Mualliflar

  • Mohichexra Azimjonova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif biografiyasi

  • Mohichexra Azimjonova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika instituti
    M aktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86379

Kalit so‘zlar:

kommunikativ syujet

Annotasiya

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish
markazlarida bolalarning kommunikativ jarayonlarini shakllanishi, tarbiyachi pedagoglar
tomonidan metodik imkoniyatlari yaratilishi va bunda STEAM ta’lim texnologiyasini ahamiyati
haqida bayon qilingan.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

670

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOL RIVOJLANTIRUVCHI

MUHITNI TASHKIL ETISHDA STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN

FOYDALANISH

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Azimjonova Mohichexra Bunyodbek qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15258240

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish

markazlarida bolalarning kommunikativ jarayonlarini shakllanishi, tarbiyachi pedagoglar
tomonidan metodik imkoniyatlari yaratilishi va bunda STEAM ta’lim texnologiyasini ahamiyati
haqida bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

STEAM, kommunikativ, syujet, individual, markaz, metod, kompetentlik.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlantiruvchi

markazlaridagi jarayonlar bolalaming doimiy ravishda yangi bilimlami o‘zlashtirishga,
mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish,
kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o‘rgatish rivojlantiruvchi
markazlarining asosiy maqsadidir. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish
markazlarida bolalaming kommunikativ jarayonlarini shakllanishi, tarbiyachi-pedagoglar
tomonidan metodik imkoniyatlari yaratilishi bolaning barkamol rivojlanishida ayniqsa qiziqarli va
foydalidir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlarida bolalar
o‘zlarining ilk kommunikativ sifatlarini o‘zlari rivojlantirish borish ko‘nikmasiga egadirlar:

• Qurish-yasash,konstruksiyalash va matematika markazi;
• Til va nutq markazi;
• Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi;
• Ilm-fan va tabiat markazi;
• San’at markazi;
• Musiqa va ritmika markazi.
Yuqoridagi

keltirilgan

rivojlanish

markazlarida

har

bir

yosh

guruhlarida

tarbiyalanuvchilarning mustaqil faoliyati, ta’limiytarbiyaviy jarayoni tarbiyachi tomonidan
kuzatib boriladi va rivojlanish xaritasida qayd etiladi. Har bir rivojlanish markazi bolaning
kommunikativ sifatlarini rivojlantiradi. Kommunikativ moslashuvchanligi, kompetentlik
astasekin shakllana boshlaydi. Oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda
izlanishga, tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi.
Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega
bo‘lishlari, buning uchun esa ulami doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur boladi.
Tarbiyachi o‘quv materialini bolalaming yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga
munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik jamoasining o‘rni
shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos
keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlami qo‘llab-quwatlashlari, ularda
borliqni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak. Bola rivojlanishining
o‘ziga xosligini inobatga olishda, awalo, shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar
rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va
takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalami aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat turlari bilan
ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko‘rsatkichlari
to‘g‘risida toiiq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli
bolalaming qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda boiishlari
kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi. Bunda bola rivoj lanishining o‘ziga xosligiga doir,
bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ulaming aqliy, ijtimoiy va ma’naviy
yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalaming tabiatga qiziqishlariga,


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

671

tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish xoxish-

istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari javob topishiga yordam
berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash
va e’tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni
soddalashtirmasdan va bolani ko‘p axborot bilan chalg‘itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish
va ularini birgalashib qidirishdan iboratdir. Rivojlanish markazlaridagi ta'lim jarayonida
bolalaming o‘zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil
guruhlarda ishlashi individuallashtirishda tarbiyachi shundayfaoliyat turlarini o‘ylab topadiki,
unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holdaa o‘zi
mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini
optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va
bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallami
o‘zgartirishi yoki moslash-tirishi mumkin. Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy
ko‘nikmalari va qmqishlaridan kelib beradi. Masalan, san’at markazida bir bola o‘ynaladigan
o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma
besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvimi tuzishni ma’qul ko‘radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni va
ularning

rivojlanishiga

daxldor

fikrlarni

yozib

boradi.

Ancha

vaqtdan

keyin

-

murakkablashtiruvchi materiallarni vazifalarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi.
Bunday yo‘l tutish tufayli bola yaxshi sur’atda o‘sib-ulg‘ayishi mumkin. Tarbiyachilar rivojlanish
markazlarida bolalaming yordamchilari rolini o‘ynaydilar, ta’limiy faoliyatlar olib boriladigan
joyda imkoniyatlar kengligini ta’minlaydilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini
egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. M.A.Maxsudova “Muloqot psixologiyasi” T-“Turon-Iqbol” 2006

у

2. Nosirov P. “0 ‘zbek nutq madaniyati” T-“0 ‘AJBNT” markazi, 2004

у

3. Mahmudov N.“Tarbiyachi nutq madaniyati” T-Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007-

4. Maxmutazimova Y.R. Odob.Nutq.Muomala. Metodik qoilanma.T.: Nizomiy nomidagi

TDPU, 2006.-29b

Bibliografik manbalar

M.A.Maxsudova “Muloqot psixologiyasi” T-“Turon-Iqbol” 2006 у

Nosirov P. “0 ‘zbek nutq madaniyati” T-“0 ‘AJBNT” markazi, 2004 у

Mahmudov N.“Tarbiyachi nutq madaniyati” T-Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007

Maxmutazimova Y.R. Odob.Nutq.Muomala. Metodik qoilanma.T.: Nizomiy nomidagi

TDPU, 2006.-29b