Mualliflar

  • Bekmurodova Nilufar Dilshod qizi
  • Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112579

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Oʻtkir Hoshimov obraz yaratish “Nur borki soya bor” badiiy vositalar qahramon yozuvchi uslubi adabiyotshunoslik.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari misolida 
yozuvchining  obraz  yaratish  mahorati  tahlil  qilingan.  Asardagi  qahramonlarning  ichki  dunyosi, 
ularning xarakteri va badiiy obraz sifatida gavdalanish jarayoni turli badiiy vositalar orqali ochib 
berilgan.  Muallifning  qahramonlarni  realistik  tasvirlash  uslubi,  ularning  ruhiy  kechinmalarini 
chuqur ochib berishi, xalq tiliga yaqin uslubda yozishi hamda monolog va dialoglar orqali xarakter 
yaratish  mahorati  atroflicha  tahlil  qilingan.  Shuningdek,  maqolada  Sherzod  va  Sayfi  Soqiyevich 
obrazlari  tahlil  qilinib,  ular  orqali  jamiyat  muammolari,  adolat  va  insofsizlik,  insoniylik  va 
manfaatparastlik  kabi  qarama-qarshiliklar  yoritilgan.  Maqola  Oʻtkir  Hoshimov  ijodining  badiiy 
jihatlarini  o‘rganishga  qaratilgan  bo‘lib,  adabiyotshunoslik  nuqtayi  nazaridan  yozuvchining 
uslubiy xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi. 


background image

495

OʻTKIR HOSHIMOVNING OBRAZ YARATISH MAHORATI

(“Nur borki, soya bor” asari misolida)

Bekmurodova Nilufar Dilshod qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institute talabasi

E-mail:

quvonchbekbekmurodov@gmail.com

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li,

ilmiy rahbar, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari misolida

yozuvchining obraz yaratish mahorati tahlil qilingan. Asardagi qahramonlarning ichki dunyosi,
ularning xarakteri va badiiy obraz sifatida gavdalanish jarayoni turli badiiy vositalar orqali ochib
berilgan. Muallifning qahramonlarni realistik tasvirlash uslubi, ularning ruhiy kechinmalarini
chuqur ochib berishi, xalq tiliga yaqin uslubda yozishi hamda monolog va dialoglar orqali xarakter
yaratish mahorati atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada Sherzod va Sayfi Soqiyevich
obrazlari tahlil qilinib, ular orqali jamiyat muammolari, adolat va insofsizlik, insoniylik va
manfaatparastlik kabi qarama-qarshiliklar yoritilgan. Maqola Oʻtkir Hoshimov ijodining badiiy
jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan yozuvchining
uslubiy xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar

. Oʻtkir Hoshimov, obraz yaratish, “Nur borki, soya bor”, badiiy vositalar,

qahramon, yozuvchi uslubi, adabiyotshunoslik.

O‘TKIR HOSHIMOV’UN KARAKTER YARATMA USTALIĞI

(“Işık varsa, gölge de vardir” eserinden örnek olarak)

Bekmurodova Nilufar Dilshod kızı,

Özbekistan-Finlandiya Pedagoji Enstitüsü öğrencisi

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li,

bilimsel danışman, Özbek dili ve edebiyatı bölümü asistanı

Özet.

Bu makalede yazarın imaj becerisi, O‘tkir Hashimov'un “Işık Var, Gölge Var” adlı

eseri örneği üzerinden analiz edilmektedir. Eserde karakterlerin iç dünyası, görsel bir imge olarak
kişiselleştirme süreci çeşitli materyallerle ortaya çıkarılıyor. Yazarın karakterleri gerçekçi bir
şekilde tasvir etme yöntemi, manevi deneyimlerini derinlemesine açıklama yöntemi, yerel dilde
güncel programlar ve monologlar ve diyaloglar aracılığıyla analiz becerileri ayrıntılı olarak
anlatılmaktadır. Makalede Sherzod ve Sayfi Sokiyeviç'in karakterleri incelenmekte ve bunlar
aracılığıyla toplumsal sorunlar, adalet ve sahtekarlık, insanlık ve kişisel çıkar gibi zıtlıklar
vurgulanmaktadır. Makale, Otkir Hoshimov'un eserinin becerisinin incelenmesine ayrılmıştır ve
edebiyat çalışmaları açısından yazarın metodolojisini etkili bir şekilde ortaya çıkarmaya hizmet
etmektedir.

Anahtar kelimeler.

O‘tkir Hashimov, imaj yaratma, “Işık var, gölge var”, sanatsal araçlar,

kahraman, yazarın üslubu, edebi çalışmalar.

МАСТЕРСТВО СОЗДАНИЯ ОБРАЗОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

ЎТКИРА ХОШИМОВА

(На примере рассказа «Есть свет, есть тень»)

Бекмуродова Нилуфар Дилшод

кизи,

Студентка Узбекско-Финсого педагогического института

Юсупов Сардор Шоди угли,


background image

496

научный руководитель, ассистент кафедры Узбекского языка и литературы

Аннотация.

В данной статье анализируется авторское образное мастерство на

примере произведения Откира Гашимова «Есть свет, есть тень». Внутренний мир героев
произведения, процесс персонализации как визуального образа раскрывается в различных
материалах. Подробно описан авторский метод реалистического изображения героев,
глубокое раскрытие его душевных переживаний, новейшие программы на просторечном
языке, навыки анализа через монологи и диалоги. В статье анализируются характеры
Шерзода и Сайфи Сокиевича, через них выделяются такие контрасты, как социальные
проблемы, справедливость и нечестность, человечность и корысть. Статья посвящена
изучению мастерства творчества Уткира Хошимова и с точки зрения литературоведения
служит эффективному раскрытию методологии писателя.

Ключевые слова.

Уткир Хошимов, создание образа, «Есть свет, есть тень»,

художественные средства, герой, писательский стиль, литературо-ведение.

THE ART CHARACTER CREATION BY O‘TKIR HOSHIMOV

(On the example of the work “Where there is light, there is shodow”)

Bekmurodova Nilufar Dilshod

qizi

Uzbek-Finnish Pedagogical Institute

Student of Uzbek Language and Literature

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li,

Scientific advisor, аssistant of the Department of Uzbek Language and Literature

Abstract.

This article analyzes the writer's image skills using the example of Otkir

Hoshimov's work “There is light, there is shadow”. The inner world of the characters in the work,
the process of their embodiment as personal and figurative images are revealed in various
materials. The author's realistic style of portraying the characters, his deep disclosure of their
spiritual experiences, his ability to analyze through programs in the folk language, and his skills of
monologues and dialogues are thoroughly examined. , the article analyzes the images of Sherzod
and Sayfi Sokiyevich, through which they illuminate such contradictions as social problems, justice
and injustice, humanity and self-interest. The article is devoted to studying the skills of Otkir
Hoshimov's work and serves as a methodological and effective disclosure of the writer from the
point of view of literary criticism.

Keywords.

Otkir Hoshimov, image creation, “There is light, there is shadow”, artistic

means, hero, writing style, literary criticism

.


Adabiyot inson qalbining eng chuqur sirlarini ochib beruvchi san’at turi hisoblanadi.

Yozuvchi esa oʻz asarlari orqali hayotning yorugʻ va qorongʻu jihatlarini inson kechinmalarini
hamda ijtimoiy muammolarni aks ettiradi.

Oʻtkir Hoshimov – XX asr oʻzbek adabiyotining yirik vakillaridan biri boʻlib, uning ijodida

inson ruhiyati, hayotiy sinovlar va jamiyat muammolari asosiy oʻrin tutadi. Uning “Nur borki, soya
bor” asari ham ana shunday hayotiy muammolarni aks ettirgan badiiy asarlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur maqola Oʻtkir Hoshimovning ushbu asardagi obraz yaratish mahoratini tahlil qilishga
bagʻishlanadi.

Yozuvchi qahramonlarning ichki olamini qanday ochib beradi? Ular oʻquvchilarga

qanchalik ta’sir qilishi mumkin? Muallif qaysi badiiy vositalar yordamida qahramonlarni
jonlantiradi? Ushbu maqolada aynan shu kabi savollarga javob izlanadi.

Obraz – bu adabiy qahramon, yozuvchi tomonidan yaratilgan xayoliy yoki real shaxs.

Yozuvchi obrazni faqat tashqi koʻrinishi bilan emas, balki uning his tuygʻulari, ichki olami, qalb
kechinmalari, xarakterlari va hayotga boʻlgan munosabati bilan tasvirlaydi. [1, 62 b.]


background image

497

Oʻtkir Hoshimovning obraz yaratish uslubi oʻziga xosligi va hayotiy ekani bilan ajralib

turadi. Uning qahramonlari sunʼiy yoki boʻrttirilgan emas, balki haqiqiy insonlar kabi his etiladi.
Ijodkorning uslubi quyidagi jihatlar bilan ajralib turadi: qahramonlarning realistik tasviri, ularning
ruhiy kechinmalarini chuqur ochib berish, xalq tiliga yaqin uslub, monolog va dialoglar orqali
xarakterlar ochilishi hamda qahramonlar va muhit uygʻunligi.

“Nur borki, soya bor” asarida ham ijodkor obrazlarning ichki dunyosini oʻta tabiiy va

ishonarli tarzda ochib bera oladi. Undagi qahramonlar faqat tashqi harakatlar bilan emas, balki oʻz
fikrlari, ichki monologlari orqali ham gavdalanadi, hayotdagi muammolar bilan kurashadi,
jamiyatdagi turli bosimlarni boshdan kechiradi. Misol uchun asardagi bosh qahramon – Sherzodni
olaylik.

Ijodkor Sherzod obrazni tirishqoq, oʻta oʻjar, kuyinchak va adolatsizlikka chidab tura

olmaydigan, qalbi toza hamda qalami oʻtkir yozuvchi sifatida gavdalantiradi. Asardan olingan
quyidagi dialog oʻquvchining e’tiborini jalb qilmasdan qolmaydi:

...Men bilolmay qoldim, – dedi Sherzod ovozi titrab. – Palatada boʻsh joy tursa-yu, kasal

yoʻlakda yotsa?

Boʻlim mudiri:
– Xotirjam boʻling, joy boʻsh qolmaydi, yoki oʻzingizni joyingizni boʻshatib

bermoqchimisiz?

Sherzod bu odam yarim hazil, yarim ermak ohangida gapirayotganini tushundi-yu,

bolaligidan qoniga singib ketgan qaysarlik lop etib yuziga tepdi.

– Boʻpti, boʻshatib beraman! Faqat men yoʻlakda emas manavi devanga chiqib yotaman!
Boʻlim mudiri Sherzodning yelkasiga qoqib:
– Qiziq odam ekansiz! – dedi. Ammo bu gapni kinoya ohangida emas, samimiy aytdi. – Bu

bizning ishimiz, birodar. Kasalni biz davolaymiz, siz emas!

– Bilaman, dedi Sherzod boʻgʻiq ovozda, tanasini davolaysiz, ruhini oʻldirasiz.
– Tushunmadim, dedi mudir qoshini chimirib.
– Nimasini tushunmaysiz?! – Sherzod keskin qoʻl siltadi. Ikki kun yoʻlakda yotgan odam,

nega meni tayyor joyga olishmadi, deb oʻylamaydimi? Men oʻsha zormanda joyga loyiq emas
ekanman-da, deb koʻngli choʻkmaydimi?! [2, 9 b.]

Ushbu parchada Sherzodning oʻziga begona inson taqdiriga befarq emasligi va unga

nisbatan boʻlayotgan adolatsizlikka qarshi noroziligi yaqqol koʻrinadi.

Asarda bosh qahramon sifatida yana bir obraz koʻzga tashlanadi. Bu – Sayfi Soqiyevichdir.
Ushbu obrazni Oʻtkir Hoshimov laganbardor, hamma narsani pul bilan bogʻlaydigan,

adolatsiz, dimogʻdor, indallosini aytganda, salbiy qahramon sifatida gavdalantiradi. “Bu dunyoda
yo zaring boʻlsin, yo zoʻring boʻlsin” iborasi uning hayotdagi shiori desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Sayfi Soqiyevichning Sherzod bilan boʻlgan dialogdagi parchaga diqqat qilaylik:

-

Yoshsiz, uka, yoshsiz! Hozir hamma shunaqa qiladi! Hamma! Baliq ham dumini

likkilatmasa suza olmaydi. Dunyoda murosa-yu madora degan gap bor. Naynov, ahmoq. Lekin
ahmoq boʻlgani bilan amali bor. Butun boshli Gortorgning mudiri! Murosa qilmasam bir choʻqiydi-
yu, uchiradi-yuboradi. Bu dunyoda yo zaring boʻlsin, yo zoʻring boʻlsin. Shundan boshqa hammasi
bir pul [2, 90 b.]

Ushbu parcha orqali ijodkor Sayfi Soqiyevichning barcha xislatlarni namoyon qila oladi.

Asar nomi ham qaysidir maʼnoda mazkur obraz ustiga qurilgan. Ya’ni “Nur borki, soya bor”
deganda, jamiyatda shunday insonlar borki, orqasida tirgak bo‘lib turuvchi “ishonganlari” bor.

Asardagi Sirojiddin, Shoira, Zuhra, Abduvohid kabi bir qancha personajlar voqealar rivojiga

oʻz hissasini qoʻshib ijodkorning obraz yaratish mahorati oʻziga xosligini isbotlab turadi.

Xulosa qilib aytganda, Oʻtkir Hoshimov “Nur borki, soya bor” asarida inson qalbi va

jamiyat oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni oʻziga xos uslubda yoritgan. Yozuvchi yaratgan
qahramonlar real hayotdan olingandek tuyuladi. Ularning dardlari esa, har bir oʻquvchiga tanish.
Oʻtkir Hoshimovning asarlarini oʻqigan inson undagi qahramonlarni unutmaydi, asarni oʻqiganda


background image

498

beixtiyor ular bilan birga boʻladi. Chunki uning obraz yaratish uslubi oʻzining hayotiyligi,
samimiyligi bilan oʻquvchiga oʻz taʼsirini oʻtkaza oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari, Toshkent, Akademnashr, 2018, 480
b.

2.

Oʻtkir Hoshimov. Nur borki, soya bor. Toshkent, 2017, 576 b.

3.

https://n.ziyouz.com/kutubxona/barcha-kitoblar?start=6

Bibliografik manbalar

Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari, Toshkent, Akademnashr, 2018, 480 b.

Oʻtkir Hoshimov. Nur borki, soya bor. Toshkent, 2017, 576 b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари