Mualliflar

  • Odil Zakirov
    Andijon davlat universiteti
  • Moxidilxon Zokirova
    Andijon davlat universiteti
  • Ilyosbek Isaqov
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110298

Kalit so‘zlar:

umurtqasizlar suvda yashovchi hasharotlar o‘quv-dala amaliyoti biologiya ta’limi cho‘psimon suv o‘lchagich suv chayoni aylangich qo‘ng‘iz

Annotasiya

Maqolada "Umurtqasizlar zoologiyasi" fanidan o‘quv-dala amaliyoti jarayonida talabalarning suvda yashovchi hasharotlar — cho‘psimon suv o‘lchagich, suv chayoni va aylangich qo‘ng‘izlarni kuzatish orqali ularning tuzilishi va hayot tarzini o‘rganish bo‘yicha amaliy topshiriq va yo‘riqnomalar keltiriladi


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

741

SUV HASHAROTLARINI O‘RGANISHGA OID YO‘RIQLAR

Zakirov Odil Kazimjanovich

Andijon davlat universiteti, katta o‘qituvchi

E-mail: odil19671910@gmail.com

Zokirova Moxidilxon Suvanxanovna

Andijon davlat universiteti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

E-mail: ozodbeksobirov1988@gmail.com

Isaqov Ilyosbek Bozorboy o‘g‘li

Andijon davlat universiteti biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Email: ilyosbekisaqov94@adu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.15589501

Annotatsiya:

Maqolada "Umurtqasizlar zoologiyasi" fanidan o‘quv-dala amaliyoti jarayonida

talabalarning suvda yashovchi hasharotlar — cho‘psimon suv o‘lchagich, suv chayoni va aylangich
qo‘ng‘izlarni kuzatish orqali ularning tuzilishi va hayot tarzini o‘rganish bo‘yicha amaliy topshiriq
va yo‘riqnomalar keltiriladi.

Kalit so‘zlar:

umurtqasizlar, suvda yashovchi hasharotlar, o‘quv-dala amaliyoti, biologiya

ta’limi, cho‘psimon suv o‘lchagich, suv chayoni, aylangich qo‘ng‘iz

Аннотация

:

В

статье

приводятся

практические

задания

и

инструкции

по

изучению

строения

и

образа

жизни

водных

насекомых

водомерки

,

водяного

скорпаго

и

плавунцов

в

ходе

учебной

полевой

практики

по

курсу

«

Зоология

беспозвоночных

».

Задания

предназначены

для

организации

наблюдений

студентов

.

Ключевые

слова

:

беспозвоночные

,

водные

насекомые

,

учебная

полевая

практика

,

биологическое

образование

,

водомерка

,

водяной

скорпаг

,

плавунец

.

Abstract:

The article presents practical tasks and guidelines for studying the structure and

lifestyle of aquatic insects — water strider, water scorpion, and whirligig beetles — during the field
practice of the "Invertebrate Zoology" course. These tasks are designed to organize students'
observations.

Keywords:

invertebrates, aquatic insects, field practice, biology education, water strider, water

scorpion, whirligig beetle.

Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan "Umurtqasizlar zoologiyasi" fani bo‘lg‘usi

biologiya o‘qituvchilariga umurtqasiz hayvonlar tuzilishi, ularning tarqalishi hamda ayrim hayotiy
jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni
shakllantirishga xizmat qiladi.

Ushbu fanni samarali o‘rgatishda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash muhim ahamiyat

kasb etadi. Bu vazifalar, asosan, laboratoriya mashg‘ulotlari va o‘quv-dala amaliyoti jarayonida
amalga oshiriladi.

O‘quv-dala amaliyotining asosiy vazifalaridan biri — talabalarni amaliyot o‘tayotgan hududda

uchraydigan umurtqasiz hayvonlarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish, ulardan namunalar yig‘ish,
kolleksiyalar tuzish va laboratoriya sharoitida to‘plangan materiallarni sistematik jihatdan
o‘rganishdir. Shu bilan birga, bu amaliyotlar jarayonida talabalar umurtqasizlar ustida kuzatuv
ishlarini olib borish, joyning biologik xilma-xilligini, tur va populyatsiya darajasidagi holatini tahlil
qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Biologiya ta’limida o‘quv-dala amaliyotining ahamiyati yuqori ekanini hisobga olib, ushbu

faoliyatni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha bir qator o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Jumladan, A.T.
G‘ofurov va J. Tolipova [2], o‘zbekistonlik yirik entomolog olim V.V. Yaxontov [4], shuningdek rus
olimlari B.YE. Raykov, M.N. Rimskiy-Korsakov [1] hamda Fasulati [3] kabi mutaxassislarning
ishlarini qayd etish mumkin.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

742

Dala amaliyotlari, odatda, tabiatga ekskursiyalar tashkil etish va o‘tkazish orqali amalga

oshiriladi. Quyida shunday ekskursiyalar davomida talabalarga buloqlar, xovuzlar va ariq suvlarida
yashovchi hasharotlarni topish hamda ularning ayrim hayotiy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha
beriladigan yo‘riqnomalarga to‘xtalib o‘tamiz.

1. Cho‘psimon suv o‘lchagich (

Hydrometra stagnorum

) ni o‘rganish

Cho‘psimon suv o‘lchagich — hasharotlar sinfi, yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera)

turkumining qandalalar oilasi vakilidir. U suv sathidagi yupqa pardada tez harakatlanuvchi orqa
oyoqlari yordamida harakatlanadi. Oyoqlari yog‘simon modda bilan qoplangan bo‘lib, suvda
namlanmaydi. Uzun va rivojlangan oyoqlari tufayli suv yuzasida ancha katta maydonni egallaydi va
to‘siqlarni osonlik bilan sakrab o‘tadi.

Kuzatish topshiriqlari
1-ish. Sokin suv havzasi, xovuz yoki ko‘lmaklardagi suv yuzasini kuzatib, cho‘psimon suv

o‘lchagichni toping. Uni aniqlagich kitobdagi rasmi bilan taqqoslang. Harakatini kuzating, suzishi va
tinch turishini farqlang. Suzgan paytida bosib o‘tgan masofani aniqlab, harakat tezligini baholang.

2-ish. Cho‘psimon suv o‘lchagichni matrab yoki qo‘l bilan ushlang. Tanasi qo‘ng‘ir yoki to‘q

jigarrang ekanini aniqlang. Ustki va ostki tomonlaridagi ranglar farqini tekshiring. Ostki qismi oq,
mumsimon modda bilan qoplangan tukchalar bilan qoplanganini lupa orqali kuzating. Bunday
tuzilish unga qanday adaptiv afzalliklar beradi? Fikr yuriting.

3-ish. Oyoqlarini lupa bilan ko‘zdan kechiring. Oldingi va keyingi oyoqlarining shakl va

hajmidagi farqlarni aniqlang. Keyingi oyoqlar nega yaxshi rivojlanganini tahlil qiling.

4-ish. Ko‘zlarini kuzating. Ko‘zlari katta ekanligini aniqlang. Bunday ko‘zlar hasharot uchun

qanday ahamiyatga ega, deb o‘ylaysiz?

5-ish. Uzun xartumini igna yordamida ko‘tarib, hasharot qanday oziqlanishi mumkinligi haqida

xulosa chiqaring.

Barcha kuzatishlar natijalarini daftarga yozib, oraliq xulosalar chiqaring. Kolleksiya uchun

namunalar olib, ularni etiketkalashtiring.

2. Suv chayoni (

Nepa cinerea

L.) ni o‘rganish

Suv chayoni — yarim qattiq qanotlilar (Hemiptera) turkumining vakili bo‘lib, ariq va

xovuzlarning loyqali tubida yashaydi. Tanasi 1–1,5 sm, orqa qismida uzun “dumsimon” nafas olish
o‘simtasi mavjud. Oldingi oyoqlari uzun va rivojlangan. Tanasi qo‘ng‘ir yoki chirigan barglarga
o‘xshagan tusda bo‘lgani sababli tabiatda topish qiyin.

Topshiriqlar:
1-ish. Ariq va xovuzlarning loyqali joylarini sinchiklab kuzating. Suv chayonini kimyoviy

stakan yoki qo‘l bilan oling va petri idishida kuzating.

Gavda shaklini, rangi va suvda yashashga moslashuvini tahlil qiling.
Orqa tomonidagi uzun o‘simtani nafas olish organi sifatida qarab, uning ahamiyatini baholang.
Tanasiga va harakatlariga asoslanib, muhitga moslanish xususiyatlarini yozib oling.
Kolleksiya uchun namunalar to‘plang va ularni etiketkalashtiring.
3. Aylangich qo‘ng‘izlar (Gyrinidae)
Kunduzgi aylangich (

Gyrnus marinus

) — mayda, ko‘kimtir-qora yaltiroq tanali qo‘ng‘iz bo‘lib,

suv sathida guruh bo‘lib tez-tez aylanib harakatlanadi. Xavf sezganda tez tarqaladi. Suv matrabi bilan
ushlanadi.

Topshiriqlar:
1-ish. Ariq, xovuz va anhorlarning chetlarida aylana bo‘ylab tez suzuvchi guruh qo‘ng‘izlarni

kuzating.

2-ish. Qo‘ng‘izni matrab yordamida oling. Petri idishida harakatini kuzating. Uni qo‘l bilan

ushlab ko‘ring va qo‘lingizda qoladigan xidni aniqlang — bu himoya moddasidir.

3-ish. Qo‘ng‘izning orqa oyoqlariga e’tibor bering. Ular kengaygan bo‘lib, suzishga

moslashgan. Bu xususiyatning ahamiyatini baholang.

4-ish. Lupa yordamida ko‘zlarini tekshiring — ikkiga bo‘lingan (yuqori va pastki qismlar)

ekanligini aniqlang. Bu ko‘z tuzilishi unga qanday ustunlik beradi?


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

743

5-ish. Qo‘ng‘izni suvli stakanga soling. Uning darhol pastga shung‘ishini kuzating. Ostidagi oq

pufakcha (havo pufakchasi) orqali shung‘ishi nimani anglatadi, tahlil qiling.

6-ish. Kuzatish natijalarini daftarga yozing. Kolleksiya uchun namunalar to‘plang va

muhokama qilib, xulosa chiqaring.

Xulosa. Umurtqasizlar zoologiyasi fanidan o‘quv-dala amaliyoti jarayonida talabalar suvda

yashovchi hasharotlarning morfologik tuzilishi, hayot tarzi va yashash muhitiga moslashuvlarini
amaliyot orqali kuzatib, nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Aniqlagich kitoblardan foydalanish
ularga hasharotlarni oila, avlod va tur darajasida aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam
beradi. Bu jarayon talabalarning fanga qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va tahlil qilish
qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Райков

,

В

.

Е

.,

Римский

-

Корсаков

,

М

.

И

.

Зоологические

экскурсии

. –

Ленинград

:

Гос

.

учебно

-

пед

.

изд

., 1956. – 682

с

.

2.

Толипова

,

Ж

.

О

.,

Ғофуров

,

А

.

Т

.

Биология

ўқитиш

методикаси

:

олий

ўқув

юртлари

учун

дарслик

. –

Тошкент

: «IQTISOD-MOLIYA», 2007. – 236

б

.

3.

Фасулати

,

К

.

К

.

Полевое

изучение

наземных

беспозвоночных

. –

Москва

:

Высшая

школа

, 1971. – 423

с

.

4.

Яхонтов

,

В

.

В

.

Экология

насекомых

. –

Москва

:

Высшая

школа

, 1964. – 454

с

.

Bibliografik manbalar

Райков, В.Е., Римский-Корсаков, М.И. Зоологические экскурсии. – Ленинград: Гос. учебно-пед. изд., 1956. – 682 с.

Толипова, Ж.О., Ғофуров, А.Т. Биология ўқитиш методикаси: олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент: «IQTISOD-MOLIYA», 2007. – 236 б.

Фасулати, К.К. Полевое изучение наземных беспозвоночных. – Москва: Высшая школа, 1971. – 423 с.

Яхонтов, В.В. Экология насекомых. – Москва: Высшая школа, 1964. – 454 с.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Moxidilxon Zokirova , Mohinur Sabirova , Xayotbek Karimjonov , Xojaroy Jabborova , Diyorbek G'anijonov , ANDIJON VILOYATIDA NINACHILAR (INSECTA, ODONATA) FAUNASIGA ANTROPOGEN OMIL TA'SIRINI 2024-2025 YILLAR DAVOMIDAGI TAHLILI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Ozodbek Sobirov , Xolidaxon Kaxxorova , Nafisaxon Ibroximova , Ilyosbek Isaqov , Muxiddin Xafizddinov , Odil Zakirov , O‘ZBEKISTONDA ILK BOR QAYD ETILGAN KOKSID TURLARI (COCCOIDEA) , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Odil Zakirov , Kozimjon Zakirov, Ozodbek Sobirov , Ilyosbek Isaqov , BIOLOGIYA TA’LIMIDA KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Xolidaxon Kaxxorova , Ozodbek Sobirov, Odil Zakirov , Muxabbat Xoshimova , O‘g‘iloy Turg‘unova , YOSTIQSIMON SOXTAQALQONDORLARNING BIOEKOLOGIYASIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)