Mualliflar

  • Ozodbek Sobirov
    Andijon davlat universiteti
  • Xolidaxon Kaxxorova
    Andijon davlat universiteti
  • Nafisaxon Ibroximova
    Andijon davlat universiteti
  • Ilyosbek Isaqov
    Andijon davlat universiteti
  • Muxiddin Xafizddinov
    Andijon davlat universiteti
  • Odil Zakirov
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110685

Kalit so‘zlar:

Coccoidea invaziv turlar fitofaglar manzarali o‘simliklar zararkunandalar

Annotasiya

2025-yilda Farg‘ona vodiysi hududlarida olib borilgan entomologik kuzatuvlar davomida O‘zbekistonda ilgari qayd etilmagan to‘rt koksid turi: Saissetia oleae, Pulvinaria hydrangeae, Pulvinaria floccifera va Lepidosaphes beckii aniqlandi. Ushbu turlar manzarali o‘simliklarda uchrashi, ularning zararlangan organlari va mezbon o‘simliklari belgilandi. Tadqiqot natijalari koksidlar faunasining boyishiga hamda yangi zararkunandalar xavfini baholashga imkon beradi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

100

O‘ZBEKISTONDA ILK BOR QAYD ETILGAN KOKSID TURLARI (COCCOIDEA)

Sobirov Ozodbek Tojimatovich

1

., Kaxxorova Xolidaxon Raximjon qizi

2

., Ibroximova

Nafisaxon Doniyorbek qizi

3

., Isaqov Ilyosbek Bozorboy o‘g‘li

4

., Xafizddinov Muxiddin

Faxriddin o‘g'li

5

., Zakirov Odil Kazimjanovich

6

Andijon davlat universiteti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

1

ozodbeksobirov1988@gmail.com

Andijon davlat universiteti, tayanch doktorant

2

holidakakhorova@gmail.com

Andijon davlat universiteti, o‘qituvchi

3

ibroximovanafisa99@gmail.com

Andijon davlat universiteti biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

4

ilyosbekisaqov94@adu.uz

Andijon davlat universiteti, tayanch doktorant

5

xafizddinovmuxiddin@gmail.com

Andijon davlat universiteti, katta o‘qituvchi

6

odil19671910@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15591217

Annotatsiya

: 2025-yilda Farg‘ona vodiysi hududlarida olib borilgan entomologik kuzatuvlar

davomida O‘zbekistonda ilgari qayd etilmagan to‘rt koksid turi:

Saissetia oleae, Pulvinaria

hydrangeae, Pulvinaria floccifera

va

Lepidosaphes beckii

aniqlandi. Ushbu turlar manzarali

o‘simliklarda uchrashi, ularning zararlangan organlari va mezbon o‘simliklari belgilandi. Tadqiqot
natijalari koksidlar faunasining boyishiga hamda yangi zararkunandalar xavfini baholashga imkon
beradi.

Kalit so‘zlar:

Coccoidea, invaziv turlar, fitofaglar, manzarali o‘simliklar, zararkunandalar.

Аннотация

:

В

ходе

энтомологических

наблюдений

,

проведённых

в

2025

году

на

территории

Ферганской

долины

,

были

выявлены

четыре

вида

кокцид

,

ранее

не

зарегистрированных

в

Узбекистане

:

Saissetia oleae

,

Pulvinaria hydrangeae

,

Pulvinaria floccifera

и

Lepidosaphes beckii

.

Эти

виды

обнаружены

на

декоративных

растениях

,

определены

повреждённые

органы

и

растения

-

хозяева

.

Результаты

исследования

позволяют

оценить

прирост

фауны

кокцид

и

потенциальную

угрозу

от

новых

вредителей

.

Ключевые

слова

:

Coccoidea,

инвазивные

виды

,

фитофаги

,

декоративные

растения

,

вредители

.

Annotation:

During entomological surveys conducted in 2025 in the Fergana Valley region,

four scale insect species previously unrecorded in Uzbekistan were identified:

Saissetia oleae

,

Pulvinaria hydrangeae

,

Pulvinaria floccifera

, and

Lepidosaphes beckii

. These species were found on

ornamental plants, with their damaged plant organs and host species determined. The results of the
study contribute to the enrichment of the scale insect fauna and allow for an assessment of the
potential threat posed by new pests.

Keywords:

Coccoidea, invasive species, phytophagous insects, ornamental plants, pests.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda, xususan Farg‘ona vodiysida manzarali o‘simliklar tarkibi

sezilarli darajada boyimoqda. Shu bilan birga, ushbu o‘simliklarga xos fitofag hasharotlar, ayniqsa
koksidlar (Coccoidea), hali yetarli darajada o‘rganilmagan. Natijada ilgari e’tibordan chetda qolgan
yoki umuman qayd etilmagan turlar aniqlanmoqda. Bu esa koksidlar faunasining kengayishi va
invaziv zararkunandalar ulushining ortishi natijasida agroekotizimlarda biologik muvozanatga salbiy
ta’sir ko‘rsatmoqda [5]. Koksidlar keng ozuqa spektri va yuqori ekologik moslashuvchanlikka ega
bo‘lib, yangi hududlarda tez moslashadi hamda qishloq xo‘jaligi va dekorativ o‘simliklar uchun jiddiy
xavf tug‘diradi.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

101

ScaleNet (Dunyo bo‘yicha koksidlar haqidagi ma’lumotlar bazasi) ma’lumotlariga ko‘ra,

hozirgi kunda dunyo bo‘yicha Coccoidea kenja oilasiga mansub hasharotlar 56 ta oila, 1238 ta avlod
va 8579 ta turni o‘z ichiga oladi [4]. O‘zbekiston hududida esa bu ko‘rsatkich 11 oila, 67 avlod va
114 turdan iborat bo‘lib, ularning muhim qismi Farg‘ona vodiysi faunasida uchraydi [8]. So‘nggi
yillarda olib borilgan tizimli entomologik tadqiqotlar natijasida respublika hududida ilgari qayd
etilmagan yangi koksid turlari aniqlanmoqda. Bu esa mavjud fauna boyishiga va ularning ekologik
hamda xo‘jalik ahamiyatini chuqurroq o‘rganish zaruratiga olib kelmoqda.

2025-yil bahor mavsumida O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysiga qarashli Quva, Asaka, Andijon

tumanlari va Farg‘ona shahrida entomologik kuzatuv ishlari olib borildi. Tadqiqot davomida
manzarali o‘simliklardan koksid zararkunandalarining namunalari qo‘lda yig‘ib olindi. Ular
laboratoriya sharoitida fiksatsiya qilinib, mikroskop ostida tayyor preparatlar shaklida o‘rganildi.
Turlar morfologik belgilar asosida aniqlash kalitlari yordamida identifikatsiya qilindi [4]. Ushbu
metod asosida Respublikada ilgari qayd etilmagan

Saissetia oleae, Pulvinaria hydrangeae,

Pulvinaria floccifera

va

Lepidosaphes beckii

turlari aniqlanib, ularning mezbon o‘simliklari va

zararlangan organlari belgilandi.

Farg‘ona vodiysi hududlarida olib borilgan kuzatuvlar natijasida O‘zbekiston uchun yangi

bo‘lgan to‘rt turdagi koksid zararkunandasi aniqlangan (1-jadval).

1-rasm.

A)

Saissetia oleae

, B)

Pulvinaria floccifera

, C)

Pulvinaria hydrangeae

, D)

Lepidosaphes beckii

(orginal).

1 - jadval.

O‘zbekiston koksidofaunasida ilk bor uchragan koksid turlari va ularning tarqalishi

Oil

a

Turla

r

Sana

H

udud

Oz

uq

a

o‘

simlikla

ri

Zara

rl

angan

qism

1

Coccid

ae

Pulvinaria hydrangeae

Steinweden 1946

22.04.2025

Quva

tumani

Acer palmatum

Shox va

novdalari,

barglari

2

Pulvinaria floccifera

(Westwood, 1870)

5.05.2025

Asaka

tumani

Rosmarinus

officinalis

Shox va

novdalari,

barglari


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

102

3

Saissetia oleae

(Olivier,

1791)

2.05.2025

Farg‘ona

shahri

Ficus

benjamina

Shox va

novdalari

4

Diaspid

id

ae

Lepidosaphes beckii

(Newman, 1869)

5.05.2025

Andijon

tumani

Cycas revoluta

Barglarida

Saissetia oleae

dunyo bo‘yicha 108 mamlakatda tarqalgan bo‘lib, u 14 oila, 40 avlod va 79

turdagi o‘simliklarga zarar yetkazadi [1, 3]. Bu turga qarshi Misrda 2009-yildan boshlab biologik
kurash choralari qo‘llanilmoqda [4] (1- A) rasm).

Pulvinaria hydrangeae

Yevropaning Belgiyadan Koreya va Polshagacha bo‘lgan hududlarida

aniqlanib, manzarali o‘simliklarga zarar yetkazuvchi sifatida tan olingan [7, 9, 10]. 2020-yilda
Polshada bu turga qarshi amaliy tadqiqotlar boshlangan [4] (1-B) rasm).

Pulvinaria floccifera —

kosmopolit tur bo‘lib, 11 oila, 12 avlod va 15 turdagi o‘simliklarda

uchraydi. U issiqxonalarda keng tarqalgan va guava hamda mango daraxtlariga kuchli zarar
yetkazishi aniqlangan [2, 6] (1-C) rasm).

Lepidosaphes beckii

esa 162 mamlakatda qayd etilgan bo‘lib, 49 oila, 73 avlod va 69 turdagi

o‘simliklarga tahdid soladi. U Xitoyda sitrus va olma daraxtlariga jiddiy zarar yetkazuvchi sifatida
qayd etilgan [4, 11] (1-D) rasm).

Mazkur turlarni aniqlash nafaqat koksidofaunaning boyishini ko‘rsatadi, balki ularning

agroekotizimlarga tahdid darajasini baholash imkonini ham beradi.

Xulosa. 2025-yilda Farg‘ona vodiysida olib borilgan tadqiqotlar natijasida O‘zbekiston

hududida ilgari qayd etilmagan to‘rt yangi koksid turi aniqlanib, ularning manzarali o‘simliklarda
tarqalishi va zararlangan qismlari belgilandi.

Saissetia oleae, Pulvinaria hydrangeae, Pulvinaria

floccifera

va

Lepidosaphes beckii

turlari koksidofaunaning boyishiga hamda yangi invaziv

zararkunandalar xavfini baholashga imkon yaratadi. Ushbu turlar ekologik moslashuvchanlikka ega
bo‘lib, agroekotizimlarga noxush ekologik oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Koksidlar faunasini
yanada kengaytirish, yangi turlarni kuzatish va ularga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqish
zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ben-Dov Y., Hodgson C. J. Soft scale insects. – Elsevier, 1997.
2. Ben-Dov Y. ScaleNet: a data-base of the scale insects of the world [database on the internet.]

//http://www. sel. barc. usda. gov/scalenet/scalenet. htm. – 2009.

3. Franco J. C. et al. Management strategies of mealybug pests of citrus in Mediterranean

countries //Phytoparasitica. – 2004. –

Т

. 32. –

С

. 507-522.

4. García Morales M., Denno B.D., Miller D.R., Miller G.L., Ben-Dov Y., Hardy N.B. (2016).

ScaleNet: A literature-based model of scale insect biology and systematics [8.05.2025].

5. Kaydan M.B., Ben-Dov Y. ScaleNet: Updated global scale insect database. Zootaxa, 2021.

4935(1), 1–46.

6. Lagowska B., Golan K. Occurrence of the cosmopolitan scale insect Pulvinaria floccifera

(Westwood) (Hemiptera: Coccidae) in Polish greenhouses. Journal of Plant Protection Research,
2020. 60(4), 379–383.

7. Lagowska B. A new record of Pulvinaria hydrangeae Steinweden, 1946 (Hemiptera:

Coccomorpha: Coccidae), a potentially damaging scale insect in Poland Polish Journal of
Entomology 2020. 89(4): 200–206

8. Mamatqulov N. O‘zbekiston hududidagi koksidlar (Coccoidea) faunasi va ularning

agroekotizimlardagi ahamiyati. Toshkent: Fan nashriyoti. 2022.

9. Salisbury A., Malumphy C. A review of scale insects (Hemiptera: Coccomorpha) on

ornamental plants in Europe. EPPO Bulletin, 2017. 47(2), 387–401.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

103

10. Tondeur F., Grégoire J.C., Gregoire-Wibo C. Contribution à l'étude des cochenilles des

serres belges: observations sur Pulvinaria hydrangeae Steinweden (Hemiptera: Coccidae). Parasitica,
1990. 46(2), 59–66.

11. Wei J., Zhang R., Liu T. Scale insects of economic importance in China. Science Press,

Beijing. 2002.

Bibliografik manbalar

Ben-Dov Y., Hodgson C. J. Soft scale insects. – Elsevier, 1997.

Ben-Dov Y. ScaleNet: a data-base of the scale insects of the world [database on the internet.] //http://www. sel. barc. usda. gov/scalenet/scalenet. htm. – 2009.

Franco J. C. et al. Management strategies of mealybug pests of citrus in Mediterranean countries //Phytoparasitica. – 2004. – Т. 32. – С. 507-522.

García Morales M., Denno B.D., Miller D.R., Miller G.L., Ben-Dov Y., Hardy N.B. (2016). ScaleNet: A literature-based model of scale insect biology and systematics [8.05.2025].

Kaydan M.B., Ben-Dov Y. ScaleNet: Updated global scale insect database. Zootaxa, 2021. 4935(1), 1–46.

Lagowska B., Golan K. Occurrence of the cosmopolitan scale insect Pulvinaria floccifera (Westwood) (Hemiptera: Coccidae) in Polish greenhouses. Journal of Plant Protection Research, 2020. 60(4), 379–383.

Lagowska B. A new record of Pulvinaria hydrangeae Steinweden, 1946 (Hemiptera: Coccomorpha: Coccidae), a potentially damaging scale insect in Poland Polish Journal of Entomology 2020. 89(4): 200–206

Mamatqulov N. O‘zbekiston hududidagi koksidlar (Coccoidea) faunasi va ularning agroekotizimlardagi ahamiyati. Toshkent: Fan nashriyoti. 2022.

Salisbury A., Malumphy C. A review of scale insects (Hemiptera: Coccomorpha) on ornamental plants in Europe. EPPO Bulletin, 2017. 47(2), 387–401.

Tondeur F., Grégoire J.C., Gregoire-Wibo C. Contribution à l'étude des cochenilles des serres belges: observations sur Pulvinaria hydrangeae Steinweden (Hemiptera: Coccidae). Parasitica, 1990. 46(2), 59–66.

Wei J., Zhang R., Liu T. Scale insects of economic importance in China. Science Press, Beijing. 2002.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари