Mualliflar

  • Mohinur Komilova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Vazira Axmedova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Mohinur Komilova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagokika institute Logopediya yo’nalishi 1-bosqich 102-guruh talabasi

  • Vazira Axmedova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Ilmiy raxbar; assisent oʻqituvchisi 

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86263

Kalit so‘zlar:

so’zlar psixalogiya lingivistika

Annotasiya

Ushbu maqolada markaziy va periferik nutq a’zolari,ovoz,nafas,artikulatsion bo’lim,tutilib gapirish,qobiq osti yadrolari,nutq xosil bo’lish jarayonida ishtirok etuvchi markazlar,Broko,Vernike,orqa miya to’g’risida so’z boradi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

424

DUDUQLANISH BELGILARI VA KELIB CHIQISH

SABABLARI

Andijon Davlat Pedagogika Instituti

Maxsus pedagogika:logopediya

yo’nalishi 1-bosiqich talabasi

Xomitova Feruza Ravshanbek qizi

Ilmiy rahbar: assisent oʻqituvchisi

Axmedova Vaziraxon Tursunboyevna.

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15233590

Anatatsiya:

Ushbu maqolada duduqlanishda ish olib borgan olimlar , duduqlanishning

asosiy

belgilari , kelib chiqish sabablari haqida yoritib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

nutq markazlari , assotsiativ , tashqi nutq apparati , vegetativ asab sistemasi

, stress.

Ma’lumki,hozirgi kunda juda ko’p bolalarda uchrab kelayotgan duduqlanish har bir ota-

onani tashvishga solib qo’ymoqda.Duduqlanish kasallikmi yoki nuqson ,buni anglash ham
qiyin.Olimlar olib borgan ishlardan shuni aytish mumkinki,duduqlanish vaqti-vaqti bilan qo’zg’ab
turadi. Duduqlanishni bartaraf etish uchun katta kuch va sabr talab etadi.Agar duduqlanish o’z
vaqtida bartaraf etilmasa bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Bola o’z fikrini mustaqil
bayon eta olmasligi natijasida tengdoshlari bilan muloqotga kirisha olmaydi.
Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanishi tarixida eng
qadimiylaridan biri hisoblanadi. Duduqlanish- bu nutq apparati muskullarining natijasida
nutqning sur’at ohangining buzilishidir.

Duduqlanish XVII-XVIII asrda tashqi nutq apparatining etishmaganligi sifatida talqin

qilindi. XX- asrdan boshlab duduqlanish mexanizmi haqidagi barcha tushunchalar uchta nazariy
yo’nalishga ajratldi.

1.

Duduqlanish

nutq

markazlarini

muvofiqlashtiruvchi

apparatning

qo’zg’aluvchanligi,zaiflashuvi natijasida sodir bo’ladigan koordinatsion nevrozdir. G. Gutsman,I.
A. Kusmaul, I L Skorskiyiar duduqlanish bu nevrotizm jarayoni,duduqlanish bu — paay
tortishishiga o’xshash spazmalardir,deb tushuntirishdi.

2. Duduqlanish ruhiy xarakterdagi assotsiativ buzilishdir.Bu yo’nalishlarni T.Gefner,E

Freshels tomonidan o’rganildi. Duduqlanish mexanizmlarini tushuntirishga nisbatan psixologik
yondashuv oʻzining navbatdagi taraqqiyotini davom ettirdi.

3. Duduqlanish ruhiy jarohatlanishda atrof muhit bilan bo’ladigan turli ziddiyatlar natijasida

kelib chiqishini A.Adler,Shneyder o’z nazariyalarida ochib berdilar.Shunday qilib XIX-XX-asr
boshlarida duduqlanish bu murakkab psixofizik buzilish degan fikrga kelishdi. Duduqlanishni
nevrozlar haqidagi Pavlov ta’limoti nazariyasini o’rganish chet ellarda o’z izdoshlarini
topmoqda.Chehoslavakiyada –M Zeemin ,M So’vak,K Dostalova;Balgariyada –D Daskalov,A
Atanasov,A Angushev;Polshada-AMitrinovich,Germaniyada- Bekker va boshqalar duduqlanish
haqida ko’plab ma’lumotlar berib o’tishgan.[ 1.321-b. ]

Duduqlanish ko’pincha maktab va maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydi.Bola nutqi

rivojlanib murakkabroq jumlalarni ifodalay boshlaganda duduqlik sezila boshlaydi.Uning asosiy
belgilari quyidagilar:

Soʻz yoki jumlani boshlashda qiyinchilik;
Soʻz yoki soʻz ichidagi tovushlarni uzaytirish;
Gapirayotganda ba'zi boʻgʻinlar va soʻzlarni aytishga harakat qilganda qisqa muddatli

sukunat;

Keyingi soʻzga oʻtish qiyin boʻlsa , «mmm» kabi qoʻshimcha soʻzlarni qoʻshish;


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

425

Soʻzlarni ishlab chiqarishda yuz va tananing haddan tashqari choʻzilishi;

Gapirishdan tashvishlanish;
Samarali muloqot qila olmaslik;
Gapirganda lablar va iyaklarning titrashi;
Gapirayotganda mushtlarni siqish;
kabi belgilar kuzatiladi. Duduqlanishga uchragan insonlar stressli , charchagan yoki

hayajonlanganda koʻproq duduqlanadi. Shoshilish va bosim ostida his qilish duduqlanishni
kuchaytiradi.Guruh oldida yoki telefonda gapirish duduqlangan odamlar uchun juda qiyin.
Duduqlar oʻzlari bilan gaplashish yoki qoʻshiq aytish uchun qulayroqdir.

Duduqlanishning sabablari.

Duduqlanishni kelib chiqishiga sabab yosh bolalarning hali shakllanib ulgurmagan nimjon

asab sistemasiga har turli zararli ta’sirlar natijasida vujudga keladi.Masalan qo’rqish, uydagi ota-
onalar o’rtasidagi shovqinli vaziyatlar,to’polonlar,janjallar bolakay uyqusida cho’chib
uygonishiga qo’rqishiga sabab bo’ladi.Bu qo’rquv shunday kuchli bo’ladiki,bolakay uyqusida
ham qo’rqib uyg’onadigan bo’ladi,to’polon qilganlarga ishonchsizlik huddi xozir yana janjal
boshlanadigandek qo’rquv alomatlari, uning hatto ko’z qarashlarida ham bilinadigan ,kattalarga
botinib qaray olmaydigan bo’ladi. Yosh bolalarda taqlid kuchli bo’lganligi sababli,ba’zi birlari
duduq o’rtoqlaridan duduqlanishni o’rganadilar.Duduqlikning yana bir belgilari hammaga
ma’lum boʻlib , ular gapira boshlagan zaxoti duduqlanuvchi bolalarning mushaklari tortisha
boshlaydi.Ba’zi hollarda duduqlanuvchi bola 1- so’zni aytmoqchi bo’lganda og’zini ocha olmay
qoladi.Duduqlanishni og’ir hollarida yuzi qizarib,yuzdagi mushaklar,ko’z atrofidagi mushaklar
tortishishi,hatto terlab ketishi mumkin.Yurak urishi, nafas olishi tezlashadi.Bu holat bolaning
vegetativ asab sistemasi faolayatida nuqsonlar borligini bildiradi.Nutqning bunday nuqsonida
bola ko’pchilik o’rtasiga chiqib biron-bir so’z aytishi dahshatdek tuyuladi.Shu sababli
duduqlanuvchilar psixologiyasida ,shubhalanishlik,gumonsirash,kayfiyatning pastligi ,o’z kuchi
va irodasiga ishonmaslik kabi hislatlar ko’proq bo’ladi.Duduqlanishni davolashga erta kirishilsa
,shunchalik tez yaxshi natijalarga erishish mumkin.Davolash choralari samarali bo’lishi uchun,
bolaning o’zida ham bu nuqsondan qutulish istagi bo’lishi, va davolash muolajalarida faol ishtrok
etishi kerak

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bolalarda duduqlanish turli sabablarga ko'ra bo'lishi

mumkin, jumladan irsiy omillar, neyrofiziologiya, rivojlanish omillari, psixologik muammolar,
atrof-muhit ta'siri, nutq va til buzilishlari, nevrologik holatlar, dori-darmonlar yoki tibbiy
sharoitlar. Kekalanishning turli xil sabablarini tushunish ota-onalarga, o'qituvchilarga va tibbiyot
xodimlariga ushbu nutq buzilishi bilan kurashayotgan bolalarga tegishli yordam va davolanishni
ta'minlashga yordam beradi. Bolalar duduqlanishning asosiy omillarini bartaraf etish orqali
nutqning ravonligi va muloqot ko'nikmalarini yaxshilaydi, bu esa hayot sifatini yaxshilashga va
ijtimoiy o'zaro munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.M.Y. AYUPOVA LOGOPEDIYA Toshkent ( 2007)
2.Logopediya M.Ayupova , L.Moʻminova Toshkent (1993)
3.Elektron manbalar.https://medall.uz/duduqlanish-nima-sabablari-va-davolash/










Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

LMo’minova ,tutilib gapiruvchi o’smirlar uchun qo’llanma Toshkent -1980

A.K.Shamshetova,R.N.Meliboyeva I.O.Xaydarov ,Umumiy psixalogiya o’quv qo’llanmasi 2018

B.M.Umarov,Psihalogiya.darslik 2016