“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
461
O‘SIMLIKLARNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIDA AZOTNING AHAMIYATI
Ismoilov Ibrohimjon Xakimjon o‘g’li o‘qituvchi, Andijon davlat universiteti
ibroximismoilov05@gmail.com
Xusanboyeva Xilolaxon Xamidullo qizi talaba, Andijon davlat universiteti
xusanboyevaxilolaxon@gmail.com
Oqyo‘lova Bahridil Abduqodir qizi talaba, Andijon davlat universiteti
oqyolovabahridil9704@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15578659
Annotatsiya:
Ushbu maqola o‘simliklar fiziologiyasi doirasida azotning o‘simliklarning
o‘sishi va rivojlanishidagi muhim rolini yoritadi. Azot o‘simliklarning oqsil sintezi, xlorofil hosil
bo‘lishi, fermentativ jarayonlar va umumiy metabolizmida asosiy element sifatida ko‘rib chiqiladi.
Azotning tanqisligi va ortiqchaliligini o‘simliklar rivojlanishiga ta’siri labaratoriya tajribasi orqali
o‘rganildi.
Аннотация
:
В
статье
рассматривается
важная
роль
азота
в
росте
и
развитии
растений
в
рамках
физиологии
растений
.
Азот
считается
ключевым
элементом
в
синтезе
растительного
белка
,
образовании
хлорофилла
,
ферментативных
процессах
и
общем
обмене
веществ
.
Влияние
недостатка
и
избытка
азота
на
развитие
растений
изучалось
в
лабораторных
экспериментах
.
Ключевые
слова
:
Азот
,
рост
и
развитие
,
синтез
белка
,
хлорофилл
,
усвоение
азота
,
дефицит
азота
.
Kalit so‘zlar:
Azot, o‘sish va rivojlanish, oqsil sintezi, xlorofil, azot asssimilatsiyasi, azot
tanqisligi.
Ключевые
слова
:
Азот
,
рост
и
развитие
,
синтез
белка
,
хлорофилл
,
усвоение
азота
,
дефицит
азота
.
Abstract:
This article discusses the important role of nitrogen in plant growth and
development within the framework of plant physiology. Nitrogen is considered as a key element in
protein synthesis, chlorophyll formation, enzymatic processes and general metabolism of plants. The
effect of nitrogen deficiency and excess on plant development was studied through laboratory
experiments. Keywords: Nitrogen, growth and development, protein synthesis, chlorophyll, nitrogen
assimilation, nitrogen deficiency.
Keywords:
Nitrogen, growth and development, protein synthesis, chlorophyll,
nitrogen assimilation, nitrogen deficiency.
Azot (N
2
) – o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng muhim makroelementlardan
biridir. U o‘simlikning hujayra tuzilishi, oqsil, nuklein kislotalar, xlorofill va boshqa muhim
molekulalar sintezida ishtirok etadi. Azotsiz o‘simliklarning normal o‘sishi va rivojlanishi
imkonsizdir. Chunki u metabolitik jarayonlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Azotning o‘simliklar
tomonidan so‘rilishi va assimilatsiya qilinish jarayonlari o‘simliklarning genetik xususiyatlari, tuproq
sharoiti va atrof-muhit omillariga bog’liq. Shu bilan birga, azotning ortiqcha yoki yetishmasligi
o‘simliklarning fiziologik xolatiga va qishloq xo‘jaligi hosildorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘simliklar azotni asosan tuproqdan nitrat (NO
3
-
) yoki ammoniy (NH
4
+
) shaklida oladi [2] .
Azotning eng muhim rollaridan biri oqsillar sintezida ishtrok etishidir. Oqsillar o‘simliklarda
hujayra tuzilishi, fermentativ faollik va signal uzatish jarayonlarini ta’minlaydi. Oqsillarning
tarkibida azot taxminan 16% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari azot xlorofill molekulasi tarkibiga
kiradi, bu esa fotosintez jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Xlorofill molekulasi porfirin halqasidan iborat bo‘lib, bu halqada markaziy magniy (Mg) atomi
joylashgan. Porfirin halqasi esa to‘rtta pirol halqasidan tashkil topgan, ularning har biri azot atomini
o‘z ichiga oladi. Har bir xlorofill molekulasida (masalan, xlorofill a yoki b) to‘rtta azot atomi mavjud.
Bu azot atomlari porfirin halqasining tuzilishini barqarorlashtiradi va magniy ionini bog'lab
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
462
turadi.Azotning mavjudligi xlorofillning yorug'likni yutish qobiliyatini ta'minlaydi, chunki porfirin
halqasi fotosintezda yorug'lik energiyasini qamrab olish uchun javobgardir [2, 3].
Xlorofill sintezi bir qator murakkab biokimyoviy bosqichlardan iborat bo‘lib, azot bu jarayonda
muhim xom ashyo sifatida ishtirok etadi. Xlorofill sintezining dastlabki bosqichi sifatida glutamat
molekulasidan aminolevulen kislotasi hosil bo‘ladi. Glutamat esa azotga boy aminokislota bo‘lib,
uning sintezida azot zarur. Bu jarayonda azot protoporfirin tuzilishiga kiritiladi. Protoporfirin IX ga
magniy ionining qo‘shilishi va keyingi modifikatsiyalar natijasida xlorofil a yoki b hosil bo‘ladi. Bu
jarayonlarda azotning barqaror ta'minlanishi sintezning uzluksiz davom etishi uchun juda muhim [1]
. Agar o‘simlikda azot yetishmasa, xlorofil sintezi sekinlashadi yoki to‘xtaydi, chunki azot porfirin
halqasining asosiy tarkibiy qismidir.Azot tanqisligi o‘simlik barglarida xloroz (sarg'ayish) belgilari
paydo bo‘lishiga olib keladi, chunki xlorofilL miqdori kamayadi. Bu fotosintez samaradorligini
pasaytiradi va o‘simlikning o‘sishi sekinlashadi. Azot yetishmovchiligi, ayniqsa, keksa barglarda
seziladi, chunki o‘simlik azotni yangi o‘sayotgan qismlarga yo‘naltiradi.
Azotning ortiqcha bo‘lib ketishi o‘simliklarda vegetativ o‘sishning haddan tashqari ko‘payishi,
generativ o‘sishning pasayishi, kasalliklarga moyillik, nitratlarning to‘planishi va ekologik
muammolarga olib keladi. Bu nafaqat o‘simlik salomatligi va hosildorlikka, balki inson salomatligi
va atrof-muhitga ham zarar keltiradi. Azotni me’yorida va muvozanatli qo‘llash orqali ushbu salbiy
oqibatlarni oldini olish mumkin [4] .
O‘simlik oziqlanishi uchun azot birikmalarining elementlari manbayi bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. O‘tkazilgan tajribalarda erkin molekular azot (N2)ni o‘simliklar o‘zlashtira olmaganligi
ma’lum bo‘ldi. Bu juda passiv modda (molekular azot N2) boshqa moddalar bilan birikmaydi.
Masalan, kungaboqar o‘simligini yuvib qizdirilgan qumda, mineral tuzlar bilan, lekin azot
birikmasisiz o‘stirish bo‘yicha qilingan tajribalar natijasida pastak (kalta poya) o‘simliklar olindi. Bu
o‘simliklarning urug’ida qancha azot bo‘lgan bo‘lsa, o‘zidagi azot ham shuncha bo‘lgan tajribaga shu
qumga mineral tuzlardan tashqari yetarli miqdorda azot ham qo‘shilganda kungaboqar o‘simligi
yaxshi rivojlanib, baland bo‘yli bo‘lgan [4] .
Xulosa
qilib aytganda, azot o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun muhim,
chunki u o‘simlikning yordamchi qismlari – nuklein kislotalar, xlorofill va fermentlar sintezida
ishtirok etadi. unchalik samarali o‘simliklarning sog'lom rivojlanishi, fotosintezning samarali
kechishi va yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, azotni rivojlanishini, uning
ekologik nazorat qilish va tabiiy manbalardan (masalan, azot fiksatsiyasi) keyingi qishloq
xo‘jaligining rivojlanishi uchun ishlab chiqarishda foydalaniladi. Azotning o‘simliklar hayotidagi
ko‘p qirrali ahamiyatini yaxshilash, zamonaviy qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini yaxshilash, iqtisodiy
samaradorlikni saqlab qolish va tozalashni saqlashga xizmat qiladi azot darajasi past bo‘lgan
sharoitlarda o‘simliklar yetarli oziqa ololmaydi, bu esa o‘sishda sekinlashuv, barglarda sarg’ayish va
fiziologik zaiflikka olib keladi. Shu sababli tuproqni optimal azot miqdori bilan ta’minlash qishloq
xo‘jaligi hosildorligini oshirish uchun muhim omildir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
H. S. Yo‘ldoshev “O‘simliklar fiziologiyasi” Toshkent-2001
2.
Abdurahmonov S “O‘simliklar fiziologiyasi asoslari’ Toshkent -2018
3.
Xodjayev O “Qishloq xo‘jaligi o‘g’itlari va tuproq oziqlanishi”
4.
J.X. Xo‘jayev “O‘simliklar fiziologiyasi” Toshkent-2004
