MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
135
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA
QO‘LLASHNING ME’YORIY-USLUBIY ASOSLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Azimjonova Mohichexra Bunyodbek qizi
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15226819
Annotatsiya:
Mazkur tezisda Maktabgacha ta’limni rivojlantirish sohasidagi muammolar,
maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘liq qamrab olishni ta’minlash maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan jamlanish kerak ekanligi bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Konsepsiya, kompetensiyaviy, kompleks, estetik, resurs, institusional.
O‘zbekistonning kelajak taraqqiyoti, salohiyati ma’lum ma’noda bolalarni maktabgacha
yoshidanoq maqsadli ravishda o‘z ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ro‘yobga chiqishga
ko‘maklashish hamda rag‘batlantirish, tanqidiy-ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish,ilk
yosh davridan o‘qishga xohish-istak uyg‘otish va ilk yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, kuylash
va musiqa tinglashga o‘rgatish, jonli va jonsiz tabiat haqida tushuncha berish, mehnat qilish
malaka va ko‘nikmalarini tarbiyalashda rivojlantiruvchi faol muhitni tashkil etish va maktabga
sifatli tayyorlash bosh maqsadimizdir. Bugungi kunda ta’lim-tarbiyaviy jarayonda innovatsion
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’limning samaradorligini oshirishga
bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan
boyitilgan mashg‘ulotlar bolanimustaqil izlanishga, ijodiy fikrlashga, intellektual salohiyatini
shakllantirishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ 4312-sonli “Maktabgacha
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi qarori qabul
qilindi. Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 5 bob dan iborat
bo‘lib, maktabgacha ta’lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolar,
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari, konsepsiyani
amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar hamda amalga oshirishini monitoring qilish belgilab
qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda - Konsepsiya) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030-yilgacha
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami o‘z ichiga oladi.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’limni rivojlantirishning maqsadlari,
vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi
hamda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-
tadbirlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Ushbu Konsepsiyaning maqsadi bola hayoti va
faoliyatining barcha sohalarini rivojlantirishni ta’minlovchi muhim manba bo‘lgan sifatli
maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardir: -
maktabgacha ta’lim sohasidagi meyoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish - maktabgacha
ta’lim tizimiga xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va
rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish - maktabgacha yoshdagi bolalarni
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar
yaratish; - bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng
foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni
rivojlantirish - bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan
teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni
rivojlantirish - maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom va balanslashtirilgan oziq-
ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan ta’minlash. - maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalami,
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
136
ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; -
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
faoliyatini moliyalashtirishning shaffofligi va samaradorligini ta’minlashdir. Shunday ekan,
birgina maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalami joriy etishda STEAM ta’lim texnologiyasi
samarali natijalami ko‘zlaydi. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar - barcha
bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish uchun bir xil imkoniyatlami ta’minlovchi maktabgacha
ta’limning samarali innovatsion tizimining shakllanishi, maktabgacha ta’limni insonning butun
hayoti davomidagi uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi sifatida belgilash, bolani shaxs sifatida
jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda uning roli oshirilishi,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namuna va turlari xilma-xilligi asosida maktabgacha ta’lim
tizimida institusional o‘zgarishlar amalga oshirilishi, mazkur sohada sog‘lom raqobat muhitining
yaratilishi; zamonaviy energiya va resurs tejovchi texnologiyalami joriy etish asosida
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital
ta’mirlashning kengaytirilishi, ulaming o‘quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi
o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar, mebel, kompyuter texnikasi, o‘quv uskunalari bilan
jihozlanishi; maktabgacha ta’lim sohasiga xususiy sektorning jalb qilinishi, uning ijtimoiy
javobgarligi oshirilishi, moliyalashtirish manbalarining kengaytirilishi va maktabgacha ta’lim
xizmatlari turlarining ko‘payishini amalga oshirilishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda maktabgacha
ta’lim tizimida xorijiy davlatlar tajribasida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan kompetensiyaviy
yondashuv keng tatbiq qilinmoqda.
STEAM ta’limi nafaqat o‘qitish usuli, balki fikrlash tarzidir. STEAM ta’lim muhitida bolalar
bilimga ega boiadilar va darhol undan foydalanishni o‘rganadilar. Shuning uchun, ular o‘sib-
ulg‘ayganlarida va hayotiy muammolarga duch kelganda, atrof-muhitning ifloslanishi yokiglobal
iqlim o‘zgarishi boiadimi, bunday murakkab masalalami faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib
va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu yerda faqat bitta mavzu
bo‘yicha bilimga tayanish yetarli emas. STEAM ta’lim texnologiyasining asosiy pedagogik
ahamiyatli jihati shundaki, shaxsni integratsiyalashgan rivojlanish imkoniyatidir. Integratsion
yondashuv turli xil faoliyat turlari - о‘yin, texnik, nutq, vizual, kommunikativ, kognitiv va
boshqalaming o‘zaro bogMiqligida namoyon bo‘ladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Т.: O‘zbekiston, 2002. - 72 b
2. Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiY. “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. - T.:2008.- 35 bet.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrda qabul qilingan “2017-
2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi
PQ2707-son qarori // www.lex.uz
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli qarori //
www.lex.uz
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim
tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-son farmoni
// www.lex.uz
