Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 40
TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI
Amandavlatov Adham Absamat o’g’li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tarix ta’lim yunalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o’rta asrlar davri madaniyatining shakllanishi va
Temuriylar davri madaniyati haqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar:
Ilm-fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik.
Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil qiladi.
Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek madaniyatining
butungi huquqiy joylashuvida asos bo‘lib xizmat qildi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur
asos solgan kuchli davlatchilik tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot bilan bog‘liqdir.Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning mustaqil bir davlat qilib
birlashtirilishi mamlakatning iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ilm-
fan, adabiyot va san'at, hunarmandchilik va me'morchilik ravnaq topdi. Mamlakat va
poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan ko‘plab
fan va san'at ahllarini, hunarmand me'morlarni va musavvirlarni to‘pladi.
Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan qishloq
xo‘jaligiga alohida e'tibor berdi. O‘rta Osiyoda qishloq xo‘jaligi sun'iy sug‘orishga
bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va Murg‘ob vodiysida
sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand va Shahrisabz shaharlari oqar suv bilan
ta'minlavchi- Lalmikor yerlarda ariklar qazildi. Dehqonchiliqda donli ekinlar, paxga, zig‘ir
ekilgan. Bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi, shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan.
Uzum, limon yetishgirshnan.
Ulug‘bek davrida Bog‘i maydonda turli o‘simliklar ekilib, Bog‘cha nomli bog‘
barpo etytgan. Temur Samarqand atrofida Bag‘dod, Sultoniya va Sheroz nomli qishloqlar
qurdiradi. Temur va Ulug‘bek davrida qo‘ychilik va yilqichilikka alohida e'tibor
berilgan.Tog‘-kon ishlari yo‘lga qo‘yilib, turli ma'danlar qazib olinishi tufayli
hunarmandchilik rivojlangan.Obodonchilik, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi
iqtisodiy hayotda muhim sohahunarmandchilik, savdo va tovar pul munosabatlarining
taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi hunarmandchilik tarmoqlarining ko‘payishi tufayli
shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim va toqlar
qurildi. To‘qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalari asosiy
o‘rin tuggan. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shahrisabz, Karshi
shaharlarida yangi hunarmandchilik mahalalari qurilib, savdo markaziga aylandi. Ip, jun,
kanop tolasidan gazmollar to‘qilgan. Ipakdan shoyi gazlamalar atlas, kimxob. banoras,
duhoba, horo, debo kabi gazmollar to‘qilgan. XV asrda metall buyumlar, uy-ro‘zg‘or
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 41
buyumlari, asbob uskunalar, qurol-yarog‘lar ko‘plab ishlab chiqarilgan. Samarkand
qurolsozlik markaziga aylanib, sovutsozlar mahallasi qurigan. Shaharlarda mis va jezdan
buyumlar va mis chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfahoniy
yasagan jez qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar
metallni toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab
ishlarni bajarganlar.
Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari yetti xil madan qotishmadan tayyorlangan.
Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat buyumlari yasaganlar.
Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar
ishlangan.
2. O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san'at sohalarida kamolot
bosqichiga kutarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me'morchilikda namoyon
bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko‘rmoq istasang - binolarimizga boq!»
degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida
Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko‘chalar, me'moriy majmualar
keng ko‘lam kasb etadi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan
«Shahriston»dan ko‘lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand
Shaxrisabzda kuzatish mumkin. Qadamjolar me'morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega.
Temur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Temur
Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»- «Dor usSiyozat» (1389-1400)
xilxonasini qurdirgan. O‘g‘li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom)
qurdirgan. Unda Xorazm me'morchiligi ananalarini ko‘rish mumkin. Samarqanddagi
Ulug‘bek rasadxonasi me'moriy san'atining noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48
metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir. Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil
bo‘lgan. Birinchisi-ma'muriy-siyosiy maqsadda bo‘lib, qal'a yoki shahar ichida qurilgan.
Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog‘larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari,
majlislar o‘tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri
22 metr bo‘lib, toq va ravoqlari beqiyos bo‘lgan. Temur va Ulug‘bekning asosiy,
qarorgohiSamarqanddagi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar
tashqarisida Temur o‘n ikkita bog‘ va saroylar bunyod etgirgan. Temur darvrida qurilgan
Shirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida naqqoshlik va xatgotlik bilan birga
tasviriy lavhalar ham mavjuddir. Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko‘p ranglarda, qolgan
ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.
Xattotlik san'ati taraqqiyotiga XV asrda an'anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan
birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta'liq noyob qulyozma asarlar
ko‘chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnaqiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur qiyofasi
tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin suratlar
«Zafarnoma»ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 42
yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko‘chirilgan «Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab
Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozitsiya
va serjilo bo‘yoqlarning uyg‘unligi ajralib turadi.
Xulosa
: qilib shuni aytish kerakki, har bir davrdagi madaniyatning o’ziga xosligidan
kelib chiqqan holda uni asrab avaylash keyingi avlodga yetkazish muhim vazifamiz
bo’lishi lozim bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. http://www.bilim.uz
2. http://www.ziyo. edu. Uz
3. U.Qoraboyev,G’.Soatov ”O’zbekiston madaniyati”
4. Mansurov, To’xtaboyev “ O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi”
5. 7-sinf O’zbekiston tarixi darsligi
