Mualliflar

  • Dilmurod Yusupov
    NamDPI
  • Mashhuraxon Musajonova
    NamDPI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.57662

Kalit so‘zlar:

yadro fizika innovatsion texnologiyalar loyihalash o‘qitish metodikasi samaradorlik inkreativ o‘quv usullari

Annotasiya

Yadro fizikasining murakkab mavzularini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi orqali o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va qiziqishini oshirishga xizmat qiluvchiloyihalash asosidagi o‘quv usullari, ulardan foydalanish natijalari hamda amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari keltirilgan


background image

200

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA FIZIKANING YADRO

FIZIKASI BO‘LIMINI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA

O‘QITISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Yusupov Dilmurod Abdurashidovich, NamDPI, katta o‘qituvchi PhD
Musajonova Mashhuraxon Otabek qizi, NamDPI, 2-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Yadro fizikasining murakkab mavzularini zamonaviy

pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi orqali o‘qitishda
o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va qiziqishini oshirishga xizmat
qiluvchiloyihalash asosidagi o‘quv usullari, ulardan foydalanish natijalari hamda
amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari keltirilgan.

Kalit so‘zlari:

yadro fizika, innovatsion texnologiyalar, loyihalash, o‘qitish

metodikasi, samaradorlik, inkreativ o‘quv usullari.

Аннотация

:

Представлены

проектные

методы

обучения

,

служащие

повышению

научного

кругозора

и

интереса

студентов

к

преподаванию

сложных

тем

ядерной

физики

на

основе

современных

педагогических

технологий

,

результатов

их

использования

и

возможностей

практического

применения

.

Ключевые

слова

:

ядерная

физика

,

инновационные

технологии

,

дизайн

,

методика

обучения

,

эффективность

,

креативные

методы

обучения

.

Abstract:

Project-based teaching methods are presented, which serve to

enhance the scientific outlook and interest of students in teaching complex topics
of nuclear physics based on modern pedagogical technologies, the results of their
use and the possibilities of practical application.

Keywords:

nuclear physics, innovative technologies, design, teaching

methods, efficiency, creative teaching methods.

Zamonaviy dunyoda fan va texnologiyalar sohasidagi ilmiy yutuqlar ta’lim

jarayonlariga jadal ravishda kirib kelmoqda. Xususan, yadro fizikasi sohasida
innovatsion

texnologiyalardan

foydalanish

o‘quv

jarayonini

yanada

samaradorligini oshirish imkonini beradi. Umumiy fizikada yadro fizikasi bo’limi
nazariy jixatdan murakkab tushuntiruv apparatlar, zamonaviy yadroviy jarayonlar
va ularning nazariyalari bilan boy bo‘lib, o‘quvchilarning bu jarayonlarni
chuqurroq tushinishi uchun samarali metodikalardan foydalanish zarur
hisoblanadi. Shu bilan birga, innovatsion texnologiyarning joriy etilishi o‘qitish
jarayonida yadro fizikasi faniga nisbatan qiziqishini oshirishiga yordam beradi va
natijada bilim darajasini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda
innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan talab yuqori darajada va bevosita ta’lim
tizimiga ham allaqachon kirib kelgan. Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar
bilan fanni o‘quvchilarga taqdim etish fanga bo‘lgan qiziqishini, bilim va
ko‘nikmalarni oshirish asosiy masala sifatida qaraladi.

Dunyodagi ko‘plab ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlarada yadro

fizikasi o‘qitilishida zamonaviy texnologiyalar keng qo‘llanmoqda. Shuningdek


background image

201

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

O‘zbekistonda ham ushbu yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirilmoqda, ammo
yanada samarali va innovatsion usullarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori darajadaligicha
qolmoqda. O‘zbekistonda yadro fizikasi sohasida faoliyat olib boruvchi bir nechta
institutlar mavjud. Hozirgi kunda esa ushbu ta’lim maskanlarida bir qancha
yangiliklar olib borilmoqda. Ularning ba’zilari quyidagilar:

1. O‘zbekiston milliy universitetida yadro fizikasi va atom energiyasi

bo‘yicha tadqiqotlar olib boriladi. Fizika fakultetida esa yadro fizikasi bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlanadi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yadro fizikasi

institutida yadro tadqiqotlari va ilmiy ishlanmalar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

3. O‘zbekiston atom energitikasi agentligi: Bu agentlik yadro energiyasidan

tinchlik maqsadlarida, energetika isloxotlari va yadro texnologiyalarini
rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligida esa

yadro energiyasi va texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar va rivojlanish yo‘llari
bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshiradi.

Bu institutlar yadro fizikasi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish,

mutaxassislar tayyorlash va yadro energiyasidan foydalanish bo‘yicha ishlar olib
boradi. O‘zbekiston yadro fizikasi sohasida xalqaro hamkorlikni ham
rivojlantirmoqda.

Yadro fizikasi hozirgi kunda fundamental va amaliy fan sifatida muhim

ahamiyat kasb etadi. Uni o‘qitishda ilmiy texnik va texnologik yangiliklarni
qo‘llash imkoniyati o‘quvchilarga mavzuni chuqurroq anglash va tezroq
o‘zlashtirishga va yadroviy jarayonlarning zamonaviy tasavvurlari haqida virtual
tarzda tasavvurni uyg‘otish imkonini beradi. Zamonaviy ta’lim jarayonida
o‘quvchilarni mavzu bilan qiziqtirish hamda fanlaro bog‘liqlikni ta’minlashga
e’tabor qaratish zarur.

Bugungi kunda jahon energetika sohasida atom energetikasi global energiya

ta’minotida muhim rol o‘ynaydi. Yadro reaktorlari elektr energiyasini ishlab
chiqarishda samarali va kam uglerodli energiya manbai sifatida ko'riladi. Bu,
ayniqsa, iqlim o'zgarishi va energiya xavfsizligi masalalari doirasida dolzarbdir.

Yadro energiyasi bilan bog‘liq xavfsizlik masalalari, shu jumladan, yadro

reaktorlari va radioaktiv chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash, jamoatchilik va
hukumatlar uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli yadro reaktorlarining
zamonaviy 3+ avlodining takomillashuvi hisobiga yadro xavfsizligi standartlari
va nazorat mexanizmlari doimiy ravishda yangilanmoqda.

Yadro fizikasi sohasida yangi texnologiyalar, masalan, yadro sinovlari, yadro

tibbiyoti (radioterapiya) va yadro fizikasi asosida yangi materiallar ishlab chiqish
kabi tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu tadqiqotlar tibbiyot, sanoat va ilm-fan
sohalarida qo‘llaniladi. Yadro fizikasi ta’limi va kadrlar tayyorlash ham dolzarb
masalalardan biridir. Yadro fizikasi bo‘yicha mutaxassislar yetishmasligi, ilmiy
tadqiqotlar va sanoat ehtiyojlarini qondirish uchun muhimdir.


background image

202

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

Yadro fizikasi hozirgi kunda ko'plab sohalarda, jumladan, energiya, tibbiyot,

xavfsizlik va ilmiy tadqiqotlarda dolzarb ahamiyatga ega.

Yadro fizikasining ilmiy-texnik yutuqlari asosida yotuvchi yadroviy

jarayonlarning zamonaviy nazariyalarini o‘quvchilarga samarali va qiziqarli
usulda

o‘qitish

muammosi

mavjud.

An’anaviy

o‘qitish

metodikalari

murakkabligi, mavzularni o‘quvchilarga yetarli darajada yetkazib bera olmaslik,
o‘quvchilarning qiziqishini kamaytirib, o‘zlashtirish jarayoniga salbiy ta’sir
qilmoqda. Shuning uchun innovatsion texnologiyalar yordamida o‘qitishni yo‘lga
qo‘yish zarur. Yadro fizikasi sohasidagi tadqiqot muammolari ko‘p va xilma-
xildir. Quyida ba‘zi asosiy muammolar keltirilgan:

1. Yadro energetikasining xavfsizligi: yadro reaktorlari va ularning ishlashi

bilan bog‘liq xavfsizlik masalalari, shu jumladan, yadro avariyalari, radioaktiv
chiqindilarni boshqarish va yadro materiallarining noqonuniy foydalanishi kabi
muammolar;

2. Radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash: yadro energiyasidan foydalanish

natijasida hosil bo'ladigan radioaktiv chiqindilarni xavfsiz saqlash va utilizatsiya
qilish masalalari hali ham yechimini kutmoqda. Ularning uzoq muddatli
saqlanishi va atrof-muhitga ta'siri haqida ko'plab savollar mavjud;

3. Yadro qurollarining tarqalishi: xalqaro yadro tashkiloti MAGATE

hamkorligidagi yadro qurollari va ularning nazoratini kuchaytirish, shuningdek,
yadro qurollarini kamaytirish bo'yicha xalqaro kelishuvlarni amalga oshirish
muammolari dolzarbdir;

4. Yadro sinovlari: yadro sinovlarini amalga oshirish va ularning ta'sirini

o'rganish, shuningdek, yangi yadro materiallarini ishlab chiqish va sinovdan
o'tkazish jarayonlari murakkab va ko'p jihatdan noaniqligi;

5. Yadro fizikasi va energiya manbalari: yadro energetikasining

samaradorligini oshirish, yangi avlod yadro reaktorlari (masalan, 3+ avlod yadro
reaktorlari) va yadro sintezini amalga oshirish bo'yicha tadqiqotlar;

6. Yadro tibbiyoti: yadro fizikasi tibbiyotda, ayniqsa, radioterapiya va

diagnostika usullarida qo'llaniladi. Bu sohada yangi texnologiyalarni ishlab
chiqish va ularni klinik amaliyotga joriy etish muammolari;

7. Iqlim o'zgarishi va energiya xavfsizligi: atom energetikasi iqlim o'zgarishi

bilan kurashishda muhim rol o'ynashi mumkin, sababi an’anaviy usulga nisbatan
bu jarayonda kislorod talab etilmaydi va is gazi chiqarilmaydi. Ammo bu sohada
ham ko'plab muammolar va qarama-qarshiliklar mavjud.

Bu muammolar yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va rivojlanishlar uchun

yangi imkoniyatlar va dolzarblik kasb etadi.

Tadqiqotimiz jarayonida yadro fizikasi mavzulari yuqori darajadagi

abstraksiyaga egaligi va fizikaning murakkab sohalaridan sanalgani uchun dastlab
yadroviy jarayonlarda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni anglab olishda yuzaga
keladigan muammolar aniqlanib, ularni hal etish yo‘llarini belgilab olish muhim
ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Shuning uchun fanning o‘quv mazmunini
tanlanishida nazariy bilimlar tushunchalarini fizik mohiyatini idrok etishda, ya’ni


background image

203

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

fizik hodisa, fizik kattalik, model, g‘oya, nazariya, atom yadrosi, massa nuqsoni,
bog‘lanish energiyasi, radioaktivlik, ionlashtiruvchi nurlar kabi tushunchalarni
fundamental qonunlarga mos kelishi va ilmiyligi ta’minlanishi lozim. Shu
ma’noda yadro fizikasi mazmunini yoritishda atom yadrosi, yadroviy o‘zgarishlar,
atom energetikasi va ionlashtiruvchi nurlarni tirik organizmlarga ta’siri kabi keng
mazmunli va ularni to‘la qamrab oladigan, mavzuga mos innovatsion
texnologiyalarini ishlab chiqish bilan talabalar ongida yadroviy jarayonlarning
zamonaviy tasavvurini shakllantirish va rivojlantirish orqali o‘qitish metodikasini
rivojlantirish zaruriyati mavjud.

Tadqiqotlar davomida taqqoslash, eksperimenish va kuzatishlar metodlari

qo‘llaniladi. Eksperimental va nazorat guruhlar bilan olib borilgan dars jarayonlari
tahlil qilinadi. Inkreativ dasturlar va simulyatsiyalardan foydalanish orqali yadro
fizikasi mavzularining tushuntirish samaradorligi baholanadi.

Quyida yadro fizikasini o‘qitishda foydalanish mumkin bo‘lgan innovatsion

texnologiyalar va metodlar keltirilgan:

1. Interaktiv ta'lim platformalari
- Onlayn kurslar va vebinarlar: O‘quvchilar uchun yadro fizikasiga oid

onlayn kurslar va vebinarlar tashkil etish. Bu platformalar orqali o‘quvchilar
mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

- O‘quv dasturlari: Interaktiv dasturlar yordamida yadro fizikasining asosiy

tushunchalarini o‘rganish. Masalan, simulyatsiya dasturlari orqali yadro
reaktsiyalarini ko‘rsatish.

2. Simulyatsiya va virtual laboratoriyalar
- Virtual laboratoriyalar: O‘quvchilarga yadro fizikasidagi tajribalarni virtual

muhitda o‘tkazish imkonini beruvchi dasturlar. Bu orqali xavfsizlik
muammolarini hal qilish va tajribalarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

- Simulyatsiya dasturlari: Yadro reaktsiyalarini va boshqa jarayonlarni

simulyatsiya qilish orqali o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga
aylantirish.

3. Multimedia va vizual materiallar
Video darslar: Yadro fizikasining murakkab tushunchalarini tushuntirish

uchun video darslar tayyorlash. Bu darslar animatsiyalar va grafikalar yordamida
ko‘rsatilishi mumkin.

- Infografikalar: Yadro fizikasiga oid ma'lumotlarni vizual tarzda taqdim

etish. Bu o‘quvchilarga ma'lumotlarni tez va oson qabul qilish imkonini beradi.

4. Gamer va gamifikatsiya
- O‘yinlar orqali o‘qitish: Yadro fizikasiga oid o‘yinlar yaratish yoki mavjud

o‘yinlardan foydalanish. Bu o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va o‘rganish
jarayonini qiziqarli qiladi.

- Gamifikatsiya: O‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish, masalan, ball

to‘plash, mukofotlar berish va raqobat muhitini yaratish.

5. Kollaborativ o‘qitish


background image

204

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

- Guruh ishlari: O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, yadro fizikasiga oid

muammolarni hal qilishga jalb qilish. Bu usul o‘quvchilarning fikr almashish va
birgalikda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

- Loyihalar: O‘quvchilarga yadro fizikasiga oid loyihalar ustida ishlash

imkonini berish. Bu orqali ular nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashni
o‘rganadilar.

6. Mobil ilovalar
- O‘quv ilovalari: Yadro fizikasini o‘rganish uchun mobil ilovalar yaratish.

Bu ilovalar orqali o‘quvchilar har doim va har joyda o‘qish imkoniyatiga ega
bo‘lishadi.

- Interaktiv testlar: O‘quvchilarning bilimlarini baholash uchun mobil

ilovalar orqali interaktiv testlar o'tkazish.

7. Yangi texnologiyalar
- Augmented Reality (AR) va Virtual Reality (VR): Yadro fizikasini

o‘rganishda AR va VR texnologiyalaridan foydalanish. Bu texnologiyalar
o‘quvchilarga yadro jarayonlarini real vaqt rejimida ko‘rish imkonini beradi.

- 3D modellashtirish: Yadro fizikasi tushunchalarini 3D modellar yordamida

ko‘rsatish. Bu o‘quvchilarga murakkab strukturalarni yaxshiroq tushunishga
yordam beradi.

Yuqorida keltirilgan metodlardan foydalanish yadro fizikasining rivojlanish

istiqbollariga keng imkoniyat yaratib beradi.

Yuqoridagi fikrlardan shu kelib chiqadiki, innovatsion texnologiyalar

qo‘llagan eksperimental guruhda yadro fizikasiga oid bilimlarini o‘zlashtirish
darajasi nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo‘lishini kuzatish extimolligi
mavjuddir. Dastlabki tadqiqotlarimiz jarayonida o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan
so‘rovnomalar asosida ushbu yondashuvning o‘quvchilar qiziqishini oshirishi va
murakkab mavzularni oson tarzda anglashga va shu mavzu asosida bilim va
ko‘nikmalar hosil bo‘lishi aniqlandi.

Xulosa.

Ixtisoslashtirilgan maktablarida fizikaning yadro fizikasi bo’limini

innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirilgan o‘qitish metodikasi
o‘quv

jarayonini

samaradorligini

oshiradi.

Interaktiv

texnologiyalar,

simulyatsiyalar va boshqa innovatsion vositalar yordamida o‘quvchilarning
mavzuga bo‘lgan qiziqishi va o‘zlashtirish darajasi sezilarli darajada yaxshilanishi
mumkin. Bunday yondashuvlar o‘quvchilarning analitik fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantiradi va yadroviy jarayonlarning zamonaviy nazariyalarini, murakkab
ilmiy konsepsiyalarni samaraliroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Va shu bilan
birgalikda yadro fizikasini rivojlanishi iqtisodiy, ilmiy, tibbiy sohalardagi
rivojlanish jadaligini oshirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarga fan mazmunini
innovatsion tarzda taqdim etish esa ularda ilmiy, amaliy va olamni anglashda
ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish jihatidan yetuk bo‘lishlariga didattik vosita
bo‘la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:


background image

205

www.namspi.uz

universaljurnal.uz

1. Smith, J. & Brown, L. (2018). Innovative Approaches in Nuclear Physics

Education.Physics Education Research Journal.

2. Yusupov D.A. Kompyuter texnologiyalari yordamida yadro fizikasini o‘qitish

samaradorligini orttirish usullari // Zamonaviy ta’lim. Metodik jurnal. – Toshkent,
2022. -

2. – B. 52-57

3. Yusupov D.A., Qo‘chqorov H.O. Turli xildagi energiya manba’lari xavfsizlik

va istiqbol darajalarini taqqoslash orqali o‘rganish usullari // Zamonaviy ta’lim.
Metodik jurnal. – Toshkent, 2022. -

5. – B. 16-24.

4. Yusupov D.A. Yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini innovatsion

texnologiyalar asosida takomillashtirish // Fizika, matematika va informatika jurnali.
– Toshkent, 2023. –

1. – B.75-84.

5. Yusupov D.A. Benefits of improved teaching methodology for teaching

nuclear physics sections in universities based on innovative technologies // World
Bulletin of Social Sciences (WBSS). Year: 2023, Issue: 2, Volume: 19 – P. 86-91

6. Qo‘chqarov

X.O.,

Yusupov

D.A

Fundamental

fanlarni

o‘qitish

samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari va yechimlari : Academic
Research in Educational Sciences. Volume 2. Uzbekistan 2021. DOI:
10.24412/2181-1385-2021-11-448-455.p.448-455.

7.

Abdugaffor Khurmamatov, Abdurahim Matkarimov, Alisher Auesbaev,

Usnatdin Utegenov

Results Of Experiments On Studying The Composition And

Purification Of Technical Water Of Oil And Gas Processing Plant //

Processes of

Petrochemistry and Oil Refining 2023

.-

4

Bibliografik manbalar

Smith, J. & Brown, L. (2018). Innovative Approaches in Nuclear Physics Education.Physics Education Research Journal.

Yusupov D.A. Kompyuter texnologiyalari yordamida yadro fizikasini o‘qitish samaradorligini orttirish usullari // Zamonaviy ta’lim. Metodik jurnal. – Toshkent, 2022. - №2. – B. 52-57

Yusupov D.A., Qo‘chqorov H.O. Turli xildagi energiya manba’lari xavfsizlik va istiqbol darajalarini taqqoslash orqali o‘rganish usullari // Zamonaviy ta’lim. Metodik jurnal. – Toshkent, 2022. - №5. – B. 16-24.

Yusupov D.A. Yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish // Fizika, matematika va informatika jurnali. – Toshkent, 2023. – №1. – B.75-84.

Yusupov D.A. Benefits of improved teaching methodology for teaching nuclear physics sections in universities based on innovative technologies // World Bulletin of Social Sciences (WBSS). Year: 2023, Issue: 2, Volume: 19 – P. 86-91

Qo‘chqarov X.O., Yusupov D.A Fundamental fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari va yechimlari : Academic Research in Educational Sciences. Volume 2. Uzbekistan 2021. DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-448-455.p.448-455.

Abdugaffor Khurmamatov, Abdurahim Matkarimov, Alisher Auesbaev, Usnatdin Utegenov Results Of Experiments On Studying The Composition And Purification Of Technical Water Of Oil And Gas Processing Plant // Processes of Petrochemistry and Oil Refining 2023.- №4