Mualliflar

  • Xo‘jayorov Bahrom Alisher o‘g‘li
  • Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112528

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” antroponimlar arabiy ismlar forscha ismlar turkiycha ismlar.

Annotasiya

 Annotatsiya. Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan antroponimlar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida shaxs ismlari va taxalluslarning lug‘aviy hamda ma’noviy  xususiyatlari,  ularning  milliy  qadriyatlar,  diniy  e’tiqod  va  tarixiy  jarayonlar  bilan bog‘liqligi yoritildi. 


background image

183

ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA

QO‘LLANGAN ANTROPONIMLAR TAHLILI

Xo‘jayorov Bahrom Alisher o‘g‘li,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi

Ilmiy rahbar: Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

bahromxojayorov49@gmail.com


Annotatsiya

. Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida qo‘llangan

antroponimlar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida shaxs ismlari va taxalluslarning lug‘aviy hamda
ma’noviy xususiyatlari, ularning milliy qadriyatlar, diniy e’tiqod va tarixiy jarayonlar bilan
bog‘liqligi yoritildi.

Kalit so‘zlar

. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar”, antroponimlar, arabiy ismlar, forscha

ismlar, turkiycha ismlar.

ABDULLA KADIRİ’NİN “GEÇMİŞ GÜNLER” ROMANINDA

KULLANILAN ANTROPONYİM ANALİZİ

Hocayorov Bahrom Alişer oğlu,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li

,

bilimsel danışman

Özbek dili ve edebiyatı bölümü asistanı


Özet.

Bu makalede Abdulla Qodiriy’nin "Geçmiş Günler" adlı romanında kullanılan

antroponimler incelenmektedir. Araştırmada kişi adları ve lakapların leksik ve manevi özellikleri,
milli değerlerle, dinsel inançlarla ve tarihî süreçlerle bağlantısı incelenmiştir.

Anahtar kelimeler.

Abdulla Qodiriy, "Geçmiş Günler", antroponimler, Arapça isimler,

Farsça isimler, Türkçe isimler.

АНАЛИЗ АНТРОПОНИМОВ, ИСПОЛЬЗОВАННЫХ В РОМАНЕ

АБДУЛЛЫ КАДИРИ «МИНУВШИЕ ДНИ»

Ходжаёров Бахром Алишер оглы,

студент Узбекско-Финского педагогического института

Юсупов Сардор Шоди угли, научный руководитель,

ассистент кафедры узбекского языка и литературы


Аннотация.

В статье анализируются антропонимы, используемые в романе

Абдуллы Кадыри «Минувшие дни». В ходе исследования были изучены лексические и духовные
характеристики личных имен и прозвищ, их связь с национальными ценностями,
религиозными верованиями и историческими процессами.

Ключевые слова.

Абдулла Кодири, «Минувшие дни», антропонимы, арабские имена,

персидские имена, турецкие имена

ANTHROPONYMS ANALYSIS USED IN ABDULLA QADIRI’S

NOVEL “DAYS OF PAST”

Khojayorov Bahrom Alisher oglu,

student of Uzbek-Finnish pedagogical institute

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li, scientific advisor,

assistant of the Department of uzbek language and literature


background image

184


Abstract.

This article analyzes the anthroponyms used in Abdulla Qodiriy’s novel "Days

Past". The study sheds light on the lexical and spiritual characteristics of personal names and
nicknames, their connection with national values, religious beliefs and historical processes.

Keywords.

Abdulla Qodiriy, “Days Past”, anthroponyms, Arabic names, Persian names,

Turkish names.


Antroponimlar (shaxsning ismi, laqabi va taxallusi) o‘zbek xalqining qadimiy madaniy-

ma’naviy hamda lisoniy qadriyatlaridan biridir.

O‘zbek antroponimlarining lug‘aviy va ma’noviy xususiyatlari axloqiy jihatdan yetuk, komil

inson bo‘lishini istash tushunchasini ifoda etuvchi ism berish.

Diniy motivlar. Ushbu motiv ma’lum tarixiy sharoit tufayli o‘zgarib turgan bo‘lsa-da, uning

asosiy mazmuni diniy e’tiqod motivi bolaga ism tanlashda yetakchi tasavvurlardan biri bo‘lgan.
Masalan, turkiy xalqlarning islom diniga o‘tishi uning antroponimiya tizimiga katta ta’sir
ko‘rsatgani bunga dalil bo‘la oladi. Keltirilgan motivlar o‘zbek ismlarining paydo bo‘lishi, ismlar
fondining shakllanishi va boyishida asosiy omillik rolini o‘ynagan va hozirga qadar an’anaviy fond
sifatida iste’molda bo‘lishini ta’minlagan.

Keltirilgan motivlarning barchasi o‘zbek antroponimiyasi rivojidagi ekstralingvistik

(nolingvistik) omillar bo‘lib, buni etnolingvistika, sotsiolingvistika, shuningdek, tarix va madaniyat
tarixi sohalari ham o‘rganadi.

Otabek – bu ism qahramonining zodagonlik darajasi, jasurligi va oilaviy qadriyatlari bilan

bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Otabek obrazi milliy qahramonlik vatanparvarlik va an’anaviy qadriyatlari ifodalanadi.

Otabek – beklar boshlig‘i, nasl-nasabli bola degan ma’noni anglatadi.

1.

Yusufbek Hoji. “Yusuf” ismi arabcha bo‘lib, “xudo qo‘shsin” yoki “xudo orttirsin” degan

ma’noni anglatadi. Hoji esa, haj ziyoratini ado etgan kishiga nisbatan aytiladi.

2.

Kumush. Turkiycha so‘z bo‘lib, quyidagi ma’nolarga ega: e’tiborni tortuvchi qiz yoki oq

yuzli, oq badan, nafis go‘zal qiz.

3.

Hasanali. Hasan – arabcha so‘z bo‘lib go‘zal, chiroyli degan ma’noni bildiradi, Ali esa,

yuqori, ulug‘ degan ma’noni anglatadi.

4.

Homid. Arabcha ismi bo‘lib, maqtovchi yoki maqtovga sazovor degan ma’noni anglatadi.

5.

Zaynab. Arabcha so‘z bo‘lib, “go‘zal”, “ziynatli” degan ma’noni anglatadi.

6.

Mirzakarim. Mirza forscha so‘z hisoblanadi va yozuvchi yoki kotib ma’nolarini

anglatadi. Karim esa, arabcha saxiy, oliyjanob degan ma’nolarini bildiradi. Birgalikda esa,
oliyjanob inson ma’nosini anglatadi.

Qutidor. “Quti” (baxt, saodat) va “dor” (egasi) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “baxt

egasi” yoki “saodatli” degan ma’noni anglatadi.

7.

Rizvonbek. “Rizvon” arabcha bo‘lib, “rozi qilganman” degan ma’noni anglatadi. “Bek”

esa “hokim” yoki “rahbar” degan ma’noni anglatadi.

8.

Xushro‘y. Forscha ism bo‘lib, “xush” (yoqimli) va “ro‘y” (yuz) so‘zlaridan “yoqimli

yuzli” yoki “chiroyli” degan ma’noni anglatadi .

9.

Musulmonquli. “Musulmon” va “qul” so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “Allohning

quli” degan ma’noni anglatadi.

10.

Alim. Arabcha ism bo‘lib, “bilimdon, olim” degan ma’noni anglatadi.

11.

Sodiq. Arabcha ism bo‘lib, “sodiq”, “ishonchli” degan ma’noni anglatadi.

12.

Olim. Arabcha ism bo‘lib, “bilimdon” “olim” ma’nosini bildiradi.

13.

Qobil. Arabcha ism bo‘lib, “qobiliyatli”, “istedodli” degan ma’noni anglatadi.

14.

Solih. Arabcha, “solih”, “ezgu”, “yaxshi” degan ma’noni anglatadi.

15.

Abdurahmon. Arabcha “Abd” - (qul) va “Rahmon” (Allohning ismlaridan biri

“mehribon”) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, “Allohning quli” degan ma’noni anglatadi.


background image

185

16.

Iskandar. Yunoncha, “Aleksandr” ismining o‘zbekcha ma’nosi bo‘lib, “insonlarni

himoya qiluv” degan ma’noni aglatadi.

17.

Xolida. Arabcha ism bo‘lib, “abadiy”, “mangu”, degan ma’noni anglatadi.

18.

Zulfiya. Arabcha ism bo‘lib, “sochlari jingalak” yoki “sochlari silliq” degan ma’noni

anglatadi.

19.

Rahmat. Arabcha ism bo‘lib, “rahmat”, “marhamat” degan ma’noni anglatadi.

20.

Shamsiya. Arabcha ism bo‘lib, “quyoshga oid” yoki “quyoshli” degan ma’noni

anglatadi.

21.

Habiba. Arabcha ism bo‘lib, “sevimli”, “yoqimli” degan ma’noni anglatadi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, roman qahramonlarining ismlari ularning ijtimoiy

mavqeyi, axloqiy fazilatlari va hayotdagi o‘rnini aks ettiradi. Otabek ismi zodagonlik va jasorat
ramzi sifatida qo‘llangan. Yusufbek Hoji ismi diniy hurmat va tajriba ma’nosini ifodalaydi.
Kumush ismi esa go‘zallik va nafosat ramzi hisoblanadi.

Romandagi antroponimlar arabcha, forsiy va turkiy manbalardan kelib chiqqan bo‘lib,

ularning semantik ma’nolari o‘zbek madaniyati va tilining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, maqolada antroponimlarning tarixiy shakllanishi, ularning diniy va milliy motivlari
ham o‘rganildi. Natijada o‘zbek antroponimiyasida ekstralingvistik omillar, jumladan
etnolingvistika va sotsiolingvistika asosiy rol o‘ynashi aniqlandi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘zbek xalqining nom tanlash an’analari, uning madaniy

merosi va tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

A.Qodiriy. O‘tkan kunlar, roman, “Abadiy barhayot asarlar” turkumi. Nashrga tayyorlovchi:
Xondamir Qodiriy, T.: “Navro‘z”, 2019. - 400 b.

2.

Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik), Toshkent, “Universitet” nashriyoti,
2006, 476 b.

3.

Ўзбeк тили антропонимикаси. Э.А.Бегматов. Тошкент: Фан, 2013. 264 б.

4.

https://n.ziyouz.com/kutubxona/barcha-kitoblar?start=6

Bibliografik manbalar

A.Qodiriy. O‘tkan kunlar, roman, “Abadiy barhayot asarlar” turkumi. Nashrga tayyorlovchi:

Xondamir Qodiriy, T.: “Navro‘z”, 2019. - 400 b.

Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik), Toshkent, “Universitet” nashriyoti,

, 476 b.

Ўзбeк тили антропонимикаси. Э.А.Бегматов. Тошкент: Фан, 2013. 264 б.