SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
460
TALABALARNI IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ENRICHMENT
YONDASHUVI ASOSIDA ISHLASHGA TAYYORLASH METODIKASI
(BOSHLANG‘ICH TA’LIM YO‘NALISHI MISOLIDA)
Karimov Odiljon Toxirovich
Andijon davlat pedagogika instituti
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15358015
mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada globallashuv davrida butun dunyo miqyosida iqtidorlarga
e’tibor, ularga shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli o‘quvchilarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib
borayotganligi xususida so‘z yurtilgan. Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon
bo‘ladi, lekin odamlar u faqat aniq shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining
natijalari yaqqol va shubhasiz ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Ammo, aslida, aniq ko‘rinadigan narsadan
tashqari, odamlar odatda sezmaydigan va o‘zini kam ifodalagan, yashirin shaklda namoyon qiladigan
iste’dodlar ham mavjud. Tan olishimiz kerakki, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari kamdan-kam
hollarda o‘z iqtidorini namoyon etadi va shuning natijasida o‘z iqtidorini rivojlantirish borasida
e’tibordan chetda bo‘ladi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan
ishlashda rivojlantiruvchi, boyituvchi yondashuv - bugungi kunda dunyo pedagogikasiga
“enrichment” tushunchasi bilan kirib kelayotgan yondashuv asosida ish olib borish zarur. Maqolada
mazkur muammo tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
iqtidorli o‘quvchi, iste’dod, enrichment yondashuv, qobiliyat, ichki salohiyat,
sezgirlik, optimizm.
Аннотация
:
В
данной
статье
говорится
о
растущем
интересе
к
глобальному
вниманию
к
талантам
,
созданию
условий
для
них
,
обучению
одарённых
учащихся
в
эпоху
глобализации
.
Из
истории
человечества
известно
,
что
талант
проявляется
по
-
разному
,
но
люди
думают
,
что
он
проявляется
только
в
конкретной
форме
,
т
.
е
.
результаты
деятельности
одаренного
ученика
очевидны
и
неоспоримы
.
Но
на
самом
деле
,
помимо
очевидных
,
существуют
таланты
,
которые
люди
обычно
не
замечают
и
проявляют
себя
в
скрытой
форме
.
Приходится
признать
,
что
ученики
начальной
школы
редко
проявляют
свой
талант
и
,
как
следствие
,
им
уделяется
недостаточно
внимания
в
развитии
своего
таланта
.
Вот
почему
необходимо
работать
на
основе
развивающего
и
обогащающего
подхода
в
работе
с
одаренными
учениками
начальных
классов
-
подхода
,
который
входит
сегодня
в
мировую
педагогику
с
понятием
«
обогащение
».
В
статье
анализируется
данная
проблема
.
Ключевые
слова
:
одаренный
ученик
,
талант
,
подход
к
обогащению
,
способности
,
внутренний
потенциал
,
чувствительность
,
оптимизм
.
Abstract:
This article discusses the growing interest in global attention to talents, creating
conditions for them, and teaching gifted students in the era of globalization. From human history, it
is known that talent manifests itself in different ways, but people think that it manifests itself only in
a specific form, i.e., the results of a gifted student's activity are obvious and undeniable. But in fact,
in addition to the obvious, there are talents that people usually do not notice and manifest themselves
in a hidden form. It must be admitted that elementary school students rarely show their talent and, as
a result, they are given insufficient attention in developing their talent. That is why it is necessary to
work on the basis of a developmental and enriching approach in working with gifted primary school
students - an approach that is now included in world pedagogy with the concept of "enrichment". This
problem is analyzed in the article.
Key words:
gifted student, talent, approach to enrichment, abilities, inner potential, sensitivity,
optimism.
Glaballashuv davrida butun dunyo miqyosida turli yo‘nalishlardagi iqtidorlilarga e’tibor,
ularning iqtidoridan foydalanish, ularga shart-sharoitlar yaratish, salohiyatini o‘rganishga bo‘lgan
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
461
qiziqish ortib bormoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, o‘zbek xalqi azal-azaldan farzand
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib kelgan va, xususan, ilmga chanqoq, qobiliyatli farzandlarimiz
hamisha elimiz ardog‘ida bo‘ladi. Aynan mana shu an’ana bois, yosh avlod tarbiyasiga e’tibor
bugungi kunda ham davlatimiz siyosatining ajralmas qismi sanaladi. Alohida e’tirof etish kerak,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030”
strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Qarorida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri “har bir insonga o‘z
salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish” ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida:
“Inson kapitalini rivojlantirish va kreativ yosh avlodni tarbiyalash – O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan
strategik vazifalardan biridir.
Biz hamma uchun ochiq va sifatli ta’limni kambag‘allikka barham berish, xalq farovonligini
oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishning eng samarali omili, deb bilamiz”, - deya
mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar xususida alohida to‘htalib o‘tdi.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, iqtidorlilik turlicha namoyon bo‘ladi, lekin odamlar u faqat aniq
shaklda namoyon bo‘ladi, ya’ni iqtidorli o‘quvchi faoliyatining natijalari yaqqol va shubhasiz
ko‘rinadi deb o‘ylaydi. Ammo, aslida, aniq ko‘rinadigan narsadan tashqari, odamlar odatda
sezmaydigan va o‘zini kam ifodalagan, yashirin shaklda namoyon qiladigan iste’dodlar ham mavjud.
“Iqtidorlilar bilan shug‘ullangan o‘qituvchilar oson o‘rganish iqtidorlilikni anglatishini aniq va
yaqqol ko‘rinishi deb tushunishadi. Ammo, bu tushuncha asosida ish olib borishimiz ko‘pincha
xatolikka, iqtidorni so‘ndirib qo‘yishimizga sabab bo‘lib qoladi. Misol uchun, buyuk fizik Albert
Eynshteyn o‘z qobiliyatini nisbatan kech ko‘rsatgan, shuning uchun o‘sha davrda uning ko‘plab
o‘qituvchilari uni “qobiliyasiz” deb hisoblashgan va keyinchalik uni, hatto, haydab yuborishgan”.
Tan olish kerakki, butun dunyoda umumta’lim tamoyiliga asoslangan ta’lim tizimi iqtidorlilarni
oddiy o‘quvchilar bilan tenglashtirib, ularning talabini qondira oladigan darajada bilim olishga imkon
bermaydi. Dunyoning turli mamlakatlarida mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi
shuni ko‘rsatadiki, oddiy ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 30%da ijodiy qobiliyat
susaygan.
Iqtidorli o‘quvchilarni qobiliyatini rivojlantirishda dastlabki e’tibor oilada – ota-onalar
tomonidan qaratilsa, ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari zimmasida bo‘ladi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida ota-ona va bolaning o‘zaro ta’siri iqtidorni rivojlantirishning eng
muhim omili sifatida e’tirof etiladi. Unutmaslik kerakki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ona-
onalar hamon ibrat olish uchun “bosh qahramon” bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonda ota-onaning
ta’lim-tarbiya borasidagi pedagogik ko‘nikmasi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu borada
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari ona-onalar bilan uzviy aloqada, hamkorlikda bo‘lishi zarur.
Boshlang‘ich sinflar bolaning qobiliyati va iqtidorini rivojlantirish davri hisoblanadi. Shuni e’tirof
etish kerakki, boshlang‘ich sinflardagi muammolar bolaning iqtidorini yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘lishi
mumkin!
Pedagogika tarixida iqtidorli bolalarni baxolashga ikki xil qarash mavjud. “Iqtidor – bu noyob
hodisa” degan qarashni qo‘llab-quvvatlovchi mutaxassislarga qarshi turuvchi ikkinchi qarash
tarafdorlari: “Har qanday bola bilan umid va sabr bilan ish olib boring, chunki ko‘pchilik e’tiboriga
tushmagan bolada ham iqtidorning ochilmagan qirralari bor”, - degan fikrni bildirishadi. Iqtidorli
bolalarni baxolashga qaratilgan bu ikki xil qarash asosida shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi o‘qituvchisining asosiy vazifasi har bir o‘quvchining iqtidorini rivojlantirishga hissa
qo‘shishdir. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘ziga xos qobiliyatlari darajasini
aniqlash va bu qobiliyatni rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Bu jarayondan ko‘rinib turibdiki,
iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash ko‘plab mutaxassislarning birgalikdagi harakatini talab etadi. Tan
olishimiz kerakki, boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari kamdan-kam hollarda o‘z iqtidorini namoyon
etadi va shuning natijasida o‘z iqtidorini rivojlantirish borasida e’tibordan chetda bo‘ladi. Kelajakda
qaysi kasb egasi bo‘lishi nisbatan aniq bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilaridan farqli ravishda
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
462
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z kelajagi haqida hali tassavvurga ega emaslar. Shuning uchun ham
boshlang‘ich sinflardagi iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda rivojlantiruvchi, boyituvchi yondashuv
- bugungi kunda dunyo pedagogikasiga “enrichment” tushunchasi bilan kirib kelayotgan yondashuv
asosida ish olib borish zarur.
Enrichment – inglizcha so‘z bo‘lib “boyitish” ma’nosini bildiradi. Ruschadagi tarjimasi
“nakopitelnogo“, “oboga
щ
yeniye” so‘zlariga to‘g‘ri keladigan bu yondashuv ta’lim jarayonida
o‘quvchining bilimini boyitish, qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchidagi mavjud iqtidorni imkon
qadar yuzaga chiqarishga qaratiladi. “Iqtidorli o‘quvchining ichki salohiyatini rivojlantirishga, o‘z
hayotining egasi, ijodkori bo‘lishga, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish va shu maqsadga erishish
yo‘llarini topishga o‘rgatishga e’tibor qaratish zarur. Iqtidorli o‘quvchi o‘z maqsadiga erishish uchun
erkin fikrlashi, butun qobiliyatidan foydalanishni bilishi va javobgarlikni xis qilishi kerak”.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuvi asosida ishlashga
tayyorlashning mazmuni, mohiyati va tamoyillari:
- kuzatish, taqqoslash, qiyoslash asosida;
- o‘z-o‘zini anglash, umummadaniy, milliy va umuminconiy qadpiyatlapga ega bo‘lish,
muloqotchanlik, ijtimoiy, hayotiy-amaliy, o‘z uctida ishlash talablapiga uctuvoplik bepish acocida;
- metodik ta’minoti va didaktik shart-sharoitlari o‘quv-pedagogik amaliyotini tashkil etishda
“Kuzatish”, “Eksperiment”, “Anketa”, “Test” metodlari, “Qiziqarli suhbat”, “Mening sevimli
mashg‘ulotim”, “Kim bo‘lsam ekan?”, “Ota-onam haqida”, “O‘yla, izla, top”, “Bu kim, bu nima?”
kabi o‘yinlarga mualliflik yondashuvi asosida ochib berilgan.
E’tirof etish kerakki, har bir bola iqtidor egasi bo‘lib tug‘iladi. Bu iqtidorni yuzaga chiqarish
faqat alohida shaxs uchun emas, balki jamiyat va uning taraqqiyoti uchun zarurdir. Yana shuni aytib
o‘tish kerakki, iqtidor – inson ruhiyatining butun hayoti davomida tizimli rivojlanadigan psixikaning
imkoniyati bo‘lib, insonning boshqalarga nisbatan noan’anaviy va kutilmagan yutuqlarga, natijalarga
erishishini ta’minlaydi. Iqtidor insonning barcha imkoniyatlarini va fikrlashini hayotning yangi
talablarini hal qilishga va yangi sharoitlarga moslashishga yo‘naltiradi. SHuning uchun zamonaviy
pedagoglarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, iqtidorni kerakli
yo‘nalishda rivojlantirish uchun ijodiy yondashish va uni yuzaga chiqarish uchun zarur shart-sharoitni
yaratish, o‘quvchi yoshlar ruhiyatini tushuna olish va malakali yordam bera olishdir.
“Shuni aytib o‘tish kerakki, iqtidorli o‘quvchi doimo nima bilandir chalg‘igan, doimo
ta’sirchang odam taassurotini qoldirishi mumkin. Ular uchun standart - qat’iy talablar yo‘q, ular
uchun konformist – intizomli, tartibli, itoatkor bo‘lish qiyin, ayniqsa, mavjud norma va qoidalar
ularning manfaatlariga zid bo‘lsa”. Barchamiz iqtidorli o‘quvchi soatlab o‘tirib, o‘zi yoqtirgan
narsani qilishi mumkinligiga ishonamiz. Lekin alohida e’tibor bilan – iqtidorli bolaning iste’dodini
boyitishga yondashgan holda, pedagogik usullar asosida ish olib borilmasa, o‘quvchilarning
ko‘pchiligi toqatsizlik, zerikish xususiyatini namoyon qiladi. Agar bunday o‘quvchiga pedagogik
yondashuv asosida e’tibor berilmasa, unda qiziqishi yo‘qoladi va uning iste’dodi rivojlanishdan
to‘xtaydi.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni tashkil etishda bir qator muammolar mavjud. Avvalo
quyidan, ya’ni maktablardan talab bo‘lmaganligi uchun oliy ta’lim muassalarida aynan iqtidorli
talabalar bilan ishlovchi mutaxassislar tayyorlanmaydi. Buning natijasida maktablarda iqtidorli
o‘quvchilar bilan ishlovchi o‘qituvchilarning yetarli kasbiy mahoratga ega emas va ular uchun zarur
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarga e’tibor qaratilmagan. Jamiyatdagi bu muammoni bartaraf etish uchun
– iqtidorlilarga ta’lim va tarbiya berish uchun ijtimoiy buyurtma talab qilinadi. Umumta’lim
maktablari talabi bilan oliy ta’lim tizimi, pedagog olimlar tomonidan iqtidorlilar bilan ishlashning
nazariy va uslubiy, amaliy tamoyillar majmuasi ishlab chiqiladi. Biroq, ayni paytda dunyo miqyosida
bu jarayon rejasiz, o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmoqda. SHuning uchun ham pedagogika yo‘nalishidagi oliy
ta’lim muassasalari iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga qaratilgan usullar, jumladan, enrichment
yondashuv bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishi, iqtidorlilarning iste’dodini yuzaga chiqarishga
ko‘mak beruvchi uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashga e’tibor qaratishi zarur. Bu borada Andijon davlat
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
463
pedagogika instituti olimlari, ilmiy tadqiqotchilarining dastlabki xulosalari shundan iboratki, iqtidorli
o‘quvchilar bilan ishlash uchun avvalo o‘quvchining xulq-atvoridan kelib chiqqan holda yakka
tartibda yoki jamoaviy tarzda ishlash usullarini tanlab olish kerak.
An’anaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi va bolaning o‘zaro munosabati ko‘pincha faqat sub'ekt-
ob'ekt munosabatlari asosida quriladi, ya’niy: “Bola menga o‘qish uchun keldi, men o‘qituvchi
sifatida u bilan ishlayman”. Bu uslub iqtidorli bolalar uchun qabul qilinmaydi. Iqtidorli o‘quvchi bilan
ishlashda: “Biz ikki shaxsmiz, Yerdagi ikkita noyob insonmiz, birgalikda bu dunyoni kashf etamiz
va o‘rganamiz”, - degan tamoyil asosida ish olib borish kerak. Buning uchun esa o‘qituvchi haqiqatda
o‘zini sub’ekt sifatida tan olishi kerak, o‘qituvchi xatti-harakati, fikrlash va hissiy munosabatda
moslashuvchanlik kabi sifatga ega bo‘lishi kerak. U vaziyat yoki vazifaga mos kelmaydigan faoliyat
vositalaridan, fikrlash usullaridan, xulq-atvor uslublaridan osonlikcha voz kechishi, maqsadlari va
g‘oyaviy-axloqiy asoslari o‘zgarmagan holda turli vaziyatlarni hal qilishda yangi, o‘ziga xos
yondashuvlarni ishlab chiqish yoki qabul qila olishi kerak.
Iqtidorli o‘quvchi bilan ishlamoqchi bo‘lgan, bolalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga
qaratgan o‘qituvchi o‘z-o‘zini rivojlantirish va faollashtirish, o‘z kuchiga ishonish va o‘zini o‘zi
qadrlash istagi bilan ajralib turadi. U tashabbuskor, yangilikka moyil, ijodiy faoliyat uslubiga ega
bo‘lishi kerak. Iqtidorli bolalar bilan ishlaydigan o‘qituvchilar mehnatga ichki ishtiyoqqa ega. Ular
bolalar bilan muloqotga kirishimli va ta'sir etish orqali emas (buni qil yoki buni qilma), balki o‘z
maqsadlarini o‘quvchilarining hayotiy maqsadlari orqali amalga oshiriladi.
Bo‘lg‘usi o‘qituvchilarni iqtidorli bolalar bilan ishlashga tayyorlashda quyidagi jihatlarga
e’tibor qaratish zarur:
1. O‘qituvchilarning kasbiy va shaxsiy pozitsiyasi (fikr, nuqtai nazari)ni shakllantirish.
Iqtidorli bolalarni tayyorlash va rivojlantirishning psixologik, didaktik va boshqa xususiyatlarini
hisobga olgan holda, ular bilan ishlashga o‘qituvchilarni tayyorlashning asosiy talabi pedagogik
ongni o‘zgartirishdir. Aynan ma’lum o‘qituvchi tomonidan ilgari shakllantirilgan idrok (talaba, ta’lim
jarayoni va o‘zi), muloqot va xatti-harakatlar (o‘zaro ta'sir qilish usullari) va pirovardida o‘qitish va
tarbiyalash usullarining stereotip (stereotip atamasi ma
ʼ
lum bir toifadagi odamlarga nisbatan haddan
tashqari umumlashtirilgan e
ʼ
tiqod, fikr, g‘oya)larini buzish. Aynan iqtidorli bolalar ixtiyoriy yoki
bilmagan holda o‘zlarining xatti-harakatlari bilan nostandart vaziyatlarni yaratishi mumkin, ularni hal
qilish uchun ilgari shakllangan "o‘qituvchi" stereotiplari nafaqat foydasiz, balki bola uchun ham,
o‘qituvchining o‘zi uchun ham zararli.
2. O‘qituvchi iqtidorli bolalar bilan ishlash tizimining murakkab psixologik-pedagogik va
kasbiy-shaxsiy xarakterini anglash;
3. Konsalting va kadrlar tayyorlash tizimini yaratish. Aynan shu shaklda, o‘qituvchilarni
tayyorlash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular o‘zlarining ishlariga xalaqit beradigan shaxsiy
muammolarini tushunish osonroq bo‘ladi. Ushbu shakl o‘qituvchining o‘zini o‘zi bilish, o‘zini o‘zi
nazorat qilish, shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi zarur ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun
samarali;
4. Kasbiy mahoratni rivojlantirish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni - tanlovlar
tizimi, to‘garaklar, seksiyalar yaratish;
5. O‘qitishning barcha jarayonlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish, ijodiy va
erkin o‘quv muhitini yaratish;
6. O‘qituvchilarning ta’lim darajasi va faoliyat sohasi (maktabgacha ta’lim o‘qituvchilari,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, fan o‘qituvchilari, qo‘shimcha ta’lim tizimida ishlaydigan
o‘qituvchilar, defektologlar, amaliy psixologlar, shuningdek maktab ma'muriyati vakillari va
boshqalar)ni umumlashtirish;
7. Talabalar populyatsiyasining xususiyatlari - ularning yoshi, sog‘lig‘ining holati va
boshqalar, shu bilan birga iqtidorli bolalarning alohida guruhlariga - etimlar, nogiron bolalar va
boshqalarga alohida e'tibor qaratish lozim;
8. O‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi va tajribasi:
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
464
- bolalar bilan pedagogik va tarbiyaviy ish tajribasi (pedagogik-psixologik ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan talabalar; davlat maktablarida ish tajribasiga ega o‘qituvchilar va
psixologlar; ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda, "iqtidorlilar uchun" maktablar va sinflarda
iqtidorli bolalar bilan ishlash tajribasiga ega o‘qituvchilar va psixologlar va boshqalar);
- iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘yicha ilgari olingan maxsus tayyorgarlik darajasi (iqtidorli
bolalarni aniqlash, o‘qitish, rivojlantirish va tarbiyalash bo‘yicha olingan ma’lumotlarning mazmuni
va hajmi, qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish,
pedagogik o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalari va boshqalar, amaliyot va amaliyot va boshqalar);
9. Ta’lim infratuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqtidorli bolalarni tayyorlash va
rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan ta’lim tizimining ayrim tarkibiy qismlarining mavjudligi (yoki
aksincha, yo‘qligi) bilan bog‘liq bo‘lgan iqtidorli bolalar bilan ishlash sharoitlarining o‘ziga xos
xususiyatlari.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuvi asosida ishlashda o‘qituvchi tomonidan
tayinlangan ma’lum bir o‘quvchi tanlangan mavzu yuzasidan fan yangiliklari, mavzular to‘g‘risida
matbuot va internet ma’lumotlari tayyorlanib, o‘quvchilarga qiziqarli tarzda taqdim etilishiga e’tibor
qaratish zarur. Bu esa o‘quvchilarda baholash, tanqid qilish, tahlil qilish, xulosalash va o‘z
munosabatlarini bildira olish kabi fazilatlar rivojiga imkon beradi. Maxsus reja–dasturga asosan
mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning shaxs xususiyatlari va bilish jarayonlari rivojlantiriladi.
Iqtidorli o‘quvchilar bilan enrichment yondashuvi asosida ishlashda darsdan tashqari
mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Bu jarayonda iqtidorli o‘quvchi o‘ziga qartailayotgan
e’tiborni xis qilishi muhim ahamiyatga ega. Darsdan tashqari tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning
afzalligi shundaki, u dars jadvali doirasida chegaralanmagan va o‘quv rejasi bo‘yicha tuzilmasligi
kerak. U ixtiyoriy tarzda olib boriladi va bunda o‘quvchilarning qiziqish va imkoniyatlariga
tayaniladi. Xulosa qilib shuni aytib o‘tish kerakki, iqtidorli o‘quvchi o‘zidagi qobiliyatni rivojlantirish
zarurligini, bu esa nafaqat atrofdagilar uchun, balki o‘zi uchun, o‘zining kelajagi uchun muhimligi
anglashi kerak. Talabalarni iqtidorli o‘quvchilar bilan Yakka tartibda ish olib borish jarayonidan
maqsad o‘quvchining erkin faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratish. Chunki yakka tartibda
shug‘ullanuvchi iqtidorli o‘quvchida mustaqil harakat qilish imkoniyati kengroq bo‘ladi. Yakka
tartibda ish olib borishda maslahat berish, o‘quvchining fikrini tinglash va bilish, reja asosida ish olib
borishga e’tibor qaratish samarali natija beradi. Bu borada shuni aytish kerakki, XX asr oxiriga kelib
barcha rivojlangan mamlakatlarda eski usuldagi ta’lim tizimiga tanqidiy qarashlar kuchaydi. Barchani
bir hil usulda, bir xil qarash bilan o‘qitilishiga e’tirozlar ko‘paydi va bu eng avvalo, iqtidorli va
iste’dodli o‘quvchilar bilan ishlash masalasiga qaratildi. Kelajakda kashfiyotlar qiluvchi, ijod bilan
shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning umumiy ma’lumotlar bilan chegarlanuvchi ta’lim jarayoni
qiziqtirmay qo‘ydi. “Umumta’lim maktablarida ham iqtidorlilarga malakali pedagogik, psixologik
yondashuv asosida yakka tartibda, qo‘shimcha e’tibor va yangicha yondashuv bilan ish olib
borilishiga talab oshdi. Bu talab oliy ta’lim muassasalarida ham kuchaydi va iqtidorlilar ta’lim
jarayonida o‘ziga xos yondashuvni, yangicha bilimni kutmoqda. Bu talabni qondirishda esa:
- iqtidorli va qobiliyatli talabalarning muammolarini aniqlash;
- pedagoglarning iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha psixologik, pedagogik va uslubiy
tayyorgarligi yetarli darajada bo‘lishi;
- iqtidorli va qobiliyatli talabalar bilan ishlash uslubiyati (metodikasi)ning mavjudligi muhim
ahamiyat kasb etadi”.
Har bir yoshni – ulkan maqsadlar bilan izlanishlar olib borayotgan, kashfiyotlar qilishga
intilayotgan iqtidorli, iste’dodli farzandlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni, ularga barcha
imkoniyatlar yaratishni yangi davr talab etmoqda. Bu talabni bajarish, ado etishda esa pedagoglarimiz
faol, tashabbuskor bo‘lishi zarur.
SUN'IY INTELLEKTNI PEDAGOGIK TA'LIMGA INTEGRATSIYA
QILISH:MUAMMO VA YECHIMLAR mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
materiallari. Andijon. 23-25 aprel 2025-yil
adpi.uz
universaljurnal.uz
465
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Агафонова
Э
.,
Писанко
М
.
Одаренный
студент
:
Миф
или
реальность
.
https://serdobinzewa.wixsite.com/darfp/--1-cw1w
2.
Маланина
Н
.
А
.
Современные
подходы
к
работе
с
одарёнными
детьми
.
Республика
Чувашия
, 2018. https://urok.1sept.ru/articles/670373
3.
Мирзиёев
Ш
.
М
.
БМТ
Бош
Ассамблеясининг
78-
сессиясидаги
нутқи
. “Xalq so‘zi”
197-son, 2023-yil, 20-sentyabr.
4.
О
‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. 2023-yil 11-sentyabr. “Xalq so‘zi” 190-son,
2023-yil, 12-sentyabr.
5.
Тарантей
В
.
П
.,
Хацкевич
Г
.
А
.
Одаренный
студент
в
вузе
:
вопросы
преемственности
школьного
и
вузовского
образования
.
Беларусь
. https://elib.grsu.by/katalog/166984-367502.pdf
6.
Якина
Ю
.
И
.
Подготовка
родителей
младших
школьников
к
взаимодействию
с
одаренным
ребенком
:
Автореф
.
дисс
.
канд
.
пед
.
наук
. –
Ижевск
, 2011. 3-
с
.]
