“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
747
BIOLOGIYA TA’LIMIDA KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Zakirov Odil Kazimjanovich
Andijon davlat universiteti, katta o‘qituvchi
E-mail: odil19671910@gmail.com
Zakirov Kozimjon
Andijon davlat universiteti, biologiya fan nomzodi, dotsent
E-mail: zokirovk1937@gmail.com
Sobirov Ozodbek Tojimatovich
Andijon davlat universiteti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
E-mail: ozodbeksobirov1988@gmail.com
Isaqov Ilyosbek Bozorboy o‘g‘li
Andijon davlat universiteti biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Email: ilyosbekisaqov94@adu.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.15589543
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida keys texnologiyalaridan foydalanishning
ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, biologiya fanini o‘qitishda ushbu texnologiyani samarali qo‘llash
borasida o‘qituvchi va o‘quvchilarning vazifalariga alohida to‘xtalinadi. Maqolada umumta’lim
maktablarining 8-sinf biologiya darsligi asosida ayrim mavzularga oid keys topshiriqlarining
namunaviy misollari ham keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
biologiya, an’anaviy ta’lim, keys texnologiyasi, o‘qituvchi, o‘quvchi vazifalari,
maktab va oliy maktab keyslari.
Аннотация
:
В
данной
статье
рассматривается
значение
использования
кейс
-
технологий
в
образовательном
процессе
.
Особое
внимание
уделяется
задачам
учителя
и
учащихся
при
эффективном
применении
этой
технологии
в
преподавании
биологии
.
Также
приведены
примеры
кейс
-
заданий
по
отдельным
темам
предмета
«
Биология
»
для
8
класса
общеобразовательной
школы
.
Ключевые
слова
:
биология
,
кейс
-
технологии
,
задачи
учителя
и
учеников
,
кейсы
средных
и
высших
школ
.
Annotation:
This article discusses the importance of using case technologies in the educational
process. It highlights the roles of biology teachers and students in effectively applying this method.
The paper also presents sample case assignments related to selected topics in the 8th-grade biology
curriculum of general education schools.
Keywords:
Biology, case technologies, tasks of teachers and students, cases for secondary and
higher education.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim samaradorligini yanada oshirish, o‘quvchilarning
faolligini kuchaytirish va mustaqilliklarini rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.
Endilikda ta’limda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish vazifalari
oldinga qo‘yilmoqda. Uzak vaqtlar davomida ta’limda ana’anaviy usullar qo‘llanilib kelgani tufayli,
o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar ko‘pincha yoddan chiqqan bo‘lib, ularning amaliy ko‘nikmalari
rivojlanmay qolgan va mustaqillik darajasi past bo‘lgan. Chunki ana’anaviy ta’limda asosiy rol
o‘qituvchiga berilgan bo‘lib, u o‘ziga xos bilim manbaiga aylangan; darslarda o‘qituvchi mavzularni
bayon qilib berar, o‘quvchilar esa faqat takrorlash orqali bilimlarni o‘zlashtirganlar. Shuningdek, dars
mavzularini mustaqil o‘rganishga e’tibor berilmagani ta’limdagi eng katta kamchiliklardan biri
hisoblanadi.
Keyingi yillarda ta’limda o‘quvchilarning faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi
texnologiyalardan biri — keys texnologiyasi yoki metodikasi keng qo‘llanilmoqda. “Keys” atamasi
inglizcha “case” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “vaqiya”, “holat” yoki “muammo” ma’nosini
anglatadi. Keys texnologiyasi ilk bor Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Garvard universitetining biznes
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
748
maktabida ishlab chiqilgan va asosan iqtisod sohasida tadqiqot olib borayotgan olimlar, biznesmenlar
hamda ba’zi ishlab chiqarish korxonalarida muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.
Adabiyotlarda keys texnologiyasi to‘g‘risidagi materiallar asosan xorijiy nashrlarda keng
yoritiladi. Masalan, 1) Dolgorukov A.M. keys texnologiyasini nazariy muammolarni amaliy vazifalar
orqali bajarishda talabalarning mustaqil fikrlash va tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi
tuzilma deb ta’riflaydi [1]. 2) Tolochina O.G. keys topshiriqlaridagi qarama-qarshiliklar talabalarning
unga bo‘lgan qiziqishini va faolligini oshirishga yordam berib, ularning ijodiy faoliyatlarini
rivojlantirishini ta’kidlaydi [2]. 3) Radjabaliyev G.P. va Nurmagomedova N.X. keys
texnologiyasidan foydalanish o‘quv-ta’lim jarayonlarini samarali tashkil etish, zarur materiallarni
to‘plash va topshiriqlarni bajarishda yordam berishga xizmat qilishi mumkinligini qayd etishadi [3].
4) Kolesnikova O.I. esa keys texnologiyasi faqat yagona axborot tizimi emas, balki masala va
topshiriqlarni hal qilishda o‘quvchilar orasida fikr almashishga, turli g‘oya va mulohazalarni
muhokama qilishga imkoniyat yaratadi, deb yozadi [4].
Tolipova J.O. oliy ta’limda biologiya fanlarini o‘qitish metodikasining dolzarb muammolari va
ularga zamonaviy yondoshuvlar tasnifi masalasiga to‘xtalib, bu muammolarni samarali hal qilish,
o‘quvchi va talabalarning mavzularni mustaqil o‘rganishlarini rag‘batlantiruvchi yangi pedagogik
texnologiyalarning tashkiliy shakllaridan, shuningdek, biologiya ta’limida keys metodidan
foydalanishga alohida e’tibor qaratgan. U o‘z keys materiallarida “Odam rivojlanishida biologik va
ijtimoiy omillarning ta’siri va undagi muammolar” mavzusini keys savollari orqali o‘rganishga oid
yo‘riqnoma, dars reja va konspektni ilova qilgan [5].
Olimov Q.T. o‘z ishida keyslarni o‘quv mashg‘ulotlarida hal qilish algoritmlari to‘g‘risida
materiallarda keys topshiriqlarini bajarish muddatlarini aniqlash, o‘quvchi va talabalarni 5-6 kishilik
guruhlarga bo‘lish hamda ularning faoliyatini tashkil etish, kuzatish va baholash kabi masalalarni
bayon qiladi [6]. Biologiya o‘qitish metodikasi bo‘yicha yetuk metodistlar G. Shaxmurova va G.
Tog‘ayeva “Biologiya o‘qitish metodikasi moduli” (2018) nomli ishida mazkur fanni o‘qitishda
zamonaviy usullar qatorida keys texnologiyasidan foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor
qaratishgan. Ular “Qon guruhlari” mavzusi bo‘yicha bir qator keys topshiriqlari va ularni bajarishga
oid yo‘llanmalarni taqdim etganlar [7].
Yuqorida berilgan materiallardan O‘zbekistonda keys texnologiyasidan foydalanish talab
darajasida emasligini ko‘rsatadi.
Biologiya o‘qituvchisining keys mashg‘ulotiga tayyorlanishdagi vazifalari
Ta’lim jarayonida keys texnologiyasidan foydalanishda o‘qituvchi ikki guruh vazifalarni
bajaradi.
Birinchi guruh vazifa – mavzuni o‘rganish va tanlangan mavzular bo‘yicha keys topshiriqlarini
mustaqil ishlab chiqish, o‘quvchilarning mazkur topshiriqlarni yakka yoki guruhlarga bo‘lingan
holda bajarishining samarali jihatlarini aniqlash, shuningdek, topshiriqni bajarish uchun uslubiy
yo‘llanma tuzish.
Ikkinchi guruh vazifa – keys texnologiyasi asosida mashg‘ulot o‘tkazishda o‘qituvchining
ishtirokini aniqlash, ishni bajarishga oid kirish yo‘llanmasini berish, ish natijalarini o‘quvchilar bilan
birgalikda tahlil qilish va xulosalar chiqarish hamda o‘quvchilarning ishlarini baholashni ta’minlash.
Quyida biologiya ta’limida o‘qituvchining ayrim mavzularni keys texnologiyasi vositasida
o‘tkazishidagi asosiy vazifalar keltirilgan:
·
Tayyorgarlik etabi: o‘qituvchi keys topshirig‘i mavzusini tanlaydi, uning maqsad va
vazifalarini belgilaydi, topshiriqni bajarish uchun zarur qo‘shimcha materiallarni izlaydi hamda
ishning darsdagi o‘rni va qaysi joyda o‘tkazilishi kerakligini aniqlaydi.
·
Topshiriqni mantiqiy bo‘laklarga ajratish: keys topshirig‘idagi eng muhim muammolarni
ajratib ko‘rsatadi.
·
Keys topshiriqlari bilan o‘quvchilarni tanishtirish: o‘quvchilarga topshiriqni bajarish
jarayonida ular turli kasb egalari, mutaxassislar yoki olimlar sifatida munosabatda bo‘lishlari
kerakligi tushuntiriladi.
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
749
·
Topshiriqni yechish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish: ishni bajarish tartibini aniqlab, zarur
yo‘riqnomalarni taqdim etadi.
Keys topshiriqlari ko‘pincha hayotdagi real masalalar, biologiya fanining rivojlanishidagi
qiziqarli tarixiy voqealar, xodisalar, adabiyot va arxiv materiallariga asoslangan bo‘lsa, yaxshi samara
beradi.
O‘quvchilar uchun keys topshirig‘ini bajarishga uslubiy ko‘rsatmalar:
Keys topshirig‘ini diqqat bilan o‘rganing.
Muammoning dolzarbligini baholab, uni dalillar bilan izohlang.
Keys (muammo)ni samarali yechish yo‘llarini aniqlang.
Muammoni yechish uchun mos metod va texnologiyalarni tanlang.
Muammoni yechishni kafolatlovchi ilmiy farazlarni shakllantiring.
Quyida 8-sinf o‘quvchilari uchun biologiya fanidan keys topshiriqlari namunasi keltirilgan:
1-keys topshirig‘i:
Bir odam safarga ketayotganda juda charchagan, qorni ochib suv istagan va holdan ketib, bir
qishloqqa kelib yog‘ilgan. Qishloq ahli tabiblari uni davolash maqsadida qoniga sut yuborishgan.
Biroq bu holat bemorga salbiy ta’sir qilib, u vafot etgan.
Sizdan so‘raladi: bemor qoniga sut yuborish to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri? Qanday dalillar bilan fikr
bildirasiz?
Topshiriq: Qon guruhlari haqidagi bilimlaringizni eslang.
2-keys topshirig‘i:
Yuqori sinf o‘quvchisi Erkin matematikaga qiziqib, tayyorlov kurslarda ham o‘qishni
boshlagan. U ko‘plab adabiyotlarni o‘ng qo‘lida ko‘tarib yuradi. Fizkultura darsida Erkin beli
og‘riyapti deb o‘qituvchiga xabar qilgan. O‘qituvchi uning o‘ng yelkasi chap tomonidagiga nisbatan
pastroq ekanligini ko‘rib, shifokorga ko‘rsatishni tavsiya qilgan.
Topshiriq: Erkinning yolqiz yoki ikki yelkasidagi farq qanday sabablardan kelib chiqqan va
qanday davolash kerakligini tushuntiring.
3-keys topshirig‘i:
“Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni hazm qilish” mavzusi doirasida:
Baxtiyor maktabda kross musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotganda, kuchli bo‘lish uchun
orttiqcha ovqat yeb olgan. Kross boshlangach, ko‘p o‘tmay u yegan ovqatni qusib, yugura olmay
qolgan.
Topshiriq: Baxtiyorning bu holatga tushish sabablarini tahlil qiling.
4-keys topshirig‘i
«Organizmlardagi termoregulyatsiya. Organizmni chinqtirish»
Ishonasizmi, buyuk rus yozuvchisi Lev Tolstoy va akademik I.P.Pavlovning tanasi juda
chiniqqan bo‘lgan. Lev Tolstoy erta bahordan to kech kuz-qor tushgungacha yalang oyoq yurgan.
I.P.Pavlov esa kech kuzda ham sovuq Neva daryosida cho‘milishni tashlamagan, qishni yengil
kiyinib o‘tkazgan. Buyuk rassom I. Repin ham qariygan paytlarida qishning qattiq sovuqlarida
uyining verandasida uxlashdan voz kechmagan. I.A. Krilov va A.S. Pushkin kabi shoirlar ham
muzlagan suvda cho‘milishib yurishgan.
Biz ham ba’zi odamlarning sovuq yoki issiqlarga chidamli, boshqalar esa sovuq suvga
oyoqlarini tegizsa ham ko‘rpa-toshak qilib yotib qolishini eshitganmiz.
Savol: Nega ba’zi odamlar issiq yoki sovuqqa chidamli, boshqalar chidamsiz bo‘lishining
sababini aniqlang.
5-keys topshirig‘i
1875 yil 15 aprelda “Zenit” nomli havo shari osmonga 800 metr balandlikka ko‘tarilgan. Biroq
shar yerga tushganda undagi 8 nafar kishidan faqat bittasi tirik qolgan, qolganlari vafot etgan.
Savol: Havo sharida osmonga ko‘tarilgan 7 nafar odam nega vafot etganini aniqlang.
Umurtqasizlar va umurtqalilar zoologiyasi fanidan keys topshiriqlari:
1-keys topshirig‘i:
“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari
adu.uz
universaljurnal.uz
750
Nega jigar qurti ko‘payish vaqtlarida turlicha nomdagi lichinkalar paydo bo‘ladi? Ushbu
topshiriqni bajarish uchun jigar qurtining yashash joylari va unga moslanish xususiyatlarini esga
tushiring.
2-keys topshirig‘i:
Odatda odamlar ayrim insonlarning jamiyat uchun katta xizmat qilganligi uchun ularga haykal
qo‘yishadi. Qaysi hasharotga, qayerda va nima uchun haykal qo‘yilgan? Bu savolga javob topish
uchun hasharotlarning ahamiyati haqidagi bilimlaringizni esga oling.
3-keys topshirig‘i:
Qushlar ichida boyg‘o‘ydo yirtqichlik bilan yashab, ko‘pincha mayda kemiruvchilar bilan
oziqlanadi. Bir yilda tabiatda kemiruvchilar soni keskin kamayib ketgan, ammo boyg‘o‘ydo
ko‘payishda davom etgan.
Savol: Qanday sabablarga ko‘ra boyg‘o‘ydo tur sifatida saqlanib qolgan? O‘z dalillaringizni
bayon qiling.
(O‘qituvchi uchun izoh: ozuqa kamligi tufayli poloponlari kasalliklarga uchragan; ona
boyg‘o‘ydo poloponlarini ba’zilar yegan; tuxum qo‘yish kamaygan; tuxumlardan jo‘ja chiqishi
kamaygan.)
Xulosa:
Ta’limda keys texnologiyasidan foydalanish hayotda uchrab turuvchi real voqea,
muammolarni, inson va atrof-muhit munosabatlarini, tabiat va ijtimoiy omillarni o‘rganishga yordam
beradi.
Keys mashg‘ulotlari o‘quvchilarda tahliliy, amaliy, ijodiy, muloqot va ijtimoiy ko‘nikmalarni
rivojlantiradi.
Keyslarga qo‘yiladigan asosiy talablar: aniq maqsad, muayyan darajada murakkablik, ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy jihatlarni aks ettirishi lozim.
Adabiyotlar ro‘yxati
1.
Долгоруков
А
.
М
.
Метод
case-study
как
современная
технология
профессионально
-
ориентированного
обучения
. 2013. URL: http://www. vshu.
2.
Толочина
О
.
Г
.
Кейс
-
технологии
как
один
из
инновационных
методов
образовательной
среды
. URL: https://nsportal.ru (
дата
обращения
: 21.12.2019).
3.
Раджабалиев
Г
.
П
.,
Нурмагомедова
Н
.
Х
.
Кейс
-
технологии
в
образовании
//
Вестник
социально
-
педагогического
ин
-
та
. – 2015.
4.
Колесникова
О
.
И
.
Использование
кейс
-
технологий
с
целью
активизации
самостоятельной
учебной
деятельности
студентов
педагогических
специальностей
//
Вестник
Екатеринс
.
ин
-
та
. – 2009. -
№
2 (6).
5.
Толипова
Ж
.
О
.
Аниқ
ва
табиий
фанларни
ўқитиш
методикаси
(
Биология
)
модули
бўйича
ўқув
-
услубий
мажмуа
Тошкент
– 2017
6.
Олимов
А
.
Замоновий
таълим
ва
инноавацион
технологиялар
бўйича
илғор
хорижий
тажрибалар
.
Бухоро
2015
