“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
161
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN
ISHLASHGA TAYYORLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR
Karimov Odiljon Toxirovich,
ADPI, Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot
faoliyatini tashkil etish bo‘limi
1-toifali muhandisi
Annotatsiya
: Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo‘ladi, lekin
odamlar u faqat aniq shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining
natijalari yaqqol va shubhasiz ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Ammo, aslida, aniq ko‘rinadigan
narsadan tashqari, odamlar odatda sezmaydigan va o‘zini kam ifodalagan, yashirin shaklda
namoyon qiladigan iste’dodlar ham mavjud. Tan olishimiz kerakki, boshlang‘ich sinflar
o‘quvchilari kamdan-kam hollarda o‘z iqtidorini namoyon etadi va shuning natijasida o‘z
iqtidorini rivojlantirish borasida e’tibordan chetda bo‘ladi. Shuning uchun ham boshlang‘ich
sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda rivojlantiruvchi, boyituvchi yondashuv -
bugungi kunda dunyo pedagogikasiga “enrichment” tushunchasi bilan kirib kelayotgan
yondashuv asosida ish olib borish zarur. Maqolada mazkur muammo tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
iqtidorli o‘quvchi, iste’dod, enrichment yondashuv, qobiliyat, ichki
salohiyat, sezgirlik, optimizm.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo‘ladi, lekin odamlar u
faqat aniq shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining natijalari yaqqol
va shubhasiz ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Ammo, aslida, aniq ko‘rinadigan narsadan tashqari,
odamlar odatda sezmaydigan va o‘zini kam ifodalagan, yashirin shaklda namoyon qiladigan
iste’dodlar ham mavjud. “Iqtidorlilar bilan shug‘ullangan o‘qituvchilar oson o‘rganish
iqtidorlilikni anglatishini aniq va yaqqol ko‘rinishi deb tushunishadi. Ammo, bu tushuncha
asosida ish olib borishimiz ko‘pincha xatolikka, iqtidorni so‘ndirib qo‘yishimizga sabab
bo‘lib qoladi. Misol uchun, buyuk fizik Albert Eynshteyn o‘z qobiliyatini nisbatan kech
ko‘rsatgan, shuning uchun o‘sha davrda uning ko‘plab o‘qituvchilari uni “qobiliyasiz” deb
hisoblashgan va keyinchalik uni, hatto, haydab yuborishgan”[5]. Shuning uchun ham
bugungi kunda butun dunyo miqyosida turli yo‘nalishlardagi iqtidorlilarga e’tibor, ularning
iqtidoridan foydalanish, ularga shart-sharoitlar yaratish, salohiyatini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqish ortib bormoqda
Zamonaviy ta’lim tizimi talablariga ko‘ra, butun dunyoda umumta’lim tamoyiliga
asoslangan ta’lim tizimi iqtidorlilarni oddiy o‘quvchilar bilan tenglashtirib, ularning talabini
qondira oladigan darajada bilim olishga imkon bermaydi. Dunyoning turli mamlakatlarida
mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, oddiy ta’lim
jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 30%da ijodiy qobiliyat susaygan.
Pedagogika tarixida iqtidorli bolalarni baxolashga ikki xil qarash mavjud. “Iqtidor – bu
noyob hodisa” degan qarashni qo‘llab-quvvatlovchi mutaxassislarga qarshi turuvchi ikkinchi
qarash tarafdorlari: “Har qanday bola bilan umid va sabr bilan ish olib boring, chunki
ko‘pchilik e’tiboriga tushmagan bolada ham iqtidorning ochilmagan qirralari bor”, - degan
fikrni bildirishadi[5]. Iqtidorli bolalarni baxolashga qaratilgan bu ikki xil qarash asosida
shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchisining asosiy vazifasi har
bir o‘quvchining iqtidorini rivojlantirishga hissa qo‘shishdir. Shuning uchun boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining o‘ziga xos qobiliyatlari darajasini aniqlash va bu qobiliyatni
rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Bu jarayondan ko‘rinib turibdiki, iqtidorli o‘quvchilar
bilan ishlash ko‘plab mutaxassislarning birgalikdagi harakatini talab etadi. Tan olishimiz
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
162
kerakki, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari kamdan-kam hollarda o‘z iqtidorini namoyon
etadi va shuning natijasida o‘z iqtidorini rivojlantirish borasida e’tibordan chetda bo‘ladi.
Kelajakda qaysi kasb egasi bo‘lishi nisbatan aniq bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilaridan farqli
ravishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z kelajagi haqida hali tassavvurga ega emaslar.
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda
rivojlantiruvchi, boyituvchi yondashuv - bugungi kunda dunyo pedagogikasiga “enrichment”
tushunchasi bilan kirib kelayotgan yondashuv asosida ish olib borish zarur.
Enrichment – inglizcha so‘z bo‘lib “boyitish” ma’nosini bildiradi. Ruschadagi tarjimasi
“nakopitelnogo“, “oboga
щ
yeniye” so‘zlariga to‘g‘ri keladigan bu yondashuv ta’lim
jarayonida o‘quvchining bilimini boyitish, qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchidagi
mavjud iqtidorni imkon qadar yuzaga chiqarishga qaratiladi. “Iqtidorli o‘quvchining ichki
salohiyatini rivojlantirishga, o‘z hayotining egasi, ijodkori bo‘lishga, o‘z oldiga aniq maqsad
qo‘yish va shu maqsadga erishish yo‘llarini topishga o‘rgatishga e’tibor qaratish zarur.
Iqtidorli o‘quvchi o‘z maqsadiga erishish uchun erkin fikrlashi, butun qobiliyatidan
foydalanishni bilishi va javobgarlikni xis qilishi kerak”[5].
E’tirof etish kerakki, har bir bola iqtidor egasi bo‘lib tug‘iladi. Bu iqtidorni yuzaga
chiqarish faqat alohida shaxs uchun emas, balki jamiyat va uning taraqqiyoti uchun zarurdir.
Yana shuni aytib o‘tish kerakki, iqtidor – inson ruhiyatining butun hayoti davomida tizimli
rivojlanadigan psixikaning imkoniyati bo‘lib, insonning boshqalarga nisbatan noan’anaviy
va kutilmagan yutuqlarga, natijalarga erishishini ta’minlaydi. Iqtidor insonning barcha
imkoniyatlarini va fikrlashini hayotning yangi talablarini hal qilishga va yangi sharoitlarga
moslashishga yo‘naltiradi. SHuning uchun zamonaviy pedagoglarga qo‘yiladigan asosiy
talablardan biri iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, iqtidorni kerakli yo‘nalishda rivojlantirish
uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitni yaratish,
o‘quvchi yoshlar ruhiyatini tushuna olish va malakali yordam bera olishdir.
“Shuni aytib o‘tish kerakki, iqtidorli o‘quvchi doimo nima bilandir chalg‘igan, doimo
ta’sirchang odam taassurotini qoldirishi mumkin. Ular uchun standart - qat’iy talablar yo‘q,
ular uchun konformist – intizomli, tartibli, itoatkor bo‘lish qiyin, ayniqsa, mavjud norma va
qoidalar ularning manfaatlariga zid bo‘lsa”[5]. Barchamiz iqtidorli o‘quvchi soatlab o‘tirib,
o‘zi yoqtirgan narsani qilishi mumkinligiga ishonamiz. Lekin alohida e’tibor bilan – iqtidorli
bolaning iste’dodini boyitishga yondashgan holda, pedagogik usullar asosida ish olib
borilmasa, o‘quvchilarning ko‘pchiligi toqatsizlik, zerikish xususiyatini namoyon qiladi.
Agar bunday o‘quvchiga pedagogik yondashuv asosida e’tibor berilmasa, unda qiziqishi
yo‘qoladi va uning iste’dodi rivojlanishdan to‘xtaydi.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni tashkil etishda bir qator muammolar mavjud.
Avvalo quyidan, ya’ni maktablardan talab bo‘lmaganligi uchun oliy ta’lim muassalarida
aynan iqtidorli talabalar bilan ishlovchi mutaxassislar tayyorlanmaydi. Buning natijasida
maktablarda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlovchi o‘qituvchilarning yetarli kasbiy mahoratga
ega emas va ular uchun zarur o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarga e’tibor qaratilmagan.
Jamiyatdagi bu muammoni bartaraf etish uchun – iqtidorlilarga ta’lim va tarbiya berish uchun
ijtimoiy buyurtma talab qilinadi. Umumta’lim maktablari talabi bilan oliy ta’lim tizimi,
pedagog olimlar tomonidan iqtidorlilar bilan ishlashning nazariy va uslubiy, amaliy
tamoyillar majmuasi ishlab chiqiladi. Biroq, ayni paytda dunyo miqyosida bu jarayon rejasiz,
o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmoqda. SHuning uchun ham pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim
muassasalari iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga qaratilgan usullar, jumladan, enrichment
yondashuv bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishi, iqtidorlilarning iste’dodini yuzaga
chiqarishga ko‘mak beruvchi uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashga e’tibor qaratishi zarur. Bu
borada Andijon davlat pedagogika instituti olimlari, ilmiy tadqiqotchilarining dastlabki
xulosalari shundan iboratki, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun avvalo o‘quvchining
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
163
xulq-atvoridan kelib chiqqan holda yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda ishlash usullarini
tanlab olish kerak.
Yakka tartibda ish olib borish jarayonidan maqsad o‘quvchining erkin faoliyat olib
borishiga imkoniyat yaratish. Chunki yakka tartibda shug‘ullanuvchi iqtidorli o‘quvchida
mustaqil harakat qilish imkoniyati kengroq bo‘ladi. Yakka tartibda ish olib borishda maslahat
berish, o‘quvchining fikrini tinglash va bilish, reja asosida ish olib borishga e’tibor qaratish
samarali natija beradi.
Bu borada shuni aytish kerakki, XX asr oxiriga kelib barcha rivojlangan mamlakatlarda
eski usuldagi ta’lim tizimiga tanqidiy qarashlar kuchaydi. Barchani bir hil usulda, bir xil
qarash bilan o‘qitilishiga e’tirozlar ko‘paydi va bu eng avvalo, iqtidorli va iste’dodli
o‘quvchilar bilan ishlash masalasiga qaratildi. Kelajakda kashfiyotlar qiluvchi, ijod bilan
shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning umumiy ma’lumotlar bilan chegarlanuvchi ta’lim jarayoni
qiziqtirmay qo‘ydi. “Umumta’lim maktablarida ham iqtidorlilarga malakali pedagogik,
psixologik yondashuv asosida yakka tartibda, qo‘shimcha e’tibor va yangicha yondashuv
bilan ish olib borilishiga talab oshdi. Bu talab oliy ta’lim muassasalarida ham kuchaydi va
iqtidorlilar ta’lim jarayonida o‘ziga xos yondashuvni, yangicha bilimni kutmoqda. Bu talabni
qondirishda esa:
- iqtidorli va qobiliyatli talabalarning muammolarini aniqlash;
- pedagoglarning iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha psixologik, pedagogik va
uslubiy tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lishi;
- iqtidorli va qobiliyatli talabalar bilan ishlash uslubiyati (metodikasi)ning mavjudligi
muhim ahamiyat kasb etadi”[1] .
Har bir yoshni – ulkan maqsadlar bilan izlanishlar olib borayotgan, kashfiyotlar
qilishga intilayotgan iqtidorli, iste’dodli farzandlarimizni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashni, ularga barcha imkoniyatlar yaratishni yangi davr talab etmoqda.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Агафонова
Э
.,
Писанко
М
.
Одаренный
студент
:
Миф
или
реальност
https://serdobinzewa.wixsite.com/darfp/--1-cw1w.
2.
Якина
Ю
.
И
.
Подготовка
родителей
младщих
школников
к
взаимодействию
с
одаренным
ребенком
:
Автореф
.
ди
cc.
кан
.
пед
.
наук
. –
Ижевск
, 2011. 3-
с
.
3.
Маланина
Н
.
А
.
Современные
подходы
к
работе
с
одарёнными
детьми
. -
Республика
Чувашия
. 2018 https://urok.1sept.ru/articles/670373
4.
Агафонова
Э
.,
Писанко
М
.
Одаренный
студент
:
Миф
или
реалност
https://serdobinzeva.vixsite.com/darfp/--1-cv1v.
5.
Тарантей
В
.
П
.,
Хацкевич
Г
.
А
.
Одаренный
студент
в
вузе
:
вопросы
преемственности
школьного
и
вузовского
оброзования
.
Белоруссия
https://elib.grsu.by/katalog/166984-367502.pdf]
