Mualliflar

  • Ibrohimjon Ismoilov
    Andijon davlat universiteti
  • Farida Muxtorova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.101884

Kalit so‘zlar:

Daraxt yelimi tragakant o‘rik yelimi patologik ajralma polisaxaridlar emulgator farmatsevtika.

Annotasiya

Mazkur  ishda  daraxt  yelimlarining  hosil bo‘lishi, kimyoviy  tarkibi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Yelimlar o‘simlik po‘stlog‘i shikastlanganda  ajraladigan shilliq moddalardir. Ular himoya va zaxira oziq modda  vazifasini  bajaradi. Asosiy  e’tibor  Astragalus (tragakant) va  o‘rik  daraxti  yelimi  misolida  ularning  fizik-kimyoviy  xossalari, tarkibi va ishlatilishiga qaratilgan. Tragakant yelimi  farmatsevtikada, o‘rik yelimi  esa texnikada  va tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Ish  daraxt  yelimlarining tarkibi va qo‘llanilish sohalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ularni xalq xo‘jaligi va farmatsiyada samarali ishlatish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

199

Ismoilov Ibrohimjon Hakimjon., Muxtorova Farida Shuxratbek qizi

Andijon davlat universiteti

Uzbekistan

adu@edu.uz

Annotatsiya

: Mazkur ishda daraxt yelimlarining hosil bo‘lishi, kimyoviy tarkibi va amaliy

ahamiyati yoritilgan. Yelimlar o‘simlik po‘stlog‘i shikastlanganda ajraladigan shilliq moddalardir. Ular

himoya va zaxira oziq modda vazifasini bajaradi. Asosiy e’tibor Astragalus (tragakant) va o‘rik daraxti

yelimi misolida ularning fizik-kimyoviy xossalari, tarkibi va ishlatilishiga qaratilgan. Tragakant yelimi

farmatsevtikada, o‘rik yelimi esa texnikada va tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Ish daraxt yelimlarining

tarkibi va qo‘llanilish sohalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ularni xalq xo‘jaligi va farmatsiyada

samarali ishlatish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar:

Daraxt yelimi, tragakant, o‘rik yelimi, patologik ajralma, polisaxaridlar, emulgator,

farmatsevtika.

Аннотация

: В работе рассмотрены происхождение, химический состав и практическое

значение древесных смол. Смолы выделяются из тканей растений при повреждении коры, выполняя

защитную функцию и служа резервным питательным веществом.Особое

Особое внимание уделено смолам растений Astragalus (трагакант) и абрикоса — их физико-

химическим свойствам, составу и применению. Трагакант широко используется в фармацевтике, а

абрикосовая смола — в технической и медицинской сферах. Исследование направлено на изучение

состава и областей применения древесных смол, а также на их эффективное использование в

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi: https://universaljurnal.uz

DARAXT YELIMLARI HAQIDA

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5

Published: 25.05.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

200

народном хозяйстве и фармацевтике.

(трагакант) и абрикоса — их физико-химическим свойствам,

составу и применению. Трагакант широко используется в фармацевтике, а абрикосовая смола — в

технической и медицинской сферах. Исследование направлено на изучение состава и областей

применения древесных смол, а также на их эффективное использование в народном хозяйстве и

фармацевтике.

Ключевые слова

: Древесная смола, трагакант, абрикосовая смола, патологическое

выделение, полисахариды, эмульгатор, фармацевтика.

Abstract

: This study focuses on the origin, chemical composition, and practical importance of tree

gums. Tree gums are secreted from plant tissues upon bark damage, serving as a protective barrier and

reserve nutrient source. Particular attention is given to the gums of Astragalus (tragacanth) and apricot

trees — their physicochemical properties, composition, and applications. Tragacanth is widely used in

pharmaceuticals, while apricot gum finds use in technical and medical fields.The research aims to explore

the composition and uses of tree gums and their effective application in industry and pharmacy.

Keywords

: Tree gum, tragacanth, apricot gum, pathological secretion, polysaccharides, emulsifier,

pharmaceuticals.

Language

: Uzbek

Citation:

Ismoilov , I., & Muxtorova , F. (2025). ABOUT TREE GLUES. Universal International Scientific

Journal, 2(5), 199–203. Retrieved from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/2250

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Daraxt

yelimlari

patologik

shilliq

moddalarning o'simlik to'qimalaridan oqib
chiqib, po'stloqning yaralangan joyini qoplab,
qotishidan hosil bo'ladi. Bu birikmalar daraxt
po'stlog'idagi yaralangan joyni berkitib turadi
va mikroorganizmlarning o'simlik tanasiga
kirib, uni chiritishdan saqlaydi. Bundan
tashqari yelim o'simlik uchun zaxira oziq
modda bo'lib ham xizmat qiladi (astragal
o'simligida).

Yelim ko'pincha dukkakdoshlar (akas,

astragal) va ra’noguldoshlar (o'rik, shaftoli,
olcha, gilos), jiydadoshlar (jiyda), pistadoshlar
va boshqa (40taga yaqin) oilalarga kiruvchi
buta va daraxtlarda hosil bo'ladi.

Daraxt yelimi ko'pincha erta bahorda

hosil bo'ladi. Chunki bu faslda tez-tez
yog'ingarchilik bo'lishi natijasida daraxt
po'stlog'i iviydi, so'ngra shamoldan va kun
issig'idan tez qurib, yoriladi. Yorilgan
po'stloqdan patologik shilliq modda oqib
chiqadi-da, yaralangan joyni «davolaydi»
(akas, о’rik, shaftoli, gilos va boshqalarda).
Yelim ba’zan buta o'simliklarining
po'stlog'ida hayvonlar yetkazgan zarar
natijasida ham paydo bo'lishi mumkin
(astragal turlari). Yelim sun’iy yo'l bilan ham
olinishi mumkin. Buning uchun o'simlik
po'stlog'ini bigiz, pichoq yoki boshqa asbob
bilan tilinadi, natijada yelim oqib chiqadi.
O'rmonda bo'lib o'tgan yong’indan so'ng ham
ba’zi o'simliklarda (tilog'och daraxtida) yelim


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

201

hosil bo'lishi mumkin.

Yelim kimyoviy tarkibiga ko'ra shilliq

moddalarga

yaqin

turadi.

Uni

shilliq

moddalarning

qisman

oksidlanishi

va

polimerlarga aylanish jarayoni natijasida hosil
bo‘lgan mahsulot deb hisoblash mumkin.
Shuning uchun yelim tarkibida polisaxaridlar
— pentozalar (arabinoza, D-ksiloza va
boshqalar) va geksozalar (D-galaktoza, D-
mannoza, L-fukoza va boshqalar)dan tashqari
qand, yelim kislotalarining kaliy, magniy
hamda kalsiy tuzlari uchraydi. Patologik
shilliq moddalar o'simlik to'qimalaridan oqib
chiqayotganida yo'lda uchragan birikmalar,
masalan: oshlovchi, bo'yoq, mineral moddalar,
fermentlar, uglevodlar, organik kislota va
boshqalarni o'zi bilan birga olib chiqishi
mumkin. Buning natijasida yelim tarkibi
murakkablashadi.

Shu

sababli

bir

tup

daraxtdan olingan yelim tarkibi va rangi har xil
(och sariqdan qo'nghr ranggacha) bo‘ladi.

Yelim har xil rang va shaklda hamda

qattiq bo‘lakchalar holida bo’ladi. Yuqori
sifatli yelim rangsiz yoki och sarg‘ish rangli
bo’lib, o‘ziga xos shirin mazaga ega. U
organik erituvchilarda erimaydi. Suvdagi
eritmasi yopishqoq kolloid holatda bo’lib,
kuchsiz kislotali xossaga ega. Yelim spirt
ta’sirida eritmada cho‘kadi. Yelimning
kimyoviy tarkibi yaxshi aniqlanmagan. Shu
sababli u fizik xossasiga qarab (suvda erishiga
qarab) 3 guruhga bo’linadi:

1. Arabin — suvda yaxshi eriydigan

yelim.

2. Bassorin — suvda kam eriydigan,

lekin yaxshi shishadigan yelim.

3. Serazin — suvda erimaydigan va kam

shishadigan yelim. Bu yelim issiq suvda
qisman erishi mumkin.

Yelim miqdorini (suvda to’liq eriydigan

va arabinlardan iborat bo’lsa) shilliq
moddalarda

qo’llaniladigan

usul

bilan

(viskozimetrlar yordamida yoki spirt bilan
cho‘ktirib) aniqlash mumkin.

Yelim tibbiyotda me’da kasalliklarida

o‘rab oluvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Farmasevtikada esa xab dorilar hamda
emulsiyalar (emulgator sifatida) tayyorlashda
ishlatiladi.

Texnikada yelimni chit bo‘yash, tush,

siyoh, akvarel bo‘yoqlar, qalam, gugurt va
plastmasslar tayyorlashda hamda boshqa
sohalarda ishlatiladi.

Tibbiyotda

hamda

farmasevtika

amaliyotida yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar
uchun astragal gal yelimi — tragakant va o'rik
yelimidan foydalaniladi.

ASTRAGAL YELIMI (TRAGAKANT)

-GUMMI TRAGACANTHAE

O‘simlikning nomi. Astragal turlari:

pahmoq shoxli astragal — Astragalus
piletocladus Frein. et Sint., mayda bosh
astragal — Astragalus microcephalus Willd.
va boshqalar; dukkakdoshlar — Fabaceae
oilasiga kiradi.

Yelim hosil qiluvchi astragal turlari

bo‘yi 1m bo’lgan sershox buta. Barglari juft
patli murakkab. Bargchalari juda mayda
bo’lib,quriganda asosiy barg bandidan
to‘kiladi. Asosiy band o‘tkir uchli
bo’lganidan poyada tikan holida saqlanib
qoladi. Gullari mayda, juft-juft bo’lib, barg
qo’ltig’iga joylashgan. Gul qismlari
kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Mevasi —
bir urug’li, sertuk, pishganda ochilmaydigan
dukkak.

Iyun—iyul oylarida gullaydi.
Geografik tarqalishi. Yelim olinadigan

astragallar

Turkmaniston

(Kopet-dog‘),

Tojikiston (Pomir), 0‘zbekiston, Armaniston
va Ozarbayjonning tog‘li tumanlarida, dengiz
sathidan 1000—1400m balandlikda o‘sadi.

Mahsulot tayyorlash. Yelim olish uchun

o'simlik tanasini pichoq yoki boshqa asbob


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

202

bilan shamol turmagan vaqtda tilib qo'yiladi.
Bunda o'simlik tanasidan oqib chiqqan
suyuqlik havoda qotib, yelim hosil qiladi.
O'simlik tanasi shamol turgan paytda tilinsa,
oqib chiqqan suyuqlik tuproq, qum va
boshqalar

bilan

ifloslanishi

mumkin.

Po'stloqni tilib qo'yilganidan 5—6 kun o'tgach,
hosil bo'lgan yelim yig'ib olinadi va navlarga
ajratiladi.

Mahsulotning tashqi ko'rinishi.

Astragal yelimi turli shakldagi bo'laklardan
iborat. Yuqori navi oq rangli, mo'rt, past navi
sariq yoki qo'ng'ir rangli bo'lib, qiyin sinadi.
Tragakant

qiyinlik

bilan

kukunga

(poroshokka)

aylanadi.

Uni

kukunga

(poroshokka) aylantirish uchun 40° da
qizdirib (yuqori haroratda sarg'ayib ketadi),
temir hovonchada yanchiladi. Tragakant
kukuni (poroshogi) 50—80 qismgacha suvni
shimib oladi.

Kimyoviy tarkibi. Tragakant tarkibida

60—70 foiz bassorin, 8—10 foiz arabin,
kraxmal, kletchatka, organik kislotalar hamda
bo'yoq, shilliq va azotli moddalar bo'ladi.

Ishlatilishi. Yuqori navli (oq rangli)

tragakant

farmatsevtikada

hab

dori

tayyorlashda (biriktiruvchi modda sifatida) va
emulsiya tayyorlashda emulgator sifatida, past
navlari (sariq yoki qo'ng'ir rangli) esa
texnikada ishlatiladi.

O’RIK

YELIMI

-

GUMMI

ARMENIACAE

O'simlikning nomi. O'rik — Armeniaca

vulgaris Lam.; ra’noguldoshlar — Rosaceae
oilasiga kiradi. Bo'yi 5 -8 , ba’zan 17 m ga

yetadigan daraxt. Bargi tuxumsimon, arraga
o'xshash qirralari bo'lib, band yordamida
poyada

ketma-ket

joylashgan.

Gullari

olxo'ridoshlar kenja oilasiga xos. Mevasi
danakli ho’l meva. Mart-aprel oylarida (barg
chiqarmasdan oldin) gullaydi, mevasi iyun—
avgustda pishadi.

Geografik tarqalishi. Yovvoyi holda

O'rta Osiyoning tog'li tumanlarida dengiz
sathidan 500—1200 m balandlikda o'sadi.
O'rikning

juda

ko'p

navlari

qadimdan

Moldova, Ukraina, Rossiyaning Ovrupo
qismining janubida, 0‘rta Osiyo, Kavkaz va
boshqa tumanlarda o‘stiriladi.

Mahsulot tayyorlash. O‘rik yelimi

daraxt po‘stlog‘ining darz ketgan joyidan oqib
chiqadi. Ana shu yelim yig‘ib olinadi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. O‘rik

yelimi rangsiz yoki och sariq rangli, qattiq,
mo‘rt, yaltiroq va katta-kichik bo’laklardan
iborat. Yelim kukuni (poroshogi) esa oq yoki
sarg‘ish rangli bo‘lib, hidsiz, chuchmal
mazaga ega. O‘rik yelimi suvda (1:3 )
tamoman eriydi. Suv qizdirilsa, erish jarayoni
tezlashadi.

Kimyoviy

tarkibi.

Yelim

asosan

arabindan iborat bo‘lib, tarkibida 44 foiz
galaktoza, 41,5 foiz arabinoza, 16,4 foiz
glukuron kislota hamda 2,4 foiz mineral, 0,6
foiz oqsil moddalar bo’ladi.

Ishlatilishi. O‘rik yelimi chet eldan

keltiriladigan gummi arabika o‘rnida emulsiya
tayyorlash

uchun

emulgator

sifatida

ishlatiladi. O‘rik yelimi o‘rnida olxo‘ri va
gilos yelimini ham ishlatish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.H.X. Xolmatov, O’.A. Ahmedov “Farmakognoziya” 1-qism Toshkent-2008
2.M.T.Sagdiyev, R.A.Alimova “O’simliklar fiziologiyasi” Toshkent -2007
3.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yelim_oqish
4.https://ormonlugat.uz/cat/D/gum-tree
5.https://docx.uz/document/daraxt-yelimlari-biologik-faol-moddalar-1b0dca87?lang=uz

Bibliografik manbalar

H.X. Xolmatov, O’.A. Ahmedov “Farmakognoziya” 1-qism Toshkent-2008

M.T.Sagdiyev, R.A.Alimova “O’simliklar fiziologiyasi” Toshkent -2007