551
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda sun’iy intellekt
elementlaridan foydalanishdagi mavjud ilovalar tahlili
Xo‘jamqulov Ravshanbek Hasanboy o‘g‘li
Ibrohimjonova Mohinabonu Jamoliddin qizi
Namangan Davlat Pedagogika instituti Matematika – informatika
yo‘nalishi 2-kurs talabalari
Ilmiy rahbar: NamDPI dotsenti M.Eshnazarova
Annotatsiya:
Ushbu maqola boshlang‘ch sinflarda matematika fanini o‘qitishda sun‘iy
intellekt texnologiyalarining o‘rni va afzalliklarini tahlil qiladi. Sun’iy intellekt
yordamida yaratilgan dasturlar, virtual o‘qituvchilar va matematika o‘yinlari
o‘quvchilarning o‘quv jarayonlarini qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi.
Kalit so‘zlar:
Matematika, sun’iy intellekt, raqamli texnologiya, ta’lim,
interaktiv, dastur.
Аннотация
:
В
данной
статье
анализируются
место
и
преимущества
технологий
искусственного
интеллекта
в
преподавании
математики
в
начальных
классах
.
Программы
,
созданные
с
помощью
искусственного
интеллекта
,
виртуальных
учителей
и
математических
игр
,
помогают
сделать
процессы
обучения
учащихся
интересными
и
эффективными
.
Ключевые
слова
:
Математика
,
искусственный
интеллект
,
цифровые
технологии
,
образование
,
интерактив
,
программа
.
Annotation:
This article analyzes the role and advantages of artificial intelligence
technologies in teaching mathematics in primary schools. Programs created using
artificial intelligence, virtual teachers and mathematical games help make
students' learning processes interesting and effective.
Keywords:
Mathematics, artificial intelligence, digital technology,
education, interactive, program.
Kirish
Boshlang‘ich ta’limda matematika fani o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi,
mantiqiy fikrlashi, o‘z fikrlarini erkin bayon qila olishi va muammolarni hal qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Raqamli texnologiyalardan
foydalanish ya’ni sun’iy intellekt texnologiyalari esa ta’lim jarayonini qiziqarli va
samarali qilish imkonini beradi. Sun’iy intellekt-kompyuter va dasturlarga
insonning fikrlash qobiliyatiga o’xshash imkoniyatni berish texnologiyasi. Sun’iy
intellekt hozirda ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi turli xizmatlarda keng qo‘llanilib
kelinmoqda. Ta’lim sohasida sun’iy intellektdan foydalanish yangi imkoniyatlarni
yaratmoqda. Keling, boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda sun’iy
intellekt texnologiyalari orqali qanday yondashuvlarni qo‘llash mumkinligini
ko‘rib chiqaylik.
Interaktiv dasturlar:
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar uchun tushunarli va
mahsuldor interaktiv dasturlar va o‘yinlar matematika fanini o‘rganishni
552
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
yengillashtiradi. Sun’iy intellekt orqali yaratilgan dasturlarning har biri
o‘quvchilarning individual qobiliyati va ehtiyojlariga moslashadi. Bu esa
o‘quvchilarga mos shaxsiy yondashuvni ta’minlaydi va ularning qiziqishini
oshiradi.
Tahlil va baholash:
Sun’iy intelekt asosida tahlil qilish texnologiyalari
yordamida o‘quvchilarning bilim darajasi, o‘zlashtirish qiyinchiliklari va
muvaffaqiyatlarini monitoring qilib boriladi.
Boshlang‘ich sinf matematikasi uchun sun’iy intelekt ilovalari
Boshlang‘ich sinf matematika fanida raqamlar, geometrik shakllar va oddiy
amallarni o‘rgatishga yordam beradigan sun’iy intellekt asosidagi o‘yinlar ishlab
chiqilgan. Bu o‘yinlar orqali bolalar dars jaroyonida charchamasdan matematika
bilan shug‘ullanadilar. Bunday ilovalarga misol sifatida
DreamBox Learning,
Prodigy, ALEKS, Matific, Khan Academy Kids, SplashLearn
kabi ilovalarni
misol qilishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan ilovalar orqali boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun matematika fanini o‘qitish yanada zavqli, nisbatan soddaroq,
tez va interaktiv tarzda o‘rganishga yordam beradi. Keling, bu ilovalarni tahlil
qilib chiqaylik:
DreamBox Learning:
Ushbu ilova matematikani o‘zlashtirish uchun
interaktiv va moslashuvchan muhit yaratadi. Har bir o‘quvchining ehtiyojiga mos
ravishda o‘quv materialini taqdim etadi va real vaqtda tahlil qilish orqali
o‘quvchilarga yordam beradi. Bu ilova matematika faniga chuqur kirish,
individual o‘sishni kuzatish, turli o‘yinlarga asoslangan darslar va moslashuvchan
o‘quv jarayoni kabi imkoniyatlarga ega.
Prodigy:
Bu o‘yin tarzidagi matematika platformasi bo‘lib, sun’iy intellekt
yordamida o‘quvchilarning bilim ko‘lamiga moslashadi. Ushbu ilova
o‘quvchilarga o‘yin orqali ta’lim beradi va bunda bolalar o‘ynab masalalarni
yechadilar, natijada ular matematikaga yanada qiziqishlari ortadi va bu fanni
o‘rganishlari osonlashadi.
553
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Matific:
Ushbu ilova boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun maroqli va
mazmunli matematik o‘yinlar va masalalar taqdim etadi. Bu ilova o‘yin va
masalalarni o‘quvchilar uchun mos tanlab qo‘yadi. Har bir mashq interaktiv
bo‘lib, bolalar muammoni hal qilish orqali o‘yinlar va jumboqlarga qadam
bosadilar, o‘yinlarni o‘ynash davomida o‘quvchi matematika fanini o‘rganadi,
fikrlash, mulohaza yuritish va dunyoqarash qobiliyatlarini shakllantirib boradi.
Ilova arifmetika, geometriya, algebra va boshqa matematik sohalar bo’yicha
kengaytirilgan darslarni taqdim etadi. Bu esa o‘quvchilarga har xil matematik
tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam beradi.
SplashLearn:
Ushbu ilova boshlang‘ich sinflar uchun raqamlar va
amallarni o‘rganishga yordam beradi. Ilovada hisoblash, qo‘shish, ayirish,
ko‘paytirish, bo‘lish kabi asosiy matematik ko‘nikmalarni rivojlantirishga
ko‘maklashadi. Sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini
kuzatib, ularga moslashtirilgan mashqlarni tashkil etadi va matematika o‘yinlari
orqali o‘rganishni mazmunli qiladi.
554
www.namspi.uz
universaljurnal.uz
Ushbu ilovalar yordamida o‘quvchilar matematika fanini yanada qulay va
oson o‘rganishda ijobiy va natijali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa
Boshlang‘ich sinflarda matematika fanini o‘qitishda sun’iy intellekt
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim jarayonini yangi darajaga olib chiqadi.
Ushbu maqolada keltirilgan sun’iy intellekt ilovalari har bir o‘quvchining
o‘zlashtirish darajasi va ehtiyojlariga mos keluvchi tarzda taqdim etilib, ta’lim
jarayonida individual yondashuvni ta’minlaydi. Muallif sifatida DreamBox
Learning platformasidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars berish jarayonida
foydalanishni tavsiya qilamiz. Ushbu platforma o‘quvchilarning matematik
bilimlarini interaktiv va shaxsiylashtirilgan shaklda o‘stirishga yordam beradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalari boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, bilim olish
jarayonini yengillashtirishi, o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli darajada
yaxshilashi, kelajakdagi murakkab hayotda muvaffaqiyatli inson bo’lib
yetishishlari uchun turli sharoit va imkoniyatlar yaratadi. Shu sababli, sun’iy
intellektning ta’lim jarayoniga integratsiyasi kelgusida yanada ko‘proq e’tiborga
loyiqdir. Biroq bu texnologiyalardan foydalanish samarali bo‘lishi uchun ta‘lim
muassasalari va o‘qituvchilar uni to‘g‘ri maqsadga integratsiya qilishlari kerak va
dars jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish uchun sinf xonalarida zarur
texnika va jihozlar bo‘lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
https://www.dreambox.com/
2.
https://www.prodigygame.com/main-en/
3.
https://www.matific.com/rus/ru//home/
4.
https://www.splashlearn.com/
