Mualliflar

  • Ibrohimjon Ismoilov
    Andijon davlat universiteti
  • Ruxsoraxon Muhammadaliyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.101882

Kalit so‘zlar:

O‘simliklar fiziologiyasi stressga chidamlilik himoya reaksiyalari gormonlar gen ekspressiyasi abiotik va biotik omillar O‘zbekiston seleksiyasi

Annotasiya

Ushbu ilmiy-amaliy ishda o‘simliklarning turli xil noqulay muhit omillariga nisbatan fiziologik, biokimyoviy, molekulyar va genetik javob reaksiyalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Xususan, abiotik stress – ya‘ni qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, ekstremal haroratlar, og‘ir metall ionlari ta‘siri, nur va radiatsiya sharoitida o‘simliklarning bardoshlilik mexanizmlari o‘rganiladi. Biotik stress – ya‘ni fitopatogenlar, zararli hasharotlar, viruslar va begona o‘simliklarning o‘simliklarga ko‘rsatadigan bosimlariga javoban hosil bo‘ladigan himoya mexanizmlari, gormonlararo muvozanat, signal uzatish yo‘llari, gen ifodalanishi va sekondar metabolitlar sintezi yoritiladi. O‘zbekiston olimlari tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar asosida milliy seleksiya yutuqlari, laboratoriya tajribalari va dala sharoitidagi kuzatuvlar ham keltiriladi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

207

Ismoilov Ibrohimjon Xakimjon o‘g‘li

Muhammadaliyeva Ruxsoraxon Hamidullo qizi

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan

adu@edu.uz

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy-amaliy ishda o‘simliklarning turli xil noqulay muhit omillariga nisbatan

fiziologik, biokimyoviy, molekulyar va genetik javob reaksiyalari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Xususan,

abiotik stress – ya‘ni qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, ekstremal haroratlar, og‘ir metall ionlari ta‘siri, nur va

radiatsiya sharoitida o‘simliklarning bardoshlilik mexanizmlari o‘rganiladi. Biotik stress – ya‘ni

fitopatogenlar, zararli hasharotlar, viruslar va begona o‘simliklarning o‘simliklarga ko‘rsatadigan

bosimlariga javoban hosil bo‘ladigan himoya mexanizmlari, gormonlararo muvozanat, signal uzatish

yo‘llari, gen ifodalanishi va sekondar metabolitlar sintezi yoritiladi. O‘zbekiston olimlari tomonidan olib

borilgan so‘nggi tadqiqotlar asosida milliy seleksiya yutuqlari, laboratoriya tajribalari va dala sharoitidagi

kuzatuvlar ham keltiriladi.

Kalit so‘zlar:

O‘simliklar fiziologiyasi, stressga chidamlilik, himoya reaksiyalari, gormonlar, gen

ekspressiyasi, abiotik va biotik omillar, O‘zbekiston seleksiyasi

.

Annotation:

This scientific-practical work provides a detailed analysis of the physiological,

biochemical, molecular, and genetic responses of plants to various unfavorable environmental factors. It

investigates plant resistance mechanisms under abiotic stresses such as drought, salinity, extreme

temperatures, heavy metals, and radiation. Additionally, it covers plant defense systems against biotic

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi: https://universaljurnal.uz

O‘SIMLIKLAR CHIDAMLILIGI VA HIMOYALANISH FIZIOLOGIYASI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5

Published: 15.05.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

208

stresses, including pathogens, harmful insects, viruses, and parasitic plants. The work also examines

hormonal cross-talk, signal transduction pathways, gene expression, and secondary metabolite synthesis.

Research conducted by Uzbek scientists, national selection achievements, laboratory experiments, and field

observations are included

.

Keywords:

Plant physiology, stress tolerance, defense responses, hormones, gene expression, abiotic

and biotic factors, Uzbekistan selection.

Аннотация:

В данной научно-практической работе проводится глубокий анализ

физиологических, биохимических, молекулярных и генетических реакций растений на различные

неблагоприятные факторы окружающей среды. В частности, рассматриваются механизмы

устойчивости растений к абиотическим стрессам – таким как засуха, засоление, экстремальные

температуры, воздействие тяжелых металлов, свет и радиация. Также освещаются защитные

механизмы, формирующиеся в ответ на биотические стрессы – такие как фитопатогены, вредные

насекомые, вирусы и сорные растения. Рассматриваются гормональные взаимодействия, пути

передачи сигналов, экспрессия генов и синтез вторичных метаболитов. На основе последних

исследований узбекских ученых приводятся достижения национальной селекции, лабораторные

эксперименты и наблюдения в полевых условиях.

Ключевые слова

: Физиология растений, устойчивость к стрессу, защитные реакции,

гормоны, экспрессия генов, абиотические и биотические факторы, селекция Узбекистана

Language:

Uzbek

Citation:

Ismoilov , I., & Muhammadaliyeva , R. (2025). STAGES OF DEVELOPMENT OF THE

MULBERRY SILKWORM. Universal International Scientific Journal, 2(5), 207–211. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2252

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

O‘simliklarning yashash muhiti oxirgi

o‘n yilliklarda iqlim o‘zgarishi, global isish,
ifloslantiruvchi gazlar miqdorining ortishi,
tuproq eroziyasi va inson faoliyati ta‘sirida
keskin

o‘zgarib

bormoqda.

Ayniqsa,

O‘zbekiston sharoitida – qurg‘oqchil iqlim,
sho‘r yerlar, suv tanqisligi mavjud bo‘lgan
hududlarda o‘simliklarning stressga chidamli
navlarini

yaratish

masalasi

nihoyatda

dolzarbdir. Chidamlilik fiziologiyasini chuqur
o‘rganish orqali nafaqat hosildorlikni saqlab
qolish,

balki

ekotizim

barqarorligini

ta‘minlash, resurslardan oqilona foydalanish
va biologik xilma-xillikni saqlab qolish
mumkin. [1, 4]

Stress turlari va ta‘sir mexanizmlari.

O‘simliklarga ta‘sir qiluvchi stress omillari
ikki asosiy guruhga bo‘linadi: abiotik va
biotik. Abiotik omillar – haroratning haddan
tashqari yuqori yoki past bo‘lishi, suv
tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi, ortiqcha nur
yoki og‘ir metallar kabi nohayotiy muhit
sharoitlaridir. Biotik stresslar esa tirik
organizmlar – fitopatogenlar (zamburug‘lar,


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

209

bakteriyalar, viruslar), zararli hasharotlar,
nematodlar va begona o‘simliklar bilan
bog‘liq. Ushbu omillar fotosintez, suv
aylanishi, oziqlanish va genetik barqarorlikka
bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko‘rsatadi. [3, 6]

Masalan, qurg‘oqchilikda o‘simliklar

suvni tejash uchun stoma hujayralarini yopib,

CO

kirishini cheklaydi va bu fotosintezni

sekinlashtiradi. Sho‘rlanish esa osmotik stress
va ion toksikligi orqali hujayra muvozanatini
buzadi. Biotik omillar esa hujayra devorining
shikastlanishi,

metabolik

faollikning

kamayishi va signal molekulalar sintezi orqali
o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. [3]

Signal uzatish va hujayraviy javoblar.

Stressni sezish va unga moslashish jarayoni
avvalo stress omilining retseptor molekulalar
tomonidan tan olinishi bilan boshlanadi.
Hujayra membranasidagi retseptorlar signalni
ichki hujayraviy tizimlarga uzatadi. Bu
jarayonda kalsiy ionlari, reaktiv kislorod
turlari (ROS), ikkilamchi xabarchilar (cAMP,
IP3) va MAP-kinaza kaskadlari ishtirok etadi.
[5, 6]

Kalsiy signalizatsiyasi stress holatida

asosiy

rol

o‘ynab,

turli

oqsillarni

faollashtiradi.

ROS

esa

bir

tomondan

hujayraga zarar yetkazsa-da, boshqa tomondan
signal molekulasi sifatida gen faolligini
boshqaradi. Stressga javoban yuzlab genlar
faollashadi,

ulardan

himoya

oqsillari,

antioksidantlar, transkripsion faktorlar va
signal uzatuvchi komponentlar ajralib turadi.
[5]

Gormonal muvozanat va himoya tizimi.

Stressga javoban o‘simliklarda gormonlar
o‘zaro murakkab tarmoq hosil qilib, himoya
tizimini tartibga soladi. Abssiz kislotasi
(ABA) qurg‘oqchilik va sho‘rlanish sharoitida
eng muhim gormon hisoblanadi. Uning
darajasi

oshib,

stoma

hujayralarining

yopilishini, osmoprotektantlar sintezini va

stressga

bog‘liq

gen

ekspressiyasini

faollashtiradi.[6, 7]

Salitsil kislotasi (SA) patogenlarga

qarshi qarshilikni kuchaytiradi, ayniqsa SAR
(Systemic Acquired Resistance) reaksiyasini
faollashtiradi. Jasmonat (JA) va etilen
gormonlari insektlar va zamburug‘larga qarshi
javob reaksiyalarini qo‘zg‘aydi. Bu gormonlar
o‘zaro antagonistik yoki sinergik aloqalarda
bo‘lib, ularning muvozanati o‘simlikning
stressga bo‘lgan javobini belgilaydi.[8]

Stress natijasida hosil bo‘ladigan reaktiv

kislorod turlari (ROS) hujayra tuzilmalariga
zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli,
o‘simliklar ROS ni zararsizlantiruvchi kuchli
antioksidant tizim bilan himoyalangan. Bu
tizim

fermentativ

va

nofermentativ

komponentlardan iborat bo‘lib, ular bir-birini
to‘ldiradi. [8, 9]

Fermentativ tizimga SOD, CAT, APX,

GR kiradi. Nofermentativ komponentlarga esa
askorbin kislota, glutation, tokoferollar,
flavonoidlar,

karotinoidlar

va

fenolik

birikmalar kiradi. Ular sinergetik tarzda
oksidlovchi stressni kamaytiradi. Bu tizimlar
stress holatlarida faollashib, hujayralarni
barqaror holatda ushlab turadi. Natijada
o‘simliklarning yashovchanligi ortadi va
fiziologik jarayonlari tiklanadi. [9]

Genetik darajadagi moslashuv. Stressga

bardoshlilik genetik asosga ega bo‘lib,
o‘simliklarda stressga ixtisoslashgan yuzlab
genlar mavjud. Ular orasida transkripsion
faktorlar – DREB (Dehydration Responsive
Element Binding protein), NAC, WRKY,
MYB va bZIP guruhlari ajralib turadi. Bu
genlar yordamida o‘simlik stressga javoban
osmoprotektantlar, issiqlik zarbasi oqsillari
(HSP), kech embriogenez oqsillari (LEA),
antioksidant

fermentlar

va

himoya

metabolitlarini ishlab chiqaradi.Zamonaviy
genetik muhandislik texnologiyalari, xususan,


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

210

CRISPR/Cas9 tizimi orqali o‘simliklarda
stressga

chidamli

genlarni

tahrirlash,

mutatsiya kiritish va seleksiya dasturlariga
kiritish imkoniyatlari kengaymoqda.[10]

O‘simliklarning fiziologik strategiyalari.

Stress holatida o‘simliklarning fiziologik
reaksiyalari – barg yuzasini kamaytirish,
kutikulani

qalinlashtirish,

transpiratsiyani

kamaytirish, ildiz tizimining chuqurlashuvi,
osmoprotektantlar – prolin, betain, trehaloz
sintezi orqali hujayra osmotik bosimini
tartibga solish, hujayra turgorini saqlash,
metabolitlar va gormonlar almashinuvini
muvozanatlash kabi mexanizmlar orqali
amalga oshiriladi.[4]

O‘zbekiston olimlari tadqiqotlari va

amaliy

tajribalar.

O‘zbekiston olimlari

tomonidan so‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy
tadqiqotlar

natijasida

qurg‘oqchilikka,

sho‘rlanishga va biotik stresslarga bardoshli
navlar yaratish yo‘lida katta yutuqlarga
erishildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti,
Genetika va o‘simliklar eksperimental
biologiyasi

instituti,

O‘zR

Fanlar

akademiyasiga

qarashli

laboratoriyalarda

paxta, bug‘doy, g‘alla, sabzavot navlari
bo‘yicha stressga chidamli navlar tanlab
olindi. "Oltin don-1", "Sho‘ra-2", "Saxovatli"
kabi navlar dala sharoitida sinovdan o‘tkazilib,
ijobiy natijalar bergan. Mahalliy mualliflar,
jumladan, B.K. Hasanov, Sh.M. Yo‘ldoshev,

A.X. G‘afforov va boshqalarning ishlari
O‘zbekistonda

o‘simliklar

fiziologiyasi

sohasida asosiy nazariy va amaliy manba
hisoblanadi.

XULOSA

O‘simliklarning stressga chidamliligi va

himoyalanish fiziologiyasi – tashqi salbiy
omillar sharoitida ularning yashovchanligini
ta‘minlovchi

murakkab

mexanizmlarni

o‘rganadigan fan sohasidir. Bu javoblar
genetik, molekulyar, hujayraviy va butun
organizm

darajasida

namoyon bo‘ladi.

O‘simliklar

abiotik

stresslarga

qarshi

stomalarning

yopilishi, osmoprotektantlar

sintezi, antioksidant fermentlar va signal
uzatish yo‘llari orqali moslashadi. Biotik
stresslarga esa gormonlar (salitsil kislotasi,
jasmonat, etilen) orqali javob beradi. DREB,
NAC, WRKY va HSP kabi genlar himoya
oqsillari va metabolitlar sintezida ishtirok
etadi.

Zamonaviy

biotexnologiyalar

CRISPR/Cas9, transgen o‘simliklar va
molekulyar seleksiya – stressga chidamli
navlar

yaratish

imkoniyatlarini

kengaytirmoqda. Bu texnologiyalar iqlim
o‘zgarishi va biologik tahdidlarga qarshi
qishloq xo‘jaligini moslashtirishda muhim rol
o‘ynaydi. O‘zbekiston olimlari tomonidan
yaratilgan navlar esa oziq-ovqat xavfsizligi va
ekologik barqarorlikni ta‘minlashga xizmat
qilmoqda.

.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Apel, K., & Hirt, H. (2004). Reactive oxygen species: metabolism, oxidative stress,

and signal transduction. Annual Review of Plant Biology, 55, 373–399.

2.Bohnert, H.J., & Jensen, R.G. (1996). Strategies for engineering water-stress

tolerance in plants. Trends in Biotechnology, 14(3), 89–97.

3.Chaves, M.M., Flexas, J., & Pinheiro, C. (2009). Photosynthesis under drought and

salt stress. Annals of Botany, 103(4), 551–560.

4.Gafforov A.X. (2021). Abiotik stress omillariga bardoshli o‘simliklar. Qarshi: Nasaf.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

211

5.Hasanov B.K. (2019). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘zMU nashriyoti.
6.Karimov T.M. (2015). O‘simliklar biologiyasi. Samarqand: SamDU nashriyoti.
7.Mittler, R. (2002). Oxidative stress, antioxidants and stress tolerance. Trends in Plant

Science, 7(9), 405–410.

8.Taiz, L., & Zeiger, E. (2010). Plant Physiology. Sinauer Associates.
9.Yo‘ldoshev Sh.M. (2017). O‘simliklar himoyasi va stress fiziologiyasi. Toshkent:

Fan.

10.Zhu, J.K. (2016). Abiotic Stress Signaling and Responses in Plants. Cell, 167(2),

313–324..

Bibliografik manbalar

Apel, K., & Hirt, H. (2004). Reactive oxygen species: metabolism, oxidative stress, and signal transduction. Annual Review of Plant Biology, 55, 373–399.

Bohnert, H.J., & Jensen, R.G. (1996). Strategies for engineering water-stress tolerance in plants. Trends in Biotechnology, 14(3), 89–97.

Chaves, M.M., Flexas, J., & Pinheiro, C. (2009). Photosynthesis under drought and salt stress. Annals of Botany, 103(4), 551–560.

Gafforov A.X. (2021). Abiotik stress omillariga bardoshli o‘simliklar. Qarshi: Nasaf.

Hasanov B.K. (2019). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘zMU nashriyoti.

Karimov T.M. (2015). O‘simliklar biologiyasi. Samarqand: SamDU nashriyoti.

Mittler, R. (2002). Oxidative stress, antioxidants and stress tolerance. Trends in Plant Science, 7(9), 405–410.

Taiz, L., & Zeiger, E. (2010). Plant Physiology. Sinauer Associates.

Yo‘ldoshev Sh.M. (2017). O‘simliklar himoyasi va stress fiziologiyasi. Toshkent: Fan.

Zhu, J.K. (2016). Abiotic Stress Signaling and Responses in Plants. Cell, 167(2), 313–324..