Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 36
AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARGA TAYYORGARLIGI
Amandavlatov Adham Absamat o’g’li
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tarix ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqola Amir Temur harbiy yurishlaridan oldin lashkarlarining
jangovar shayligi, anjom-aslahalar bilan ta’minlanganligi va ularning sozligi qay darajada
e’tibor qaratilganligini kuzatish orqali qo‘shinni jang oldi mas’uliyatini oshirishi
borasidagi tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Kalit so‘zlar:
ko‘rik, qurol-yarog‘, ta’minot, jangovor ruh.
AMIR TEMUR'S PREPARATION FOR MILITARY CAMPAIGN
Annotation:
This article is dedicated to the study of Amir Temur's experience in
increasing the pre-battle responsibility of the army by observing the level of attention paid
to the combat readiness, provision of equipment and their training before military
campaigns.
Key words:
inspection, weapons, supply, fighting spirit.
Kirish:
Dunyoda birinchi marotaba yengilmas muntazam armiyaga asos solgan
Sohibqiron Amir Temurning harbiy daholari yaqqol ko‘zga tashlanib kelmoqda. Amir
Temurning harb ilmi borasidagi betakror zakovati jahon sarkardalari uchun ulkan saboq
bo‘lib keldi va hozirgi kunda ham uzliksiz ravishda o‘rganilib borilmoqda. Uning nomi va
amalga oshirgan ishlari Sharq va G‘arb mamlakatlari harbiy mutaxassislari o‘rtasida juda
ma’lum va mashhurdir. Sohibqironning umir bo‘yi jang-u jadallarda va safarlarda yurishi,
ko‘plab mamlakatlarni zabt etishi va yengilmas qo‘shinni oqilona boshqarishi barcha
harbiy harakatlarni zafarli amalga oshirish uchun namunadir. Ulug‘ Temur son jihatdan
juda ko‘p sonli qo‘shinni say- harakatlarini qanday tarzda nazorat qilgani hamda ularni
oqillik va sabot bilan boshqargani biz uchun jasorat va mahorat maktabidir.
Amir Temur har bir harbiy yurishdan oldin o‘z lashkarlariga ogohlantiruvchi buyruq
bergan. U buyruqni yetkazuvchi maxsus chopar bo‘linmalari mavjud bo‘lib, ular askarlarni
yashash joylariga borib safarga otlanish to‘g‘isida habar berishgan. Buni eshitgan askarlar
belgilangan maydonga zudlik bilan yetib kelishgan. Sohibqiron har bir yurishidan oldin
harbiy ko‘rik o‘kazgan, buni o‘tkazishdan maqsad esa lashkarlarning safar va jang
mobaynidagi turli xil kutilmagan vaziyatlarni oldindan bartaraf etish hamda askarlarga
jangovor ruh bag‘ishlab, ularning har tomonlama zarur ta’minotini butlanganligini ko‘zdan
kechirish bo‘lgan.
“Yurish oldidan ko‘rik qilib, lashkarim qayergacha borib yetishini bilmoqchi bo‘ldim.
Qarasam, to‘rt farsang masofada lashkarim saf tortib turardi”
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 37
Ko‘rikdan nafaqat jangovor qismlar, shuningdek ularni qurol-yarog‘, oziq-ovqat,
kiyim-kechak zaxiralari ortilgan bir qator og‘ir karvonlar ketma-ket o‘tkazilgan. Shu bilan
birga musiqachilar, muxandislar, tabiblar va shu kabi o‘ziga xos bo‘linmalar va anjom-
aslaxalarini mavjudligini tekshirgan.
Yetarli miqdorda cherik jam bo‘lgach, barcha qo‘shin turlari – yoychilar, nayzavarlar,
qoruandozlar, sangandozlar, taxshandozlar, manjanaq, arroda va turicharx otuvchilar
hamda boshqa askariy qisimlar ko‘rikdan o‘tishgan. Temurbek armiyasida ichiga yonuvchi
modda naft solingan ko‘zachalar irg‘ituvchi o‘t sochish quroli – ra’dning uzliksiz yetkazib
berishni ta’minlovchi maxsus to‘pchilar –ra’dandozlar mavjud bo‘lgan.
Sohibqironning bunday qat’iligi va o‘ta talabchanlik harakatlari jangda g‘anim
ustidan qozoniladigan g‘alaba uchun dastlabki qadam vazifasini o‘tar edi. Amir Temur
bunday ko‘rik o‘tkazishi bilan bir tomondan jangchilarning aslaxalarini tekshirsa, ikkinchi
tomondan ulardagi yengilmas kuch bo‘lgan jangovor ruhini ko‘tarar edi. Ulug‘ Amir butun
qo‘shini oldida ularga bo‘lgan yuksak ishonchini bildirar hatto har bir askarlar bilan
ko‘rishib, ularda o‘zgacha g‘urur uyg‘otar edi.
Amir Temur yaqinlashib kelganda, qo‘shindagi har bir qism boshlig‘i otidan tushib,
unga o‘z qismini ko‘rsatar, jangchilarning abjirligi va chaqqonligini namoyish qilar, keyin
tiz cho‘kib, yerni o‘par, Amir Temur sha’niga duo o‘qib, uning g‘alabalarini olqishlab,
kerak bo‘lganda uning uchun o‘z jonini tikishga ham tayyor ekanligini izhor qilardi. Amir
Temur qo‘shin qisimlari yoniga yaqinlashishi bilan jangchilarning hayqiriqlari Dashti
Qipchoqni larzaga solardi. Amir Temur lashkarlari, qurol-yarog‘, anjomaslaxa va
qo‘shinning soni bilan ruhiy holatini bilish uchun kelgan ayg‘oqchilar buni ko‘rib
dahshatga tushar edi. Aksincha dushman tomonidan tashrif buyurgan elchilarni esa ushbu
ko‘rikka taklif etardi. Boyazid chorlovi bilan bo‘lgan jang oldi harakatlarda ham
Sohibqiron dushman elchilariga hurmat ko‘rsatib ularni jangovor ko‘rikka taklif qiladi.
Ko‘rik paytida qo‘shin boshliqlari Amir Temur uchun har narsaga tayyor
ekanliklarini, o‘z hayotlarini unga xizmat qilishga bag‘ishlaganliklarini bildirib uning
dushmanlari yerlarida bir dona ham o‘simlik va ko‘kat qoldirmaslikka, Usmonli Turk
davlatini yo‘q qilishga qasam ichadilar. Elchilar bu qo‘shinning qudratini ko‘rib taajjubga
tushishadi. Elchilar o‘z yertlariga qaytishi bilan bo‘lib o‘tgan barcha voqealarni o‘z
hukumdorlariga aytib berishadi.
Amir Temur bu ko‘rikni qilishi har tomonlama o‘zi uchun muoffaqiyat keltiradi.
Chunki
birinchidan
o‘z qo‘shinlarini jihozlarini ko‘zdan kechiradi,
ikkinchidan
har bir
bo‘linmalar oldiga borib ularga “ishonch” bildiradi. Bu esa o‘z navbatida qo‘shiniga eng
kerakli ruhiy ozuqa, ya‘ni jangovar ruhni his etishi uchun asos bo‘ladi. Eng asosiy maqsadi
dushman qo‘shinlarini jangovar ruhlarini sindirishga dastlabki qadam bo‘ladi. Elchilar
Amir Temurning maqsadini ro‘yobga chiqaradi
Ulug‘ Temur mahorabaga otlanishdan avval qo‘shinni safarda oziq-ovqat ta’minoti
masalasi bo‘yicha qiyinchilik ko‘rmasliklari uchun ta’minot bo‘linmalarini yuboradi. Bu
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 38
bo‘linmalar yo‘l yo‘lakay oziq-ovqat g‘amlar, otlar uchun esa yem-hashak to‘plab
qo‘riqchi soqchi askar tashlab ketar edi. Amir Temur bu harakarlari bilan qo‘shinni safar
mobaynida ham qisqa to‘xtalishlarni oldini olishi, ko‘zlangan marraga esa dushmani
kutmagan holatda hujum qilishiga sharoit yaratar edi.
Sohibqiron jang oldi tayyorgarligi ishlarida barcha qo‘shin turlarini ko‘rikdan
o‘tkazib chiqar edi. Harbiy musiqachilarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, bu bo‘linmaning
xizmati, jangda asosiy jangchilarning xizmati bilan barobar bo‘lardi. Temurning gerblar
bilan bo‘lgan janggida ham musiqachilarning xizmati beqiyos bo‘lgan.
Mixail Ivanin o‘zining “Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy
san’ati, strategiya va taktikasi” asarida keltirilihsicha, “Astoydil himoyaga otlangan
gerblar Temur qo‘shinlari hayqirig‘i, karnay va nog‘ora sadolarining tog‘dagi aks sado
bilan qaytishidagi shovqindan shu qadar qo‘rqib ketdilarki, natijada bor-yo‘qlarini tashlab,
har tarafga qochishga majbur bo‘ldilar”
Amir Temur hattoki jangovar bo‘linmalardan tashqari moddiy ta‘minot bo‘linmalari
bilan ham to‘laqonli qo‘shin ko‘rigida ishtirokini ta‘minlagan. Qo‘shin ko‘rigida e‘tiborni
tortadigan tomoni safda “jangovar ayollar”dan tuzilgan bo‘linmalar, tabiblar, qurol-
yarog‘larga texnik xizmat ko‘rsatuvchi temirchilar, qurolsozlar, chodir va hammom
tiklovchilar, savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi karvonboshilar bilan o‘zaro suhbatlashib,
qo‘shinning moddiy va ma‘naviy ta‘minotini barcha omillar asosida, jumladan,
mahsulotlar sifatli, belgilangan muddatida, uzluksiz va tizimli ravishda o‘z jangchilari
uchun barcha maishiy sharoitlarini yaratib bergan.
Amir Temurning tarixdagi xizmati yana shundan ibkratki, u davlatchilik boshqaruv
tizmi, ichki va tashqi siyosatning, tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy
sharoitda takomillashtirdi [8].
Amir Temurning bu kabi jang oldi amalga oshirgan ishlari uning barcha yurishlaridan
zafar bilan qaytishiga asos bo‘ldi.
Biz Sohibqiron shaxsini chuqurroq o‘rgana boshladik, o‘zligimizni va ajdodlarimiz
jasoratlarini yengilmas kuch qudratini anglay oldik [9]. Albatta, ularning harbiy salohiyati,
jang maydonidagi qo‘llagan strategiyasi va taktikasi – bu alohida boshqa mavzu. Lekin bu
ulug‘ sarkardaning uzoqni ko‘ra bilishi, o‘z vaqtida kerakli bo‘lgan tadbirlarni amalga
oshirib, o‘z askarlari qalbida chinakam vatanparvarlikni, jangovar ruhni singdira olgani biz
uchun ulkan ibratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Amir Temur Ko‘ragon. Temur tuzuklari – Toshkent. O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi “Fan”. 2018 – 159 b.
2.Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. Fors tojik tilidan
tarjima, kirish so‘z va izohli lug’atlar tarix fanlari kandidanti A. O‘rinboyevniki. Toshkent,
1969, - 91-92 betlar.
3. Yakubovskiy A. Yu. Temur … b. – 68 b
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 39
4. Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy san’ati,
strategiya va taktikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017, – 233 b.
5. Lyusen Keren. Amir Temur Saltanati. “Fan”, Toshkent. 2018. – 86 b.
6. Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy san’ati,
strategiya va taktikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017, - 258 bet
7. Mixail Ivanin. Ikki buyuk sarkarda. Chingizhon va Amir Temur: harbiy san’ati,
strategiya va taktikasi. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017, - 252
8.7-sinf O‘zbekiston tarixi fani darsligi
