Mualliflar

  • Dilnoza Iminova
    Andijon davlat pedagogika instituti
  • Maqsuda Bozarova
    Andijon davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.74386

Kalit so‘zlar:

Inklyuziv strategiya fe’l-atvor korreksion ehtiyoj

Annotasiya

Inklyuziv ta’lim-maxsus ta’limga muhtoj bolalar, o’smirlar
rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qa’tiy nazar ijtimoiy
hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim
turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olish haqida fikrlar yuritilgan.


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

778

INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI

Iminova Dilnoza Nasirovna

ADPI, Maktabgacha ta’lim fakulteti o’qituvchisi,

Bozarova Maqsuda Salimjon qizi

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya

:

Inklyuziv ta’lim-maxsus ta’limga muhtoj bolalar, o’smirlar

rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qa’tiy nazar ijtimoiy
hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim
turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olish haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so’z va iboralar:

Inklyuziv, strategiya, fe’l-atvor, korreksion, ehtiyoj, tenglik,

shaxs, jamiyat

Hozirgi kunda jahon miqyosida keng targ’ibot qilinayotgan inklyuziv ta’lim

strategiyasi, ya’ni o’sishi va rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarni o’qitish,
tarbiyalash masalasi O’zbekistonda ham dolzarb muammolar sirasiga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2019-yil 29-apreldagi “O’zbekiston

Respublikasi Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-
5712-son Farmoniga muvofiq O’zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim
ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga
ko’rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida farmon imzolandi. Vazirar
Mahkamasi tomonidan 2021-yil 12-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga
ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlash to’g’risidagi”638-son qaror qabul
qilindi. 13-oktabr 2020-yildagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya
berish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4860-son qarorga
muvofiq ishlab chiqilgan.

“2020-2025-yillarda Xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish

Konsepsiya”sida alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ko’rsatiladigan ta’lim
xizmatlari sifatini yaxshilash bo’yicha quydagi vazifalar belgilandi:

·

alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari

binolariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

·

alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar o’qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur

adabiyotlar , metodik qollanmalar, turli kasblarga o’qitish uchun uskuna va jihozlar bilan
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

·

alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni o’qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini

tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko’tarish qurilmasi, pandus,
tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy
pedagogik kuzatish bo’yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;

·

alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning moslashishi va integratsya uchun

maktab-inernatlarini bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar.

Inklyuziv ta’lim

– umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos

bo’lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishga oid qo’shimcha
moslamalarni tashkil qilib, bolalarni ta’lim olishga qulay sharoit yaratadi. Imkoniyati
cheklangan bolalarning maxsus ta’lim tizimida o’qitishi ularning maktabni tugatgach
ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek ular o’z oilasidan
uzoqda bo’lishga majbur bo’ladilar, bu esa ular fe’l-atvorlarida turli sa’lbiy illatlarning
shakllanishiga turtki bo’ladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka o’rganib qoladilar, o’z-o’ziga


background image

“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlarning salmoqli natijalari: muammo va yechimlar”

mavzusida Respublika ilmiy anjuman to’plam materiallari 2024-yil 19-aprel kun.

Andijon davlat pedagogika instituti

universaljurnal.uz

779

xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari, juda ko’p maxsus
ehtiyojli bolalar ayrim sabablarga ko’ra, masalan, ota-onalarni maxsus maktab-internatlarga
yubormasligi sababli ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Alohida ehtiyojli bolalarning ota-
onalarini xohish-istaklarini inobatga olgan holda va ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash
maqsadida Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi,
imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobilyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida
ta’lim olishni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda.

Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi ta’limni boshlash imkoniyatiga ega bo’lgan

barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarni umumta’lim
jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarga ta’lim
olishni taqdim etishi bilan katta ahamyatga ega. Bu ana shunday bolalarni uzluksiz umumiy
ta’lim tizimiga kiritishni bildiradi. Ko’p hollarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-
onalari o’z bolalarining ta’limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari haqida noto’g’ri
tushunchaga ega bo’lganlari natijasida bu bolalarga to’g’ri ta’lim berishni talab qilmaydilar.

Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilishni

o’quvchilarni yanada bolaga qaratilgan faolroq va ko’roq o’quvchilarni qamraydigan yangi
o’qtish uslublarini ishlab chiqishga undaydi. Buning nafi esa hamma bolaga tegadi.Umuman
olganda, inklyuziv ta’limni O’zbekistonda joriy qilishni yana bir afzallik tomoni shundaki,
maxsus ta’lim muassasalari mavjud bo’lmagan joylarda ham imkoniyati cheklangan
bolalarni umumta’lim tizimiga to’liq jalb qilinishiga imkoniyat yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

8. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun yangi qonuni.23 sentabr 2020

yil Sh.Mirziyoyev.

9. SH.A.Amonashvili va b. ”Pedagogik izlanish” Toshkent “O’qituvchi” 1990yil. 608

b.

10. M.G.Davlatshin “Ta’limning psixologik asoslari” Toshkent “O’qituvchi” 2000

yil 20 b.

11. Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN THE

FORMATION

OF

ENTREPRENEURIAL

RELATIONS

BETWEEN

INDIVIDUALS. Science and innovation, 1(B6), 125-130.

12. Nargiza,

Q.

(2022).

MAKTABGACHA TA’LIM

TASHKILOTLARIDA

LOGOPED ISHINING OLIB BORILISHI. PEDAGOGS jurnali, 22(2), 52-54.

13.

Жўрахўжаев

,

М

.

Х

. (2022).

ИМКОНИЯТИ

ЧЕКЛАНГАН

БОЛАЛАР

УЙДА

ЯККА

ТАРТИБДАГИ

ТАЪЛИМДА

ЎҚУВ

ЖАРАЁНИНИ

ТАШКИЛ

ЭТИШ

.

PEDAGOGS jurnali, 1(1), 295-298.

14.

Мирзаев

,

О

.

Х

. (2020).

Воспитание

профессионально

-

нравственных

качеств

у

будущих

молодых

фермеров

средствами

отечественной

литературы

. Science

and Education, 1(2), 508-513.

Bibliografik manbalar

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun yangi qonuni.23 sentabr 2020

yil Sh.Mirziyoyev.

SH.A.Amonashvili va b. ”Pedagogik izlanish” Toshkent “O’qituvchi” 1990yil. 608

b.

M.G.Davlatshin “Ta’limning psixologik asoslari” Toshkent “O’qituvchi” 2000

yil 20 b.

Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN THE

FORMATION OF ENTREPRENEURIAL RELATIONS BETWEEN

INDIVIDUALS. Science and innovation, 1(B6), 125-130.

Nargiza, Q. (2022). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA

LOGOPED ISHINING OLIB BORILISHI. PEDAGOGS jurnali, 22(2), 52-54.

Жўрахўжаев, М. Х. (2022). ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН БОЛАЛАР УЙДА

ЯККА ТАРТИБДАГИ ТАЪЛИМДА ЎҚУВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ.

PEDAGOGS jurnali, 1(1), 295-298.

Мирзаев, О. Х. (2020). Воспитание профессионально-нравственных качеств у

будущих молодых фермеров средствами отечественной литературы. Science

and Education, 1(2), 508-513.