Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 32
AMIR TEMURNING MIN SULOLASI BILAN MUNOSABATLARI
Amandavlatov Adham Absamat o’g’li
adhambekamandavlatov82@gmail.com
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Tarix ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Xitoy (Min) davlati va Amir Temur davlati
o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, Amir Temurning Xitoyga qarshi
harbiy yurishi davrida mo‘g‘ul shahzodasi Tayzi o‘g‘lon faoliyati xususida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Hukmdor, sulola, diplomatiya, elchi, harbiy yurish, shahzoda,ichki
kurash, Ulug‘ yurt, vassal, poytaxt, Dadu (Pekin), “Min shi”, Mo'g'uliston, ekspansiya,
Samarqand, Hirot, bojxona, Gansu.
Abstract:
This article discusses the deterioration of relations between the
Chinese(Min) state and the state of Amir Temur, as well as the activities of the Mongol
prince Taizi Oglan during the military campaign of Amir Temur in China.
Keywords:
ruler, dynasty, diplomacy, ambassador, military march, prince, internal
struggle, Great country, vassal, capital, Dadu (Beijing), ”Ming Shi”, Mongolia, expansion,
Samarkand, Hirat, Gansu, custom.
Imperator Xun’u hukmronligining dastlabki davri 1388 yilga qadar shimoliy
sarhadlardagi mo‘g‘ullar bilan urushlar davriga to‘g‘ri keladi. Shimoliy urushlardajiddiy
qarshilikka uchramagan imperator muvaffiqqiyatlarga erishdi. Natijada Min imperatori
tashqi siyosatda o‘zini mintaqadagi eng qudratli hukmdor, ya’ni Yuan sulolasining
davomchisi deb hisoblay boshlagan. Imperator o‘z o‘tmishdoshlari - mo‘g‘ul
imperatorlarining Chig‘atoy ulusi xonlari ustidan Hubilayxon zamonidan boshlab rasman
yoki amalda syuzeren huquqlarga ega bo‘lganligini yaxshi anglagan. Min imperatori ham
ular kabi g‘arbiy o‘lkalardagi mamlakatlarga Xitoyga vassallikni tan oldirishga erishishni
istardi. Amir Temur davlati bilan diplomatik aloqalar aynan shu davrdan boshlangan deb
xulosa qilish mumkin.
Dastlabki yuborilgan elchiliklar zimmasiga Amir Temur davlati haqida ma’lumotlar
to‘plash vazifasi yuklatilgan. Ammo, ushbu elchilar kim va qachon yuborilgani aniq emas.
Biroz keyinroq yuborilgan Fu An va Chen Devenlar esa Amir Temurga Xitoy (Min)
syuzerenitetini tan oldirishi lozim edi. Biroq, imperator Xun’uning Xitoy hukmdorlariga
teng raqib hisoblangan Amir Temurni tezda bo‘ysundirishga ishonganligi juda ham
taajjubli. Ba’zi G‘arb mualliflarining fikricha, xitoyliklar Amir Temur davlatining
imkoniyatlariga to‘g‘ri baho bera olmaganlar. Ikki o‘rtada munosabatlar adovatli tus olgan
vaqtda Min sulolasi asoschisi vafot etib, mamlakatda taxt uchun kurashlar boshlangan.
Shimoldagi mo‘g‘ullarga o‘z syuzerenitini tan oldirishga muyussar bo‘lgan Xun’uning
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 33
1398 yilda vafot etishi bilan xitoyliklar Mo‘g‘ulistonda qo‘lga kiritgan hududlarni
mo‘g‘ullarga boy berib qo‘yadilar. Keyingi imperator Imperator Yongle koʻpincha faol
savdo-sotiqni rivojlantirish,chet el bilan aloqalarni rivojlantirish tarafida boʻlgan va Oʻrta
Osiyo xalqlari bilan aloqalarni kuchaytirgan. Uning hukmronligi Xitoy uchun noodatiy
bo'lgan. Boshqa Min imperatorlaridan farqli o'laroq, u savdo-sotiqni kengaytirishni faol
ravishda rag'batlantirdi va Xitoyga keladigan elchilar sonini ko'paytirishga harakat qildi,
boshqa imperatorlar esa umuman teskarisi, chet elliklar bilan aloqalarni cheklashga harakat
qilgan edilar. Imperator Yongle esa qanday bo'lmasin, u Xitoyning Osiyodagi siyosiy va
iqtisodiy ishtirokini rivojlantirishga intildi va uning hukmronligi yetakchi tarixchilar
tomonidan "Ming tarixidagi eng tashabbuskor va faol davrlardan biri" deb nomlandi
.Shuningdek,min hukumati ko’chmanchi jung'orlar bilan unchalik ham yaqin aloqada
bo'lmagan. Yagona rahbarning yo'qligi bu ko'chmanchilarning xitoyliklar bilan
bevosita,tezkorlik bilan savdo aloqalari qilishiga to'sqinlik qiladi, chunki Min hukumati
taniqli hukmdorlar bilan muomala qilishni afzal ko'rardi. Xitoy savdogarlari va amaldorlari
o'rtasida ko'chmanchi rahbarlar bilan unchalik katta bo'lmagan savdo-sotiq amalga
oshirilardi, chunki ular o'troq xalq mahsulotlariga ko’proq muhtoj bo'lib, Sharqiy
Turkiston vohalari xitoyliklar uchun ancha qulay edi va ular bilan savdo qilishardi.
Shuning uchun ham jung’orlar bilan bu munosabatlar haqida yozma manbalar kam, chunki
Xitoy yozma manbalari taniqli davlatlarga qaratilgan. Ushbu ma’lumotlar orqali quyidagi
xulosalarni chiqarishimiz mumkin:
Min sulolasining hokimiyat tepasiga kelganidan keyin quyidagi vazifalar Xitoy uchun
hal qilinishi kerak bo’lgan quyidagi omillarni yuzaga chiqargan : Vayron qilingan
mamlakatni tiklash, sobiq sulola tarafdorlarining magʻlub boʻlgan yerlari va tashlandiq
yerlarini davlat fondiga kiritilishi ; davlat ularni to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchilarga
taqdim etishi. Natijada, ekin maydonlarining ulushi keskin oshishiga olib keladi, g'alla
hosili Yuan imperiyasi davri bilan qiyoslanganda hosil deyarli uch baravar ko'payadi.
Xitoyda yangi markazlashgan davlatning tashkil topishi bilan Min hukumati tashqi
siyosatining maqsadlaridan biri xorijiy bosqinlarni to'xtatish edi. Taxtga o'tirgan Min
imperatorlari o'z ta'sir doirasini kengaytirishga harakat qildi, ammo yana yigirma yil
davomida birinchi Min imperatori Taizu Xitoydagi ichki konfliktlarni hal qildi. Bu esa
yangi sulolaning tashqi siyosatida o'z izini qoldirdi. Xorijiy davlatlar bilan rasmiy
aloqalarni saqlab turish ham imperiyaning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qildi,
shuning uchun Gʻarb davlatlarini Xitoyga “jalb qilish” yoʻnalishi ham Xitoy ichidagi Min
hukumati qudratini mustahkamlash, ham uning obroʻsini oshirish ehtiyojlarini yuzaga
chiqaradi. Xalqaro maydonda “xorijiy elchilarni yaxshi munosabat bilan jalb qilish”
siyosati qo’llandi va bu aniq maqsadlarga xizmat qilishi kerak edi. Shu bois Min hukumati
Markaziy Osiyo davlatlari bilan elchilik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish tashabbusi
bilan chiqdi.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 34
Shimoldan tashqi hujum xavfi kuchayganligi sababli esa imperator Chji Di tomonidan
poytaxt qaytadan Pekin shahriga ko‘chirilgan. Hukmdor qarorgohi ilgari, imperator Xun’u
davrida Nankinga ko‘chgan edi.
Xitoyliklar nafasini o‘nglab olishi uchun shimoldagi vaziyatning tez o‘zgarishi imkon
bergan. 1399 yilda Shimoliy Yuan hukmdori Elbegxon qabila etakchilaridan biri - Ugechi
tomonidan o‘ldirilgan. Natijada Shimoliy Yuan mo‘g‘ullari vaqtinchalik oyratlarga qaram
bo‘lib qoldilar. Ichki nizolar va oyratlar bilan urushlar bir necha yillardan beri davom etib
kelganligiga aslo shubha yo‘q. Chunki, 1398 yildayoq Shimoliy Yuan sulolasi toj-taxti
uchun kurashlarda engilgan mo‘g‘ul xonzodasi Tayzi o‘g‘lon Amir Temur huzuriga
kelgan. Bu davrda Xitoy bilan Amir Temur davlati orasidagi munosabatlarga darz ketib
ulgurgan edi. Tayzi o‘g‘lonning kim ekanligi haqidagi ma’lumotlar aniq emas. Sharafiddin
Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida uning ham qoon (Shimoliy Yuan hukmdori), ham oyratlar
bilan muxolifatda bo‘lganligi aytib o‘tilgan. Yazdiy ma’lumotlarida Tayzi o‘g‘lon Amir
Temur xizmatiga kirishi, uning 1404 yil kuzida Konigildagi to‘y tantanalari paytida ham
temuriylar saroyida bo‘lganligi qayd etib o‘tilgan. Yazdiy fikrlaridan Tayzi o‘g‘lon Xitoy
harbiy yurishi davrida Amir Temurning yaqin maslahatchilaridan bo‘lganligini tushunib
olish mumkin. 1405 yili Amir Temurning Xitoy yurishida Oltin O‘rdalik chingiziy
xonzodalar singari uning ham qatnashishi ko‘zda tutilgan. Ehtimolki, Tayzi o‘g‘longa,
Shimoliy Yuan taxtini olib berish va’da qilingan bo‘lishimumkin. Bu esa mo‘g‘ullarning
Amir Temur bilan hamkorlikda Xitoyga hujumin anglatardi.
Amir Temur vafotidan so‘ng temuriylar mamlakatida boshlanib ketgan taxt uchun
kurashlarda uning nomiga aloqador ma’lumotlar yo‘q. Tayzi o‘g‘lon keyinchalik Ulug‘
Yurt ulusi (Shimoliy Yuan)da qisqa vaqt hukmronlik qilganligi ham ehtimoldan xoli emas.
Chunki, Mirzo Ulug‘bekning asarida Ulug‘ Yurtning oyratlar bosqini arafasidagi
hukmdorlari orasida Tobzi qoon nomi bor. Ulug‘bekning ta’kidlashicha, ushbu hukmdor
ham taxt uchun kurashlarda engilib, Amir Temur xizmatiga kirgan va islom dinini qabul
qilgan. “To‘rt ulus tarixi”da, shuningdek, Tobzi qoonning Ariq Buqa (Chingizxon nabirasi,
Tuluning o‘g‘li) avlodidan ekanligi, Amir Temur vafotidan keyin taxtga o‘tirib, bir necha
kundan keyin o‘ldirilganligi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Manbalarda ko‘rsatilgan
ismlardagi tafovut juda ham jiddiy xatolardan emas. Agar bu ismlarning yozilishiga e’tibor
beradigan bo‘lsak, - يزيات Toyzi hamda يزبات - Tobzi nomlarining faqatgina bitta nuqta bilan
farqlanishini ko‘ramiz. Bu tafovut kotib yoki tarjimonlarning kichik bir yanglishuvi yoxud
o‘sha davrdagi tushunarsiz ismlarining turlicha talaffuz etilganligi natijasida yuzaga
kelishi mumkin. Har ikkala manbada tilga olingan ushbu shaxslarning bir kishi ekanligi
ehtimoli juda yuqoridir va buni rad etishga hozircha aniq asosga ega emasmiz.Xulosa qilib
aytish mumkinki, Amir Temurning Xitoyga harbiy yurishi mo‘g‘ullar saltanatini qayta
tiklashga oid harakat bo‘lib, Tayzi o‘g‘longa Yuan sulolasi taxtini olib berish orqali
mo‘g‘ullarning avvalgi shuhratini tiklashga qaratilgan so‘nggi yirik harbiy amaliyot deb
baholash mumkin.
Ustozlar uchun
pedagoglar.org
75-son 1–to’plam Iyul-2025
Sahifa: 35
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Китайские документы и материалы по истории Восточного Туркестана,
Средней Азии и Казахстана XIV— IХ вв. Алматы. 1994
2.7-sinf O‘zbekiston tarixi darsligi
3. Китайская армия при династии Мин (вторая половина XIV-первая половина
XV века).. Батыр, (N. 6.) – М.: 2015.
4. Бокшанин А.А. Императорский Китай в начале XV века (внутренная
политика). – М.: Наука, 1976.
5. ШАРОФУДДИН АЛИ ЯЗДИЙ. ЗафарномА – Т.:ШАРҚ, 1997
6. Rossabi M. «Ming China and Turfan, 1406-1517».
7. Hafiz-i Abru, A Persian Embassy to China being an extract from Zubdatu't tawarikh
of Hafiz Abru. Trans. by K. M. Maitra. –New York, 1970.
