Mualliflar

  • Odiljon Karimov
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Odiljon Karimov, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86357

Kalit so‘zlar:

iqtidorli o‘quvchi iste’dod

Annotasiya

Maqolada talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan  enrichment yondashuv asosida ishlashga tayyorlash metodikasiga doip o‘quv loyihalarini shakllantipish, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, turli yo‘nalishlar bo‘yicha iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy pedagogika umumiy amaliyotida iqtidorli bolalar tasnifi, iqtidorli o‘quvchilar bilan  ishlashda enrichment yondashuvning ahamiyati, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun foydalaniladigan metodlar haqida fikr yuritilgan


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

192

IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ENRICHMENT YONDASHUV ASOSIDA

ISHLASH SHAKLLARI

Andijon davlat pedagogika instituti mustaqil

tadqiqotchisi

Karimov Odiljon Toxiirovich

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15227198

Annotatsiya

. Maqolada talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuv

asosida ishlashga tayyorlash metodikasiga doip o‘quv loyihalarini shakllantipish, iqtidorli
o‘quvchilar bilan ishlash, turli yo‘nalishlar bo‘yicha iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash,
zamonaviy pedagogika umumiy amaliyotida iqtidorli bolalar tasnifi, iqtidorli o‘quvchilar bilan
ishlashda enrichment yondashuvning ahamiyati, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun
foydalaniladigan metodlar haqida fikr yuritilgan.

Maqolada

iqtidorli o‘quvchining iqtidorini boyitish, qo‘llab-quvvatlash alohida o‘ringa ega

ekanligi, bo‘lg‘usi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari iqtidorli o‘quvchilar enrichment
yondashuv asosida ishlashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratishlari zarurligi, iqtidorli o‘quvchini
rag‘batlantirish, tanqid qilish masalalari ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

iqtidorli o‘quvchi, iste’dod, enrichment yondashuv, ijodiy mashg‘ulotlar,

muloqotga kirishimli, qobiliyatini rivojlantirish, dunyoqarashni kengaytirish.

Bugungi kunda iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, turli yo‘nalishlar bo‘yicha iste’dodli

yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalasiga dunyo miqyosida alohida e’tibor qaratilmoqda. Ommaviy
axborot vositalaridan olayotgan ma’lumotlarimizdan ayon bo‘lmoqdaki, glaballashuv davrida
iqtidorlarga shart-sharoitlar yaratish, iqtidorlilarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
Ota-onalar o‘ziga xos iqtidorga ega farzandlarini maxsus ta’lim muassasalarida, maxsus
tayyorlangan pedagoglar qo‘lida ta’lim olishiga harakat qilishmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilar
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda, avvalo, ularni qo‘llab-quvatlashga intilishi kerak.

Dunyo pedagogikasi umumiy amaliyoti iqtidorli bolalarni quyidagicha tasniflaydi:
1.

Intellektual iqtidorli bolalar. Bu toifaga yuqori darajadagi aql va akademik qobiliyatga

ega bo‘lgan bolalar kiradi. Ular analitik fikrlash, ijodiy qobiliyat va ma’lumotni tezda qabul qilish
qobiliyatiga ega bo‘lishi mumkin.

2.

Ijodiy iqtidorli bolalar turli yo‘nalishlarda ijodiy yondashish qobiliyatiga ega: masalan,

rasm, musiqa, adabiyot, raqs va san'atning boshqa turlari. Ular muammolarni hal qilishda
nostandart yondashuvdan foydalanadilar va o‘zlarining original fikrlash tarzi bilan
tengdoshlaridan ajralib turadilar.

3.

Turli xil jismoniy qobiliyatlarga ega: yuqori moslashuvchanlik, muvofiqlashtirish, kuch

yoki chidamlilik. Ular sportga yoki faol faoliyatga qiziqish bildiradilar va bu sohada sezilarli
natijalarga erishadilar.

4.

Hissiy aql va ijtimoiy qobiliyatlarga ega. Ular odamlar bilan osongina aloqa o‘rnatadilar,

hamdardlik va jamiyatdagi nizolarni hal qilishda yaxshi qobiliyatga ega.

5.

Texnik iqtidorli bolalar texnologiya, informatika va muhandislik sohalarida g‘ayrioddiy

qobiliyatlarga ega. Ular qurilmalarni qismlarga ajratish va yig‘ish, dasturlash, yangi
texnologiyalarni ishlab chiqish va hokazolarga qiziqish bildiradilar.

Har qanday iqtidorli bolalarning iqtidorini boyitish, rag‘batlantrib borish zarur. Shundagina

u o‘zining fazilatlarni namoyon eta oladi. Iqtidorni aniqlash va ro‘yobga chiqarishda esa
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining alohida o‘rni bor. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
o‘qituvchisining asosiy vazifasi har bir o‘quvchining iqtidorini rivojlantirishga hissa qo‘shishdir.
Shuning uchun ham bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan

enrichment

yondashuv asosida ish olib borish zarur.

Enrichment –

inglizcha so‘z bo‘lib “boyitish” ma’nosini bildiradi. Ruschadagi tarjimasi

“накопительного“, “обогащение” so‘zlariga to‘g‘ri keladigan bu yondashuv ta’lim jarayonida


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

193

o‘quvchining bilimini boyitish, qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchidagi mavjud

iqtidorni imkon qadar yuzaga chiqarishga qaratiladi.

Zamonaviy pedagogikaga oid adabiyotlarni tahlil etar ekanmiz shunga amin bo‘lamizki,

iqtidorli o‘quvchining salohiyatini ochib berish pedagogning mahoratiga bog‘liq.

R.Ishmuhamedov, M.Yuldashevlarning tadqiqotlariga asoslanib aytish mumkinki,

talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuv asosida ishlashga tayyorlash
metodikasiga doip o‘quv loyihalarini shakllantipishda noananaviy – nostandart darslarga e’tibor
qaratish zarur. Chunki iqtidorli o‘quvchi har bir darsdan yangilik, o‘zgachalik kutadi. Shuning
uchun:

1.

Musobaqa va o‘yin shaklidagi darslar:

tanlov, turnir, estafeta, “duel”, QZK (KVN), rolli

o‘yin, krassvord, viktorina.

2.

Ijtimoiy amaliyotda ma’lum bo‘lmagan ish shakllari, janrlari va uslublariga asoslangan

darslar:

tadqiq etish, ixtirochilik, birlamchi manbalar tahlili, sharh, “Aqliy hujum”, intervyu,

reportaj, taqriz.

3.

Muloqotning og‘zaki shaklini eslatuvchi darslar:

“Matbuot anjumani”, auksion, miting,

munozara, teleko‘prik, “jonli gazeta”, og‘zaki jurnal.

4.

O‘quv materialini noan’anaviy tashkil etishga asoslangan darslar:

donolik darslari,

ochiq tan olish, “dublyor harakat boshlaydi” darsi.

5.

Xayollashgan darslar:

ertak dars, sovg‘a dars, XXI asr darsi.

6.

Muassasa va tashkilotlar faoliyatiga asoslangan darslar:

sud, tergov, patent byurosi,

ilmiy kengash, muharrirlar kengashi, fermerlik.

Bo‘lg‘usi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari uchun mutaxassislar quyidagi

metodlarni iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash uchun foydalaniladigan asosiy usullar sifatida
tavsiya qiladilar:

1.

Individualizatsiya;

2.

O‘z o‘zini boshqarish;

3.

Guruh bo‘lib ishlash;

4.

Masofaviy ta’lim;

5.

Ijodiy mashg‘ulotlar.

Taniqli pedagog olim va amaliyotchi Shalva Aleksandrovich Amonashvili o‘zining

eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika
mashg‘ulotining ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi. Sh.A.Amonashvilining
asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning

shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmoq;

bolaning qalbi va yuragini ulug‘lamoq;

boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;

keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;

ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq.

Sh.A.Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va

metodik usullardan foydalandi:

insonparvarlik;

shaxsiy yondashuv;

muloqot mahorati;

oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati;

o‘quv faoliyati.

Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega.

Baholardan foydalanish o‘ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u
beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o‘z-o‘zini baholash.

Insoniylik falsafasi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ijtimoiy pedagogik ishning shunday

shakllarini vujudga keltirishi kerakki, bunda har bir bola o‘z imkoniyalarini namoyon qila olishi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

194

uchun qulaylik yarata olishi, madaniy muhitni to‘laligicha o‘zlashtirishi va o‘zining

barcha quvvatlarini ro‘yobga chiqarishi lozim. Bu esa iqtidorli o‘quvchining iqtidorini boyitish,
qo‘llab-quvvatlashda alohida o‘ringa ega.

“Ta’lim tizimida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar nafaqat bolalar bog‘chalari, boshlang‘ich

sinflarda yoki o‘rta maktablarda, balki o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi, xatto oliy o‘quv yurtlari
ta’limi amaliyotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o‘yinlar asosida tashkil etiladigan
darslar dasturda qayd etilgan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiriuvchi maqsadini hal
qilishga qaratilganligi, ta’lim amaliyotidagi muhim muammolarni yechishga yo‘naltirilganligi,
tabiyalanuvchini ham aqlan, ham jisman, ham ruhan toliqishdan asrashga intilganligi bilan
ahamiyatlidir”.

Rossiya pedagogikasida iqtidorlilar bilan boyitish (обогащение) yondashuvi asosida ish olib

borish taklif etilgan. Ushbu yondashuvda mashg‘ulot jarayonida boshqa mavzular, muammolar
yoki fanlar bilan aloqa o‘rnatish orqali ma’lum mavzularni o‘rganishdan tashqariga chiqib, sifat
jihatidan farq qiladigan o‘quv mazmuniga qaratilgan. Mashg‘ulotlar bolalarning iste’dod turiga
mos keladigan sevimli mashg‘ulotlarida bepul, tartibga solinmagan mashg‘ulotlar uchun yetarli
vaqtga ega bo‘lishi uchun rejalashtirilgan. Bundan tashqari, boyitilgan dastur bolalarga turli xil
aqliy mehnat usullarini o‘rgatishni o‘z ichiga oladi, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish,
tanqidiylik, dunyoqarashning kengligi va boshqa fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi.
Shuningdek, o‘quv ma’lumotlarini taqdim etishning tabaqalashtirilgan shakllaridan foydalanish
orqali o‘rganishni individuallashtirishni ta'minlaydi. Bunday o‘qitish innovatsion ta’lim
texnologiyalari doirasida, shuningdek, talabalarni ilmiy loyihalarga jalb qilish va maxsus
treninglardan foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin. Innovatsion o‘qitishning mahalliy
variantlarini boyitilgan o‘quv dasturlariga misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Rolli o‘yinlar shaklidagi interfaol ta’lim usullari talabaga kelgusidagi hayoti va faoliyatini

yo‘lga qo‘yishda ham asqatishi mumkin. Bunday o‘yinlar talabada nutqiy ko‘nikmalarni
shakllantiradi: u uyushtirilgan sharoitda qanday so‘zlash yoki so‘zlamaslik kerakligini o‘rganib
boradi. Shu jihatdan rolli o‘yinlar talabaning real borliqda o‘ynaydigan rollari uchun o‘ziga xos
repititsiya bo‘ladi. To‘g‘ri tanlangan va taqsimlangan o‘quv rollari talabani analitik tafakkur,
vaziyatni to‘g‘ri baholash, sharoitdan kelib chiqib, sog‘lom qaror qabul qilishga odatlantiradi.

O‘zbek xalqida “gapdonlik”, “kattalar oldida so‘zlash” “mahmadonalik” yoki “kattalarga

hurmatsizlik” sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun ham iqtidorlilarning nutqi ham alohidae’tibor
talab qilinadigan jihat. Shu ma’noda 400 talaba ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot jarayonida
so‘rovnomaga “

Iqtidorli o‘quvchi nutqini qanday baholaysiz?

degan savolni ham kiritdik.

Bo‘lg‘usi o‘qituvchilar bu savolga asosan “gapdonlik”, “kattalar oldida so‘zlash”
“mahmadonalik” yoki “kattalarga hurmatsizlik” emas, balki ijobiy sifat qatorida iqtidorlilarni 204
nafar – 51% talaba “Yaxshi nutqqa ega, notiq bo‘ladi”, - deb hisoblaydi. 136 nafar – 34% talaba
esa iqtidorlilarni “O‘ylanib so‘zlaydi, suhbat jarayonida hayajonlanadi” deb hisoblaydi.

4

.

Iqtidorli o‘quvchi nutqini qanday baholaysiz?

Javob

A)

Yaxshi nutqqa ega, notiq bo‘ladi

204

B)

O‘ylanib so‘zlaydi, suhbat jarayonida hayajonlanadi

136

V)

Nutqi yo‘q bo‘ladi, fikrini erkin ifodalashga o‘rgatish kerak

32

G)

Boshqa javob:

28

So‘rovnomada ishtirok etgan talabalardan 8%i – 32 nafari “Nutqi yo‘q bo‘ladi, fikrini erkin

ifodalashga o‘rgatish kerak” degan fikrni bergan. 7%i – 28 nafari esa: “Tengdoshlari oldida notiq,
ustozlar oldida kamgap”, “Vaziyatdan xulosa chiqarib so‘zlaydi”, “Nutqi bo‘yicha turlicha bo‘lishi
mumkin” degan xulosalarni berishgan.

Savol-javob natijalari asosida shuni aytish kerakki, 51% talaba e’tirof etganidek, iqtidorlilar

“Yaxshi nutqqa ega, notiq bo‘ladi”. Faqatgina, iqtidorli o‘quvchilar sinfdoshlariga “moslasha
boshlaydi, u turli yo‘llar bilan o‘z sinfdoshlariga o‘xshash bo‘lishga harakat qiladi”. Xuddi shu
qarash asosida iqtidorlilar so‘zlashdan oldin, savolimizning b-bandida ko‘rsatib o‘tganimizdek
“O‘ylanib sozlaydi”. Notiqlik borasida iqtidorlilarga: “fikrini erkin ifodalashga o‘rgatish kerak”


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

195

bo‘ladi. Fikrini erkin bayon etishga o‘rgatish uchun esa noan’anaviy darslarga e’tibor

qaratish zarur.

Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchining muloqotga kirishimli bo‘lishiga e’tibor qaratish

zarur. Iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuvi asosida ishlashda o‘quvchilar o‘qituvchi
ishtirokida suhbat jarayonini o‘zlari tomonidan amalga oshirilishi kerak. Shu asosda quriladigan
zamonaviy suhbat metodi o‘quvchi ma’naviyatini sog‘lomlashtirish, dunyoqarashini kengaytirish,
bilimlarni o‘zlashtirish, mantiqiy va mustaqil tafakkurini ta’minlashda qo‘l keladigan metodlardan
biridir. Lekin yuqorida fikr bildirganimizdek, oddiy o‘quvchilar orasida o‘zini noqulay sezgan
iqtidorli o‘quvchi “sergaproq”, “o‘zini tuta olmaydigan” yoki “sal g‘alatiroq” ham ko‘rinishi
mumkin. Shuning uchun “sal g‘alatiroq” ko‘ringan bola bilan suhbat metodi asosida ish olib borib
“diliga qo‘l solib ko‘rishimiz” kerak, bildirgan to‘g‘ri fikrlarini qay darajadadir
rag‘batlantirishimiz kerak. Va yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, agar boladan qandaydir
jismoniy yoki ruhiy nuqson bo‘adigan bo‘lsa, bunday bola bilan muloqotda yanada e’tiborliroq
bo‘ish kerak.

Shubhasiz, har qanday bolaning hech kim daxl qila olmaydigan huquqi – bu ta’lim olish

huquqidir. Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda, internatda va boshqa alohida davlat maxsus
muassasalarida ta’lim olishining yuzaga kelgan tizimi bolaga yetarli darajada sifatli ta’lim olish
imkoniyatini beradi, biroq muloqotga kirishish ko‘nikmasining yo‘qligi sababli bu bilimlar talab
qilinmay qolib ketadi. Shunday qilib, jamiyat moddiy va ma’naviy boyligini yo‘qotadi, cheklangan
imkoniyatli odam esa jamiyatni yo‘qotib, odamovi bo‘lib, o‘zini ortiqcha his qila boshlaydi.

Mashg‘ulotlar davomida rag‘batlantirishning samarasi yuqori darajada bo‘lishi ko‘plab

pedagoglar, mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan va bu masalada bir qator ilmiy tadqiqotlar olib
borilgan. Iqtidorlilar uchun esa rag‘batlantirish alohida o‘ringa ega. Shuning uchun ham bo‘lg‘usi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga: “

Iqtidorli o‘quvchini maqtash kerakmi?”,

- degan savolni

berdik. Savolimizga javoban, bizni qo‘llab-quvvatlovchilar, rahbatlantirish: “Kerak. Iqtidorli
o‘quvchiga maqtov, ruhlantirish, rag‘bat zarur”, - deguvchilar 45% - 180 nafar talabani tashkil
etdi. “Ba’zi-ba’zida maqtov, rag‘batlantirish kerak” deguvchilar esa 216 nafarni – 54%ni tashkil
etdi.

10.

Iqtidorli o‘quvchini maqtash kerakmi?

Javob

A)

Kerak. Iqtidorli o‘quvchiga maqtov, ruhlantirish, rag‘bat zarur

180

B)

Ba’zi-ba’zida maqtov, rag‘batlantirish kerak

216

V)

Kerak emas, hamma qatori baholash kerak

4

G)

Boshqa javob:


So‘rovnomada 1% talaba esa iqtidorlilarni maqtash: “Kerak emas, hamma qatori baholash

kerak”, - degan xulosani bergan.

Iqtidorli o‘quvchilar qobiliyatini rivojlantirish, qiziqishlarini boyitishning keng tarqalgan

shakli loyiha usuli hisoblanadi. Muayyan o‘quvchilarning qiziqishlari va iste’dod darajalarini
hisobga olgan holda, ulardan u yoki bu loyihani bajarish taklif etiladi: amaliy muammoni tahlil
qilish va yechimini topish, o‘z ishlarini tadqiqot rejimida qurish va uni o‘z pozitsiyalarini himoya
qilish uchun ochiq hisobot bilan yakunlash. Ta’limning ushbu shakli iqtidorli bolaga tengdoshlari
bilan o‘qishni davom ettirish va tanish ijtimoiy munosabatlarga kirishish, o‘z bilimlarini sifat
jihatidan chuqurlashtirish va uning iqtidori mazmuniga mos keladigan sohada o‘z resurslarini
aniqlash imkonini beradi. Loyihalar individual yoki guruh bo‘lishi mumkin. Ishning guruh shakli
va loyihalarning ijtimoiy ahamiyatga ega fuqarolik yo‘nalishi bolalarni tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

Ishmuhamedov R. Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik

texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2017. 116-b.

2.

Yusupova

X.R.

Iqtidorli

o‘quvchilar

bilan

ishlash

metodlari.

https://zenodo.org/records/8062760


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

196

3.

Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Darslik. -

T.: “Innovatsiya-Ziyo”, 2022. 239-b.

4.

Hasanov SH. Adabiyot o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - Andijon: “Tezkor Nashr”.

2022. 26-b.

5.

Husanboyeva Q. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi. Darslik.

- T.: “Innovatsiya-Ziyo”. 2020. 127-b.

6.

Mamarasulov B.SH. Boshlang‘ich ta’limda inkyuziv ta’lim. Darslik. -Andijon: “Durdona

materiallar”, 2024. 7-b









































Bibliografik manbalar

Foydalangan adabiyotlar:

Ishmuhamedov R. Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2017. 116-b.

Yusupova X.R. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash metodlari.

Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Darslik. T.: “Innovatsiya-Ziyo”, 2022. 239-b.

Hasanov SH. Adabiyot o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. - Andijon: “Tezkor Nashr”. 2022. 26-b.

Husanboyeva Q. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi. Darslik. - T.: “Innovatsiya-Ziyo”. 2020. 127-b.

Mamarasulov B.SH. Boshlang‘ich ta’limda inkyuziv ta’lim. Darslik. -Andijon: “Durdona materiallar”, 2024. 7-b