27-02-2025
151-159
313
25
FAZODA TEKISLIK VA TO‘G‘RO CHIZIQ TENGLAMALARI
Ushbu ishda fazoda tekislik va to‘g‘ri chiziq tenglamalarining analitik ifodalanishi, ularning turlari, geometrik talqini hamda o‘zaro joylashuv holatlari o‘rganiladi. Fazodagi uch o‘lchamli koordinatalar sistemasida tekislikning umumiy, nuqta-vektorli va normal ko‘rinishdagi tenglamalari bilan tanishtiriladi. Shuningdek, to‘g‘ri chiziqning parametrik va yo‘nalish vektorli tenglamalari yoritiladi. Ish davomida tekislik va to‘g‘ri chiziq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning kesishish shartlari, parallel va perpendikulyar bo‘lish holatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, nuqtadan tekislikka yoki to‘g‘ri chiziqqa bo‘lgan masofa, burchak va proyeksiya kabi muhim geometrik tushunchalarga ham e’tibor qaratiladi.
Mazkur mavzu matematikaning analitik geometriya bo‘limida muhim o‘rin egallab, muhandislik, fizika va kompyuter grafikasi sohalarida keng qo‘llaniladi. Ish natijasida talabalar fazodagi asosiy geometrik obyektlarni analitik shaklda ifodalash va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar.