212
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
TALABALARGA ENERGIYA MANBA‘LARINI TAQQOSLAB
O‘QITISH ORQALI ATOM ENERGETIKASI HAQIDA ADEKVAT
MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH
Yusupov Dilmurod Abdurashidovich, NamDPI, katta o‘qituvchi PhD
Shodmonboyeva Sayohat Karimjon qizi, NamDPI, 2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada oliy ta’limda yadro fizikasi bo‘limi mavzularini
innovatsion texnologiyalar asosida barcha turdagi energiya manba‘larini afzal
va zaif tomonlarini tahlili orqali o‘qitish bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Yadroviy texnologik qurilmalar, massa va energiya,
innovatsion texnologiyalar, atom reaktorlari, kelajak energetikasi.
Аннотация
:
В
статье
описано
преподавание
предметов
кафедры
ядерной
физики
в
высшей
школе
на
основе
инновационных
технологий
через
анализ
преимуществ
и
недостатков
всех
видов
источников
энергии
.
Ключевые
слова
:
ядерные
технологические
устройства
,
масса
и
энергетика
,
инновационные
технологии
,
ядерные
реакторы
,
энергетика
будущего
.
Abstract: The article describes the teaching of subjects in the
Department of Nuclear Physics in higher education based on innovative
technologies through the analysis of the advantages and disadvantages of all
types of energy sources.
Keywords: nuclear technology devices, mass and energy, innovative
technologies, nuclear reactors, energy of the future.
Jahon hamjamiyatini bugungi rivojlanish bosqichida energiya iste’moliga
bo‘lgan talab, uni ishlab chiqarish sur’atiga nisbatan anchayin tez ortmoqda [1].
Shu bois barcha turdagi energiya manba‘larini afzal va zaif tomonlarini
taxlili asosida qanday turdagi energiya manba‘lari iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishda
ustivor yo‘nalishga egaligini ko‘rsatish o‘ta muxim hisoblanadi. Bunda insoniyat
foydalanayotgan energiya manba‘lari imkoniyatlari va to‘siqlarni barcha turdagi
elektr energiyasi manba‘larini yaratilish zaminida yotgan birlamchi tabiiy
manba‘larni solishtirish orqali baholanishi katta ahamiyatga ega.
Bundayin taqqoslashlar odatiy tarzda foydalanib kelinayotgan tabiiy
energiya manba‘lari: qazilmali neft, gaz, ko‘mir kabi qayta tiklanmaydigan
yonilg‘i elektrostantsiyalarining bugungi kunda kuchayib borayotgan ekologik
muammolarini, manbalarning cheklanganligini, foydalanishni qiymatligi va atrof
muxitga va salomatlikka ulkan zarar yetkazishini yaxshiroq anglashga hizmat
qiladi [1]. Hozirda ayrim mamlakatlar zangori energiya kelajagiga katta umid
bildirsalar, boshqalari iqtisodyotni rivojida yadro energetikasini ustivor deb
qaramoqdalar [4]. Rivojlanish bosqichiga o‘tayotgan bizning respublikamizda
ham energiya ta‘minotida zangori energiya manba‘lari bilan bir qatorda yadro
energetikasini rivojlantirishga ham katta e’tibor berilmoqda.
213
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Bunday turdagi energiya manba‘lariga katta e’tibor berilayotgani sabablari
qanday, ularning iqtisodiy rivojlanish uchun imkoniyalari yetarlimi, xar bir
mamlakat o‘z tabiiy joylashuviga ko‘ra qanday turdagi energiya manbai yaratish
uchun qulay sharoitga ega kabi masalalarni chuqur o‘rganish [2] bilan birga,
davlatning barqaror va yetarlicha energiya ta‘minotiga erishish yo‘lidagi
intilishlariga jamiyat ongli ravishda xayrixoxlik bilan birgalikda xarakat qilishiga
erishish lozim.
Shu ma‘noda jamiyatni energiya manba‘lariga nisbatan adekvat munosabatini
shakllantirishga erishish yo‘lidagi xarakatlar bugungi kunda o‘ta dolzarb masala
sanaladi.
Ushbu masalani yechimi sifatida barcha turdagi energiya manba‘larini afzal
va zaif tomonlarini taxlili asosida qanday turdagi energiya manba‘lari iqtisodiy
ijtimoiy rivojlanishda ustivor yo‘nalishga egaligini ko‘rsatish orqali talabalarda
gidroenergetika va yadroviy energetika manba‘larini ancha barqarorligini
ko‘rsatib, ularni zamonaviy tasavvurlarini shakllintirishda samarali natijalarga
erishadigan innovatsion o‘quv metodikasini ishlab chiqildi.
Ushbu innovatsion o‘quv metodikasini:
Ø
Turli hildagi energiya manba‘lari ish tamoillari, ularning energiya
ta‘minotiga qo‘sha olishi mumkin bo‘lgan ulushlari, barqaror ishlashdagi o‘ziga xos
tomonlari va tabiiy joylashuvdagi imkoniyat darajalari;
Ø
Zangori energetikani eng asosiy turlari sifatida shamol, quyosh, kichik va
ulkan gidro elektr stansiyalarini barcha xarakteristikalarini tahlil etib, ularni asosiy
afzal va kamchiliklarini ajratish;
Ø
Yadro va boshqa turdagi energiya manba‘larini ijtimoiy iqtisodiy hayotdagi
muxim xarakteristikalarini chuqur taxlili asosida o‘rganish metodlari asosini
didaktikani asosiy tamoyillari, ta‘limni zamonaviy kontseptsiyasi asosida yotuvchi
shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish usullari, pedagogik tadqiqotni metodologiyasi
bo‘yicha ta‘limotlar hamda o‘quv jarayonida informatsion texnologiyalardan
foydalanishga bag’ishlangan g’oyalar tashkil etadi.
Taklif etilayotgan o‘quv metodikasida Venn dagrammasi va Keys usullaridan
foydalaniladi. Chunki Venn diagrammasi asosan 2 va 3 farqlovchi jihatlarni hamda
umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun
qo‘llaniladi. Keys usulida esa, ob’ektning muayyan davrdagi bayoni ifodalangach,
muhokoma uchun keysga doir savollar to‘ldiriladi [1,2,4]. Natijada o‘quvchi
talabalarni energiya manba‘lari haqida real tasavvurga ega bo‘lishlaridan tashqari
tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Bunday mavzuni to‘la uzlashtirishni amaliy axamiyati shundaki, o‘quvchi
talabalar, O‘zbekistonning kelajak energetikasi rivojida zangori energetika bilan
birgalikda yadro energetikasini istiqboli yuqoriligi, ularning xavfsizligi, yuqori
darajada ta‘minlangani, muximi iqtisodiy rivojlanishda barqaror va yetarlicha
energiya quvvatiga ega bo‘lishini anglagan xolda yaratuvchanlik yo‘lida dadil
qadam tashlay oladilar.
214
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Shu bilan birga har bir mamlakat tabiiy sharoiti va imkoniyatidan kelib chiqib
energiya manba‘ini eng optimal turi [3,6] ni tanlashda keltirilgan ma‘lumotlardan
foydalanishi mumkin.
Xulosalar:
1. Barcha turdagi elektr energiyasi manbalarining tahlillari
asosida o‘rganilib ularni afzal va zaif tomonlarini solishtirib o‘rganish uchun
ma‘lumotlar aniqlandi.
2. Yadro va boshqa turdagi energiya manba‘larini ijtimoiy iqtisodiy
hayotdagi muhim xarakteristikalarini o‘zaro taqqoslashga imkon beruvchi jadval
yaratildi.
3. Atom elektr stansiyalarning yangi avlodi va istiqbollari haqida zamonaviy
tushunchalarni, muqobiy turdagi energiya manbalari bilan solishtirish orqali yadro
energetikasini barcha parametrlar bo‘yicha ustivorligi ko‘rsatib o‘tildi.
Adabiyotlar.
1. Yusupov D.A. Kompyuter texnologiyalari yordamida yadro fizikasini o‘qitish
samaradorligini orttirish usullari // Zamonaviy ta’lim. Metodik jurnal. – Toshkent,
2022. -
№
2. – B. 52-57
2.Yusupov D.A., Qo‘chqorov H.O. Turli xildagi energiya manba’lari xavfsizlik
va istiqbol darajalarini taqqoslash orqali o‘rganish usullari // Zamonaviy ta’lim.
Metodik jurnal. – Toshkent, 2022. -
№
5. – B. 16-24.
3.
Юсупов
Д
.
А
.
Необходимостъ
и
преимущества
применения
информационных
технологий
в
обучении
ядерной
физике
//
Современные
вопросы
естествознания
и
экономика
:
сборник
статей
Международная
научная
конференция
–
г
.
Прокопъевск
,
Москва
, 2022. –
С
. 491-494.
4. Qo‘chqarov
X.O.,
Yusupov
D.A
Fundamental
fanlarni
o‘qitish
samaradorligini oshirishning dolzarb muammolari va yechimlari : Academic
Research in Educational Sciences. Volume 2. Uzbekistan 2021. DOI:
10.24412/2181-1385-2021-11-448-455.p.448-455.
5. Yusupov D.A. Benefits of improved teaching methodology for teaching
nuclear physics sections in universities based on innovative technologies // World
Bulletin of Social Sciences (WBSS). Year: 2023, Issue: 2, Volume: 19 – P. 86-91
6. Yusupov D.A. Yadro fizikasi bo‘limini o‘qitish metodikasini innovatsion
texnologiyalar asosida takomillashtirish // Fizika, matematika va informatika jurnali.
– Toshkent, 2023. –
№
1. – B.75-84.
