roli esa bu borada
oshib bormoqda. Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlik subʼyektlariga o‘z tovar va
xizmatlarini tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha huquqiy, moliyaviy va tashkiliy
xizmatlar ko‘rsatilgan. O‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida 2015-yili qiymati 840
million dollardan ziyod tovarlar eksport qilingan. Jamg‘arma ko‘magida 2016-yilda
tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan 1 milliard 250 million dollar miqdoridagi eksport
shartnomalari tuzilgan. Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonning bugungi imkoniyatlari
nuqtayi nazaridan olib qaraganda albatta past. Shu boisdan, Prezident o‘zining
“Tanqidiy tahlil qatʼiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli kitobida muhim vazifalardan biri
sifatida – “O‘ztadbirkoreksport” va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyatlari,
shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subʼyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari eksporti bilan bog‘liq kamida 1 milliard 500
million dollarlik eksportni taʼminlashi kerakligini uqtirgan edi. Keyingi yillarda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmining o‘sishi o‘rtacha 67 foizdan kam
FAN, TA
’
LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH
INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
VOLUME-2, ISSUE-1
308
bo‘lmagan. Birgina 2015-yilda dalalardan 7,3 million tonnadan ortiq don, 12,8 mln
tonnadan ziyod sabzavot va kartoshka, salkam ikki million tonna poliz mahsulotlari,
qariyb 2,8 million tonna meva, 1,5 million tonnadan ziyod uzum mahsulotlari
yig‘ishtirib olindi. Go‘sht ishlab chiqarish hajmi 2014-yilga nisbatan 106,7, sut ishlab
chiqarish 107,1, tuxum ishlab chiqarish 111,1 foizni tashkil etdi. Bu qishloq
mehnatkashlari, soha mutaxassislari va mutasaddilarining qilgan mehnatlarining
samarasidir. 2017-yilgacha yurtimizda 160 mingdan ziyod fermer xo‘jaliklari faoliyat
ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 36 mingdan ortig‘i ko‘p tarmoqli yirik sub’yektlarga
aylandi. Buning quvonarli jihati shundaki, ayni paytda ular faqatgina dehqonchilik
yoki chorvachilik bilan cheklanib qolmasdan, balki zamonaviy texnalogiyalar, ixcham
qayta ishlash uskunalarini jalb etgan holda qo‘shimcha tarmoqlarni o‘zlashtirishga
harakat qilishyapti.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Shavkat Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.
Toshkent, 2017.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi. "O‘zbekiston iqtisodiy
rivojlanishi to‘g‘risidagi statistik ko‘rsatkichlar".
3.
R.M. Alimov. “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektorining rivojlanish
istiqbollari”. Toshkent, 2020.
4.
R.H.Murtazayeva, O‘zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik - Toshkent, 2023.
5.
Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON
THE SILK ROAD.
Analytical Journal of Education and Development
,
4
(10),
293-297.
6.
Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA
ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYOGA TA'SIRI.
Modern Science and
Research
,
3
(12), 556-564.
7.
Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL
AND DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE
OF THE 18TH CENTURY.
Modern Science and Research
,
2
(9), 145-149.
8.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX
FANINI O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
9.
Ilniyoz
o'g'li,
S.
F.
(2023).
ETNOGRAFIK
TADQIQOTLARDA
QORAQALPOQ XALQINING YORITILISHI.
FAN, TA
’
LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH
INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
VOLUME-2, ISSUE-1
309
10.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the
People of Karakalpak.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION
,
4
(3), 149-155.
11.
Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI:
MADANIY VA ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI.
Modern Science
and Research
,
3
(12), 852-858.
12.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR
BOSHLARI
ZARAFSHON
VOHASIDA
ETNOSLARARO
MUNOSABATLAR.
TA’LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY
JURNALI
,
3
(9),
1–5.
Retrieved
from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941
13.
Sayfutdinov , F. . (2024). ILLUMINATION OF THE SPIRITUAL LIFE OF
THE KARAKALPAK PEOPLE IN RESEARCH.
Journal of Universal Science
Research
,
2
(5),
441–452.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/34891
14.
Sayfutdinov , F. (2024). MANG’IT AMIRLARI DAVRIDA BUXORO
AMIRLIGI ME’MORCHILIK SOHASI RIVOJI.
Modern Science and
Research
,
3
(10), 620–629. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45335
15.
Ilniyazovich, S. F. (2024). Historiography of Various Expeditions and their
Results in the Regions Inhabited by Karakalpaks in the First Half of the 20th
Century.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(9), 159-165.
16.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XIX ASRDA XONLIKLARNING
O‘ZARO SAVDO MUNOSABATLARI.
JOURNAL OF SCIENCE,
RESEARCH AND TEACHING
,
2
(8), 111–114. Retrieved from
http://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/284
17.
Sayfutdinov, F. (2023). ILLUMINATION OF KARAKALPAK PEOPLE IN
ETHNOGRAPHIC STUDIES.
Modern Science and Research
,
2
(12), 910–917.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/27281
18.
Sayfutdinov, F. (2024). HISTORIOGRAPHY OF INFORMATION ABOUT
THE POPULATION OF THE ZARAFSHAN OASIS. (20TH
CENTURY).
Modern Science and Research
,
3
(2), 911–914. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29503
19.
Sayfutdinov , F. (2024). ETHNIC COMPOSITION OF THE ZARAFSHAN
OASIS (2ND HALF OF THE 20TH CENTURY).
Modern Science and
FAN, TA
’
LIM, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH
INTEGRATSIYASI ASOSIDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
VOLUME-2, ISSUE-1
310
Research
,
3
(1), 577–581. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28335
20.
Sayfutdinov Feruz Ilniyozovich, . (2023). LAND OWNERSHIP RELATIONS
BASED ON THE NATIONAL ECONOMY OF
KARAKALPAK.
International Journal Of Literature And Languages
,
3
(11),
20–27. https://doi.org/10.37547/ijll/Volume03Issue11-04
21.
Sayfutdinov Feruz Ilniyozovich, . (2023). STUDY OF THE KARAKALPAK
PEOPLE IN ETHNOLOGICAL SCIENTIFIC WORKS HISTORY
.
International Journal Of History And Political Sciences
,
3
(12), 61–68.
https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue12-11
22.
Sayfutdinov, F. (2023). ANALYSIS OF DATA ON LAND OWNERSHIP
AND LIVESTOCK FARMING OF KARAKALPAKS.
Modern Science and
Research
,
2
(10), 650–657. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25727
23.
Sayfutdinov Feruz Ilniyazovich, . (2023). USING GIS SOFTWARE AND
THE IMPORTANCE OF DIGITAL HISTORY IN THE STUDY OF
HISTORY .
International Journal Of History And Political Sciences
,
3
(10),
31–33. https://doi.org/10.37547/ijhps/Volume03Issue10-06
24.
Sayfutdinov, F. (2023). THE IMPORTANCE OF DIGITAL TECHNOLOGY
IN TEACHING HISTORY.
Modern Science and Research
,
2
(10), 719–723.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/24678
25.
Ilniyoz o’g’li, S. F. (2023).
XIX ASRDA XONLIKLARNING O ‘ZARO SAVDO
MUNOSABATLARI. JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING,
2 (8), 111–114
.
26.
Ilniyoz
o'g'li,
S.
F.
(2023).
ETNOGRAFIK
TADQIQOTLARDA
QORAQALPOQ XALQINING YORITILISHI.
27.
Rahmonova , S., Xayrullayev , U., & Sayfutdinov, F. . (2025). “ОММАВИЙ
МАДАНИЯТ”НИНГ МОҲИЯТИ, ТАРИХИЙ ИЛДИЗИ, ХАРАКТЕРИ ВА
РИВОЖЛАНИШ БОСҚИЧЛАРИ.
Modern Science and Research
,
4
(1), 479–
488.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
28.
Xayrullayev , U., Sayfutdinov , F., & Rahmonova , S. (2025).
SHAYBONIYLAR DAVLATI VA USMONLI TURKLAR DAVLATI
O’RTASIDAGI DASTLABKI ALOQALAR TAVSIFI.
Modern Science and
Research
,
4
(1), 147–154. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-
research/article/view/60142
