“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
329
ILK YOSHDAGI BOLALARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Azimjonova Mohichexra Bunyodbek qizi
ADPI Maktabgacha ta'lim fakulteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ilk yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari
haqida so‘z yuritiladi. Bolada yoshlik chog‘idan boshlaboq o‘ziga xos xususiyatlari borligini
ko‘ramiz. Bu xususiyatlar temprament bilan bog‘liq bo‘ladi.
Kalit so‘zlar:
Temprament, refleks, psixika, ong, analizator, shartli refleks, xulq -
atvor, miya po‘sti.
Bola bir yoshgacha bo‘lgan davrda jismoniy va psixik jixatdan tez o‘sadi. Bu davrda
bola ko‘p jixatdan ojiz bo‘lib, kattalarning doimiy va to‘g‘ri parvarish qilishiga muxtojdir.
Bolaning to‘g‘ri kelgusida sog‘lom bo‘lishi va psixik jixatdan normal o‘sishi uning bir
yoshgacha bo‘lgan davrda to‘g‘ri parvarish qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan
bolaning jismoniy qiyofasi o‘ziga xos bo‘lib, kattalarning jismoniy qiyofasidan ancha farq
qiladi. Yangi tug‘ilgan bola gavdasining sondan bo‘yingacha bo‘lgan qismi juda uzun,
oyoqlari kalta, boshi nisbatan katta, bo‘yni qisqa bo‘ladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning jismoniy qiyofasida katta o‘zgarishlar ro‘y
beradi. Uning vazni va bo‘yi sezilarli o‘zgaradi. Bola bir yoshga to‘lish oldidan uning
jismoniy o‘sishi atrof-tevarakdagi sharoitga ancha moslashib qoladi va tashqi muhitning
noqulay ta’siriga kamroq beriladigan bo‘ladi. Ma’lumki, bolaning psixikasi, xulq-atvori katta
yoshdagi kishining psixikasidan ancha farq qiladi. Uning sababi shuki, bola psixikasining
moddiy negizi bo‘lgan nerv sistemasi o‘ziga xos xususiyatga egadir. Bolaning ayniqsa
tug‘ilganiga bir necha oygina bo‘lgan bola nerv sistemasining quyi bo‘limlari katta yoshdagi
kishilar nerv sistemasining quyi bo‘limlariga qaraganda beqiyos katta rol o‘ynaydi. Nerv
sistemasining quyi bo‘limlari ancha ilgari paydo bo‘ladi va tezroq yetiladi. Shartsiz reflekslar
nerv sistemasining mana shu qismlari orqali vujudga keladi. Shu tufayli chaqaloqning
dastlabki tamshanish, yutish, so‘lak chiqarish va shu kabi reflekslar kondiriladi.[1] Bola
tug‘ilganidanoq unda bir qator analizatorlar normal yaxshilab turadi. Bazan analizatori ana
shular jumlasidandir. Yangi tug‘ilgan bola badanining sezgirligi katta yoshdagi kishi
badanining sezgirligidan kuchliroq bo‘ladi. Shu sababli yangi tug‘ilgan bolaga badaniga
qattiq botmaydigan kiyimlar kiydirish kerak. Tanasiga tegilsa bola turli xarakatlar bilan javob
beradi. To‘g‘ri bu xarakatlarning ko‘pchiligi tartibsiz tarzda, lekin juda muayyan shartsiz
reflektor reaksiyalar xam bo‘ladiki, bunday reaksiyalar faqat yangi tug‘ilgan bolalargina xos
xarakterli reaksiyalardir. Chaqaloqning labiga tegishingiz bilan unda darxol emish
xarakatlari sodir bo‘ladi. Kaftiga qo‘lingizni tegizsangiz u barmoqlarini yumib oladi.
Chaqaloqni ko‘tarsangiz ham u qo‘liga ushlab olgan barmoqlaringizni qo‘yib yubormaydi.
Robinzon refleksi deb ataluvchi bunday refleks bola bir necha xaftalik bo‘lganida paydo
bo‘ladi va u ikki oyga to‘lganidan keyin esa yo‘q bo‘lib ketadi.[2]
Bola tug‘ilgan kundan boshlab , ta’m bilish analizatori ishlay boshlaydi. Yangi
tug‘ilgan bola shirinlikni , achchiqni, nordonni, sho‘rni sezadi. Chaqaloqqa biror narsaning
mazasi yoqmasa aftini bujmaytiradi. Bola ta’mi yoqmagan narsadan totinmaslikka xarakat
qiladi, ya’ni yuzini o‘giradi. Bola tug‘ilgandan boshlab , uning hid bilish analizatori normal
ishlay boshlaydi va shu tufayli hidni farq qila boshlaydi. Sassiq, qo‘lansa, badbo‘y narsalarga
nisbatan bolada salbiy reaksiya paydo bo‘ladi. Ta’m bilish va hid bilish analizatorlarining
faoliyati bolaning ovqatga bo‘lgan muxim extiyojni qondirish bilan chambarchas
bog‘langan. Bola tug‘ilganidan keyin uning qulog‘iga azon aytish kerak, shundan keyin u
yaxshi eshitadigan bo‘ladi, degan xurofotning bizda paydo bo‘lishiga sabab xam shu,
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning
salmoqli natijalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy
anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.
Andijon davlat pedagogika instituti
universaljurnal.uz
330
xaqiqatdan esa chaqaloq tug‘ilgan paytda qulog‘ining eshitmay qolishiga sabab shuki,
quloqning ichi ona qornida suyuqlikka to‘lib qoladi. Bir oz vaqtdan keyin bu suyuqlik
yo‘qolib, ochiladi. Ko‘rish analizatorining takomillashmaganligi shu narsada ham namoyon
bo‘ladiki, bola tug‘ilganidan keyin dastlabki vaqta uning ko‘z to‘r pardasidagi markaziy
qismlargina sezish qobiliyatiga ega bo‘ladi. 6 oylik bo‘lganida bola asosiy ranglarni va eng
oddiy shakldagi narsalarni farqlay boshlaydi. Eshitish va ko‘rish analizatorlarining faoliyati
mukammal emasligining sababi shundaki, bola tug‘ilgan paytida uning bosh miya po‘sti xali
yetarli ravishda rivojlanmagan bo‘ladi, analizatorlarning markaziy qismlari esa bosh miya
po‘stida joylashgan.[3]
Bola o‘sa borgan sari unda juda ko‘p yangi shartli reflekslar paydo bo‘ladi. Bu shartli
reflekslar tobora murakkablashib, bola psixikasining o‘sishida fiziologik negiz bo‘lib qoladi.
Bolaning bir yoshlik davri uning psixikasining tez sur’atlar bilan o‘sishi davridir. Bola
tug‘ilgan kunlarda uning faoliyati faqat eng zarur extiyojlarni qondirish bilan cheklanadi.
Yangi tug‘ilgan bola sutkasiga 20 soatga yaqin uxlaydi. Faqat qorni ochqaganida,
chanqaganida, sovuqni sezganida uygonadi. Extiyoji qondirilginidan keyin yana uyquga
ketadi. Bu davrda uxlashni bolaning normal xolati deyish mumkin. Uzoq (uxlashdan keyin
) tufayli bola energiyasining asosiy qismi uning tez o‘sishiga va jismoniy jixatdan
chiniqishiga sarf bo‘ladi, chunki yuqorida aytib o‘tilganidek, bola tug‘ilganidan keyingi
dastlabki vaqtlarda jismoniy jihatdan ayniqsa tez o‘sadi. Bola sekin kamroq uxlaydigan
bo‘ladi va atrofdagi narsalarning ta’siriga ko‘proq qiziqadigan bo‘ladi.[4]
Bir oylik bola narsalarning xarakatiga qarab, boshini burishi mumkin, ikkinchi oyga
o‘tganda u tovush kelgan tomonga qarab boshini buradi, keyinroq esa ovozni eshitib,
gapirgan kishini ko‘zi bilan qidira boshlaydi. Bolaning miyasi tobora ko‘proq taassurot
oladigan bo‘lib qoladi, bu esa yanada rivojlanishga yordam beradi. Bu vaqtlarda kelib bolada
hamma analizatorlarning shartli reflekslari mutsahkamlanadi.[5]
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Umumiy psixologiya P.I.Ivanov
2.
Psixologiya V.Karimova Toshkent 2002y
3.
Umumiy psixologiya M.V.Voxidov.Toshkent 1992 yil
4.
Bolalar psixologiyasi ocherklari P.I.Leventuev. A.A.Askarxujaev.
5.
Yosh va pedagogik psixologiyadan praktikum.T 1991.
