MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
383
TAYANCH – HARAKATI A’ZOLARI FALAJLANGAN BOLALARDA NUTQ
RIVOJLANISHINING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
.
Andijon davlat pedagogika instituti,
Maxsus pedagogika kafedrasi assistent-o’qituvchsi
Vaziraxon Axmedova Tursunbayevna
ORCID ID 009-003-6218-0270
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15233382
Annotatsiya
. Ushbu maqolada tayanch – harakati a’zolari falajlangan bolalarda nutq
rivojlanishining ilmiy-pedagogik asoslari, bola nutqi rivojlanishining psixologik asoslari , dizartriya
nutq kamchiliginingfalajlanish bilan bog’liq xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar
. Nutq, dizartriya, falajlanish, dinamik lokalizatsiya, psixik funksiyalar,
markaziy nutq apparati, finksional sistema, talaffuz .
Nutq inson uchun bilish, faollikni rivojlantirish, atrofdagilar kishilar bilan muloqotda
bo’lishning asosiy vositasidir. Inson shaxsining kamol topishida nutq juda katta ahamiyatga ega.
Bolalarning barcha nutq sistemalarini rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan ishlarda
maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarning lug’at so’z boyligi grammatik tizimi shakllarini
ko’proq egallashlarida va so’zlarni to’g’ri talaffuz etishda ahamiyat beriladi.
Atoqli psixolog olim L.S.Vыgotskiy ruhiy jarayonlardan biri bo’lgan nutqni shunday
ta’riflagan. “Nutq xabar, ijtimoiy aloqa, atrofdagilarga ta’sir funktsiyasini bajarish bilan birga
inson fikrini shakllantiradigan usullardan biridir”.
2
Nutqiy nuqson deganda, ma’lum nutq buzilishining nutqiy va nutqsiz alomatlari hamda
ularning bog’lanish xarakteri majmui (tarkibi) tushuniladi. Nutqiy nuqson tuzilishida birlamchi,
yetakchi buzilish va ikkilamchi nuqsonlar ajratib ko’rsatiladi. Bu buzilishlar bir-birlari bilan
sabab-oqibat munosabatida bo’ladi. Nutqiy nuqsonning turlicha tuzilishi birlamchi va ikkilamchi
alomatlarning alohida bog’lanishlarida o’z aksini topadi va biror maqsadga qaratilgan logopedik
ta’sir etishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Nutq insonning murakkab oliy psixik funktsiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab
a’zolar sistemasi orqali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rolь o’ynaydi.
XX asrning boshlaridayoq nutq funktsiyasining miyadagi maxsus “alohida nutq
markazlari”ning mavjudligi bilan bog’langan nuqtai nazar keng yoyilgan edi. I. P. Pavlov bu
qarashga yangi yo’nalish berdi. U bosh miya qobig’ining nutq funktsiyalari lokalizatsiyasi
murakkab bo’libgina qolmay, balki o’zgaruvchan xususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi
va uni “dinamik lokalizatsiya” deb atadi. [1]
Zamonaviy neyrofiziologiya nuqtai nazarida nutq buzilishlari tahlili, shuningdek nutq
rivojlanishini norma va patologiyada o’rganish, organizm funktsional sistemasi shakllanishining
umumiy qonuniyatlariga asoslanadi (sistemagenez).
Funktsional sistema haqidagi ta’limotni, miyaning turli strukturalarini keng funktsional
birlashishi sifatida so’ngi natijalari olishi asosida P. K. Anoxin ishlab chiqdi. Bu yangi
metodologik nuqtai nazardan nutq rivojlanishini norma va potologiya sharoitida ko’rib chiqish
imkoniyati mavjuddir. [3]
Bizning fikrimizcha, bola hayotining birinchi yilida yetakchi faoliyat shakli uni kattalar bilan
xissiy ijobiy munosabati hisoblanadi. Bu dastlabki nutqiy muloqotning shakllanishi uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Faqat uning asosida bolada kattalar bilan muloqatga talab shakllanadi, ovoz
reaktsiyalari ko’rinishida uning dastlabki shart – sharoitlari rivojlanadi, ularning ifodaliligi, sensor
funktsiyalari, ya’ni kommunikativ bilish kompleksi rivojlanadi. Bu bolaning keyingi psixik
rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Faoliyatning bunday turi zaif rivojlanuvchi bolalarda (masalan, kasalxonada uzoq muddat
yotishni talab qiladigan kasallik yoki atrofdagilar bilan muloqatning kamligi) nutq rivojlanishining
2
Выготский Л.С Проблемм дефектологии .-Москва: Про 1995 г
MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA
ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel
2025-yil
adpi.uz universaljurnal.uz
384
dastlabki shart – sharoiti yetarli shakllanmaydi va bunday bola hayotining dastlabki
yillarida nutq rivojlanishidan orqada qolishi mumkin. [3]
Kishining nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining harakatlari aniq va
to’g’ri bo’lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini boshqarib turuvchi organ nutq
apparatidir. Nutq apparati o’zaro chambarchas bog’langan markaziy va pereferik nutq apparatidan
iboratdir [2].Markaziy nutq apparati bosh miyada joylashgan bo’lib, u bosh miya qobig’idan,
qobiq osti tugunlaridan o’tkazuvchi yo’llar, uzoqdan (uzunchoq miyada) yadrolar va ovoz, nafas
va artikulyatsiya muskullariga boruvchi nervlardan tashkil topadi. Mana shu organlar mexanizmini
buzilishi nutq buzilishlarini keltirib chiqaradi. Bolalarda uchraydigan dizartriya – nutq nuqsonida
nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomondan kamchiliklar
kuzatildi.
Dizartriyada nutq a’zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanish natijasida
nutq tovushlari artukulyatsiyasi qiyinlashadi. SHuningdek ovoz, nafas buzilishlari nutqning
sur’ati, ritmi va ifodaliligida o’zgarishlar kuzatiladi. [2]
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, dizartriya nutq nuqsonida miyaning turli joylarida
jarohatlanishlar kuzatiladi. Xususan, miya yarimsharining chap va o’ng tomonida, yetti
tuxumsimon markazdan o’tuvchi sistemada, asab tugunchalari qobig’ida, uzunchoq miyada
kuzatilishi mumkin. Dizartriyaning turlarida nutqiy buzilishlar bilan birgalikda nutqiy bo’lmagan
kamchiliklar ham uchraydi. Bu bulьbar va psevdobulьbar dizartriyada umumiy va mayda qul
muskullari motorikasining buzilishlari ko’rinishida nomoyon bo’ladi.
Barcha nutq nuqsonlarida nutqning to’liq rivojlanmasligi ikkilamchi nutq kamchiligi sifatida
uchraydi.
Adabiyotlar ro’yxati
1.
SHomaxmudova R.SH, Tulaganova D “Maktabgacha yoshdagi dizartrik
bolalar bilan olib boriladigan korrektsion pedogogik ishlar.” T-2009
2.
Vыgotskiy
L.S Mьpnlenie i rechь.M.Vlados.2000
3.
Jukova O.S “Razvitiya i obucheniya doshkolьnika” Moskva-2006
4.
http://www. tdpu. uz
