Universal International Scientific Journal
180
Asqarov I.R
1
., Xojimatov M.M
2
.,
Saxobova U
3
.
1
O’zbekiston “Tabobat” Akademiyasi raisi k.f.d., professor
2
Andijon davlat universiteti, Kimyo kafedrasi k.f.d., professor
3
Andijon davlat universiteti, Kimyo kafedrasi talabasi
Uzbekistan
Annotatsiya.
Ushbu maqolada nok bargining xalq tabobatidagi ahamiyati hamda O’zbekistonda
yetishtirilgan Nashvati navli nok barglari tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar miqdorini Yaponiyaning
Shimadzu kompaniyasida ishlab chiqarilgan LC-40 Nexera Lite yuqori samarali suyuqlik xromatografida
aniqlash natijalari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Nok bargi, askorbin kislotasi, vitaminlar, antibacterial, yallig‘lanish.
Аннотация:
В данной статье рассматривается значение листьев груши в народной медицине
и приводятся результаты определения содержания водорастворимых витаминов в листьях груши
сорта Нашвати, выращенной в Узбекистане, с использованием высокоэффективного жидкостного
хроматографа LC-40 Nexera Lite производства японской компании Shimadzu.
Ключевые слова:
Лист груши, аскорбиновая кислота, витамины, антибактериальное
действие, воспаление.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
NOK BARGINING EKSTRAKTI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR
MIQDORINI ANIQLASH
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 4
Published: 25.04.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
181
Abstract:
This article presents the importance of pear leaves in folk medicine and the results of
determining the content of water-soluble vitamins in the leaves of the Nashvati pear variety grown in
Uzbekistan using a high-performance liquid chromatograph LC-40 Nexera Lite manufactured by the
Japanese company Shimadzu.
Keywords:
Pear leaves, ascorbic acid, vitamins, antibacterial, inflammation.
Language:
Uzbek
Citation:
Askarov, I., Khojimatov, M., & Saxobova , U. (2025). DETERMINATION OF WATER-
SOLUBLE VITAMINS IN PEAR LEAF EXTRACT. Universal International Scientific Journal, 2(4), 180–
184. Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1531
Doi:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15302305
Copyright © 2025 by author(s) and Scientific Research Publishing Inc. This work is licensed under
the
Creative
Commons
Attribution
International
License
(CC
BY
4.0).
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Nok bargi asrlar davomida xalq
tabobatida turli kasalliklarni davolashda,
ayniqsa yallig`lanishni yengillashtirishda
qo‘llanilgan. Tadqiqotlarga ko`ra, nok
bargidan tayyorlangan choy yurak va qon-
tomir tizimi faoliyatini yaxshilashda
foydali
bo‘lib,
qon
aylanishini
normallashtiradi hamda qon bosimini
barqaror
holatda
ushlab
turishga
ko‘maklashadi [1]. Barglarning tarkibida
erkin radikallar ta’sirini kamaytiruvchi
ko‘plab antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular
hujayralarni
shikastlanishdan
himoya
qiladi. Shu tufayli, bu choy qarish
jarayonini
sekinlashtiradi,
surunkali
kasalliklar xavfini kamaytiradi va saraton
kasalligining oldini olishda yordam beradi.
Nok barglari tarkibidagi antibakterial
moddalari tufayli, ular shamollash kabi
infeksiyalarning oldini olishda foydali
hisoblanadi. Ammo uning to‘liq kimyoviy
tarkibi va zamonaviy tibbiyotdagi roli hali
ham to‘liq o‘rganilmagan. Bu borada
tadqiqotlar olib borishga asos bo`lib
kelmoqda [2].
Nok
tarkibidagi
C
vitamini
(askorbin kislotasi) inson sog‘lig‘i uchun
muhim bo‘lgan bir qator foydali
xususiyatlarga ega. C vitamini kuchli
antioksidant sifatida tanilgan bo‘lib, u
immunitet tizimini mustahkamlashda, teri
salomatligini saqlashda va tanani turli xil
kasalliklardan himoya qilishda yordam
beradi. C vitamini immunitet tizimini
Universal International Scientific Journal
18
2
qo‘llab-quvvatlashda muhim ro`l o‘ynaydi.
Shu sababli, C vitamini yetarli miqdorda
qabul qilinganida, sovuq va grippga qarshi
chidamlilik oshadi. C vitamini kuchli
antioksidant bo‘lib, u erkin radikallarni
zararsizlantiradi. Erkin radikallar hujayra
zarariga, yallig‘lanishga va hatto qarish
jarayonini tezlashtirishga olib keladi.
Antioksidantlar
esa
bujarayonlarni
sekinlashtirishda yordam beradi [2,3,4].
Kollagen
terining
elastikligi
va
mustahkamligini
ta’minlaydigan oqsil
bo‘lib, u teri, soch, tirnoq va suyak
salomatligi uchun zarur. C vitamini
kollagen sintezida asosiy rol o‘ynaydi, bu
esa terini yoshlik va tarang holatda
saqlashga yordam beradi [5]. Tadqiqotlar C
vitaminining qon bosimini tartibga solishda
va yurak-qon tomir tizimining umumiy
salomatligini qo‘llab-quvvatlashda yordam
berishini ko‘rsatgan. C vitamini tomirlarni
elastik va sog‘lom saqlashga yordam
beradi, bu esa yurak xastaligi xavfini
kamaytiradi.
C
vitamini
o‘simlik
manbalaridan
olinadigan
temirning
so‘rilishini
yaxshilashda
muhim
ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, vegetarian va
veganlar uchun muhim, chunki ular temirni
asosan o‘simliklardan oladi. C vitamini
temir
yetishmovchiligi
xavfini
kamaytirishga yordam beradi [6,7]. C
vitamini
yallig‘lanish
jarayonlarini
kamaytirishda
yordam
beradi.
U
antioksidant sifatida yallig‘lanishga qarshi
ta’sir ko‘rsatadi, bu esa artrit va astma kabi
kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam
beradi. Shuningdek, C vitamini allergik
reaksiyalarning kuchini pasaytirishi ham
mumkin. Tadqiqotlar C vitaminining
hujayralar o‘sishini nazorat qilishda va
yallig‘lanishni kamaytirishda ijobiy ta’sir
ko‘rsatishini aniqlagan. Bu uning ayrim
saraton turlariga qarshi himoya ta’siriga
ega ekanligini ko‘rsatadi. [8,9].
Nok bargining suvda eruvchan
vitaminlar miqdorini aniqlash maqsadida
Nashvati navli nok barglari tanlab olindi.
Bir hafta davomida qorong’u, salqin joyda
quritildi. So’ngra, namunadan 1 gr o’lchab
olinib, 50 ml hajmli konussimon kolbaga
solindi va 25 ml 0,1 N li HCl eritmasi
qo’shildi.
Aralashma GT SONIC-D3 (Xitoy)
markali
ultratovushli
vannada
60
o
C
haroratda 20 daqiqa davomida ekstraksiya
qilindi. So’ngra aralashma sovitilib,
filtrlandi hamda o’lchov kolbasida suv
bilan 25 ml ga yetkazildi. Ekstraktdan 1,5
Universal International Scientific Journal
18
3
ml miqdori 0,22 mkm li shpritsli filtrda
filtrlanib vialaga solindi hamda analiz
uchun
foydalanildi.Namuna
ekstrakti
xromatogrammasi
(1-,2-rasm)
olindi
hamda natijalar asosida 100 g barg
tarkibidagi
vitaminlar
miqdorlari
hisoblanib 1-jadvalda keltirildi [9].
1-rasm.
Nashvati navli nok barglari
ekstrakti tarkibidagi vitaminlarni aniqlash
xromatogrammasi.
2-rasm.
Nashvati navli nok barglari
ekstrakti tarkibidagi vitamin C miqdorini aniqlash
xromatogrammasi
1-jadval.
Nashvati navli nok barglari
ekstraktdagi vitaminlarning miqdori va ushlanish
vaqtlari.
Vitamin
Ushlanish
vaqti, sek
Konsentratsiya,
mg/l
100 g
namunadagi
miqdor, mg
Vitamin B
1
2,94
11,211
28,028
Universal International Scientific Journal
18
4
Vitamin B
3
5,837
5,757
14,393
Vitamin PP
8,074
0,496
1,240
Vitamin B
9
17,091
0,372
0,930
Vitamin B
2
19,034
0,718
1,795
Vitamin B
6
5,854
1,231
3,078
Vitamin B
12
Aniqlanmadi
0
0,000
Vitamin C
4,31
1,65
4,125
Ushbu
tadqiqotlar
nok
bargi
tarkibidagi vitaminlar miqdorini o‘lchashda
yuqori texnologiyali usullar, masalan,
YuSSX ni qo‘llash orqali olib borilgan.
Tadqiqotlar natijasida vitamin B
1
28,028
mg eng yuqori ko`rsatkichda, vitamin B
3
14,393 mg, B
6
3,078 mg, va vitamin C 4,125
mg
nisbatan
pastroq
ko`rsatgichda
mavjudligi aniqlandi. Shu bilan birga, o‘sish
sharoitlari va saqlash usullari ham vitaminlar
miqdoriga ta'sir qilishi aniqlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Sattarov, J. J. (2020). Dorivor o‘simliklar va ularning farmakologik xususiyatlari. Toshkent: Fan va
texnologiya nashriyoti.
2.
Voydilo, A., & Nowicka, P. (2021). Bioactive compounds and antioxidant activity of pear (Pyrus
communis L.) leaves compared to fruits. Antioxidants, 10(5), 781. https://doi.org/10.3390/antiox10050781
3.
Turaeva, N. M., & Xolmatov, A. X. (2020). Dorivor o‘simliklar kimyosi va farmakologiyasi.
Toshkent: Tibbiyot nashriyoti.
4.
Gülçin, İ., Bursal, E., Şehitoğlu, H. M., Bilsel, M., & Gören, A. C. (2010). Polyphenol contents and
antioxidant activity of lyophilized aqueous extract of Pyrus elaeagnifolia leaves. Pharmacognosy Magazine, 6(23),
234–238. https://doi.org/10.4103/0973-1296.66929
5.
Ostanaqulov T.E., Islamov S.Ya., Xonqulov X.X., Sanaev S.T., Xolmirzaev D.K. “Mevachilik va
sabzavotchilik”. S., 2011. – b. 232-250.
6.
Jo‘raboev, V. M., & Muhammadiyev, B. Sh. (2023). Nok daraxti va uning navlari. Miasto
Przyszłości, 33, 16–17. 5
7.
A.A Ribakov, S.A.Ostrouxova (1981). O`zbekiston mevachilig. O`qituvchi Toshkent, 27-29, 189-
190 betlar.
8.
Karimov A., Jo‘rayev D. O‘zbekiston Respublikasida nok navlari va ularning biologik xususiyatlari.
// Agro.uz portal, 2021. – URL: https://www.agro.uz/11-0434/ (murojaat qilingan sana: 11.04.2025).
9.
Asqarov, I. R., Abdullayev, S. S. o’g’li, Mamatqulova, S. A., Abdulloyev, O. S., & Abdulloyev, S. X.
(2024). SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORINI YUSSX USULIDA ANIQLASH METODIKASINI
ISHLAB CHIQISH (CHILONJIYDA MISOLIDA). Farg’ona Davlat Universiteti, 30(5), 29. Retrieved from
https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/4679
