Mualliflar

  • Utayeva Dilobar Utkir qizi
  • Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112529

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Kinoya tag ma’no asos so‘z ma’no ko‘chishi “Me’mor” uslub teskari ma’no kesatiq yasama ma’no bosh ma’no til mazmun.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek tilida so‘zlarning tag ma’nosi va kinoya haqida gap ketadi.  Taniqli  yozuvchimiz  Mirmuhsinning  “Me’mor”  romani  matnida  tag  ma’no  va  kinoyaga olingan  jumlalarning  ma’nosi  batafsil  izohlandi.  Undan  tashqari  kinoyaviy  so‘zlar  uslubiyati haqida ham fikrlar keltirilgan.  


background image

180

MIRMUHSIN ASARLARIDA KINOYA VA TAG MA’NONI

IFODALOVCHI BIRLIKLAR

(“Me’mor” romani misolida)

Utayeva Dilobar Utkir qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabasi

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li,

ilmiy rahbar, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

dilobarutayeva@gmail.com


Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘zbek tilida so‘zlarning tag ma’nosi va kinoya haqida gap

ketadi. Taniqli yozuvchimiz Mirmuhsinning “Me’mor” romani matnida tag ma’no va kinoyaga
olingan jumlalarning ma’nosi batafsil izohlandi. Undan tashqari kinoyaviy so‘zlar uslubiyati
haqida ham fikrlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar.

Kinoya, tag ma’no, asos, so‘z, ma’no ko‘chishi, “Me’mor”, uslub, teskari

ma’no, kesatiq, yasama ma’no, bosh ma’no, til, mazmun.

MİRMÜHSİN'İN ESERLERİNDE İRONİ VE AŞAĞI BİRİMLERİ

(

“Mimar”

romanı örneğinde

)

Utayeva Dilobar Utkir kızı,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li, bilimsel danışman,

Özbek dili ve edebiyatı bölümü asistanı


Özet

. Bu makalede Özbek dilindeki kelimelerin altta yatan anlamı ve ironisi ele

alınmaktadır. Ünlü yazarımız Mirmuhsin’in “Mimar” adlı romanının metninde geçen alt metinlerin
anlamları ve ironik cümleler ayrıntılı olarak anlatılmıştır. Ayrıca ironik söz söyleme metodolojisi
hakkında da düşünceler sunulmaktadır.

Anahtar kelimeler.

Ironi, altta yatan anlam, temel, kelime, anlam aktarımı, “Mimar”,

üslup, ters anlam, kesme, yapay anlam, asıl anlam, dil, içerik.

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ЕДИНИЦЫ, ПЕРЕДАЮЩИЕ ИРОНИЮ

И СКРЫТЫЙ СМЫСЛ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ МИРМУХСИНА

(На примере романа «Архитектор»)

Утаева Дилобар Уткир кызы,

студентка Узбекско-Финского педагогического института

Юсупов Сардор Шоди угли, научный руководитель,

ассистент кафедры узбекского языка и литературы


Аннотация.

В данной статье рассматривается скрытый смысл и ирония слов в

узбекском языке. Подробно объяснен смысл подтекста и иронических предложений в
тексте романа «Архитектор» нашего известного писателя Мирмухсина. Кроме того,
высказываются соображения о методологии иронических слов.

Ключевые слова.

Ирония, подтекст, основа, слово, перенос смысла, «Архитектор»,

стиль, перевернутый смысл, монтаж, искусственный смысл, основной смысл, язык,
содержание.

UNITS THAT EXPRESS IRONY AND TAG IN MIRMUHSIN’S WORKS

(On the example of the novel "The Architect")


background image

181

Utayeva Dilobar Utkir qizi,

Uzbek-Finnish pedagogical institute

Faculty of languages, student of uzbek language and literature

Scientific advisor: Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li, assistant of the

Department of uzbek language and literature

Abstract.

This article discusses the semantics and irony of words in the Uzbek language.

The semantics and the meaning of ironic sentences in the text of the novel "Me’mor" by our famous
writer Mirmuhsin are explained in detail. In addition, thoughts are also given about the
methodology of ironic words.

Keywords.

Irony, underlying meaning, basis, word, transfer of meaning, "Architect", style,

inverted meaning, cut, artificial meaning, main meaning, language, content.


Tilimizda so‘zlar o‘zining asosiy ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’no va uslubiy ma’nolar

ham ifodalab keladi. So‘z va uning ma’nolarini tilshunosligimizning leksikologiya bo‘limi
o‘rganadi. So‘zlarning borliqda nimani atab kelishi, qanday vazifa bajarishi uning atash ma’nosi
yoki leksik ma’no deyiladi. “So‘z til birligi sifatida, ayrim olinganda, biror konkret ma’noni
bildirsa, nutq birligi sifatida gapda yana boshqa manolarni ham bildirishi mumkin. Natijada so‘z
ma’nosining torayishi, kengayishi, o‘zgarishi yuz beradi va so‘zning quyidagicha ma’nolari hosil
bo‘ladi: bosh ma’no va yasama ma’no” [1, 44 b.]. So‘zlar nutqda turli xil ma’nolarda qo‘llanadi,
lekin bularning hammasi ham adabiy tilda uchramaydi. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zning bosh
ma’no bilan aloqasi uzilib ketmaydi. Bunda bosh ma’noning qaysidir o‘xshash jihati asosida ma’no
ko‘chadi. “So‘zning dastlabki, asosiy, birlamchi, boshqa bir leksik ma’nosining kelib chiqishi
uchun asos bo‘lgan ma’nosi bosh ma’no deyiladi. Shu bosh ma’noning taraqqiyoti asosida kelib
chiqqan ma’no yasama ma’no deyiladi”[1, 45 b.]. So‘zning asosiy ma’nosi bosh ma’no yoki tag
ma’no deb ham yuritiladi. So‘zning tag ma’nosiga teskari ma’noda qo‘llanishi kinoya deb
yuritiladi. Kinoya ham ma’no ko‘chishi orqali sodir bo‘ladi.

“Asos ma’no shunday ma’no bo‘ladiki, so‘zdagi biror yoki bir necha ma’no doimo unga

bog‘liq bo‘ladi. Shu ma’no yoki ma’nolar obyekti asos ma’no obyektlariga o‘xshashligi,
aloqadorligi, tarkiblanishi, vazifa almashishi yoki tobeliligi bilan xarakterlanadi va shu orqali asos
ma’noni ifoda etuvchi so‘z bilan ifodalanadi. Mana shu keyingi ma’nolarga nisbatan ham mazkur
ma’no asos ma’no hisoblanadi” [2, 119 b.]. Taniqli o‘zbek adibi Mirmuhsin asarlarida bir qancha
kinoyaga olingan so‘zlarni uchratishimiz mumkin. “Me’mor” romani bunday so‘zlarga boy asar
hisoblanadi. Masalan:

1. “Me’morchilik san’atiga aloqasi yo‘q, doimo ustod Qavom bilan ustod Buxoriy orasini

buzib yurgan “yumshoq supurgi”, Ahmad Chalabiyni esa, qo‘llab-quvvatlardi” [3, 15 b.].

Ushbu gapda “yumshoq supurgi” iborasi orqali Ahmad Chalabiy kinoya qilingan. Aslida bu

so‘z sodda, yuvosh kishilarga nisbatan ishlatiladi. Bu parchada asar qahramoni Ahmad
Chalabiyning mug‘ombir, tilyog‘lamachi kishi ekanligini tasvirlash uchun aks ma’noda qo‘llangan.

2. “Janoblar, sayil qachon boshlanadi? – dedi Badia, yana “o‘g‘il bolalik”ka qaytib” [3, 152

b.]. Asarda me’morning qizi Badianing o‘g‘il bolacha kiyinib o‘zini o‘g‘il boladek ko‘rsatgan
holatlari uchraydi. Shu vaqtlarda “yigitcha”, “o‘g‘il bola” kabi kinoyalar qo‘llanadi. Badia
akasining kiyimlarini kiyib, xanjar olib yuradi. O‘sha vaqtda Hirotda o‘g‘il boladek kiyingan
boshqa qizlarni ham uchratib qolishardi.

3. “Mashaqqatli, issiq yo‘l bedov otlarni ham boshqa otlardek , “mo‘min” qilib qo‘ygan edi”

[3, 261 b.].

Ushbu gapda mo‘min so‘zi kinoyaga olingan. Bu so‘zning tag ma’nosi e’tiqod qiluvchi,

ishonuvchi hisoblanadi. Yuqoridagi parchada tutqich bermaydigan otlarning qiyin yo‘lni bosib
o‘tishi natijasida qo‘lga o‘rgatilgandek yuvosh tortib qolishiga ishora qilingan.


background image

182

4. “Me’mor yasatig‘lik xonaga kirib yotdi. Badia bu “iltifot”ga shubha bilan qarab,

og‘asining lattaga o‘rog‘liq isfixonini o‘ziga yaqin qo‘ydi” [3, 281 b.]. Mazkur gapda iltifot so‘ziga
e’tibor beramiz. Iltifot so‘zi, aslida, insonga qilingan yaxshi munosabat, marhamat degan
ma’nolarni bildiradi. Uning aks ma’nosi esa, sovuq muomala qilishni bildiradi. Roman
qahramonlari Hirotdan Buxoroga yo‘lga chiqqan bo‘lishadi. Yo‘lda ularning joniga qasd qilish
uchun ayg‘oqchi ham qo‘yiladi. Shuning uchun har qanday iltifot Badiani shubhaga solardi. Bu
iltifot tagida yovuz niyat bordek tuyilar edi.

5. “Me’morning bedarak “yo‘qolib-yitib” ketgani go‘yo uning yo‘lini ochgan, undan

“buyuk” odam yoq edi” [3, 338 b.]. Ushbu parchada birato‘la ikki o‘rinda kinoya mavjud.
Me’morga nisbatan “yo‘qolib-yitib” ketish sifati qo‘llangan. Aslida, me’mor yo‘qolib ketmaydi.
Amirzodalar uni Hirotdan uzoqroqqa yuborish niyatida bo‘lishadi va me’mor o‘z shahri Buxoroga
borish uchun yo‘lga tushadi. U ketgandan so‘ng qurilish ishlari korfarmo vazifasini bajaradigan
Ahmad Chalabiyga qoladi. “Buyuk” sifati shu sababdan teskari ma’noda qo‘llangan. Chunki
Ahmad Chalabiy me’morchilikdan xabari yo‘q kishi edi. Aslida u buyuk odam emas, undan hamma
bezor edi.

6. “Bu gap tezda shaharga tarqalib ketdi. Og‘izdan-og‘izga o‘tib, ba’zi odamlar chalg‘ib:

“qabohat yo‘liga kirgan” Me’morni la’natladi” [3, 339 b.]. Romanda ko‘rishimiz mumkinki,
me’mor hech qanday qabohat yo‘liga kirmaydi. O‘g‘li Nizomiddin shohga suiqasd qilganlarga
qo‘shilib qoladi va qatl ettiriladi, shu sababli me’morning Hirotda qolishi xavfli bo‘lib qoladi.
Ayrim yomon niyatli kishilar vaqtdan foydalanib me’mor haqida turli xil bo‘lmag‘ur gaplar
tarqatishadi. Uni xalq orasida obro‘sizlantirmoqchi bo‘ladi. Lekin romandan bilamizki, me’mor
oqko‘ngil, mamlakat uchun sidqidildan xizmat qilgan, atrofdagilardan iliq so‘zi va molini
ayamaydigan, xalq orasida obro‘li shaxs edi.

“Kinoya – til birligini uning haqqoniy ma’nosiga nisbatan boshqa yoki qarama-qarshi

ma’noda, kesatiq, qochiriq, piching bilan ishlatishdan iborat ko‘chim” [4, 58 b.]. Kinoya qilingan
so‘z yozma nutqda yaqqol ko‘rinib turadi. Negaki, bunday so‘zlar qo‘shtirnoq ichida yoziladi.
Og‘zaki nutqda esa talaffuzdan, ohangdan bilib olish mumkin. Uslub jihatdan qaralganda, kinoya
rasmiy, ilmiy va publitsistik uslublarda deyarli qo‘llanmaydi. Badiiy uslubda asar ta’sirchanligi va
ifodaviyligini oshirish maqsadida qo‘llaniladi. “Me’mor” romanida qahramonlarni sifatlash,
ta’riflash va bo‘lgan voqealarga nisbatan fikr bildirish holatlarida ko‘plab kinoyaviy so‘zlarga duch
kelamiz. So‘zlashuv uslubi esa, kinoyalarga boy hisoblanadi. Nutq jarayonida talaygina kinoya
qilingan so‘zlarni eshitamiz va o‘zimiz ham qo‘llaymiz. Badiiy va so‘zlashuv uslubi kinoyalarga
boy uslublardir. Kinoya so‘zning tag ma’nosi bilan aloqadorlikda, o‘xshash jihatlari orqali emas,
balki batamom teskari mazmunni ifodalash uchun ma’no ko‘chirilishidir.

Xulosa qilib aytganda, tag ma’no va kinoyadan foydalanish nutq ta’sirchanligini oshirishga

xizmat qiladi. Badiiy asarlarda esa ifodalanayotgan fikrga subyektiv munosabat va emotsionallik
bag‘ishlash uchun qo‘llaniladi. Ular til va nutq birliklarining muhim, ajralmas qismi hisoblanadi.
Biz bilamizki, muloqotda kinoyaning qo‘llanish o‘rni erkin, ammo ulardan me’yoridan ortiq
foydalanish nutq sofligiga ta’sir qilishi mumkin. Kinoya berilayotgan fikrni bevosita anglatmay,
teskari ma’noda kesatiq, pichingni ifodalash uchun tag ma’no bilan uzviy bog‘liq holda ishlatiladi.
Bunday leksik vositalar til va nutq boyligini oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Miraziz Mirtojiyev. O‘zbek tilida polisemiya. Toshkent, 1984. 135 b.
2. X.Muxiddinova, D.Xudayberganova, I.Umirov, N.Jiyanova, T.Yusupova. Hozirgi o‘zbek adabiy
tili. Toshkent, 2006. 208 b.
3. Mirmuhsin. “Me’mor” romani. Toshkent. 2024. 416 b.
4. N.Mahkamov, I.Ermatov. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. Toshkent. 2013. 144 b.
5. www.ziyonet.uz elektron sayti

Bibliografik manbalar

Miraziz Mirtojiyev. O‘zbek tilida polisemiya. Toshkent, 1984. 135 b.

X.Muxiddinova, D.Xudayberganova, I.Umirov, N.Jiyanova, T.Yusupova. Hozirgi o‘zbek adabiy

tili. Toshkent, 2006. 208 b.

Mirmuhsin. “Me’mor” romani. Toshkent. 2024. 416 b.

N.Mahkamov, I.Ermatov. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. Toshkent. 2013. 144 b.

www.ziyonet.uz elektron sayti

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари