Universal International Scientific Journal
349
Norgul Roʻzimova
Urganch davlat universiteti
Xorijiy filologiya fakulteti, Fakultetlararo chet tillari oʻqituvchisi
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu maqolada dasturxon nutqi bilan bogʻliq nutqiy janrlar xilma-xilligi toʻgʻrisida
fikr yuritiladi. Xususan, ingliz va oʻzbek lingvomadaniyatida dasturxon nutqida faol qoʻllaniluvchi nutqiy
janrlar adresant va adresat omillariga bogʻliq tarzda yuzaga kelishi, ularning milliy-madaniy
koʻrsatkichlari, verbal ifodalarining mikro, makro va gipermatn xajmidagi matn sifatida shakllanishi hamda
ularning lingvistik oʻrganilish usullari haqida ilmiy va nazariy fikrlar taqdim qilinadi.
Kalit so‘zlar:
dasturxon nutqi, qadah soʻzi, tilak, duo,
minnatdorchilik bildirish, dasturxonga
taklif, verbal va noverbal vositalar kabilar.
Аннотация:
В етой стате рассматриваеця многообразие разговорних жанров, связанних со
застолной речю. В частности, представлени научние и теоретичэские мнения о возникновении
разговорних жанров, связанних с застолем, которие активно исползуюця в английском и узбекском
язикознании, в зависимости от факторов адресанта и получателя, их насионално-културних
показателей, формирования словесних виражений в виде текстов в микро-, макро- и гипертексте.
Ключевые слова:
застолная реч, тост, пожелание, молитва, благодарност, приглашение к
столу, вербалние и невербалние средства и т.д..
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi: https://universaljurnal.uz
DASTURXON NUTQI JANRLARI LINGVISTIK OB'EKT SIFATIDA (INGLIZ VA OʻZBEK
TILLARI MISOLIDA)
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 5
Published: 31.05.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
3
50
Abstract:
This article examines the variety of conversational genres associated with table speech. In
particular, scientific and theoretical opinions are presented on the emergence of conversational genres
associated with the feast, which are actively used in English and Uzbek linguistics, depending on the factors
of the addressee and recipient, their national and cultural indicators, the formation of verbal expressions in
the form of texts in micro, macro and hypertext.
Keywords:
table speech, toast, wish, prayer, gratitude, invitation to the table, verbal and non-verbal
means and etc.
Language:
Uzbek
Citation:
Ruzimova, N. (2025). TABLE SPEECH GENRES AS LINGUISTIC OBJECTS (ON THE
EXAMPLE OF ENGLISH AND UZBEKISTAN). Universal International Scientific Journal, 2(5), 349–352.
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/3008
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Til
tizimidagi
nutqiy
hodisalar
tadqiqining
tilshunoslikda
dastlabki
oʻrinlardan joy olishi bevosita tilshunoslar
e'tiborining
nutqiy
hodisalar
tadqiqiga
qaratilishi bilan izohlanadi. Asosan 20 asrning
ikkinchi
yarmidan
rus
tilshunosligida
lingvistik yondoshuv asosida nutqiy janrlarni
oʻrganish zarurligi haqidagi nazariy fikrlar
bildirilganidan soʻng til tizimidagi alohida
nutqiy janrlar tadqiqi an'anasi boshlandi va
hozirgi kunda deyarli 250 dan ortiq mustaqil
nutqiy
janrlarning
lingvistik
va
ekstralingvistik
xususiyatlari
tadqiqot
ob'ektiga aylandi .
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
Bugungi kunga kelib muayyan diskursiv
muhitda hosil boʻluvchi nutqiy janrlar tadqiqi
ham oʻziga xos lingvistik ob'ekt sifatida
tanlanmoqda. Evropa lingvomadaniyatida
dasturxon nutqida amalda boʻlgan suhbat,
qadah soʻzi, tilak bildirish kabi nutqiy janrlar
alohida lingvistik tadqiqot ob'ekti sifatida
allaqachon oʻrganilgan .
Tadqiqot metodologiyasi. Ingliz va
oʻzbek
tillarida
dasturxon
nutqining
chogʻishtirma tadqiqi dasturxon nutqi bilan
bogʻliq nutqiy janrlar lingvistikasini oʻrganish
bilan birga, ingliz va oʻzbek tillarida dasturxon
nutqi janr turlari va tasnifi, universal va
xususiy turlari, dasturxon nutqi janrlarining
lingvistik vositalari, matniy ifodalanishidagi
oʻhshash
va
nooʻhshash
xususiyatlari
oʻrganishga imkon beradi.
Tahlil va natijalar. Ma'lumki, til
tizimida hosil boʻluvchi har bir nutqiy tuzilma
oʻziga xos kommunikativ muhitga tegishli
boʻladi. Kommunikativ muhit esa leksik,
grammatik va uslubiy tanlovga asoslangan
holda ushbu muhitga moslashgan nutqiy
tuzilmalarni ishlab chiqadi. Shu nuqtai
nazardan
muayyan
nutqiy
muhitga
moslashgan
nutqiy
birliklar
tizimini
oʻrganishda diskurs atamasining qoʻllanilishi
ham bejizga emas. Dasturxon nutqi bilan
bogʻliq nutqiy vaziyat ham dasturxon
muloqoti diskursi bilan bogʻliq nutqiy janrlar
va nutqiy aktlarning oʻzaro ham mazmunan,
Universal International Scientific Journal
3
51
ham shaklan yaxlit kompozision ketma-
ketlikda hosil boʻlishini talab qiladi.
Dasturxon
nutqida
turli
nutqiy
janrlarning qoʻllanilishi nutqiy vaziyatning
tantanali,
marosimli
yoki
norasmiy,
marosimsiz
kabi
xususiyatlariga
yohud
adresant va adresatlarning milliy-madaniy,
sosiolingvistik
xususiyatlariga
bogʻliq.
Masalan, ingliz lingvomadaniyatida rasmiy
tantanavorlilik ruhidagi dasturxon nutqi
koʻpincha koʻtarinki ruhdagi nutqlarga boy
boʻlib, bu vaziyatda rasmiy tabrik, tilak, qadah
soʻzi kabi nutqiy janrlar etakchilik qilsa,
oʻzbek lingvomadaniyatida esa koʻproq duo
nutqiy janri amalda boʻladi. Bu kabi
xususiyatlar
dasturxon
nutqida
koʻp
qoʻllaniladigan nutqiy janrlarning milliy-
madaniy va ijtimoiy lingvistik xususiyatlarini
ham inobatga olib tadqiq qilish zarurligini
koʻrsatadi.
Har bir kommunikativ muhitning
milliy-madaniy xususiyatlari borki, bunda
ushbu
muhit
uchun
jamoa
tomonidan
tanlangan leksika, grammatik va sintaktik
nutqiy tuzilmalar moʻljallanadi. Muayyan
kommunikativ muhit uchun moʻljallangan
sosiolingvistik va milliy-madaniy talablar
oʻziga xos milliy nutqiy etiketni yuzaga
keltiradi. Demak, til tizimida muayyan
kommunikativ muhit uchun moʻljallangan
nutq turlarida muayyan nutqiy janrlarning
qoʻllanilishi til egalarining milliy tanlovlariga
bogʻliq.
Dasturxon nutqi tushunchasi keng
ma'nodagi tushuncha sifatida muayyan voqea
va hodisalarni nishonlashdan tortib, kundalik
ovqatlanish jarayonlarida boʻlib oʻtadigan
barcha nutqlarni oʻz ichiga oladi. Dasturxon
nutqida uchraydigan nutqiy janrlar va nutqiy
aktlar universal yoki milliy xoslangan boʻladi.
Masalan, murojaat va taklif nutqiy aktlari,
minnatdorchilik bildirish, maqtov nutqiy
janrlari barcha til vakillari uchun universal
qoʻllanilsa, qadah soʻzi, tabrik, duo,
shukronalik keltirish, tilak aytish, she'r,
qoʻshiq aytish, dasturxondagi suhbatlar, hazil,
qadah soʻzi, minnatdorchilik bildirish,
tashakkur aytish kabilar adresant va adresat
tanloviga bogʻliq tarzda foydalaniladigan
nutqiy janrlardir.
Ingliz va oʻzbek lingvomadaniyatida
dasturxon nutqi oʻziga xos verbal va noverbal
vositalar asosida shakllanuvchi nutqiy janrdir.
Har ikkala tilda ham dasturxon nutqida hosil
boʻladigan nutqiy janrlar verbal va noverbal
vositalar
orqali
reallashadi.
Dasturxon
nutqidagi nutqiy janrlar verbal vositalar orqali
ifodalanganda nutqiy janrlarning matniy
koʻrinishi nazarda tutiladi. Dasturxon nutqi
bilan
bogʻliq
nutqiy
janrlar
matniy
kompozision tuzilishiga koʻra kirish, asosiy va
yakuniy qismlardan iborat boʻladi. Ularning
matniy koʻrinishi mikromatn, makromatn va
gipermatn xajmida boʻlishi mumkin.
Til
tizimida
diniy
marosim
xarakteridagi dasturxon nutqi oʻziga xos
gipermatnli nutqiy janrlar va nutqiy aktlarni
ishlab
chiqadi.
Masalan,
oʻzbek
lingvomadaniyatida mushkulkushod, ehson,
ta'ziya, toʻy, yubiley, tugilgan kun nutqlari
gipermatn xajmida shakllanib, ular tarkibida
makro va mikroxajmli nutqiy janrlar ishtirok
etadi.
Kundalik
maishiy
xarakterdagi
dasturxon nutqi esa soʻzlovchi va tinglovchi
ishtirokiga qarab, bir yoki undan ortiq
mikromatnli nutqiy janrdan foydalaniladi.
Oʻzbek lingvomadaniyatidagi adresantning bir
oʻzi ovqatlaganda ham qoʻllashi lozim boʻlgan
tanovulni boshlash va shukronalik duolarini
aytish odati bilan bogʻliq mikromatnli nutqiy
janrlar eng kichik xajmdagi nutqiy janrlardir.
Bundan
tashqari
dialogik
xarakterdagi
dasturxon nutqida toamga taklif, murojaat
Universal International Scientific Journal
3
52
nutqiy aktlari eng faol qoʻllaniluvchi nutqiy
aktlardir.
Ta'ziya nutqiy vaziyatida gipermatnli
dasturxon
nutqi
uchraydi.
Ta'ziya
marosimidagi dasturxon nutqi diniy marosim
xarakterida boʻlganligi sababli diniy matnlar,
xususan, iltijo, duo, tilak kabilar faol
qoʻllaniladi. Ta'ziya bilan bogʻliq dasturxon
nutqida qoʻllaniluvchi nutqiy janrlar milliy-
madaniy
koʻrsatkichlarga
ega.
Ingliz
lingvomadaniyatida qadah koʻtarish orqali
marhumni yodga olish, marhumning yaxshi
taraflarini aytish orqali maqtash, marhum bilan
bogʻliq voqealarni aytish, marhum haqqiga
duo va tilaklar aytish kabilar, oʻzbek
lingvomadaniyatida esa marhumni maqtash,
marhumga duo va tilak aytish, yaxshi
sifatlarini aytib oʻtish, marhum yaqinlariga
hamdardlik bildirish, marhum oilasi vakillari
va oilaviy holati haqidagi suhbat kabilar faol
qoʻllaniladi, ammo qadah soʻzi nutqiy janri
qoʻllanilmaydi.
Xulosa va takliflar. Xulosa
sifatida aytish mumkinki, hozirgi xalqlar
oʻrtasidagi globallashuv sharoitida ingliz va
oʻzbek tillarida dasturxon nutqi etiketining
oʻrganilishi ushbu til vakillarining oʻzga til
vakillari nutqiy madaniyatlaridan xabardor
boʻlgan holda ularning nutqiy odobini hurmat
qilgan holda suhbatlashish imkonini beradi.
Bu esa madaniyatlararo muloqotni amalga
oshirishda oʻzga tilda soʻzlashuvchi kishilar
oʻrtasidagi oʻzaro hurmatni shakllantirish va
saqlab qolishdagi eng muhim lingvistik
omillardandir.
Hozirgi kunda ingliz va oʻzbek tillari
misolida dasturxon nutqidagi nutqiy aktlar va
nutqiy
janrlarning
milliy-madaniy
xususiyatlarini oʻrganish yuzasidan ilmiy
tadqiqotlarning olib borilmaganligini alohida
ta'kidlash joiz. Bu esa ushbu tadqiqotning
yangiligini, shu bilan birga oʻrganilish lozim
boʻlgan alohida lingvistik tadqiqot ekanligini
anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. Dementev V.V. Teoriya rechevix janrov. (Kommunikativnie strategii kulturi). – M, 2010. – S. 597.
2. Portnix N.N. Prazdnichnaya zastolnaya beseda kak predmet rechi na shkolnom uroke literaturi.
Filologicheskie nauki. Voprosi teorii i praktiki. Tambov: Gramota, 2016. № 7(61): v 3-x ch. Ch.3. S
202-205.
3. N.I.Shixkibirova. Yazikovaya igra v toste. Avtoref.d.kand..filol. nauk, Maxachkala, 2012, 33 s
