Mualliflar

  • Otabek Mirzayev
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Maqsuda Bozarova
    Andijon davlat pedagogika instituti

Muallif tarjimai holi

  • Otabek Mirzayev, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat pedagogika pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti o‘qituvchisi

  • Maqsuda Bozarova, Andijon davlat pedagogika instituti

    Andijon davlat Pedagogika instituti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.86343

Kalit so‘zlar:

Normativ-huquqiy hujjatlar tarbiyachi

Annotasiya

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining  faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim tizimi bolalar shaxsining har tomonlama rivojlanishini ta’minlashda muhim bosqich hisoblanadi. Shu sababli tarbiyachilarning pedagogik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar ularning ish samaradorligini oshirish, metodik yondashuvlarini rivojlantirish va huquqiy mas’uliyatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

221

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING FAOLIYATINI

TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR MAZMUN VA

MOHIYATI

Andijon davlat pedagogika pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim fakulteti o‘qituvchisi

Mirzayev Otabek Xusanovich

Andijon davlat Pedagogika instituti 3-kurs talabasi

Bozarova Maqsuda Salimjon qizi

Doi:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15228370

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining faoliyatini

tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Maktabgacha
ta’lim tizimi bolalar shaxsining har tomonlama rivojlanishini ta’minlashda muhim bosqich
hisoblanadi. Shu sababli tarbiyachilarning pedagogik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy
hujjatlar ularning ish samaradorligini oshirish, metodik yondashuvlarini rivojlantirish va huquqiy
mas’uliyatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar:

Normativ-huquqiy hujjatlar, tarbiyachi, davlat ta’lim standartlari, metodik

yondashuv, huquqiy mas’uliyat, kasbiy rivojlanish, innovatsion texnologiyalar.

Maktabgacha ta’lim jamiyat taraqqiyotining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, bolalarning intellektual,

jismoniy va axloqiy rivojlanishiga asos yaratadi. Ushbu jarayonda tarbiyachilar asosiy ro‘lni
o‘ynaydi va ularning faoliyati tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha bir qator me’yoriy-
huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular tarbiyachilarning huquq va majburiyatlarini
belgilaydi, o‘quv-tarbiya jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining faoliyatini tartibga

soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyati tahlil qilinadi. Shu sababdan ham
so‘nggi

yillarda

maktabgacha

ta’lim

tashkilotlari

faoliyatini yanada kengaytirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash,
malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama barkamol etib
tarbiyalashga

qaratilgan

bir

qator

me’yoriy-huquqiy

hujjatlar

qabul

qilindi.

Jumladan,

2017

yil

30-sentyabrdagi

-Maktabgacha

ta’lim

tizimi

boshqaruvini

tubdan

takomillashtirish

chora-tadbirlari

to‘g'risidagi

PF-5198-sonli

farmoni,

“Maktabgacha

ta’limda

me’yoriy

asoslar”

maktabgacha

ta’lim

tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va takomillashtirishga qaratilgan huquqiy
hujjatlar asosida samarali ish faoliyatini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Mazkur
o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan
tashkilot

rahbarlari,

pedagoglar,

uslubchilar,

oliy

ta’lim

tashkilotlarining

maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo‘lib xizmat
qiladi. Xususan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va uning amaliyotdagi ahamiyati ochib beriladi.
Shuningdek, zamonaviy talablarga mos holda tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirish va o‘quv
jarayonini takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratiladi.

O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga

alohida e’tibor qaratilib, bu borada qator qonunlar, nizomlar va metodik ko‘rsatmalar ishlab
chiqilgan. Ushbu hujjatlar tarbiyachilarning kasbiy faoliyatini aniq belgilab berish bilan birga,
ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish, bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanishini
ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qabul qilingan davlat ta’lim
standartlari, pedagogik me’yorlar va metodik tavsiyalar tarbiyachilarga o‘quv jarayonini
rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini baholashda asosiy yo‘riqnomalar sifatida xizmat
qiladi.


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

222

Maktabgacha ta’lim tizimida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va

mohiyati faqat pedagogik jarayonlarni tartibga solish bilan cheklanib qolmay, balki bolalarning
huquq va manfaatlarini himoya qilish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish va tarbiyachilarning
kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni mamlakat ta’lim tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash, sifatli
ta’limni ta’minlash va ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari huquq va majburiyatlarini aniq
belgilash maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu qonun avvalgi tahrirlariga nisbatan ta’lim tizimini
modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarga moslashtirish va uzluksiz ta’lim tamoyillarini yanada
rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Yangi qonunda tarbiyachilarning huquqlari va majburiyatlari, kasbiy faoliyati davomida

malaka oshirish tartibi tarbiyachilarning ijtimoiy himoyasi va moddiy rag‘batlantirish tizimi,
xalqaro tajriba almashinuvi imkoniyatlari kabi jihatlar batafsil yoritilgan. Ta’lim jarayonida
zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish targ‘ib qilinadi. Misol uchun, elektron o‘quv
resurslari, raqamli kutubxonalar va masofaviy ta’lim platformalari takomillashtiriladi. Undan
tashqari qonun mamlakat ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish, ta’lim sifatini oshirish
va ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. Ushbu
qonun orqali ta’limning har bir bosqichi aniq tartibga solingan bo‘lib, pedagoglarning kasbiy
rivojlanishi, ta’lim sifati nazorati va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlariga alohida
urg‘u berilgan.

Normativ hujjatlarning amaliy ahamiyati quyidagilardan iborat: Maktabgacha ta’lim tizimida

qabul qilingan hujjatlar tarbiyachilarning kasbiy faoliyatini aniq belgilab berish bilan birga, ta’lim-
tarbiya jarayonining sifatini oshirish, bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanishini
ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qabul qilingan davlat ta’lim
standartlari, pedagogik me’yorlar va metodik tavsiyalar tarbiyachilarga o‘quv jarayonini
rejalashtirish, amalga oshirish va natijalarini baholashda asosiy yo‘riqnomalar sifatida xizmat
qiladi.

Maktabgacha ta’lim tizimida mavjud normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilib

borilayotgan bo‘lsa-da, ayrim muammolar mavjud. Amaliyotdagi hujjatlarning bajarilish darajasi.
Tarbiyachilarning huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi ba’zan hujjatlarning to‘liq ijrosini
ta’minlashda muammolarni keltirib chiqaradi. Mazkur muammolarni hal etish uchun quyidagi
takliflar ilgari suriladi: 1. Tarbiyachilarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida maxsus trening
va seminarlarni ko‘paytirish. 2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy texnologiyalar bilan
jihozlash va raqamli resurslardan keng foydalanishni targ‘ib qilish. 3. Pedagoglarning malakasini
oshirishda xalqaro ta’lim dasturlaridan foydalangan holda amaliy tajriba almashinuvi dasturlarini
yo‘lga qo‘yish.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyachilarning faoliyatini tartibga

soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bolaning intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga
xizmat qiluvchi muhim omildir. Davlat tomonidan qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar
tarbiyachilar faoliyatini tartibga solish bilan birga, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga
qaratilgan. Ularning amaliyotda to‘g‘ri tatbiq etilishi kelajak avlodning har tomonlama yetuk shaxs
sifatida shakllanishini ta’minlaydi. Shu bois, pedagog-tarbiyachilarni normativ-huquqiy hujjatlar
bilan tanishtirish va ularning ish faoliyatida ushbu hujjatlardan samarali foydalanishini ta’minlash
kelgusida ta’lim sifatining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Adabiyotlar:

https://orcid.org/0009-0004-8134-3925 ORCID

1.

Xusanovich, M. O. (2024, November). MAKTABGACHA TA’LIM

TASHKILOTLARIDA

TADBIRKORLIK

MADANIYATIGA

O

‘RGATISH.

In INTERDISCIPLINE

INNOVATION

AND

SCIENTIFIC

RESEARCH

CONFERENCE (Vol. 3, No. 25, pp. 16-18).

2.

Mirzayev, O. (2023). ЕRTАK-TЕRАPIYАSI VА TАDBIRKОRLIK

MАDАNIYАTI ЕLЕMЕNTLАRINING INTЕGRАTSIYАSINI TА’MINLАSHNING


background image

MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA

ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel

2025-yil

adpi.uz universaljurnal.uz

223

MЕTОDIK TIZIMI. Инновационные исследования в современном мире: теория

и практика, 2(25), 92-94.

3.

Khusanovich, T. M. O. DEVELOPING STEAM COMPETENCIES IN

OLDER PRESCHOOLERS.

4.

Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI

FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109-
111.












































Bibliografik manbalar

Adabiyotlar:

Xusanovich, M. O. (2024, November). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TADBIRKORLIK MADANIYATIGA O ‘RGATISH. In INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH

CONFERENCE (Vol. 3, No. 25, pp. 16-18).

Mirzayev, O. (2023). ЕRTАK-TЕRАPIYАSI VА TАDBIRKОRLIK MАDАNIYАTI ЕLЕMЕNTLАRINING INTЕGRАTSIYАSINI TА’MINLАSHNING MЕTОDIK TIZIMI. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2(25), 92-94.

Khusanovich, T. M. O. DEVELOPING STEAM COMPETENCIES IN OLDER PRESCHOOLERS.

Qodirova. N. R. MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI

FAOLIYATINI RAQAMLASHTIRISH //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – С. 109111.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари