Mualliflar

  • Tuliboyeva Gulsevar Zafar qizi
  • Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ustozlar.112570

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Badiiy obraz O‘tkir Hoshimov hikoya xarakter timsol personaj yozuvchi mahorati.

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada XX asr o‘zbek adabiyotida o‘zining o‘chmas izini qoldirgan 
adib O‘tkir Hoshimovning obraz yaratish mahorati haqida so‘z boradi. Yozuvchining tasavvuridagi 
voqelikni yorqin ifodalash uning badiiy obraz yaratish mahoratiga bogʻliq. Badiiy obraz mahorat 
sanʼatini mukammal egallagan yozuvchigina oʻz tasavvurlarini hayotiy, vijdonli voqelantira oladi. 
O‘tkir  Hoshimovning  obraz  yaratish  mahorati  hikoyalar  misolida,  aynan  “Urushning  soʻnggi 
qurboni” misolida yoritib berildi. 


background image

530

OʻTKIR HOSHIMOVNING OBRAZ YARATISH MAHORATI

(“Urushning soʻnggi qurboni” hikoyasi misolida)

Tuliboyeva Gulsevar Zafar qizi,

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti bosqich talabasi

tuliboyevagulsevar@gmail.com

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li,

ilmiy rahbar, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti

Annotatsiya

. Mazkur maqolada XX asr o‘zbek adabiyotida o‘zining o‘chmas izini qoldirgan

adib O‘tkir Hoshimovning obraz yaratish mahorati haqida so‘z boradi. Yozuvchining tasavvuridagi
voqelikni yorqin ifodalash uning badiiy obraz yaratish mahoratiga bogʻliq. Badiiy obraz mahorat
sanʼatini mukammal egallagan yozuvchigina oʻz tasavvurlarini hayotiy, vijdonli voqelantira oladi.
O‘tkir Hoshimovning obraz yaratish mahorati hikoyalar misolida, aynan “Urushning soʻnggi
qurboni” misolida yoritib berildi.

Kalit so‘zlar.

Badiiy obraz, O‘tkir Hoshimov, hikoya, xarakter, timsol, personaj, yozuvchi

mahorati.

O‘TKIR HOSHIMOV’UN KARAKTER YARATMA USTALIĞI

(“Savaşın Son Kurbanı” Hikâyesi Örneğinde)

Tuliboyeva Gulsevar Zafar kızı,

Özbekistan-Finlandiya pedagoji enstitüsü öğrencisi

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li,

bilimsel danışman, Özbek dili ve edebiyatı bölümü asistanı

Özet.

Bu makalede, 20. yüzyıl Özbek adasında silinmez bir iz bırakan yazar O‘tkir

Hashimov'un bıraktığı imajı yaratma becerisinden bahsedilmektedir. Yazarın gerçekliği ifade etme
hayal gücü, sanatsal imaj yaratma becerisine bağlıdır. Sanatsal imaj yetenekli bir sanattır, yalnızca
bir yazar bu konuda mükemmel bir şekilde ustalaşmıştır, onun hayal gücü hayati, vicdanlı bir
düzenlemeydi. O‘tkir Hashimov'un imaj yaratma yeteneği, "Savaşın Son Kurbanı" adlı hikaye
örneğinde vurgulandı.

Anahtar kelimeler.

Sanatsal imaj, O‘tkir Hashimov, hikaye, karakter, sembol, karakter,

yazarın becerisi.

МАСТЕРСТВО СОЗДАНИЯ ОБРАЗОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

ЎТКИРА ХОШИМОВА

(На примере рассказа «Последняя жертва войны»)

Тулибоева Гулсевар Зафар кизи,

студентка Узбекско-Финского педагогического института

Юсупов Сардор Шоди угли,

научный руководитель, ассистент кафедры узбекского языка и литературы

Аннотация.

В данной статье рассказывается о творчестве писателя Откира

Гашимова, оставившего неизгладимый след в узбекской литературе ХХ века. От его образа
зависит умелое изображение действительности в воображении писателя. Только писатель,
овладевший искусством художественного образа, может воплотить свою фантазию в
жизнь и добросовестно. Характерные качества Откира Гашимова были освещены на
примере рассказов, а именно «Последняя жертва войны».


background image

531

Ключевые слова.

Художественный образ, Откир Гашимов, сюжет, персонаж,

символ, персонаж, писательское мастерство.

O‘TKIR HOSHIMOV’S MASTERY OF CHARACTER CREATION.

(A Case Study of the Short Story “The Last Victim of War”)

Tuliboyeva Gulsevar Zafar qizi,

Student of Uzbek-Finnish pedagogical institute

Yusupov Sardor Shodi o‘g‘li,

scientific advisor, assistant of the Department of Uzbek Language and Literature

Abstract.

This article discusses the image skills of the writer O‘tkir Hoshimov, who left his

indelible mark on the Uzbek literature of the 20th century. The skillful expression of the reality in
the writer's imagination depends on the image he depicts. Only a writer who has perfectly mastered
the art of artistic image skills can bring his imagination to life, conscientiously. O‘tkir Hoshimov's
image skills are illustrated by the example of stories, namely "The Last Victim of War".

Keywords.

Artistic image, O‘tkir Hoshimov, story, character, symbol, personage, writer's

skill.


Badiiy asar borki, unda xarakter, timsol, personaj kabi atamalar mavjud. Kichkinagina

hikoyada xarakterning tiniq bir nuqtasi, bir necha misrali sheʼrda xarakter kayfiyati, munosabati
tasvirlanadi. “Obrazlilik - sanʼatning asosiy xususiyati hayotni oʻzlashtirishning oʻziga xos shakli va
usulidir. Badiiy obraz esa, obrazlilik tushunchasining oʻzagi hisoblanadi”

[3, 41 b.].

Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa va h.k.) badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy

obraz o‘sha borliqning oddiygina aksi emas, yo‘q, u borliqning san’atkor ko‘zi bilan koʻrilgan va
ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning koʻplab tanish izlarini topasiz,
biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni o‘zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik – badiiy
borliqdir

[1, 63 b.].

Oʻtkir Hoshimovning ijod borasidagi mushohadasidan talabchanlik, tirishqoqlik,

masʼuliyatlik hissi boʻy koʻrsatadi. Yozuvchi hayotiy materialni oʻz qalbining dardiga, oʻz
vijdonining daʼvatiga aylantira olishi, mana shu voqea hodisalarning hammasini yurak-yurakdan
chuqur his etishi kerak. Avvalo, oʻzim katta haqiqat deb bilgan narsani oʻzim nihoyatda chuqur his
etgan qalbimning dardiga aylangan narsani yozishni hohlayman deydi – yozuvchi Oʻtkir Hoshimov.

Oʻtkir Hoshimov oʻzining “Urushning soʻnggi qurboni” hikoyasi orqali obraz yaratish

mahoratini mazkur asardagi obrazlar vositasida toʻlaqonli yoritib bergan. Misol uchun hikoyadagi
Xadicha obraziga nazar tashlasak. U juda qizgʻanchiq, injiq, betgachopar, oʻquvchining koʻz oldida
salbiy qahramon sifatida gavdalanadi. Ammo biz yaʼni ushbu asarni oʻquvchi vaziyatga boshqa
tomondan qarashimiz kerak. Yozuvchi taʼbiri bilan aytganda, “zamon qalqigandan soʻng
yomonning koʻpayishi”, ularning sigiri oʻgʻirlanishidagi voqeada Xadichaning qanchalik kuyinishi,
Umri xola, Shoikrom va uning suhbati oʻrtasida “hozir tugʻgan boʻlardiya”

[2, 10 b.]

jumlasining

ishlatilishi uning qanchalik kuyunchak inson ekanligidan dalolat beradi.

Ijodkor hikoyadagi yana bir qahramoni, yaʼni Shoikrom obrazini juda chorasiz, kambagʻal,

roʻzgʻor tashvishlaridan zerikkan inson sifatida tasvirlaydi. Shoikromning ichki kechinmalari va
qashshoqlik sharoitida yashashlari urushning qanday oqibatlarga olib kelganligini ochib beradi.

U oʻzi tasvirlaganidek “Kambagʻalning ekkani unmaydi bolasi koʻpayadi”

[2, 8 b.]

gaplari

bu hayotdan ancha toliqqan insonni gavdalantirgan. Adib birgina Shoikrom obrazi orqali butun
boshli urush jabrdiydalarini, unga oʻxshagan juda koʻp insonlarni mahorat bilan tasvirlab bergan.
Asarda yana bir asosiy obraz eʼtibordan chetda qoldirmasligi kerak. Bu Umri xola obrazidir. Ijodkor
ushbu obrazni yaratayotganda unga haqiqiy ona siymosini bera olgan. Mazkur qahramon, asosan,
jonini ayamaydigan, bardoshli ona sifatida aks etadi. Umri xola oʻzining kasalmand oʻgʻli


background image

532

Shoneʼmat uchun Shoikromning hovlisidagi qulupnaylardan olib, uni sutga alishtirmiqchi boʻlgan-u
lekin u Shoikrom qoʻygan tokli simlarga ilashib ayanchli holatda vafot etishi juda taʼsirlidir.

Asar nomi ham mana shu Umri xola bilan chambarchas bogʻliqdir. Chunki Umri xolani dafn

qilib qaytishayotganda odamlar “urush tamom boʻlibdi” degan gaplarni eshitishadi va oʻz -oʻzidan
koʻrinib turibdiki, Umri xola “Urushning soʻnggi qurboni” edi....

Bu asarimizda yana bir qahramoni koʻzga tashlanadi. Bu Ilhom somavarchining xotini edi.

Bu ayolning atiga bittagina echkisi bor edi. Bir kuni uni uyiga oʻgʻri tushib oʻsha echkisini oʻgʻirlab
ketadi va shu ayolni ham pichoqlab ketadi. Ertalab uni qonga belanib yotganini qoʻshnilari koʻrib
qolishadi. Bu kichik obraz boʻlishiga qaramay, juda taʼsirli va ayanchli holatda tasvirlagan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Oʻtkir Hoshimov bu hikoyasi orqali barcha

qahramonlarning ichki kechinmalarini ham juda taʼsirli holatda tasvirlagan. Bu asarni oʻqigan
insonlar bu oddiy toʻqima hikoya emas balki bu real voqealarga asoslanib yozilgan deb oʻylashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. Т.: A.Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashr., 2004 y. 224 b.

2.

O‘tkir Hoshimov. Shaharlik kuyov: hikoyalar. O‘tkir Hoshimov. - Toshkent: Yangi asr avlodi,
2019. - 128 b.

3.

Тўхта Бобоев. Адабиётшунослик асослари. Тошкент, “Узбекистон”, 2001, 559 б.

https://n.ziyouz.com/kutubxona/barcha-kitoblar?start=6

Bibliografik manbalar

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. Т.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 2004 y. 224 b.

O‘tkir Hoshimov. Shaharlik kuyov: hikoyalar. O‘tkir Hoshimov. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019. - 128 b.

Тўхта Бобоев. Адабиётшунослик асослари. Тошкент, “Узбекистон”, 2001, 559 б. https://n.ziyouz.com/kutubxona/barcha-kitoblar?start=6

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари