Mualliflar

  • Norgul Roʻzimova
    Urganch davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.114694

Kalit so‘zlar:

nutqiy janr kommunikasiya lingvistika ekstralingvistika nutqiy hodisalar adresant adresat shaxs jamiyat ruhiy olam va hokazolar

Annotasiya

Ushbu maqolada nutqiy janrlarning ilmiy va nazariy asoslari haqida soʻz boradi. Bunda, asosan, nutqiy janrlar nazariyasining asoschisi, M.M.Baxtin gʻoyalari etakchilik qiladi. nutqiy janrlar oʻrganilishida lingvistik va ekstralingvistik yondoshuvlarning oʻrni beqiyos. Ekstralingvistik va lingvistik tadqiq qilish nutqiy janrlar kommunikativ tabiatining ochib berilishida muhim yoʻnalishlardan sanaladi.


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

353

Norgul Roʻzimova

Urganch davlat universiteti

Xorijiy filologiya fakulteti, Fakultetlararo chet tillari oʻqituvchisi

Uzbekistan

diyoraaa@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada nutqiy janrlarning ilmiy va nazariy asoslari haqida soʻz boradi.

Bunda, asosan, nutqiy janrlar nazariyasining asoschisi, M.M.Baxtin gʻoyalari etakchilik qiladi. nutqiy

janrlar oʻrganilishida lingvistik va ekstralingvistik yondoshuvlarning oʻrni beqiyos. Ekstralingvistik va

lingvistik tadqiq qilish nutqiy janrlar kommunikativ tabiatining ochib berilishida muhim yoʻnalishlardan

sanaladi.

Kalit so‘zlar:

nutqiy janr, kommunikasiya, lingvistika, ekstralingvistika, nutqiy hodisalar, adresant,

adresat, shaxs, jamiyat, ruhiy olam va hokazolar.

Аннотация:

В данной стате рассматриваюця научно-теоретичэские основи речевих жанров.

В етом идеи М.М. Ведушими являюця Бахтин, основоположник теории речевих жанров. Рол

лингвистического и екстралингвистического подходов в изучении речевих жанров несопоставима.

Екстралингвистичэские и лингвистичэские исследования считаюця одним из важних направлений

виявления коммуникативной природи речевих жанров.

Ключевые слова:

речевой жанр, обшение, лингвистика, екстралингвистика, речевие явления,

адресат, адресат, человек, обшество, духовний мир и др.

UNIVERSAL XALQARO ILMIY

JURNAL

Jurnalning bosh sahifasi: https://universaljurnal.uz

NUTQIY JANRLAR TADQIQINING ILMIY VA NAZARIY ASOSLARI

Universal International Scientific

Journal

e-ISSN:

3060-4540 (online)

Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5

Published: 31.05.2025

https://universaljurnal.uz

International indexes


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

35

4

Abstract:

This article discusses the scientific and theoretical foundations of speech genres. This is

the idea of M.M. The presenters are Bakhtin, the founder of the theory of speech genres. The role of

linguistic and extralinguistic approaches in the study of speech genres is incomparable. Extralinguistic and

linguistic research is considered one of the important areas of identifying the communicative nature of

speech genres.

Keywords:

speech genre, communication, linguistics, extralinguistics, speech phenomena,

addressee, addressee, person, society, spiritual world, etc.

Language:

Uzbek

Citation:

Ruzimova, N. (2025). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF THE RESEARCH OF

SPEECH

GENRES.

Universal

International

Scientific

Journal,

2(5),

353–356.

Retrieved

from

https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3009

Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under

the

Creative

Commons

Attribution

International

License

(CC

BY

4.0).

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Nutq insoniyat olamini butun er

yuzidagi

yaratilgan

jonivoru-maxqulotlar

olamidan farqlovchi til bilan bogʻliq asosiy
unsur boʻlib, insonlarning ongi shuurini, ichki
olamini,

qalbini,

qolaversa,

individual

xarakterini va sosial muhitini koʻrsatib
berishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Nutqni

oʻrganish

nafaqat

tibbiyot,

siyosatshunoslik, nutq madaniyati, badiiy
adabiyot kabi alohida fanlarning tadqiqot
ob'ekti, balki tilshunoslik va uning ichki
yoʻnalishlari boʻlgan psixolingvistika, matn
tilshunosligi,

diskursiv

tilshunoslik,

pragmalingvistika, nutqiy janrlar nazariyasi
kabi fanlar bilan ham chambarchas bogʻliqdir.
Ma'lumki, an'anaviy tilshunoslik davrida
insonlarning gapirish funksiyasi bilan bogʻliq
til va nutq tizimi alohida faoliyat turlari
sifatida farqlangan. Ammo ushbu davrda
tilning

fonetik,

grammatik,

sintaktik

xususiyatlari nuqtai nazaridan oʻrganilishi
nutqiy hodisalarni oʻrganishni bir chetga surib
qoʻydi. Natijada til tizimidagi nutqiy

tuzilmalar va nutqiy hodisalar tadqiqi biroz
kechikdi.

Umuman olganda nutqiy hodisalar

tadqiqi garchi nutq madaniyati fani nuqtai
nazaridan azal-azaldan oʻrganilsa-da, nutqiy
hodisalarning lingvistik tavsifi masalasi ushbu
fan nuqtai-nazaridan ham toʻlaqonli oʻz
echimiga ega boʻlmadi.

Zamonaviy tilshunoslik davriga kelib,

aniqrogʻi 20 asrning 50-yillaridan til tizimida
nutqiy hodisalar tadqiqi masalasi yuzasidan bir
qator

nazariy

va

amaliy

lingvistik

yondoshuvlar

boshlandi.

Bunda

nutqiy

hodisalarning

nutqiy

kommunikasiyadagi

tutgan oʻrni va lingvistik asoslari masalalari
bevosita

lingvistik

tadqiqotlar

ob'ektiga

aylandi. 20 asrning ikkinchi yarmidan
boshlangan

nutqiy

kommunikasiyani

oʻrganish bilan bogʻliq bir qator lingvistik
yoʻnalishlar, jumladan, pragmalingvistika,
diskursiv tilshunoslik kabi yoʻnalishlarda
nutqiy hodisalar u yoki bu jihatdan tadqiq
qilina boshladi . Nutqiy kommunikasiyaning
asosi boʻlgan nutqiy janrlar tadqiqi esa rus


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

35

5

tilshunos olimi M.Baxtin tomonidan nutqiy
butunliklar mavjudligi gʻoyasining ilgari
surilishi bilan jadallashdi. Bir soʻz bilan
aytganda, M.M.Baxtin til tizimidagi nutqiy
janrlarni oʻrganilishiga ilmiy-nazariy asos
yaratdi . Bunda asosiy e'tibor, muayyan nutqiy
butunliklarning

nutqiy

maqsadi,

kompozisiyasi

va

uslubi

mavjudligiga

qaratildi. Ushbu nazariya asosida boshlangan
nazariy va amaliy lingvistik tadqiqotlar
natijasida

til

tizimidagi

nutqiy

janrlar

tipologiyasi, nutqiy janr va madaniyat, nutqiy
janr va mantiq, nutqiy janr va kommunikativ
sharoit, nutqiy janr va kommunikativ vaziyat
kabi qator masalalar markaziy masalalar
sirasidan

oʻrin

oldi

.

Ayniqsa,

M.M.Baxtinning nutqiy janrlar nazariyasi
soʻnggi 75-yillik tarixga ega nutqiy janrlarni
oʻrganishning lingvistik an'anasiga asos soldi.
Bunda til tizimida mavjud nutqiy janrlarning
lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlari
hamda nutqiy janrlarning universal tipologik
hodisa sifatida tahlilga tortilishi asnosida turli
tizimli tillardagi alohida nutqiy janrlarning
qiyosiy

va

solishtirma

tadqiqi

ham

ommalashdi. Alohida nutqiy janrlarning bir
qator faol shakllari, deyarli nutqiy akt sifatida
namoyon boʻluvchi shakllari, jumladan, va'da,
intervyu,

e'lon,

sitata,

rasmiy

nutqlar,

karikatura, maslahat, suhbat kabilarning
lingvistik, lingvomadaniy, pragmalingvistik
kabi xususiyatlari oʻrganildi.

Nutqiy

janrlar

rivoji

nutqiy

muloqotning yangi shakllari bilan ham
bogʻlanar ekan, bunda internet muloqoti
janrlari ham yangi nutqiy janrlarning oʻziga
xos lingvistik xususiyatlarini oʻzida namoyon
etuvchi sfera ekanligi alohida ahamiyatga ega
boʻldi . Internet muloqotning telegram,
feysbuk,

kommentariya,

videomurojaat,

audiomurojaat kabi turlari hozirgi kunda
oʻziga

xos

rasmiy

va

norasmiylik

xususiyatlarini aralash qoʻllovchi nutqiy
janrlarni ishlab chiqmoqda. Shu nuqtai-
nazardan internet janrlarining lingvistik
xususiyatlari alohida lingvistik tadqiqotlar
ob'ektiga aylanib bormoqda. Internet sohasi
bilan bogʻliq nutqiy janrlarning paydo boʻlishi
nutqiy janrlarning eskirishi yohud yangi
nutqiy

janrning

paydo

boʻlishini

tushuntirishning yorqin namunasidir. Internet
muloqotining janrlari hozirgi kunda nutqiy
muloqot turlarining koʻpayib borayotganligiga
amaliy isbotdir. Demak, nutqiy janrlarning
yangilanishi va eskirishi jarayoni bevosita
muloqot turlarining faollashuv darajasiga
bogʻliq. Telegraf joʻnatmalari va yozishmalari
oʻzbek lingvomadaniyatida hozirgi kunda
deyarli eskirgan janrlar safiga kirib bormoqda.
Demakki,

nutqiy

muloqot

turlarining

faollashuv darajasi nutqiy janrlarning yashashi
va yoʻqolib borishining asosiy omilidir.
Nutqiy muloqotning asosiy qismi boʻlgan
nutqiy janrlarni oʻrganish kelajakda nutqiy
muloqot turlarni tadqiqini ham jadallashtiradi.
Shu nuqtai nazardan nutqiy janrlar tadqiqi
nutqiy hodisalarni lingvistik jihatdan tadqiq
qilishda muhim boʻgʻindir.

Aytish

kerakki,

nutqiy

janrlarni

oʻrganishda ekstralingvistik yondoshuvlar
ham jadallashib bormoqda. Ekstralingvistik
yondoshuvlar,

asosan,

lingvomadaniyatshunoslik,

kognitiv

tilshunoslik,

antropolingvistika,

sosiolingvistika kabi aralash fanlar doirasida
kechmoqda. Bizningcha, nutqiy janrlarni
lingvistik

oʻrganish

uning

matniy

xususiyatlarini tahlil qilish bilan belgilansa,
ekstralingvistik jihatdan oʻrganish esa nutqiy
janrlarni

muayyan

jamiyat

va

uning

madaniyati, kognitiv dunyosi, psixologiyasi,
ideologiyasi, shaxs va jamiyat munosabatlari,
shaxs va madaniyat, shaxs va siyosat, jamiyat
va siyosat kabi ikkilamchi axborotlarni ham


background image

Universal International Scientific Journal

2025, 2(5)

35

6

oʻrganish

imkoniyatini

beradi.

Buni

quyidagicha ifodalash mumkin:

Nutqiy

janrlarni

ekstralingvistik

jihatdan oʻrganish nutqiy janrlar adresanti va
adresati oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar,
ularning situativ holati, shu bilan birga,
adresant va adresatlarning ruhiy va ma'naviy
olami, ijtimoiy dunyosi, shaxs sifatidagi
individual xarakter xususiyatlari, shaxs va
jamiyat, shaxs va jamiyat madaniyati, milliy
qarashlari kabi bir qator axborotlar ustida
ishlash demakdir. Nutqiy janrlarni lingvistik
oʻrganish esa nutqiy janrlarning matniy
xususiyatlari,

leksik-grammatik

tuzilishi,

sintaktik xususiyatlarini oʻrganishni nazarda
tutadi.

Nutqiy

janrlarni

lingvistik

va

ekstralingvistik jihatdan tadqiq qilish nutqiy
janrlarning

kommunikativ

funksiyasini

toʻlaqonli ochib berishda muhimdir. Shu
sababli ham hozirgi kunda nutqiy janrlarning
lingvistik va ekstralingvistik tadqiqi yonma-
yon oʻrganilib borilmoqdaki, har ikki
yondoshuv ham bir-birlarini toʻldirgan holda
nutqiy janrlarning kommunikativ tabiatini
ochib berishga xizmat qiladi. Nutqiy janrlar
tadqiqida alohida nutqiy janrning oʻziga xos

lingvistik jihatlarini tadqiq qilish ham
ommalashib bormoqda. Hozirgi kunga qadar
turli tizimli tillarda 400 ga yaqin alohida
nutqiy janrlarning lingvistik tadqiqi olib
borilgan va ularning universal va milliy
madaniy xususiyatlari ochib berilgan. Ammo
shuni alohida ta'kidlash joizki, til tizimida
universal va milliy nutqiy janrlar ham mavjud.
Masalan, askiya nutqiy janri oʻzbek
lingvomadaniyatiga xos nutqiy janr boʻlib,
boshqa lingvomadaniyatlarda mavjud emas.
Ingliz lingvomadaniyatida esa dozen’s nutqiy
janri oʻziga xos nutqiy janr sifatida milliylik
kasb etadi. Xuddi shu nuqtai nazardan kelib
chiqib aytish mumkinki, nutqiy janrlarning
lingvomadaniy xususiyatlari til tizimidagi
oʻziga xos milliy nutqiy janrlar tadqiqida
muhimdir.

Xulosa qilib aytganda, nutqiy janrlar

tadqiqi

endigina

rivojlanayotgan

va

ommalashayotgan lingvistik yoʻnalishdir.
Ushbu yoʻnalishda oʻz echimini kutayotgan
masalalar talaygina. Bu esa zamonaviy
tilshunos olimlar oldiga ulkan vazifalar
yuklaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1. T.A.van Deyk. Yazik, Poznanie, Kommunikasiya. M., “Progress”, 1089, 312 s.
2. M.M. Baxtin. Postanovka problemi i opredelenie rechevix janrov. Literaturno-kriticheskie stati.
M.: «Xudojestvennaya literatura», 1986, s. 428 .
3. V.V. Dementev. Teoriya rechevix janrov. M.: Znak, 2010, s 600

Bibliografik manbalar

T.A.van Deyk. Yazik, Poznanie, Kommunikasiya. M., “Progress”, 1089, 312 s.

M.M. Baxtin. Postanovka problemi i opredelenie rechevix janrov. Literaturno-kriticheskie stati. M.: «Xudojestvennaya literatura», 1986, s. 428 .

V.V. Dementev. Teoriya rechevix janrov. M.: Znak, 2010, s 600