MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
462
DISLALIYA SHAKLLARI VA TURLARI.
Andijon davlat pedagogika instituti
Maxsus pedagogika kafedrasi
o’qituvchisi Qodirova Mahzuna
Andijon davlat pedagogika instituti
Maxsus pedagogika (logopediya) yoʻnalishi
talabasi Musaxoʻjayeva Robiya
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233738
Annotatsiya.
Ushbu maqolada dislaliyaning tarixi, kelib chiqish sabablari, shakllari va
turlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Dislaliya nutq buzilishlarining eng keng tarqalgan
shakllaridan biri bo‘lib, uning mexanik (organik), funksional va fiziologik turlari mavjud.
Maqolada dislaliyaning tashxis qo‘yish mezonlari, turlari va bolalarda uchrash sabablari bo‘yicha
olimlarning fikrlari yoritilgan.
Kalit soʻzlar:
dislaliya, gammatsizm, kappatsizm, lambdatsizm, rotatsizm, sigmatizm,
xitizm, monomorf va polimorf, prognatiya, progeniya, prikus.
Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko‘p tarqalgan kamchilik hisoblanadi. Kishilar
o‘rtasidagi muloqotning asosiy vositasi nutqdir. Inson nutq yordamida o‘z fikrlarini, his-
tuyg‘ularini bayon qiladi hamda boshqalarning hissiyotlarini bilib oladi. Nutq faoliyati aloqa
o‘rnatish vositasi hisoblanadi. Inson nutqida tovushlar muayyan ahamiyatga ega. 4–5 yoshli
bolalarning ko‘pchiligida tovushlar talaffuzi til normasiga yaqinlashgan bo‘ladi. Ayrim bolalar esa
tovushlarni buzib talaffuz qiladilar. Ular bir tovushni ikkinchisidan farqlay olmaydilar, ayrim
tovushlarni talaffuzda qo‘llay olmaydilar yoki nutqida boshqa tovushlarga almashtiradilar. Bu
holatlarda dislaliya vujudga keladi.
Dastlab noto‘g‘ri talaffuz va nutq kamchiligi haqidagi birinchi ma’lumotlar qadimgi yunon
olimlari Plutarx, Gippokrat, Klavdiy Galen va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Ushbu
olimlarning fikriga ko‘ra, “Tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish til, lab, qattiq va yumshoq
tanglayning zararlanishi bilan bog‘liq” deb ta’kidlangan. Tovush buzilishlarining xarakteri
haqidagi fikrlarning rivojlanishida rus va chet el olimlari, lingvistlar, psixolog va fiziologlarning
hissasi katta bo‘lgan. Ular quyidagilardir: V.A. Bogoroditskiy, L.V. Sherba,D.P. Yenkо,Boduen,
A.A. Shaxmatov,L.V. Varshavskiy,I.M. Litvak, N.I. Jinkin.
XIX asrning boshlarida tovush talaffuzidagi kamchiliklarni artikulyatsion mashqlar
yordamida bartaraf etish usullari yanada rivojlana boshladi.
Dislaliya termini haqida dastlab Yevropaning Vilnyus universiteti shifokori, professor I.
Frank ilmiy muomalaga kiritgan. Shundan so‘ng XIX asrning 30-yillarida shveysariyalik shifokor
R. Shultess ham o‘z ishlarida “dislaliya” terminini qo‘llagan. U dislaliyani faqat talaffuz buzilishi,
ya’ni artikulyatsion organlarning anatomik nuqsonlari bilan bog‘liq holat sifatida ta’riflagan.
Polyak tadqiqotchisi V. Oltushevskiy dislaliyani nutq apparatining anatomik nuqsonlari
bilan bog‘liq bo‘lmagan talaffuz buzilishlari sifatida tavsiflagan.
U dislaliyaning ikkita shaklini ajratib ko‘rsatgan: funksional dislaliya va eshitish
qobiliyatining pasayishi bilan bog‘liq dislaliya.XX asrning 30–50 yillarida bu tushuncha amaliy
o‘zgarishlarga uchradi. M.Ye. Xvatsev dislaliyani tutilib gapirishning bir shakli deb ko‘rdi (bu
umumlashtirilgan termin ichiga talaffuzning barcha buzilishlari kiritilgan). U bunga periferik nutq
organining buzilishini ham kiritgan: suyak-kemirchak muskullari qismlari yoki “ularning periferik
innervatsiyasi”, hamda eshitish qobiliyatining pasayishi sababli tovush talaffuzining buzilishi. U
10% dan kam bo‘lmagan dislaliya holatlari shu nuqson bilan bog‘liq deb hisoblagan.
Dislaliya shakllari va turlari.
Dislaliya uch shaklga bo‘linadi:
1. Mexanik (organik) dislaliya – periferik nutq apparatining (til, jag‘, tanglay, tish) organik
buzilishlari natijasidir.
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
463
2. Funksional dislaliya – bunda periferik nutq apparatida hech qanday organik
buzilishlar kuzatilmaydi, ammo bolaning nutqiy rivojlanishida kamchiliklar mavjud bo‘ladi.
3. Fiziologik dislaliya – nutq apparati hali to‘liq rivojlanmaganligi sababli yuzaga keladi.
Dislaliya ma’lum tovushlar guruhiga tegishli bo‘lishiga ko‘ra quyidagi yetti turga
bo‘linadi:
Sigmatizm – (grekcha “sigma” – “s” harfi nomidan olingan) sirg‘aluvchi (s, z) va shovqinli
(sh, j, ch) tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar.
Rotatsizm – (“ro” harfi nomidan olingan) “r” tovushining noto‘g‘ri talaffuzi.
Lambdatsizm – (“lambda” harfi nomidan olingan) “l” tovushining noto‘g‘ri talaffuzi.
Kappatsizm – “k” tovushining nutqda yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuzi.
Gammatsizm – “g” tovushining nutqda yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuzi.
Xitizm – “x” tovushining nutqda yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuzi.
Yotatsizm – “y” tovushining nutqda yo‘qligi yoki noto‘g‘ri talaffuzi.
Shuningdek, dislaliya quyidagicha tasniflanadi:
Oddiy dislaliya – agar to‘rtta tovush talaffuzida kamchilik bo‘lsa,murakkab dislaliya – agar
beshta va undan ortiq tovush talaffuzida kamchilik hisoblanadi.
Monomorf dislaliya – bir fonetik guruhga tegishli tovushlar talaffuzida kamchiliklar mavjud
bo‘lsa,polimorf dislaliya – ikki va undan ortiq fonetik guruhga tegishli tovushlarda kamchilik
hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda dislaliya bolalar orasida eng keng tarqalgan nutq buzilishlaridan biri
bo‘lib, uning sabablari va shakllari turlicha namoyon bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
dislaliyaning kelib chiqishida organik (mexanik), funksional va fiziologik omillar muhim rol
o‘ynaydi. Dislaliyaning turli shakllari, jumladan, sigmatizm, rotatsizm, lambdatsizm, kappatsizm,
gammatsizm, xitizm va yotatsizm, tovush talaffuzidagi buzilishlarni aniqlash va tuzatishning
muhim yo‘nalishlaridan biridir. Dislaliyaning oldini olish va uni bartaraf etish uchun bolaning
nutqiy rivojlanishini erta yoshdan kuzatish, to‘g‘ri nutqiy muhit yaratish hamda maxsus logopedik
mashg‘ulotlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, nutq
apparatining to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, bola eshituv sezgirligini oshirish va to‘g‘ri
artikulyatsiyani shakllantirish orqali dislaliyaning oldini olish mumkin. Shuningdek, logopedik
yordam va maxsus pedagogik yondashuvlar orqali dislaliya bilan bog‘liq nutqiy muammolarni
bartaraf etish mumkin. Shu boisdan, dislaliya bo‘yicha chuqur tadqiqotlar olib borish va samarali
tuzatish usullarini amaliyotga joriy etish maxsus pedagogika va logopediya sohasida dolzarb
vazifa hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. M.Y. Ayupova. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.:
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007. – 560 b.
2. L.R. Mo‘minova – pedagogika fanlari doktori, professor. R. Shomahmudova, L.
Mo‘minova. Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish. – Т.: «Turon Iqbol», 2007, 96
b.
