Universal International Scientific Journal
22
Norgul Roʻzimova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti, Fakultetlararo chet tillari oʻqituvchisi
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu maqolada oʻzbek lingvomadaniyatidagi dasturxon nutqi janrlari haqida soʻz
boradi. Bunda asosan, dasturxon nutqi janrlarining muayyan ijtimoiy jamiyatdagi me'yorlari mavjudligiga
e'tibor qaratilib, dasturxon nutqidagi individuallik va jamoaviylik xususiyatlari mavjudligi alohida
ahamiyatli ekanligi ta'kidlanadi. Shuningdek, dasturxon nutqi janrlarida hurmat ifoda qilishning turli
janrlari mavjudligi, duo va tilakning individuallik kasb etishi oʻzbek lingvomadaniyatiga xos odat sifatida
e'tirof etiladi.
Kalit so‘zlar:
dasturxon nutqi, lingvomadaniyat, ijtimoiy me'yor, individual, monologik, dialogik,
polilogik va hokazolar.
Аннотация:
В данной статье говорится о жанрах застольной речи в узбекской
лингвокультуре. При этом преимущественно уделяется внимание существованию норм жанров
застольной речи в определенном социальном обществе и подчеркивается, что особое значение
имеет наличие в застольной речи особенностей индивидуальности и коллективности. Также
обычаем узбекской лингвокультуры признается существование различных жанров выражения
уважения в жанрах застольной речи, индивидуальность молитвы и пожелания.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
OʻZBEK LINGVOMADANIYATIDA DASTURXON NUTQI JANRLARINING XILMA-
XILLIGI
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 24.06.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
2
3
Ключевые слова:
застольная речь, лингвокультура, социальная норма, индивидуальность,
монологика, диалогика, полилогика и др.
Abstract:
This article talks about the genres of table speech in Uzbek linguistic culture. At the same
time, attention is mainly paid to the existence of norms of genres of table speech in a certain social society
and it is emphasized that the presence of features of individuality and collectivity in table speech is of
particular importance. Also, the custom of Uzbek linguistic culture recognizes the existence of various
genres of expressing respect in the genres of table speech, the individuality of prayer and wishes.
Keywords:
table speech, linguistic culture, social norm, individuality, monologic, dialogics,
polylogics, etc.
Language:
Uzbek
Citation:
Ruzimova, N. (2025). THE DIVERSITY OF TABLE SPEECH GENRES IN
UZBEKISTAN LINGUISTIC CULTURE. Universal International Scientific Journal, 2(6), 22–26.
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3010
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Til tizimidagi nutqiy butunliklarni
lingvistik tadqiq qilish masalasi 20 asrning 50-
yillaridan jadallashdi . Ushbu davrdan buyon
nutqiy janrlarning alohida turlari va ularning
lingvistik
asoslanishi,
sosiolingvistik,
pragmalingvistik, diskursiv, lingvomadaniy,
psixolingvistik
kabi
ekstralingvistik
xususiyatlari tadqiqotlar ob'ektiga aylanib,
nutqiy janrlarning til tizimidagi oʻrni,
klassifikasiyasi kabi masalalar ustida chuqur
izlanishlar olib borildi. Aytish mumkinki,
nutqiy janrlarni oʻrganish 21 asrga kelib tobora
turkumiy ahamiyatga ega boʻlib bormoqda.
Turkum xususiyatga ega nutqiy janrlar
tarkibida dasturxon nutqi janrlari ham oʻziga
xoslik kasb etadi.
Dasturxon
nutqi
har
bir
lingvomadaniyatda oʻziga xos ijtimoiy
me'yorlarga
ega
boʻlib,
oʻzbek
lingvomadaniyatida ham dasturxon nutqining
oʻz ijtimoiy me'yori mavjud. Dasturxon nutqi
turli tizimli tillarda turli nutqiy ifodalar orqali
uzatilar
ekan,
dasturxon
nutqida
nutq
soʻzlayotgan har bir adresant individual va
jamoaviy qarashlaridan kelib chiqqan holda
nutqiy
ifodalarni
tanlaydi.
Masalan,
xayrlashuv mazmunidagi dasturxon nutqida
uzoqdagi tanish kishilarga salom aytib
qoʻyishni iltimos qilish nutqiy aktining
pragmatik mazmunida nomi tilga olingan
kishilarga boʻlgan xurmat oʻz ifodasini topadi.
Shu orqali dasturxon nutqida nomi olingan
kishilar jamoaviy tarzda maqtov va oʻzaro
yaqinlik, xurmatga egaligidan darak beradi.
Demakki, maqtov va hurmat dasturxon
nutqining
mehmon
va
mezbon
munosabatlarida oʻziga xos taomillardandir.
Shunday qilib dasturxon nutqi
oʻziga xos nutq turi boʻlib, ushbu nutq turi turli
nutqiy vaziyatlarda dasturxon nutqi bilan
bogʻliq nutqiy janrlarni ishlab chiqadi.
Dasturxon nutqi kishining individual tarzda
monologik nutqda yoki kishilarning jamoaviy
jamlanganligidagi dialogik va polilogik nutqi
Universal International Scientific Journal
2
4
yordamida shakllanadigan nutq boʻlganligi
sababli oʻzida individuallik va jamoaviylik
xususiyatini namoyon qiladi.
Odatda kishi yoki kishilar guruhi rasmiy-
siyosiy, ijtimoiy-rasmiy, ijtimoiy-maishiy,
kundalik-maishiy va maishiy–shaxsiy hayotda
monologik,
dialogik,
polilogik
nutqda
shakllantirishlari mumkin.
Koʻp hollarda kishilarning oʻzlarigina
mavjud boʻlganda ovqatlanish jarayonida turli
diniy kalimalarning aytishlari monologik
nutqdagi oʻziga xos dasturxon nutqini keltirib
chiqaradi. Oʻzbek lingvomadaniyatida yakka
turdagi soʻzlovchining dasturxon atrofida
ovqatlanish jarayonidagi nutqida individual
aytilishi lozim boʻlgan turli diniy duolar,
da
stu
rx
on
n
utq
i
individual nutq: duo, tilak kabilar
jamoaviy nutq: salomlashuv, hol-
ahvol so
ʻ
rash, suhbat, duo, tilak
kabilar
isht
irok
chi
lar
s
oni
ga
ko
ʻ
ra
da
st
urx
on
nut
qini
ng
turl
ar
i
monologik xarakterdagi
dasturxon nutqi
dialogik xarakterdagi
dasturxon nutqi
polilogik xarakterdagi
dasturxon nutqi
Universal International Scientific Journal
2
5
xususan, bismillahir rohmanir rohiym, yoki
ramazon vaqtida ogʻiz ochish duosi (Navaytu
an asuma sovma shahri Ramazonaminal fajri
ilal magʻribi, xolisanlillahi ta'aala. Allohu
akbar), ogʻiz yopish duosi (Allohumma laka
sumtu va bika amantu va alayka tavakkaltu va
a'la rizqiqa aftartu, fagʻfirli ya hoffaruma
qoddamtuva vama ahhortu) kabi diniy duolar
amalda
faol
qoʻllaniladi.
Oʻzbek
lingvomadaniyatida kishilarning ma'naviy
dunyosini koʻrsatib beruvchi nutqiy odatlarida
diniy tasavvurlarning oʻziga xos oʻrni bor.
Diniy koʻrsatmalarda keltirilishicha, qanday
ishni boshlamasin, moʻmin kishi yagona
Allohning rahmdil va shavqatli ekanligini
tasdiqlovchi muqaddas soʻzlar (Bismillahir –
rohmanir rohiym)ni aytishi shart . Demakki, til
tizimida dasturxon nutqining monologik
shakldagi turlari individuallik kasb etadi.
Oʻzbek
xalqi
yashash
tarzida
kollektivlik, jamoaviylik ustun sanaladi. Shu
jihatlariga koʻra dasturxon nutqining polilogik
va dialogik nutqiy shakllari yuzaga kelgan.
Polilogik nutq koʻp hollarda tantanali va
tantanasiz shakllarda uchraydi. Tantanali
polilogik dasturxon nutqiga misol sifatida
yubiley, turli marosim va marakalardagi
nutqlarni,
tugʻilgan
kun,
yigʻilish
marosimlaridagi nutqlarni keltirish mumkin.
Shuni qoʻshimcha sifatida aytish kerakki,
oʻzbek
lingvomadaniyatida
kundalik
ovqatlanish jarayonlarida ham polilogik nutq
etakchilik
qiladi.
chunki
oʻzbek
lingvomadaniyatida qariyalar va keksalarni
har bir oilada birga istiqomat qilishi oila
a'zolarining birga ovqatlanishini odat tarziga
aylantirgan.
Xuddi
shunday
vaqtlarda
dasturxon nutqida duo, tilaklar, suhbatlar,
yangiliklarni ulashish
kabilar dasturxon
nutqining turli janrlarini yuzaga keltiradi.
Qayd
etish
lozimki,
oʻzbek
lingvomadaniyatida erkaklar nutqi bilan
bogʻliq choyxonada osh eyish, gurunglashish,
suhbatlashish odati mavjud. Bu odat ham
dasturxon nutqining erkaklarga xoslangan
shakllarini
yuzaga
keltiradi.
Bunda
jamoaviylik
xususiyatli
erkaklarga
oid
dasturxon nutqi shakllangan. Masalan, Yana
ozgina
yursangiz
choyhonaga
chiqasiz.
Choyxona oʻzimizning uy hisob. Ikki tup tol
tagida 4 ta soʻri bor. Yuqoridagilarga
asoslanib shuni aytish mumkinki, oʻzbek
lingvomadaniyatida dasturxon nutqida gender
farqlar ham kuzatiladi, ya'ni ayollar dasturxon
nutqi, erkaklar dasturxon nutqi kabi. Erkaklar
koʻpincha oʻzlarining dasturxon nutqlari
jarayotnlarida
erkaklar
bilan
bogʻliq
axborotlarni
ulashishni
ma'qul
topsalar,
ayollar esa barcha yangiliklarni ulashishga
moyildirlar. Shu sababli ham gʻiybat, mish-
mish nutqiy janrlari ayollar dasturxon nutqida
faollashishi mumkin.
Dasturxon nutqida mehmon va
mezbonning nutqi va xulqi alohida ahamiyatga
ega. Oʻzbek lingvomadaniyatida mehmon va
mezbon
odoblari
oʻziga
xos
tarzda
shakllangan.
Oʻzbekshunos
olim
I.
Jabborovning ta'kidicha, Odat boʻyicha
uyning toʻri mehmonniki yoki oila boshligʻi
(eng keksa odam va uy egasi)niki. Oʻzbeklarda
hozirgacha
mehmondorchilik
an'anasi
nihoyatda mustahkam saqlanib kelganligi
tufayli, deyarli barcha uylarda mehmonxona
yuksak did bilan bezatilib, toza turadi. Uyda
eng yaxshi xonalar ham mehmonxona sifatida
ajratiladi .
Oʻzbek lingvomadaniyatida dasturxonga
taklif nutqiy harakati ham mavjud. Taklif
iltimos yoki buyruq ohangida yoki iltifotli
tarzda ijro etilishi mumkin. Masalan,
Kulchang
pishdi,
Muzaffar!
--
Kelaqol, bolam, sovib qoladi!
Ushbu
misolda
oʻzbek
lingvomadaniyatida
farzandga
boʻlgan
Universal International Scientific Journal
2
6
munosabat iltimos shaklida ham uzatilishi
mumkinligi oʻz ifodasini topgan.
Oʻzbek lingvomadaniyatida dasturxon
nutqi janrlarining xilma-xilligi uning tasnif
tamoyillarini
ishlab
chiqishga
zaruriyat
tugʻdiradi. Dasturxon nutqi xilma-xilligi
masalasida rasmiylik, norasmiylik, maishiylik,
diniylik kabi omillarning inobatga olinishi
dasturxon
nutqining
makroturkumlarini
yuzaga
keltiradi.
Masalan,
oʻzbek
lingvomadaniyatidagi
dasturxon
nutqi
janrlarini quyidagi turkum xususiyatli tiplarga
ajratish mumkin:
A) rasmiy-siyosiy va ijtimoiy-rasmiy,
ijtimoiy maishiy dasturxon nutqi janrlari
B) diniy indikatorlar ishtirokiga koʻra sof
va aralash diniy indikatorli dasturxon nutqi
janrlari
V) neytral indikatorli dasturxon nutqi
janrlari va hokazolar.
Xulosa
qilib
aytganda,
oʻzbek
lingvomadaniyatida dasturxon nutqi janrlari
xilma-xil
boʻlib,
bunda
adresant
va
adresatlarning muayyan nutqiy vaziyati, sosial
masofasi, rasmiylik darajasi, diniylik va
individual tanlov kabilar dasturxon nutqining
xilma-xilligini ta'minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
И. Жабборов. Ўзбеклар. Шарқ, 2008, 175-бет
2.
Ў. Ҳошимов. Икки эшик ораси. Тошкент, 2018, 31 бет
3.
М.М. Бахтин. Постановка проблемы и определение речевых жанров. Литературно-
критические статьи. М.: «Художественная литература», 1986, с. 428.
4.
В. Дементьев. Теория речевых жанров. М.: Знак, 210, с 600
