Mualliflar

  • Ibrohimjon Ismoilov
    Andijon davlat universiteti
  • Moxichehra Yaquboliyeva
    Andijon davlat universiteti
  • Nozima Murodaliyeva
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110362

Kalit so‘zlar:

ildiz harorat tuproq osmotik bosim apoplast simplast transvakuolyar gidrostatik bosim.

Annotasiya

Ushbu tezsida ildiz tizimining suvni so‘rishga tashqi omillarning ta`siri haqida qisqacha ma`lumot berilgan. Xususan, tuproq namligi, harorat, tuproq tarkibi, yorug‘lik miqdori va atmosferadagi nisbiy namlik kabi omillarning ildiz faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. Tajriba va nazariy ma’lumotlar asosida suvni so‘rish darajasidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib, o‘simliklarning ekologik moslashuv mexanizmlari yoritiladi. Ushbu tadqiqot natijalari qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘llarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

657

8- YO’NALISH. QISHLOQ XO’JALIGIDA BIOLOGIK

TADQIQOTLAR

ILDIZ TIZIMINING SUVNI SO‘RISHIGA TASHQI SHAROIT OMILLARINING

TA’SIRI

Ismoilov Ibrohimjon Xakimjon o‘g‘li,

Yaquboliyeva Moxichehra Odiljon qizi,

Murodaliyeva Nozima Dilmurodjon qizi

1

Andijon davlat universiteti-

ibroximismoilov05@gmail.com

2

Andijon davlat universiteti-yaqubaliyevamohichexra...@gmail.com

3

Andijon davlat universiteti

-

murodaliyevanozima@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572670

Annotatsiya:

Ushbu tezsida ildiz tizimining suvni so‘rishga tashqi omillarning ta`siri haqida

qisqacha ma`lumot berilgan. Xususan, tuproq namligi, harorat, tuproq tarkibi, yorug‘lik miqdori va
atmosferadagi nisbiy namlik kabi omillarning ildiz faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganiladi.
Tajriba va nazariy ma’lumotlar asosida suvni so‘rish darajasidagi o‘zgarishlar tahlil qilinib,
o‘simliklarning ekologik moslashuv mexanizmlari yoritiladi. Ushbu tadqiqot natijalari qishloq
xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘llarini
ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlari:

ildiz, harorat, tuproq, osmotik bosim, apoplast, simplast, transvakuolyar,

gidrostatik bosim.

Аннотация

:

В

данной

диссертации

дается

краткий

обзор

влияния

внешних

факторов

на

поглощение

воды

корневой

системой

.

В

частности

,

изучается

,

как

такие

факторы

,

как

влажность

почвы

,

температура

,

состав

почвы

,

интенсивность

света

и

относительная

влажность

воздуха

,

влияют

на

активность

корней

.

На

основе

экспериментальных

и

теоретических

данных

анализируются

изменения

уровня

водопоглощения

и

выясняются

механизмы

экологической

адаптации

растений

.

Результаты

данного

исследования

имеют

практическое

значение

при

разработке

способов

повышения

урожайности

сельскохозяйственных

культур

и

эффективного

использования

водных

ресурсов

.

Ключевые

слова

:

корень

,

температура

,

почва

,

осмотическое

давление

,

апопласт

,

симпласт

,

трансвакуолярный

,

гидростатическое

давление

Abstract:

This thesis provides a brief overview of the influence of external factors on the water

absorption of the root system. In particular, the influence of factors such as soil moisture, temperature,
soil composition, light intensity, and relative humidity in the atmosphere on root activity is studied.
Based on experimental and theoretical data, changes in the level of water absorption are analyzed,
and the mechanisms of ecological adaptation of plants are highlighted. The results of this study are
of practical importance in developing ways to increase the productivity of agricultural crops and
effectively use water resources.

Keywords:

root, temperature, soil, osmotic pressure, apoplast, symplast, transvacuolar,

hydrostatic pressure.

O‘simliklarning to‘la suv bilan ta’minlanish jarayonida ildiz tizimi asosiy rol o‘ynaydi. Shuning

uchun ham ildizning rivojlanish jadalligi morfologik va anatomik tuzilishlari tuproqdan suv va suvda
erigan mineral elementlarni so‘rishga moslashgan. Bunga tashqi omillar ham o‘z ta`sirini ko‘rsatadi.
Harorat ildizning suvni so‘rish tezligiga ta’sir qiladigan eng muhim omillaridan biridir. Agar tuproq
harorati pasaya boshlasa, ildizning suvni so‘rish qobiliyati ham susaya boradi. Bu hodisani kuzatish
uchun o‘simlik o‘sib turgan tuvak atrofini muz bilan o‘rab qo‘yish kerak. Ko‘p o‘tmay o‘simlik so‘liy


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

658

boshlaydi. Chunki tuproq soviganda ildizlarga juda ham sust boradigan suv o‘simlikdan bug‘lanib
sarflanadigan suv miqdorini qoplay olmaydi. Tuvak me’yoriy haroratga o‘tkazilsa, o‘simlik avvalgi
holatiga qaytadi. Past haroratda suvni so‘rish qobiliyatining pasayishi hujayra protoplazmasi
qovushqoqlik darajasining oshib ketishi tufayli ro‘y beradi deb tushuntiriladi. Tuproq harorati keskin
pasayganida, o‘simlikning so‘lishi natijasida hamma fiziologik jarayonlar ham buziladi: og‘izchalar
yopiladi, transpiratsiya va fotosintez jarayonlari keskin pasayadi. Mineral elementlarning yutilishi
ham to‘xtab qoladi.

Bunday xolat uzoqroq davom etsa, o‘simliklar nobud bo‘lishi mumkin. Suvning ildizga kirish

tezligiga havodagi kislorod miqdori ham ta’sir etadi. Hujayra protoplazmasi suvni harakatta keltirish
uchun ma’lum miqdorda energiya sarflaydi, bu energiya esa nafas olish jarayonida hosil bo‘ladi.
Shuning uchun ham zich tuproqli, qatqaloqli yoki uzoqroq muddatga suv bilan qoplangan yerlarda
o‘simliklar yaxshi rivojlana olmaydi va nobud bo‘ladi. Chunki bunday yerlarda kislorod etmay qoladi
va natijada ildizlarning nafas olishi sekinlashadi yoki to‘xtab qoladi. Hujayralarda modda almashinuv
jarayoni ham buziladi, natijada spirtlar, uglevodlar va organik kislotalar to‘plana boshlaydi[1.2].

Protoplazmaning osmotik xususiyatlari ham o‘zgarib ketadi. Shuning uchun ham tuproqqa

yaxshi ishlov berib, agrotexnik tadbir-choralarni to‘g‘ri qo‘llash va aeratsiya ta’minotiga erishish
ildizlarning faolligini oshiradi. Ildizning suvni so‘rish va harakatta keltirish qobiliyatiga tuproq
eritmasining konsentratsiyasi va pH darajasi ham ta’sir etadi. Ildiz hujayrasi shirasining
konsentratsiyasi tuproq eritmasi konsentratsiyasidan yuqori bo‘lsagina suv ildizga so‘rila boshlaydi.
Aks holda ildiz tuproqdan suv olish u yoqda tursin, o‘zida mavjud suvni ham yo‘qotishi mumkin.
Shuning uchun ham sho‘r tuproqlarda faqat osmotik bosimi yuqori o‘simliklar (sho‘ralar va
boshqalar) yashay oladi. Chunki ularning hujayralarida tuz to‘planish hisobiga osmotik bosim juda
yuqori bo‘ladi.

Tuproq eritmasining pH juda past (2-3, ya’ni nordon reaksiyaga ega) bo‘lgan eritmalaridan

ko‘pchilik o‘simliklarning ildizlari suvni o‘zlashtirolmaydi. Reaksiya neytral darajaga yaqinlashgai
sari suvning o‘zlashtirilishi ham faollasha boradi. Ildiz bosimi o

ʻ

simlikka tuproqdagi suv va

minerallarni so

ʻ

ruvchi tukchalar orqali o

ʻ

tadi. Ildiz bosimi ksilemaning suv olishiga imkon beruvchi

omillardan biridir. Havo namlik bilan to

ʻ

yingan va transpiratsiya kam bo

ʻ

lsa, ildiz bosimi ta

ʼ

sirida

ildizlarga kiradigan ortiqcha suv barglardagi gidadotlardan chiqariladi. Bu holat damlama deb ataladi.
U nam iqlim sharoitida ko

ʻ

rinadi[3.4].

Suv po‘stloq to‘qimalari hujayralari orqali uch xil, ya’ni apoplast, simplast va transvakuolyar

yo‘l bilan harakatlanadi.

Apoplast

-bu suvni hujayra devorlari orqali harakatlanishidir. Bu yerda suvni harakatiga

karshilik juda kam. Bu harakat rizoderma ildiz tukchalari po‘stidan boshlanib endoderma
hujayralarigacha davom etadi. Endoderma hujayralarining po‘sti juda qalin (Kaspari belbog'i) va suv
o‘tkazmaydigan hujayralar qatlami bor. Ularni ichida maxsus suv o‘tkazuvchi hujayralar bor. Ular
ksilema hujayrasi bilan tutashgan. Suv o‘tkazuvchi hujayralarining sitoplazmasiga o‘tadi va simplast
yo‘li bilan o‘tkazuvchi naylargacha davom etadi.

Simplast

-bu suvni hujayra sitoplazmasi orqali harakatlanishidir. Bu yerda suv osmos qonunlari

asosida harakatlanadi. Suvning simplast harakatida qisman ATF energiyasi ham sarflanishi mumkin
degan fikrlar ham mavjud. Suv ildiz tukchalaridan simplast yo‘li bilan o‘tkazuvchi naychaga
harakatlanadi.

Transvakuolyar

- bu suvning hujayra shirasi orqali harakatlanishi bildiradi.Suvni kirishi va

harakatlanishi hujayra shirasining osmotik bosimiga bog'liq bo‘ladi. Osmotik bosim katta bo‘lsa,
hujayraning so‘rish kuchini oshiradi. Natijada suv ksilema naylariga o‘tadi va ularda pastdan
yuqoriga itaruvchi gidrostatik bosim hosil qiladi. Bu ildiz bosimidir. Suvning yaqinga tashiluvi
haqida bir qancha fikrlar mavjud. Ammo, bu fikrlar hozircha aksioma emasIldiz bosimi o‘tsimon
o‘simliklarda 1-3 atm, yog'ochli ya'ni ikki urug'pallali o‘simliklarda esa biroz yuqori bo‘ladi.
Kesilgan va yaralangan poya va novdalardan masalan erta bahorda tok novdasidan eritmaning oqishi
bu ildiz bosimining yaqqol misolidir. Ushbu hol o‘simliklarning yig'lashi deb ham ataladi.
Kungaboqar va qovoq o‘simligida yig'lash hodisasi yaqqol aniqlansa, archada deyarli sezilmaydi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

659

Ajralib chiqayotgan shirani yig'ish va kimyoviy analiz orqali ayrim o‘simliklar uchun ildiz faoliyati
haqida gapirish mumkin[5].

Vegetatsion uslubda tuvakchalarda o‘stirilgan o‘simliklar havoda nam ko‘p bo‘lgan atmosferali

sharoitga joylaganda ma'lum vaqtdan keyin (2-3 soat o‘tgach) ularning barg uchlarida suv
tomchilarini kuzatish mumkin[6]. Bu ham ildiz bosimi borligidan dalolat beradi. Bunda suv
tomchilari tomchilab oqib ularning o‘rnida yangilari hosil bo‘lib turadi. Bunday holatni guttatsiya
deb ataladi[7].

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Abdukarimov A., Yusupov T. (2011). O‘simliklar fiziologiyasi amaliyoti. Toshkent: Fan.

2.

Agrios G.N. (2005). Plant Pathology. 5th edition. Academic Press.

3.

Beknazarov B.N., Xo‘jayev A. (2009). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.

4.

Beknazarov B.N., Xo‘jayev A. (2013). O‘simliklar fiziologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar.

Toshkent: O‘quv qo‘llanma.

5.

Taiz L., Zeiger E. (2010). Plant Physiology. 5th edition. Sunderland: Sinauer Associates.

6.

Xolmatov A., Toshxo‘jayev A. (2007). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston

Milliy Ensiklopediyasi.

7.

Yo‘ldoshev A., Salimov M. (2001). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.

Bibliografik manbalar

Abdukarimov A., Yusupov T. (2011). O‘simliklar fiziologiyasi amaliyoti. Toshkent: Fan.

Agrios G.N. (2005). Plant Pathology. 5th edition. Academic Press.

Beknazarov B.N., Xo‘jayev A. (2009). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

Beknazarov B.N., Xo‘jayev A. (2013). O‘simliklar fiziologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent: O‘quv qo‘llanma.

Taiz L., Zeiger E. (2010). Plant Physiology. 5th edition. Sunderland: Sinauer Associates.

Xolmatov A., Toshxo‘jayev A. (2007). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Yo‘ldoshev A., Salimov M. (2001). O‘simliklar fiziologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.