Mualliflar

  • Gʻafurjon Gʻulomov
    Andijon davlat universiteti
  • Alisher Akbaraliyev
    Andijon davlat universiteti
  • Gulbahor G‘ulomova
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110539

Kalit so‘zlar:

hosildorlik duragay nav eksperimental poliploidiya.

Annotasiya

Jahonda g‘o‘zaning hosildorligi va uning sifatini yanada oshirish, seleksiya jarayonlarini jadallashtirish, yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish bilan bir qatorda introgressiv shakllarni duragaylash asosida g‘o‘za genotipini boyitishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada, eksperimental poliploidiya usullarini qo‘llagan holda genetik jihatdan boyitilgan introgressiv duragaylarni olish va mavjud navlarni xo‘jalik uchun qimmatli belgilarini uyg‘unlashuvi va yaxshilanishi, genetik asosga ega bo‘lgan manbalarni yaratish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

372

YANGI YARATILGAN G‘O‘ZA TIZMALARIDA FENOLOGIK KUZATUVLAR VA

HOSILDORLIGINI O‘RGANISH

G

ʻ

ulomov G

ʻ

afurjon Shavkatbek o‘g‘li,

Akbaraliyev Alisher Akromjon o‘g‘li,

G‘ulomova Gulbahor Abduxalil qizi

Andijon davlat universiteti

e-mail: gafurjon.gulomov@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15603457

Annotatsiya:

Jahonda g‘o‘zaning hosildorligi va uning sifatini yanada oshirish, seleksiya

jarayonlarini jadallashtirish, yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish bilan bir qatorda
introgressiv shakllarni duragaylash asosida g‘o‘za genotipini boyitishga alohida e’tibor berilmoqda.
Bu borada, eksperimental poliploidiya usullarini qo‘llagan holda genetik jihatdan boyitilgan
introgressiv duragaylarni olish va mavjud navlarni xo‘jalik uchun qimmatli belgilarini uyg‘unlashuvi
va yaxshilanishi, genetik asosga ega bo‘lgan manbalarni yaratish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga
ega.

Kalit so‘zlar:

hosildorlik, duragay, duragay, nav, eksperimental poliploidiya.

Аннотация

:

В

мире

особое

внимание

уделяется

дальнейшему

повышению

урожайности

и

качества

хлопка

,

ускорению

селекционных

процессов

и

совершенствованию

технологий

возделывания

,

а

также

обогащению

генотипа

хлопчатника

путем

гибридизации

интрогрессивных

форм

.

В

связи

с

этим

получение

генетически

обогащенных

интрогрессивных

гибридов

методами

экспериментальной

полиплоидии

,

комбинирование

и

улучшение

хозяйственно

ценных

признаков

существующих

сортов

,

создание

источников

с

генетической

основой

имеют

актуальное

научное

и

практическое

значение

.

Ключевые

слова

:

показател

,

гибрид

,

сорт

,

экспериментальная

полиплоидия

.

Abstract:

In the world, special attention is paid to further increasing the yield and quality of

cotton, accelerating selection processes and improving cultivation technologies, as well as enriching
the cotton genotype through hybridization of introgressive forms. In this regard, the production of
genetically enriched introgressive hybrids using experimental polyploidy methods, the combination
and improvement of economically valuable traits of existing varieties, and the creation of sources
with a genetic basis are of current scientific and practical importance.

Keywords:

indicator, hybrid, variety, experimental polyploidy.

Bugungi kunda dunyoda

Gossypium

L. turkumi turlarini eksperimental poliploidiya va turlararo

duragaylash asosida qimmatli xo‘jalik belgili kasallik va zararkunandalarga chidamli manbalar
olishga e’tibor qaratilmoqda. Ta’kidlash joizki, g‘o‘za, bug‘doy, karam, lavlagi va boshqa bir qator
o‘simliklarni poliploid navlari yaratilmoqda. Shu o‘rinda, turli stress omillarga ta’sirchan,
qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli introgressiv shakllarni amaliy seleksiya
ishlariga jalb etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Paxtadan yuqori sanoat navli, ertapishar, sifatli, mo‘l hosil beradigan, moydorligi yuqori,

qurg‘oqchilikka chidamli navlarni yaratish. Hozirgi keng maydonlarda ekilayotgan, rayonlashtirilgan
navlar shira, trips, o‘rgimchakkana, ko‘sak qurti, ildiz chirishi, gommoz kabi kasalliklar bilan
zararlanib g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi kechikmoqda. Natijada, hosildorlikni pasayishiga olib
kelmoqda. Agar shunday zararkunandalarga chidamli, chigitining moydorligi yuqori navlar yaratilib
ishlab chiqarishga joriy etilsa, katta iqtisodiy samara beradi[1].

XX asrning 1930-1980 yillarida chop etilgan

G.herbaceum

L. va

G.arboreum

L. turlari hamda

Gossypium

L. turkumining tetraploidli va diploidli tur vakillari ishtirok etgan, turlararo duragaylash,

eksperimental poliploidiya uslublarini qo‘llagan holda, qimmatli xo‘jalik belgili va qishloq xo‘jalik
kasalliklariga (gommoz, fuzarioz, vilt), zararkunanda hashorotlarga chidamli donorlar olishga


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

373

bag‘ishlangan mamlakatimiz va chet el olimlarining bir qator ishlari mavjud bo‘lib ushbu tadqiqotlar
o‘sha davr g‘o‘za genetikasi va seleksiyasini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan [2, 3, 5].

G.Xolmurodova, Sh.Nomozov, O.Murotov g‘o‘za o‘simligidan amaliy seleksiya uchun

boshlang‘ich ashyo tayyorlashda chatishtirishning konvergent usulidan foydalanishgan. Mualliflar
g‘o‘zaning turli qimmatli xo‘jalik belgilarini yaxshilashda, konvergent chatishtirish uslubi mavjud
uslublrdan ustunligi bilan ajralib turishini, tadqiqotlarni jadallashtirish, kelgusida rayonlashgan turli
g‘o‘za navlari belgilarini talab darajasida ushlab turish imkonini yaratadi, deb ta’kidlashadi.

MATERIAL VA USULLAR

Paxta xosildorligining qaytariqlar bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar B.A.Dospexov (1985)

tomonidan ishlab chiqilgan dispersion tahlildan o‘tkazildi. Ushbu uslubga ko‘ra nav va tizmalarning
ayrim morfobiologik hamda xo‘jalik belgilari o‘rganildi.

Tajriba o‘tkazilganda xatolikka yo‘l qo‘ymasdan aniq ma’lumot olish uchun qo‘llanmalardan

foydalaniladi. Shuning uchun xam biz Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish
agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasi tomonidan chiqarilgan
tajriba qo‘yish uslubi va universitetimiz domlalari tomonidan chiqarilgan uslubiy qo‘llanmalardan,
hamda g‘o‘zaning

G.hirsutum

turiga mansub S-6524 navi hamda L-23/04, L-32/04, L-33/04 va L-

37/04 tizmalaridan foydalanilgan.

NATIJA VA MUXOKAMA

Tajribani dala sharoitida o‘tkazdik. Tizmalarni dalaga Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va

yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasi tomonidan
ishlab chiqilgan metodlar asosida joylashtirildi. Tajriba asosan o‘rtacha o‘lchamli variantlarda
o‘tkazildi. Tajriba 4 qaytariq 5 variantdan iborat bo‘lib dalada bitta yarusda sistemali joylashtirildi.
Har bir variant 2 qatordan iborat bo‘lib uzunligi 11 metr. Har bir variantning o‘lchami 19,8 m

2

ni

tashkil qildi. Bir qaytariq maydoni 99,0 m

2

, umumiy tajriba maydoni esa 396,0 m

2

ni tashkil qildi

Tajriba maydoniga chigit 90x20-1 sxema bo‘yicha ekilib, yaganadan keyin har bir uyada

bittadan sog‘lom ko‘chat qoldirildi. Bir gektar madonda o‘rtacha 55 ming tup ko‘chat qoldirildi.
G‘o‘zaning vegetatsiya davrida quyidagi fenologik kuzatuv va xisobot ishlari olib borildi.

1. O‘simliklarni 50% unib chiqishi, gullash va pishish fazalarini davomiyligi aniqlandi.
2. Shonalash, gullash va pishish fazalarida o‘simliklarni bo‘yi o‘lchandi.
3. Gullar soni aniqlandi.
4. Pishgan va xom ko‘saklar soni aniqlandi.

Tajribani dalaga joylanish sxemasi

L-37/04

L-33/04

L-32/04

L-23/04

St

S

-6524

L-37/04

L-33/04

L-32/04

L-23/04

St

S

-6524

L-37/04

L-33/04

L-32/04

L-23/04

St

S

-6524

L-37/04

L-33/04

L-32/04

L-23/04

St

S

-6524

IV-

QAYTARIQ

III-

QAYTARIQ

II-QAYTARIQ

I-QAYTARIQ

5. Terim oldidan qaytariqlar bo‘yicha har bir variantdan 50 tadan ko‘sak paxta laboratoriya

analizi uchun terib olindi.

6. Terimlar bo‘yicha xosil miqdori aniqlandi.

Paxta xosildorligining qaytariqlar bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar B.A.Dospexov (1985)

tomonidan ishlab chiqilgan dispersion tahlildan o‘tkazildi.

O‘simliklarni unib chiqishi, gullash va pishish fazalari delyankalardagi uya va o‘simliklarni

kuzatish bilan aniqlanadi. Boshqa fenologik kuzatish va xisobolar doimiy belgilangan o‘simliklarda
o‘tkazildi. Har delyankada 10 tadan o‘simlik doimiy belgilab qo‘yildi.

Unib chiqqan o‘simliklarni hisobga olish delyankada bir ko‘chat paydo bo‘lgan kundan

boshlab, kunaro xisobga olib borildi. Unib chiqqan ko‘chatlarning soni delyankalardagi umumiy
uyalar sonini 50% ni tashkil etguncha davom ettirildi. Shonalashni xisobga olish ancha qiyin


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

374

bo‘lganligi uchun har bir delyankada 10 tup o‘simlikka bittadan shona paydo bo‘lgan kundan kunaro
o‘tkazildi. SHu 10 tup o‘simlikni 5 tupida shona paydo bo‘lgandan keyin kuzatish to‘xtatildi. Gullash
va ko‘saklarni ochilishini xisobga olish delyankadagi barcha o‘simliklarda kunaro o‘tkazildi.
Delyankadagi o‘simliklarda gul yoki ochilgan ko‘sak paydo bo‘la boshlagan kundan toki 50%
o‘simlik gullaguncha yoki ko‘saklarning ochilguncha kuzatish davom ettirildi.

O‘simlik bo‘yini aniqlash uchun har bir delyankada doimiy ajratilgan 10 tup o‘simlikdan

foydalanildi. Har bir o‘simlikni bo‘yini o‘lchash uchun 2 metr uzunlikda metr tayoq tayyorlandi va
o‘simlikni ildiz bo‘g‘zidan o‘suv nuqtasigacha bo‘lgan qismi o‘lchandi.

Gullar, pishgan va hom ko‘saklar sonini aniqlash uchun xam doimiy ajratilgan o‘simliklardan

foydalanildi. Yuqorida aytilgan ko‘rsatkichlarning soni ajratilgan o‘simliklarda sanab chiqildi va bir
tup o‘simlikda o‘rtachasi aniqlandi. Terib olingan 50 dona ko‘sak paxta na’munasidan laboratoriyada
1 ta ko‘sak paxtasining vazni, tola uzunligi, tola chiqishi va 1000 dona chigit vazni aniqlandi.

Qaytariqlar bo‘yicha har bir variantning paxta xosili alohida qilinib terib olindi va quyidagi

formula bilan gektarga aylantirildi.

М

га

K

1

=

Bu erda : 1 ga – 1 ga maydon yuzasi, m

2

M – 1 ta variant maydon yuzasi, m

2

Natijani har bir variantdan chiqqan paxta xosiliga ko‘paytirib xosildorli aniqlanadi

XULOSA

Tadqiqot va tajribalar olib boriladigan joy va uning sharoiti, ob’yekt, predmet va usullarning

to‘g‘ri tanlanganligi izlanishlarda olib borilgan uslublar ko‘plab tadqiqodchilarning tajribalarida
qo‘llanilgan bo‘lib, o‘zining ishonchliligi tasdiqlangan. Tajriba o‘tkazilgan davrda agrotexnika va
laboratoriya taxlil ishlari barqaror sharoitda bajarildi va aniq ma’lumotlarni olishga asos bo‘ldi.
Belgilangan metod va uslublardan bir necha yuz yillardan buyon foydalanib kelinmoqda va hozirgi
vaqtda ham klassik genetika va seleksiyada bu metodlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Shu sababdan
duragaylash va chatishtirish usularini yanada chuqurroq tadbiq etish orqali yangi duragaylar olish biz
yosh tadqiqotchilar uchun muhim vazifa hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017 – 2021 yillarda

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi
farmoni. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017 yil,

28 (6723). PQ-4947-son. – B. 1-2.

2. Ashurbekov X, Muqimov E. G‘o‘za genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va bedachilik

masalalar to‘plami. Toshkent, 1990.

3. Babamuratov X. Nasledovanie nekotor

ы

x morfologicheskix i xozyaystvenn

ы

x priznakov

trexgenomn

ы

x gibridov xlopchatnika // V kn.: Vopr. gen., sel. i sem-va xl-ka i lyusern

ы

. – Tashkent,

1976. – V

ы

p. 13. – S. 14-18.

4.

Доспехов

Б

.

А

.

Методика

полевого

опыта

.//

Москва

:

Агропромиздат

, 1985. – 351

с

.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi farmoni. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017 yil, №28 (6723). PQ-4947-son. – B. 1-2.

Ashurbekov X, Muqimov E. G‘o‘za genetikasi, seleksiyasi, urug‘chiligi va bedachilik masalalar to‘plami. Toshkent, 1990.

Babamuratov X. Nasledovanie nekotorыx morfologicheskix i xozyaystvennыx priznakov trexgenomnыx gibridov xlopchatnika // V kn.: Vopr. gen., sel. i sem-va xl-ka i lyusernы. – Tashkent, 1976. – Vыp. 13. – S. 14-18.

Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.//Москва: Агропромиздат, 1985. – 351 с.